11 mavzu savollaroga javoblar


Download 9.5 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi9.5 Kb.
#203679
Bog'liq
2 5208590943908792750


11) mavzu savollaroga javoblar;

1. Fuqarolik jamiyatining instituti sifatida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qanday funksiyalarni bajaradi?

2. Mahalliy hokimiyat va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘zaro munosabatlari qanday yo‘nalishlarda amalga oshiriladi?

3. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini rivojlantirishga oid qanday vazifalar belgilangan?

4. Kuchli davlatdan – kuchli fuqaroliik jamiyati sari‖ konsepsiyasida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishiga oid qanday vazifalar belgilangan?

5. ”Maxalla” xayriya fondi xaqida ma’lumot bering.

Javoblar:

1)Fuqarolik jamiyatini qurish, albatta, «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» bosqichma-bosqich o‘tish orqali ro‘y beradi. Bugungi kunda har bir inson, har bir oila, har bir mahalla hayotida, davlat va jamiyat boshqaruvida insonlarning boshini birlashtirishda, ma’muriy-hududlarda tartib-intizom, xavfsizlik, barqarorlik va qonuniylikni mustahkamlashda, kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o‘tish jarayonida o‘zini o‘zi boshqarish tizimini joriy etishda fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni va ahamiyati kun sayin oshib borayotganini hayotning o‘zi tasdiqlamoqda.

2)Kuchli jamiyat har qanday muammoni o‘zi hal etadi. Har bir fuqaro esa o‘zining siyosiy hamda iqtisodiy imkoniyatlaridan foydalana olmadi, jamiyatning faol a’zosiga, muhimi uning boshqaruvchisiga aylanadi. Boshqaruv jarayonida jamatchilikning ishtiroki ortib, mahalliy hokimiyat bilan ular o‘rtasidagi munosabatlar birlashib boradi. Shu yo‘l bilan o‘zini-o‘zi boshqaradigan jamiyat barpo etiladi. Ammo, bu jarayon tez kechadigan ijtimoiy hodisa emas. Bular demokratik huquqiy davlatning asosini tashkil etadi. Kuchli fuqarolik jamiyati-turli xil nodavlat notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, yuqori saviyadagi siyosiy fuqarolar faolligi bilan xarakterlanadi. Kuchli davlat esa kuchli jamiyat shakllanishida islohotchilik qilishi mumkin.

3)Shu o‘rinda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqiy maqomiga to‘xtalib o‘tsak. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 39-moddasida belgilangan yuridik shaxs belgilariga ega. Ya’ni, u o‘z mol- mulkiga ega bo‘ladi hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradi. O‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga, ya’ni nomi, muhriga ega bo‘ladi. O‘z navbatida, tegishli tartibda sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladi.

4)Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyat sari konsepsiyasi.

Ma’lumki, kishilik jamiyati turli siyosiy tuzum va boshqaruvlar asosida rivojlanib kelgun. Mustaqillik tufayli respublikamizda davlat hokimiyati bo‘g‘inlarining qonuniy bo‘linishiga asoslangan davlat boshqaruvi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi kuchli davlat sifatida o‘zini-o‘zi himoya qilishi, qabul qilingan xalqaro huquq me’yorlariga asoslanib jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallamoqda. Har qanday jamiyatda ham davlat kuchli bo‘lgandagina o‘z funksiyalarini ijtimoiy tuzilmalarga o‘tkazib boradi. Ijtimiy tuzilmalar jamiyat boshqaruvida munosib ishtirok etsa, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishni zimmasiga olsa, har bir yuqaroning davlat va jamiyat boshqaruvida erkin ishtirokini ta’minlashga erishsa, bu jamiyat kuchli jamiyat sifatida tan olinadi.



5)O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mahalla» xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida»gi 1992 yil 12 sentabr, «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida»gi 1994 yil 23 avgust, «Bolali oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida»gi 1996 yil 10 dekabr, «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qo‘llab- quvvatlash to‘g‘risida»gi 1998 yil 23 aprel, «Aholini aniq yo‘nalti- rilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida»gi 1999 yil 13 yanvar, «O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab- quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2004 yil 25 may, «Aholi o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot ishlarining samaradorligi oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘ri- sida»gi 2006 yil 3 aprel farmonlari, «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2013 yil 10 oktabr qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Respub- lika «Mahalla» xayriya jamg‘armasining faoliyatini yanada takomil- lashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 1993 yil 1 dekabr, «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2013 yil 10 iyul, «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlash- tirish bo‘yicha respublika kengashini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2013 yil 30 sentabr, «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risi- da»gi 2013 yil 7 oktabr, «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirishning tashkiliy tuzilmasi va tizimi to‘g‘risida»gi nizomni tasdiqlash haqida»gi 2013 yil 14 dekabr qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlardir.

Tuzuvchi : Iskandarov Sarvarbek 504-19 YUTT talabasi.
Download 9.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling