11-Mavzu: ipoteka qimmatli qog‘ozlar bozori reja


Download 52.57 Kb.
bet3/7
Sana24.11.2022
Hajmi52.57 Kb.
#930051
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-Mavzu Ipoteka qimmatli qog\'ozlar bozori(1)
N1, Мустакил иш мавзулари руйхати, Huqna - Vikipediya, KompArx Amaliy ish-1, KompArx Amaliy ish-1, -2, chizma geometriya fani va uning vazifalari, chizma geometriya fani va uning vazifalari, kurs ishi, 3229 13.04.2020, Qollanma, iqtisodiy xavfsizlik (1), iqtisodiy xavfsizlik (1), namuna, DMT 57. Yuldashev Orifjon
Ipoteka obligatsiyalari

Majburiyatlarning bajarilishi ipoteka garov ta’minoti bilan ta’minlanadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozdir

Ishtirok etish ipoteka sertifikati

Ipoteka ta’minoti umumiy mulkida o‘z egasining ulush huquqini tasdiqlovchi egasi yozilgan emissiyalanmaydigan qimmatli qog‘ozdir

Ko‘chmas mulk bozorida ipoteka qimmatli qog‘ozlari uy-joy qurilishini moliyalashtirish va bozor ishtirokchilari (xaridorlar, sotuvchilar, buyurtmachi va pudratchilar va x.k.) o‘rtasida hisob-kitoblarni amalga oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘chmas mulkka investitsiya kiritishni moliyalashtirish uchun bunday qimmatli qog‘ozlar chikarishda o‘z aksini topgan ipoteka kreditlarini sekyuritizatsiyalashni rivojlantirish ko‘chmas mulkka investitsiya kiritishga katta turtki bo‘ldi.


Garov hujjatlarining qimmatli qog‘ozlar sifatida muomalada bo‘lish xususiyati ulardan boshqa qimmatli qog‘ozlar – ipoteka qoplanadigan obligatsiyalar emissiyasida ta’minot sifatida foydalanishga imkon beradi.
Ipoteka qoplanadigan obligatsiya – u bo‘yicha majburiyatlar bajarilishi to‘laligicha yoki qisman ipoteka qoplami garovi bilan ta’minlanadigan obligatsiya.
Ipoteka qoplanadigan uy-joy obligatsiyalari bunday obligatsiyalar turlaridan biri hisoblanadi. Ipoteka qoplanadigan uy-joy obligatsiyalari – tarkibiga faqat uyjoy binolari garovi bilan ta’minlangan huquqlar kiradigan ipoteka qoplanadigan obligatsiyalar. Ipoteka qoplanadigan obligatsiyalar garov bilan ta’minlangan obligatsiyalar sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin, faqat o‘ziga xos garov predmeti bilan. Bunday obligatsiyalar ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish maqsadida chiqariladi. Ipoteka kreditlarini amalga oshiruvchi bank berilgan kreditlarni qoplash (pulini qaytarish) uchun muntazam to‘lovlar olinadigan garov hujjatlari «pul»i (ipoteka qoplami) to‘playdi. Bank bu garov hujjatlari «pul»i ostida o‘z nomidan obligatsiyalar chiqarishi mumkin bo‘lib, ular bo‘yicha asosiy qarz miqdorini to‘lash va foiz to‘lovlari garov hujjatlari bo‘yicha tushumlar hisobidan amalga oshiriladi. Bank, shuningdek, garov hujjatlari «pul»ini boshqa shaxsga (ipoteka agentligiga) berishi mumkin bo‘lib, u o‘z navbatida, obligatsiyalarni o‘z nomidan chiqaradi.

Download 52.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling