11-Mavzu: ipoteka qimmatli qog‘ozlar bozori reja


Download 52.57 Kb.
bet5/7
Sana24.11.2022
Hajmi52.57 Kb.
#930051
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-Mavzu Ipoteka qimmatli qog\'ozlar bozori(1)
N1, Мустакил иш мавзулари руйхати, Huqna - Vikipediya, KompArx Amaliy ish-1, KompArx Amaliy ish-1, -2, chizma geometriya fani va uning vazifalari, chizma geometriya fani va uning vazifalari, kurs ishi, 3229 13.04.2020, Qollanma, iqtisodiy xavfsizlik (1), iqtisodiy xavfsizlik (1), namuna, DMT 57. Yuldashev Orifjon
3 – savol bayoni: Taraqqiy etgan mamlakatlarga, xususan, AQSh, Fransiya, Germaniya va Yaponiyada ipotekali kreditlash borasida boy tajriba to‘plangan. Shu sababli, ushbu tajribani o‘rganish va undan O‘zbekiston Respublikasi amaliyotida foylalanish imkoniyatlariga baho berish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
Ipoteka bozori – bu ipoteka bilan bog‘liq bo‘lgan aktivlar bozoridir.
AQShda ipoteka kreditlarining garov ta’minotiga yetarli darajada e’tibor bermaslik, past foiz stavkalarida beriladigan ipoteka kreditla­ri hisobidan uy-joy sotib olishning rag‘batlantirilishi va doimiy ish joyiga ega bo‘lgan fuqarolardan ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning talab qilinmasligi pirovard natijada ipoteka inqirozini keltirib chiqardi.
Ipoteka kreditlari bozori (birlamchi ipoteka bozori) garovga pul beruvchilar (kreditorlar) va mulkni garovga qo‘yuvchilar (qarzdorlar) birgalikdagi faoliyatini qamrab oladi. Birlamchi bozor qatnashchilari sifatida banklar, ipoteka kompaniyalari va ko‘chmas mulkni garovi evaziga kredit taqdim etadigan boshqa muassasalar hamda kredit oladigan jismoniy shaxslar ishtirok etadi. Ipotekani uzoq muddatga (10–30 yil) moliyalashtirgan kreditorlar uchun yangi kreditlar berish (qayta moliyalashtirish) maqsadida resurslar to‘ldirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu masalani hal qilish uchun ikkilamchi ipoteka bozori tashkil etiladi7.
Ipoteka qimmatli qog‘ozlari bozorida (ikkilamchi ipoteka bozorida) taqdim etilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha garov hujjatlarini sotish amalga oshiriladi va kreditlarni qayta moliyalashtirish tashkil qilinadi. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ipoteka bozori tashkil qilingan. Ushbu bozorni tashkil qilishning mavjud sxemalarini yiriklashtirilgan tarzda quyidagi modellarga yaqinlashtirish mumkin:
– bir pog‘onali (an’anaviy, Yevropa modeli);
– ikki pog‘onali (Amerika modeli);
– ssuda-omonat modeli.
Bir pog‘onali ipoteka modeli – bu modelda berilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish oddiy bank faoliyatidan – depozitlar oqimi va bank tizimida qayta moliyalashtirishdan ro‘y beradi. Bir pog‘onali modelda ipoteka krediti bergan bank mustaqil ravishda, bir tomondan, berilgan ipoteka kreditlari bilan, boshqa tomondan esa – qarzdorlar tomonidan kredit olish uchun garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk bilan ta’minlangan obligatsiya turidagi qimmatli qog‘ozlar chiqaradi. Bu model yana nemis modeli, Yevropa modeli yoki an’anaviy ipoteka modeli deb ham ataladi. Jalb qilingan mablag‘lar va ipoteka krediti bo‘yicha berilgan mablag‘lar o‘rtasidagi vaqt tafovuti, bank uchun kredit riski va foiz riski bunday modelning kamchiliklari hisoblanadi. Yevropada ipotekaga asoslangan obligatsiyalar eng yirik bozori Germaniya bozori hisoblanadi.

Download 52.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling