11-sinf O’zbekiston tarixi darsligi yuzasidan mavzulashtirilgan test to’plami


Tuzuvchi: Mamutov Marat Mambetmuratovich, Nukus shahri, Nukus davlat pedagogika institutining akademik litseyi tarix fani o’qituvchisi


Download 421 Kb.
bet5/7
Sana15.04.2020
Hajmi421 Kb.
#99434
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11 o'zbek mavzulashtirilgan test


Tuzuvchi: Mamutov Marat Mambetmuratovich, Nukus shahri, Nukus davlat pedagogika institutining akademik litseyi tarix fani o’qituvchisi
16-mavzu (10 ta)

  1. Moslashtiring

  1. 1991 yil 2) 1993 yil 3) 1994 yil 4) 2001 yil

a) Xorazmda qo’girchoq testri ochldi b) Suxondaryoda qo’g’irchoq teatri ochildi c) Qashqaryo va Namanganda viloyat tetarlari qoshida qo’girchoq guruhlari tashkil etildi d) farg’onada qo’g’irchoq teatri ochildi

  1. 1-a,2-b,3-c,4-d

B. *1-d,2-a,3-c,4-b

C. 1-c,2-a,3-d,4-b

D. 1-d,2-c.3-a,4-b


  1. Turkiston saroyi qachondan is boshladi?

  1. *1993 yil B. 1994 yil

C. 1995 yil D. 1998 yil

  1. Turon teatr-studiyasi tashkil topishidan 10 yil oldin quyidagi qanday voqea yuz berdi?

  1. O’zbekiston xalqaro forumlar saroyi ish boshladi

  2. O’zbekiston akademik rus drama teatri binosi qurildi

  3. *O’zbekteatr ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi

  4. O’z’bekteatr birlashmasi tugatilib madaniyat vazirligiga o’tkazildi

  1. 1992 yillardagi voqealrini moslashtiring?

  1. mart 2) may 3) iyun 4) avust

  1. Xorazmda folklor jamoalar ko’rik-tanlovi tashkil etildi b) Toshkentda “asrlarga tengdosh navolar ” ko’rik-tanlovi tashkil etildi c) Toshkentda lapar,yalla ijrochilarning ko’rik tanlovi d) Qo’qonda askiya.qiziqchi va masqarabozlarning ko’rik-tanlovi tashkil etildi

  1. *1-b,2-a,3-d,4-c B. 1-d,2-a.3-b,4-c C. 1-a,2-b.3-c.4-d D. 1-b,2-a,3-c,4-d

  1. O’zbekiston vatanim maniim ko’rik tanlovi o’tkazish yuzasidan qaror qabul qilingan yili qaysi vatandoshlarimizning yubileylari keng nishinlangan?

  1. Ahmad Fa’goniy 2) Al Buxoriy 3) Al Motrudiy 4) Al Marginoniy 5) Najmidddin Kubro,Az –Zamaxshariy

  1. 1,2 B. 3,4 C. *4,5 D, 1,2,4,5

  1. “O’zbeknavo”Estrada birlahsmasi tashkil etilgan yili yurtimizda qanday yil deb nomlangan?

  1. Ayollar yili

B. Soglom avlod yili

*C. Onalar va bolalar yili

D. Qariyalrni qadrlash yili


  1. O’zbekiston Prezidenti shavkat Mirziyoyev millliy kino san’ati xodimlari va mutsaddilari bilan uchrashganidan 16 yil avval quyidagi qaysi voqea yuz berdi ?

  1. Oz;bekiston respublikasi davlat bayrog’I qabul qildi

* B. O’zbekiston ilk bor muqobil prezidentlik savlovi o’tkazildi

C. O’zbekiston Mustaqillik Deklarasiyasi qabul qabul qildi

D. A. B


  1. Quyidagi bir yilda ruy bergan voqealrni aniqlang?

  1. Ozbeknavo birlashmsi tashkil etildi,Madaniyat va san’at ko’rgazmasi ish boshladi

  2. B. Ijon fondi tashkil etildi,Badiiy akademiyasi ochildi

*C Temuriylar cdavlat muzeyi ochildi,Olimpiya shon-shuhrat muzeyi tashkil topdi

D.O’zbekiston xalqaro forular saroyi,Simpoziumlar saroyi tashkil topdi



  1. O’zbekiston har yili 2-8 sentyabr kunlari……

*A.Muzeylar haftaligi o’tkaziladi

B. O’zbek milliy kino kunlar o’tkaziladi C.Xalqaro kino kunlari o‘tkaziladi

D. San’at haftaligi o’tkaziladi

10. Fransuzcha peshayvon qaysi so’znng ma’nosi?

A. Simpozium B. galeriya C.konservatoriya D. festival

17-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyatining shakllanish va uning ustivor yo‘nalishlari (23 ta test)
1. Mustaqil O‘zbekistonning qulay geosiyosiy imkoniyatlari nimalardan iboat.

1. Sharq va G‘arb o‘rtasidagi qadimgi savdo-sotiq 2. Yevropa va Yaqin Sharqdan Osiyo – Tinch okeani mintaqasiga olib boradigan yo‘llar Markaziy Osiyodan, uning markazida joylashgan O‘zbekistondan o‘tadi 3. O‘zbekiston mintaqadagi etnik murosasizlik, narkobiznes va har xil tashqi kuchlar tomonidan rag‘batlantirilib kelinayotganligi 4. Markaziy Osiyoning markazida joylashgan O‘zbekiston o‘zining geogra␤k holati, 5.Mazkur mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, iqtisodiy integratsiya jarayonini rivojlantirish, 6.Barqarorlikni ta’minlash, hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatiga ega

a) 1,2,3,4 ,5,6 *b) 1,2,4,5,6

s) 2,3,4,5,6 d)1,2,3,5,6

2.O‘zbekiston bugungi kunda qaysi qo‘shni davlatlar o‘rtasida bog‘lovchi halqa vazifasini o‘tab kelmoqda.

*a) Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston

b) Hindiston,Pokiston,Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston

s) Qozog‘iston, Qirg‘iziston,Xitoy,Tojikiston va Afg’oniston

d) Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston

3. O‘zbekiston o‘zining joylashuviga ko‘ra Markaziy Osiyoning qaysi sohalari markazida joylashgan

1. transport 2. Metalurgiya 3. ta’lim 4. suv tizimi 5. kommunikatsiya 6. energetika

a)1,2,3,4 * b)1,4,5,6

s) 1,3,5,6 d) 2,4,5,6

4. Tabiiy iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral – xomashyo zaxiralari va strategik materiallarga ega, dehqonchilik madaniyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o‘zini ta’minlashga qodir. O‘zini neft, gaz, rangli metallar bilan ta’minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga ega.Bu davlat….?

a) Qozog‘iston b) Qirg‘iziston

s) Tojikiston *d)O’zbekiston

5. O‘zbekiston geosiyosiy joylashuvi jihatdan qanday noqulayliklardan mustasno deb bo‘lmaydi.

1.O‘zbekiston Fors ko‘rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Tarim havzasining neft va gazga juda boy konlari joylashgan yarim halqaning strategik markazida joylashganligi

2. bu hududda butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko‘pgina davlatlarning bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari

3. O‘zbekiston mintaqadagi etnik murosasizlik, narkobiznes va har xil tashqi kuchlar tomonidan rag‘batlantirilib kelinayotganligi

4. Markaziy Osiyoning markazida joylashgan O‘zbekiston o‘zining geogra␤k holati,

5. ichki mojarolar hali ham tugatilmagan Afg‘oniston kabi davlat bilan chegaradoshligi

6.O‘zbekiston bevosita dengizga chiqa olmaydigan, buning ustiga dengiz portlaridan eng uzoqda joylashgan mamlakat

7.Qora dengiz, Boltiq dengizi, Yapon dengizi va Shimoliy dengizlarga olib chiquvchi eng qisqa temir yo‘li qariyb 3 ming kilometrni tashkil etishi

8.Mazkur mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, iqtisodiy integratsiya jarayonini rivojlantirish 9.Barqarorlikni ta’minlash, hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatiga ega

*a) 1,2,3,5,6,7 b) 1,2,3,5,6,7

s) 2,3,5,6,8,9 d)1,3,5,7,9

6.O’zbekiston Respublikasiga qiyinchilik tug’diruvchi qanday muammolari mavjud.

a) uzunligi 150 va undan ko‘p kilometrli daryolar 50 tadan oshgan bo‘lishiga qaramasdan, uning suv resurslari cheklangan va ekologik muammolari

b) Orol fojiasi

s) aholi sonining ko’payib borishi

*d) a va b

7. O‘zbekiston tashqi siyosatining ma’naviy yo‘nalishi nimalardan iborat

*a) insonparvarlik, oshkoralik,qadr-qimmat o‘z imkoniyatlariga tayanish va insoniyatning yagona oilasida o‘z taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lish

b)xalqaro hamkorlikni olib borishda teng huquqli subyekt sifatida qatnashish,boshqa mamlakatlarning suverenitetini hurmat qilish

s) nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish,boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik,harbiy bloklarga qo’shilmaslik

d) davlatlar suveren tengligini tan olish,kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik,chegara daxlsizligini o’zi ta’minlash

8. O‘zbekiston bugungi kunga qadar nechta davlat bilan rasmiy diplomatik munosabatlar o‘rnatgan?

a)123 ta *b) 133 ta s) 145 ta d) 150 ta

9. O‘zbekistonda nechta xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat olib bormoqda?

*a) 11 ta b) 45 ta s) 23 ta d) 31 ta

10. Toshkentda nechta xorijiy mamlakatning elchixonasi mavjud.

a) 34 ta b)51 ta s) 45 ta d) 35 ta

11. Toshkentda nechta xorijiy mamlakatning faxriy konsullik markazlari mavjud.

a)* 9 ta b) 8 ta s)4 ta d) 10 ta

12. O‘zbekiston Prezidenti qachon mamlakat tarixida ilk bor O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari bilan ochiq muloqot shaklidagi yig‘ilishni o‘tkazdi.

*a)2018-yil yanvarda

b)2017-yil yanvar

s) 2018 -yil avgustda

d) 2017 -yil martda

13. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida»gi qarori qachon qabul qilindi.

*a) 1992-yil may b)1993-yil aprel

s) 1992-yil dekabr d) 1993- yil may

14. «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori qachon qabul qilindi.

a)1993 yil yanvar b)*1994-yil mart

s) 1993-yil aprel d) 1994-yil dekabr

15. «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi qonun qachon qabul qilindi.

a)1995-yil * b)1996-yil

s)1994-yil d) 1997-yil

16. O‘zbekiston Respublikasining «Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi» qachon qabul qilingan.

*a)2012-yil sentabrda

b)1993-yil aprelda

s) 1992-yil dekabrda

d)1993- yil mayda

17. Bu davlat tashqi siyosatining prinsiplari va strategik ustuvor yo‘nalishlarini, xalqaro maydondagi maqsad va vazifalarini, istiqbolda O‘zbekiston milliy manfaatlarini ilgari surish mexanizmlarini belgilab beradigan qarashlarning yaxlit qanday tizimida mujassamlashgan.

*a) tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi

b) milliy siyosiy faoliyat konsepsiyasi

s) diniy bag’rikenglik konsepsiyasi

d) ichki siyosiy faoliyati konsepsiyasi

18. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’yektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi”.Mazkur qoida qaysi hujjatda o’z aksini topgan?

a) «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorida

b) “O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi qonunda

*s) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida d) Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi»da

19. “Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi»da«O‘zbekistonning hayotiy muhim manfaatlari shu mintaqa bilan bog‘liq» deb qaysi mintaqa nazarda tutilgan?

a)Orol dengizi havzasi

*b) Markaziy Osiyo

s) Afg’oniston va unga tutash hududlar

d) O’rta Osiyo

20.Qaysi konsepsiyda O‘zbekistonning tinchliksevar siyosat yuritishi, harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmasligi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qolishi ta’kidlandi.

*a) tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi

b) milliy siyosiy faoliyat konsepsiyasi

s) diniy bag’rikenglik konsepsiyasi

d) ichki siyosiy faoliyati konsepsiyasi

21. “Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi” qanday qoidalar muhrlab qo’yilgan.

1. “O‘zbekiston o‘zini qo‘shni davlatlardagi qurolli ziddiyatlarga tortilishining oldini olish maqsadida tegishli choralarni ko‘radi

2. o‘z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va ob’yektlari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi

3.chetdan qurol sotib olish va qo’shni davlatlar bilan harbiy muammo tug’ilganda ishlatish

4.O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xorijdagi tinchlikparvarlik operatsiyalarida ishtirok etmaydi”.

5. «Markaziy Osiyo muammolari tashqi kuchlarning aralashuvisiz, mintaqadagi davlatlarning o‘zlari tomonidan yechilmog‘i zarur» deb hisoblaydi

6. dunyoning yirik davlatlari tomonidan mintaqada olib borilayotgan o‘zaro raqobat inobatga olinmoqda

*a)1,2,4 b)2,4,6 s) 1,3,5 d) 1,3,6

22. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari nimalardan iborat:

1.mafkuraviy qarashlardan qat’i nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik

2. davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish,boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik

3.nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik

4. inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash

5. ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi 6. ‘z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va ob’yektlari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi

7. davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish

8.tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik 9.davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi 10 .O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xorijdagi tinchlikparvarlik operatsiyalarida ishtirok etmaydi”.

*a)1,2,3,4,5,7,8,9 b)1,2,3,4,6,7,8,9 s)2,3,4,5,6,7,8,10 d)1,3,4,5,6,7,8,10

23.O’zbekistoning a’zo bo’lgan har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda,ulardan chiqishi haqidagi me’yor qaysi hujjatda o’z aksini topgan?

a) «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorida

b) “O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi qonunda

s) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida *d) Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi»da


Bismillahir rohmanir rohim

18-mavzu: O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan o’zaro hamkorligi (70 ta)

1. Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan davlatni toping?

A) Afg’oniston B) Eron

C) Iroq D)* Turkmaniston

2. Quyidagi davlatlarning qay biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar qatoriga kirmaydi?

A) Qozog’iston B) * Ukraina

C) Qirg’iziston D) Tojikiston

3. Tog’ri javobni toping?

A) O’zbekiston tashqi siyosatining yetakchi yo’nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar bilan do’stlik, harbiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.

B) O’zbekiston tashqi siyosatining yetakchi yo’nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar bilan irredentism siyosatini yuritish, hamkorlik aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.

C)* O’zbekiston tashqi siyosatining yetakchi yo’nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar bilan do’stlik, hamkorlik aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.

D) O’zbekiston tashqi siyosatining yetakchi yo’nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar bilan birgalikda Rossiya va AQSH ta’siridan chiqish, dollar siyosatiga barham berish va harbiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.

4. 1993-yil yanvar oyida Toshkentda tashkil etilgan uchrashuv mohiyatini sharhlab bering?

A) Uchrashuvda Qirg’iziston, Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston va O’zbekiston davlat rahbarlari harbiy blok tuzish haqida bitim imzolashdi

B) Uchrashuvda Qirg’iziston, Qozog’iston, Tojikiston va O’zbekiston davlat rahbarlari Amudaryo suvini o’zaro bo’lib olish haqida bitim imzolashdi

C) Uchrashuvda Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston va O’zbekiston davlat rahbarlari tashqi tomondan biron bir harbit hujumlar uyushtirilsa o’zaro betaraflikni saqlab turish to’g’risida bitim imzolashdi

D)* Uchrashuvda Qirg’iziston, Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston va O’zbekiston davlat rahbarlari Hamdo’stlik haqidagi bitimga imzo chekishdi

5. 1993-yil yanvar oyida Toshkentda tashkil etilgan uchrashuvda qaysi tashkilot tuzildi?

A) Mustaqil davlatlar hamdo’stligi

B) * Markaziy Osiyo Hamdo’stligi

C) Kollektiv xavfsizlik kengashi

D) Mintaqaviy xavfsizlik tashkiloti

6. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 1993-yilda qayerda Orol dengizi muommasiga bag’ishlangan uchrashuv o’tkazdilar?

A) *Qizil O’rda shahrida

B) Nukus shahrida

C) Toshhovuz shahrida

D) Turkmaniston prezidenti saroyida

7. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 1999-yilda qayerda Orol dengizi muommasiga bag’ishlangan uchrashuv o’tkazdilar?

A) Qizil O’rda shahrida

B) Nukus shahrida

C) Toshhovuz shahrida

D) *Turkmaniston prezidenti saroyida

8. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 1994-yilda qayerda Orol dengizi muommasiga bag’ishlangan uchrashuv o’tkazdilar?

A) Qizil O’rda shahrida

B) *Nukus shahrida

C) Toshhovuz shahrida

D) Turkmaniston prezidenti saroyida

9. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 1995-yilda qayerda Orol dengizi muommasiga bag’ishlangan uchrashuv o’tkazdilar?

A) Qizil O’rda shahrida

B) *Nukus shahrida

C) Toshkent shahrida

D) Turkmaniston prezidenti saroyida

10. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 1995-yilda qayerda Orol dengizi muommasiga bag’ishlangan uchrashuv o’tkazdilar?

A) Qizil O’rda shahrida

B) *Toshhovuz shahrida

C) Toshkent shahrida

D) Turkmaniston prezidenti saroyida

11.Qachondan boshlab O’zbekistonning qo’shni davlatlar bilan munosabatida yangi davr boshlandi?

A) 2015-yildan B) *2017-yildan

C) 2016-yildan D) 2018-yildan

12. O’zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Tojikistonga oliy darajadagi uchrashuvi qachon amalga oshirildi?

A) *2018-yil mart oyida

B) 2018-yil aprel oyida

C) 2018-yil may oyida

D) 2018-yil iyun oyida

13. 2017-yil qaysi shaharda “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va tarqqiyot yo’lidagi hamkorlik?

A) Toshkentda B) Buxoroda

C) Xorazmda D) * Samarqandda

14. 2017-yil o’tkazilgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va tarqqiyot yo’lidagi hamkorlik? Mavzusidagi anjuman qaysi tashkilot homiyligida o’tkazildi?

A) * BMT B) YUNESKO

C) YUNESIF D) MDH

15. 2017-yil o’tkazilgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va tarqqiyot yo’lidagi hamkorlik? Mavzusidagi anjumanda necha nafar xorijiy ishtirokchilar qatnashdi?

A) 450 nafar B) *500 nafar

C) 550 nafar D) 600 nafar

16. O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi shartnoma qachon imzolangan va mustahkamlanib kelinmoqda?

A) *1992-yil iyunda B) 1991-yil martda

C) 1992-yil sentabrda D) 1991-iyil avgustda

17. O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi shartnoma qaysi shaharda imzolangan va mustahkamlanib kelinmoqda?

A) Toshkent shahrida

B) Ostona shahrida

C) Xorazm shahrida

D) * Turkiston shahrida

18. Qachon O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasida valyuta siyosatini ta’minlash to’g’risida shartnoma imzolangan?

A) *1994-yil yanvarda B) 1994-yil martda

C) 1994-yil sentabrda D) 1994-yil avgustda

19. 1994-yilda rasmiy davlat tashrifi bilan O’zbekistonda bo’lgan Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Islom Karimov o’rtasida qaysi sohalar bo’yicha shartnoma imzolangan?

1. tovarlar o’tishi; 2. Harbiy qurollar; 3. Xizmatlar o’tishi; 4. Sarmoyalar o’tishi; 5. Kadrlar almashish; 6. Ishchi kuchlarining erkin o’tib turishi; 7. O’zaro kelishilgan kredet; 8. Hisob-kitob; 9. Byudjet siyosatini ta’minlash; 10. Soliq siyosatini ta’minlash; 11. Narx siyosatini ta’minlash; 12. Boj siyosatini ta’minlash; 13. Valyuta siyosatini ta’minlash;

A) 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13

B) 1,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13

C) *1,3,4,6,7,8,9,10,11,12,13

D) 1,2,3,4,6,7,8,9,10,11,12,13

20. Qachon O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasida abadiy do’stlik shartnomasi imzolangan?

A) *1998-yil oktabrda B) 1995-yil martda

C) 1996-yil sentabrda D) 1997-yil avgustda

21. O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasida 2000-yil Toshkent shahrida bo’lgan uchrashuvda qaysi masala yuzasidan muzokaralar o’tkazildi?

A) Bojxona tartiblarini yumshatish masalasi

B) Ijtimoiy-iqtisodiy masalar

C) Valyuta savdosi maslasi

D) *davlat chegaralarini aniq belgilab olish masalasi

22. O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasida 2000-yil Toshkent shahrida bo’lgan muzokaralar yakunida qaysi hujjat imzolangan?

A) * “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Qozog’iston Respublikasi Prezidentining qo’shma bayonoti” imzolandi

B) “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Qozog’iston Respublikasi Prezidentining betaraflik to’g’risida bayonoti” imzolandi

C) “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Qozog’iston Respublikasi Prezidentining o’zga mamlakatlarga iqtisodiy sanksiya qo’llash to’g’risida qo’shma bayonoti” imzolandi

D) Hech qanday kelishuvga erishaolmagan

23. O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasida qachon davlat chegarasi to’g’risida Shartnoma imzolandi?

A) 1998-yilda B) 1999-yilda

C) 2000-yilda D) *2001-yilda

24. Davlat chegarasi to’g’risida Shartnoma imzolangandan keyin O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasidagi chegaraning umumiy uzunligi qanchaga yetdi?

A) *2440 km B) 1910 km

C) 159 km D) 3370 km

25. Davlat chegarasi to’g’risida Shartnoma imzolangandan keyin O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasidagi chegaraning necha fozi belgilab olindi?

A) 45 % B) 76 %

C) 50 % D)* 96 %

26. Davlat chegarasi to’g’risida Shartnomaga ko’ra umumiy chegaralanib olingan qismidan qolgan qismi nima bo’ldi?

A) Umumiy birgalikda foydalanish kelishildi

B) * delimitatsiya qilishga kelishdi

C) demobilizatsiya qilish belgilandi

D) Alohida bojxona zonasini tashkil etish belgilandi

27. “O’zbekiston-Qozog’iston davlat chegaralarining alohida uchastkalari to’g’risida bitim” qachon imzolandi?

A) *2002-yildan B) 2000-yildan

C) 2001-yildan D) 2003-yildan

28. O’zbekiston-Qozog’iston davlat chegaralariga oid dolzarb masalalar huquqiy jihatdan o’z yechimini topgan bitim qaysi shaharda imzolangan?

A) Toshkent shahrida B) *Ostona shahrida

C) Xorazm shahrida D) Turkiston shahrida

29. O’zbekiston Respublikasi bilan Qozog’iston Respublikasi o’rtasida Strategik sheriklik to’g’risida shartnoma qachon imzolangan edi?

A) *2013-yilda B) 2012-yilda

C) 2011-yilda D) 2014-yilda

30.2017-yil iyun oyida qaysi tashkilotning Ostona sammiti o’tkazildi va unda O’zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev qatnashdi?

A) * Shanhay Hamkorlik Tashkiloti

B) BMT


C) MDH

D) Millatlar ligasi

31.Bir vaqtda sodir bo’lgan voqealarni aniqlang?

A)* BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish O‘zbekistonga tashrif buyurdi; Ostona sammiti o’tkazildi

B) Qirg’izistonda davlat tuntarilishi; Ostonaning mamlakat poytaxti deb e’lon qilinishi

C) O’zbekiston Respublikasi bilan Qozog’iston Respublikasi o’rtasida Strategik sheriklik to’g’risida shartnoma imzolanishi; “O’zbekiston-Qozog’iston davlat chegaralarining alohida uchastkalari to’g’risida bitim” imzolanishi

D) O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasida qachon davlat chegarasi to’g’risida Shartnoma imzolanishi; “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va tarqqiyot yo’lidagi hamkorlikm mavzusidagi anjuman boshlanishi

33. Qozog’iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev O’zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelib, O’zbekiston Prezidenti ordeni bilan taqdirlangan sanani aniqlang?

A) *2017-yil sentabrda B) 2017-yil martda

C) 2017-yil iyunda D) 2017-yil avgustda

33. Shavkat Merziyoyev Nursulton Nazarboyevni qaysi orden bilan taqdirladi?

A) “O’zbekiston Qahramoni”

B) “Buyuk xizmatlari uchun”

C) “Do’stlik”

D)* “El-yurt hurmati”

34. Hozirgi kunda (2018-yilda) Qozog’istonda necha nafar o’zbeklar yashab kelmoqda?

A) * 550 ming B) 1 million

C) 1,5 million D) 600 mingga yaqin

35. Ma’lumki, O’zbekistonning Qirg’iziston bilan ikki tomonlama hamkorligi O’zbekiston Respublikasi bilan Qirg’iziston Respublikasi o’rtasida do’stlik, hamkorlik va o’zaro yordam haqida shartnoma asosida yo’lga qo’yildi va rivojlantirilmoqda. Aytingchi bu shartnoma qachon, qayerda kimlar o’rtasida imzolandi?

A) * 1992-yil Toshkentda Qirg’iziston Prezidenti Askar Akayev va O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov o’rtasida

B) 1991-yil Toshkentda Qirg’iziston Prezidenti Askar Akayev va O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov o’rtasida

C) 1992-yil Beshkekda Qirg’iziston Prezidenti Almasbek Atambayev va O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov o’rtasida

D) 1993-yil Toshkentda Qirg’iziston Prezidenti Askar Akayev va O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov o’rtasida

36. 1993-yilda O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov Qirg’izistonga davlat tashrifi bilan boradi va qaysi hujjatni imzolaydi?

A) *1994-2000-yillarga mo’ljallangan iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish to’g’risida Bayonot imzoladi

B) 1994-2000-yillarga mo’ljallangan Harbiy bloklar tashkil etishni yanada rivojlantirish to’g’risida Bitim

C) 1994-2000-yillarga mo’ljallangan Chegaradagi xavfsizlikni ta’minlash to’g’risida Shartnoma

D) 1993-2000-yillarga mo’ljallangan iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish to’g’risida Kelishuv

37.1993-yil O’sh shahrida imzolangan hujjati qaysi masalalarga qaratilgan edi?

1. Ikki davlatda ishlab chiqarilgan milliy dasturlarni muvofiqlashtirish;

2. Paxta xomashyosi bilan g’allani bojsiz eksport qilish;

3. Chegara hududda yashaydigan aholiga bepul ijtimoiy yordam berish;

4. Xomashyo va ishchi kuchidan unumli foydalanish;

5. Ilmiy salohiyatdan unumli foydalanish?

A) 1,2,3,4,5 B) 1,3,4,5

C) 1,2,4, D) *1,4,5

38. 1994-yil yanvar oyida rasmiy davlat tashrifi bilan Qirg’izistonda bo’lgan O’zbekiston prezidenti Islom Karimov ikki davlat o’rtasida qaysi sohalar bo’yicha shartnoma imzolagan?

1. tovarlar o’tishi; 2. Harbiy qurollar; 3. Xizmatlar o’tishi; 4. Sarmoyalar o’tishi; 5. Kadrlar almashish; 6. Ishchi kuchlarining erkin o’tib turishi; 7. O’zaro kelishilgan kredet hisob-kitob; 8. Byudjet siyosatini ta’minlash; 9. Soliq siyosatini ta’minlash; 10. Narx siyosatini ta’minlash; 11. Boj siyosatini ta’minlash; 12. Valyuta siyosatini ta’minlash;

A) 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,

B) 1,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,

C) *1,3,4,6,7,8,9,10,11,12,

D) 1,2,3,4,6,7,8,9,10,11,12,

39.Qirg’istonda qachon obro’-e’tiborini yo’qotgan Prezident hokimiyati ag’darildi?

A) 2011-yil iyunda B) *2010-yil iyulda

C) 2010-yil iyunda D) 2012-yil iyulda

40. Qirg’istonda ekstermistik kuchlar tomonidan uyushtirilgan millatlararo qonli voqealar sharoitida O’zbekiston qancha qochqinlarni o’z hududiga qabul qildi?

A) 500 mingga yaqin B) 400 mingda ziyod

C)* 100 mingdan ortiq D) 200 ming kishini

41. Qachondan boshlab O’zbekiston bilan Qirg’iziston munosabatlarida yangi sahifa boshlandi?

A) 2015-yildan B) *2017-yildan

C) 2016-yildan D) 2018-yildan

42.Qachon Sh. Mirziyoyev Almazbek Atambayev taklifiga ko’ra Beshkekda bo’ldi?

A) *2017-yil sentabrda B) 2017-yil martda

C) 2017-yil iyunda D) 2017-yil avgustda

43. Beshkekda bo’lgan uchrashuvda O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari o‘z ichiga necha foiz masofani qamrab olgan chegara to‘g‘risidagi bitimni imzolashdi?

A) 90 % B) 100 %

C) 96 % D) *85 %

44. Shu munosabat bilan, aholining o‘tib qaytishi uchun ikki davlat o‘rtasidagi yopib qo‘yilgan chegara postlar ochildi. Bu postlar necha yil davomida yopilib turgan edi?

A) *7 yil davomida B) 8 yil davomida

C) 9 yil davomida D) 10 yil davomida

45.2017-yil dekabr oyida O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan qaysi Prezident yurtimizga tashrif buyurdi?

A) Almazbek Atambayev

B) * Sooranbay Jeenbekov

C) Askar Akayev

D) Nursultan Nazarboyev

46. Tojikistonda qaysi yillarda birodarkushlik urushi bo’lib o’tgan?

A) 1993-1997-yillar B) 1992-1995-yillar

C) 1991-1996-yillar D) *1992-1996-yillar

47. Qaysi omil Tojikiston va O’zbekiston o’ratsidagi hamkorlikka salbiy ta’sir ko’rsatdi?

A) Tojikistonning MDH tashkilotidan chiqishi

B) Tojikistonning Amudaryodan umumiy foydalanish to’g’risidagi kelishuvni buzishi

C) Tojikistonda Rog’un GESining qurilishining boshlanishi

D)* Tojikistondagi fuqarolar urushi

48. Qaysi omil Tojikistonning qo’shni mamlakatlar bilan aloqalarini yana tikladi?

A) Tojikistonning MDH tashkilotiga qayta kirishi

B) Tojikistonning Amudaryodan umumiy foydalanish to’g’risidagi kelishuvni imzolashi

C) Tojikistonda Rog’un GESining qurilishining tuxtatilishi

D)* Tojikistonning rasmiy hokimiyati bilan muxolifat kuchlar o’rtasida tuzilgan milliy murosa haqidagi shartnomaga erishilgach

49. O’zbekistonda 1-sinf o’quvchilarga maktab o’quv qurollari va boshqa kerakli anjomlar berilib boshlangan yili Tojikistonda qaysi voqea yuz berdi?

A) Tojikistonning MDH tashkilotiga qayta kirishi

B) Tojikistonning Amudaryodan umumiy foydalanish to’g’risidagi kelishuvni imzolashi

C) Tojikistonda Rog’un GESining qurilishining tuxtatilishi

D)* Tojikistonning rasmiy hokimiyati bilan muxolifat kuchlar o’rtasida tuzilgan milliy murosa haqidagi shartnomaga erishilgach

50. 1998-yil yanvar oyida Imomali Rahmon Islom Karimov taklifiga binoan O’zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi. Uchrashuvda qaysi masalalar to’g’risida bitimlar imzolandi?

1. yuk tashish; 2. Harbiy qurollar; 3. Gaz yetkazib berish; 4.Tojikistonning qarzi bo’yicha o’zaro hisob-kitob; 5. Kadrlar almashish; 6. Ishchi kuchlarining erkin o’tib turishi; 7. O’zaro kelishilgan kredet hisob-kitob; 8. Byudjet siyosatini ta’minlash; 9. Soliq siyosatini ta’minlash; 10. Narx siyosatini ta’minlash; 11. Boj siyosatini ta’minlash; 12. Valyuta siyosatini ta’minlash;

A) 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,

B) 1,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,

C) *1,3,4

D) 1,2,3,4,6,7,8,9,10,11,12,

51. Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmonlar davlat rahbarlari sifatida ilk bor qachon uchrashishdi?

A)* 2017-yil may oyida

B) 2017-yil yanvar oyida

C) 2017-yil iyun oyida

D) 2017-yil avgust oyida

52. Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmonlar davlat rahbarlari sifatida ilk bor qaysi shaharda uchrashishdi?

A) Dushanbe B) Toshkent

C) Moskva D) *Ar-Riyod

53. Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmonlar davlat rahbarlari sifatida ilk bor qaysi xalqaro sammitida uchrashishdi?

A) * AQSh va arab musulmon davlatlari sammiti

B) BMT sammiti

C) MDH sammiti

D) Millatlar ligasi sammiti

54. Qachondan boshlab Tojikiston va O’zbekiston o’rtasida aviaqatnov yana tiklandi?

A) 2017-yil may oyidan

B)* 2017-yil aprel oyidan

C) 2017-yil iyun oyidan

D) 2017-yil avgust oyidan

55. Tojikiston va O’zbekiston o’rtasida aviaqatnov necha yillik yillik tanaffusdan so’ng yana tiklandi?

A) 11-yillik B) 15-yillik

C) 23-yillik D) *25-yillik

56. Qachon Dushanbeda ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk bor O’zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning keng ko’lamli ko’rgazmasi bo’lib o’tgan?

A) 2017-yil may oyida

B)* 2017-yil aprel oyida

C) 2017-yil iyun oyida

D) 2017-yil avgust oyida

57. O’zbekiston va Turkmaniston o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi shartnoma qachon imzolangan va mustahkamlanib kelinmoqda?

A) 1992-yil B) *1991-yil

C) 1993-yil D) 1990-yil

58. Islom Karimov Turkmanistonning qaysi shahrida va qachon amaliy tashrif bilan bo’ldi?

A) 2000-yil may oyida Toshxovus

B)* 1996-yil yanvar oyida Chorjo’y

C) 1995-yil iyun oyida Marv

D) 1993-yil avgust oyida Chorjo’y

59. Amaliy tashrif chog’ida qaysi masalalar bo’yicha bitimlar imzolandi?

1. do’stlik; 2. Harbiy qurollar; 3. hamkorlik; 4.Turmanistonning qarzi bo’yicha o’zaro hisob-kitob; 5.o’zaro yordam to’g’risida; 6. Davlat chegarasini qo’riqlashda hamkorlik qilish;7. O’zaro kelishilgan kredet hisob-kitob; 8. Byudjet siyosatini ta’minlash; 9. Soliq siyosatini ta’minlash; 10. Narx siyosatini ta’minlash; 11. Boj siyosatini ta’minlash; 12. Suv xo’jaligi masalalari;

60.?


A) *1,3,5,6,12,

B) 1,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,

C) 1,3,4,7,8

D) 1,2,3,4,6,7,8,9,10,11,12,

61. 1991-yildan 2016-yilga qadar ikki mamlakat rahbarlarining ____ marta oliy darajadagi

tashriflari amalga oshirildi?

A) 15 B) 13

C) 12 D) *11

62. O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikka oid dolzarb yo‘nalishlarni qamrab olgan davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajada imzolangan xalqaro shartnomalar ikki mamlakat munosabatlarining mustahkam huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.?

A) 100 dan ortiq B) *150 dan ortiq

C) 200 dan ortiq D) 250 dan ortiq

63. Shavkat Mirziyoyevning Prezident sifatida xorijiy mamlakatlarga ilk rasmiy tashrifi qachon, qaysi davlatga amalga oshirildi.?

A) 2017-yil 16–17-may kunlari Tojikistonga

B)* 2017-yil 6–7-mart kunlari Turmanistonga

C) 2017-yil 1–2-yanvar kunlari AQSHga

D) 2017-yil 19–20-Oktabr kunlari Hindistonga

64. Yurtimizda 2001-yilda qaysi davlatning madaniyat markazi faoliyat boshlagan?

A) Tojikiston B) Qozog’iston

C) Qirg’iziston D)* Turkmaniston

64. To’g’ri javobni toping?

A) Bugungi kunda O‘zbekistonning turli viloyatlarida turkman millatiga mansub qariyb 270 ming aholi yashab, 70 ta maktabda turkman tili o‘qitilmoqda.

B) Bugungi kunda O‘zbekistonning turli viloyatlarida turkman millatiga mansub qariyb 170 ming aholi yashab, 60 ta maktabda turkman tili o‘qitilmoqda.

C) Bugungi kunda O‘zbekistonning turli viloyatlarida turkman millatiga mansub qariyb 370 ming aholi yashab, 67 ta maktabda turkman tili o‘qitilmoqda.

D)* Bugungi kunda O‘zbekistonning turli viloyatlarida turkman millatiga mansub qariyb 170 ming aholi yashab, 70 ta maktabda turkman tili o‘qitilmoqda.

65. Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov qachon mamlakatimizga rasmiy tashrifi chog‘ida O‘zbekiston–Turkmaniston hamkorligini yanada rivojlantirish masalasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi?

A) 2015-yil iyun oyida

B) 2013-yil aprel oyida

C) 2014-yil sentabr oyida

D)* 2014-yil may oyida

66. 2017-yil Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov taklifi bilan ikki marta Turkmanistonga tashrif buyurdi. Aytingchi bu qaysi oylarda amalga oshgan edi?

A) * mart, may B) sentabr, oktabr

C) mart, iyun D) aprel, may

67. O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani qachon imzolashdi?

A) 2015-yil iyun oyida

B) 2013-yil aprel oyida

C) 2014-yil sentabr oyida

D)* 2017-yil mart oyida

68. O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi bilan birga ikki mamlakat vazirlari va idoralari o’rtasida qaysi sohalar bo’yicha hujjatlar imzolandi?

1. iqtisodiyot; 2. Qishloq xo’jaligi; 3. Kimyo sanoati; 4.temir yo’l transporti; 5.o’zaro yordam to’g’risida; 6. Madaniy-gumanitar sohalarida hamkorlik;7.hududlararo aloqalarni rivojlantirish;

A) 1,2,3,4,5,6, B)* 1,2,3,4,6,7

C) 2,3,4,5,6, D) 3,4,5,6,7

69. Delimitatsiya– bu ?

A) (ing. – qo’shmoq, biriktirmoq) davlat chegaralarini tuzilgan shartnomaga muvofiq tavsiflash va xaritalashtirish asosida belgilash; belgilangan chegaralarni qayta ko‘rib chiqish.

B) (fransuzcha. – belgilomoq ) davlat chegaralarini tuzilgan shartnomaga muvofiq tavsiflash va xaritalashtirish asosida belgilash; belgilangan chegaralarni qayta ko‘rib chiqish.

C) *(lot. – chegaralamoq, ajratmoq) davlat chegaralarini tuzilgan shartnomaga muvofiq tavsiflash va xaritalashtirish asosida belgilash; belgilangan chegaralarni qayta ko‘rib chiqish.

D) (ruscha. – chegaralamoq, ajratmoq) davlat chegaralarini tuzilgan shartnomaga muvofiq tavsiflash va xaritalashtirish asosida belgilash; belgilangan chegaralarni qayta ko‘rib chiqish.

70. Sammit – bu?

A) *(ingl. – tepa, yuqori, cho‘qqi; yuksak daraja) ikki yoki bir necha davlat boshliqlarining muhim xalqaro masalalar bo‘yicha uchrashuvi; oliy darajadagi kengash.

B) (ingl. – tepa, yuqori, cho‘qqi; yuksak daraja) ikki yoki bir necha davlat boshliqlarining muhim xalqaro masalalar bo‘yicha uchrashuvi; quyi darajadagi kengash.

C) (portugalcha. – tepa, yuqori, cho‘qqi; yuksak daraja) ikki yoki bir necha davlat boshliqlarining muhim xalqaro masalalar bo‘yicha uchrashuvi; oliy darajadagi kengash.

D) (ruscha. – tepa, yuqori, cho‘qqi; yuksak daraja) ikki yoki bir necha davlat boshliqlarining muhim xalqaro masalalar bo‘yicha uchrashuvi; o’rta darajadagi kengash.
Tuzuvchi: Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani 45-maktab tarix fani o’qituvchisi

Alisher Xo’janazarov


Download 421 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling