11-mavzu: Valentlik nazariyasi va tilshunoslik


Download 18.25 Kb.
Sana12.05.2022
Hajmi18.25 Kb.
#667603
Bog'liq
11-amaliy mashg'ulot. Valentlik nazariyasi va tilshunoslik (1)
Tempus - Yevropa ittifoqi, DAILY WARMS UP2 (2), Test-4-abituriyent,1, xavfsizlik 3, xavfsizlik 3, abn 3 TAJ 3-VAR, €­д®а¬ жЁ®­­ п ЎҐ§®Ї б­®бвм ў бҐвпе ќ‚Њ, Дарс-тахлили, 1-MAVZU UCHUN test savollari, 1-MAVZU UCHUN test savollari, 2 5265210269411313753, 1605671741981, 1605671741981, 1 MAVZU NAZARIY (1), iboralar

11-mavzu: Valentlik nazariyasi va tilshunoslik
Reja:
1. Valentlik nazariyasi va tilshunoslik.
2. Verbosentrik nazariyaning shakllanishi
3. Valentlik turlari.
Tayanch tushunchalar: valentlik, leksik, sintaktik, mantiqiy valentlik, verbosentrik nazariya, avalent, bir valentli, ikki valentli, uch valentli fe’llar.
Har bir atomning valentligi mavjud. U elementlar atomlarining kimyoviy bog’lanishlar hosil qilish xususiyatidir. Valentlik berilgan atomning boshqa atomlar bilan birikkan kimyoviy bog’lanishlar soni sifatida aniqlanadi.
Kimyo fanida juda katta muvaffaqiyat qozongan valentlik nazariyasi tilshunoslikka ham o’tgan asrning 40-yillaridan tatbiq etila boshladi. Bu tushuncha tilshunoslikka ilk marta S.D.Kasnelson tomonidan 1948 yili yozilgan «O grammaticheskoy kategorii» («Vestnik LGU», 1948) asarida kiritildi. Shundan boshlab mazkur tushuncha tilshunoslikda mustahkam o’rin oldi.
Valentlik atamasi lot. valentia so’zidan olingan bo’lib, «quvvat», «kuch» degan ma’noni beradi. Bu atama kimyoda bir element atomining boshqa element atomi bilan bog’lanish xususiyatini ifodalash uchun qo’llanilsa, tilshunoslikda leksemaning boshqa leksema bilan bog’lanish qobiliyatini ifodalash uchun ishlatiladi.
Tilshunoslikda valentlik atamasi keng tarqalgan bo’lsa-da, lekin bu atama ostida xilma-xil tushunchalar ifodalandi. G’arbiy Ovrupo tilshunosligiga bog’lanishni ifodalash uchun mazkur atamani olib kirgan L.Tenyer uni faqat fe’lga nisbat berdi va valentlikni fe’l qo’shib olishi mumkin bo’lgan aktantlar miqdori sifatida belgiladi.
L.Tenyer fe’llarni avalent (shaxssiz fe’llar), bir valentli (o’timsiz fe’llar: Ahmad uxlayapti), ikki valentli (o’timli fe’llar: Ahmad kitob o’qidi), uch valentli fe’llarga bo’ladi.
Valentlikni bunday tushunish verbosentrik (har qanday gap asosida fe’l yotadi deb hisoblash) nazariyaning asosidir. Unda valentlik verbosentrik nazariyada mantiq ta’sirida kelib chiqqan bir, ikki, uch o’rinli predikatlarga teng keladi.
Hozirgi tilshunoslikda predikat atamasi ostida faqat fe’l emas, balki otlar ham tushunilgani va predikatlar materialiga ko’ra fe’l va ot predikatlarga bo’linganidek, valentlik ham so’z va tilning har qanday sath birliklarining boshqasi bilan birikish xususiyati deb tushunish keng tarqaldi.
Valentlik dastlab leksik birliklarga nisbatan (leksik valentlik) qo’llanilgan bo’lsa, keyingi davrlarda sintaktik birliklarga ham qo’llanila boshlandi (sintaktik valentlik). Bundan tashqari, shakliy va mazmuniy valentlik ham ajratila boshladi. Bog’lanuvchi elementlardan qaysi biri biriktirib oluvchi, qaysi biri birikuvchi ekaniga ko’ra faol valentlik va nofaol (passiv) valentlikka bo’lish odat tusiga kirmoqda.
Qolaversa, lisoniy birliklar valentliklarning yuzaga chiqish zarurligi yoki zaruriy emasligi belgisiga ko’ra majburiy (obligator) va fakultativ valentliklarga ham bo’linadi. Valentlikning mazkur turga bo’linishi pozision sintaksisning ta’siri natijasidir. Valentlikni bu jihatdan o’rganish pozision sintaksisning rivoji uchun keng imkoniyat yaratadi.
Pozision sintaksis talqiniga muvofiq, gap tarkibida markaziy o’rin egallagan tayanch so’z, ya’ni predikat qator pozisiyalarga o’rin ochadi. Bu pozisiyalardan ayrimlari gapning mazmuniy-grammatik shakllanishi uchun to’ldirilishi zaruriy bo’lsa, boshqalari zaruriy bo’lmaydi. Qo’shimcha axborot beradi. Masalan, Ahmad shkafdan kitob oldi gapida kitob so’zi zaruriy, shkaf so’zi esa fakultativ valentlikni to’ldirib kelgan birliklar sanaladi.
Leksik valentliklarning bevosita yuzaga chiqishi so’z birikmalarini hosil qiladi. Semantik valentlik so‘z leksik ma’nolarining mantiqiy uzvlariga asoslanadi. “Semantik valentlik ma’noning alohida uzvlari chatishuviga asoslanadi”. (G.Helbig)
Bunda so‘zlar, ayniqsa, fe’llarning imkoniyatini shu o‘rinda alohida tilga olish zarur. Ular nafaqat harakatni nomlash, balki shu harakatning barcha ijrochilarini, kechimini, vaziyatini oldindan ko‘rsatish imkoniyatiga ega.bordim(biror joyga), o‘qidim (biror narsani), mehr qo‘ydim (kimga)
Leksik-semantik valentlik so‘zning leksik ma’nosidan, ya’ni leksemaning sememasidan boshlanadi. Agens valentligi- kesim ifodalangan so‘zning shu so‘zdan anglashilgan harakat, holat, belgi mansub bo’lgan leksik birlikni birikma uchun talab qiladi. U semantik agentiv fe’llarda faol kuzatiladi.suva devorni suva, suvoqchi suvadi. Chal, yoz, o’qi, kuyla, sug’or kabi. Mazmun valentligi aktanti ma’nosi hamma vaqt predikativ vazifadagi so’zning ma’no uzvi bo’ladi. I.Qo’chqortoyevning qayd etishicha, o‘zbek tilidagi fe’llarning mazmun valentligi aktanti sintaktik jihatdan asosan to’ldiruvchi(vositasiz) va ko‘chima gap vazifasini o’taydi. Sifatning mazmun valentligi gapning ajratilgan bo’lagida uchraydi.
Asosiy adabiyotlar:
1.Nurmonov A., Yo’ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. – Toshkent: Sharq, 2002.
2.Nurmonov A. O’zbek tilshunosligi tarixi. – Toshkent: O’zbekiston , 2002.
Qo‘shimcha adabiyotlar:

1. Cedric Boeckx / Massimo Piatelli-Palmarini language as a natural object- linguistics as a natural science // The Linguistic Preview/. Volume 22, Issue 2-4, 447-466.
2.Кедров Б.М. О современной классификации наук // Вопросы философии. 1980. №10. – Б.85.
Internet adreslari
1.www.ziyonet.uz
2.www.ziyouz.com
Download 18.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling