11. Tunukadan asosining tomonlari 1: 2 nisbatda va hajmi 72 sm
Download 31.7 Kb.
|
amaliy masalalar
8. YAsovchisi 20 sm bo‘lgan konus shaklidagi voronka yasalishi kerak. Voronkaning balandligi qanday bo‘lganda uning hajmi eng katta bo‘ladi? 9. radiusli va markazi nuqtada bo‘lgan doiradan sektor qirqib olinib. Qolgan qismidan voronka yasalgan. Hosil bo‘lgan voronka (konus sirti) ning asosining radiusi va balandligi qanday qiymatda bo‘lganda voronkaning hajmi eng katta bo‘ladi? 11. Tunukadan asosining tomonlari 1:2 nisbatda va hajmi 72 sm3 bo‘lgan quti yasash kerak. Uning o‘lchovlari qanday bo‘lganda tunukaning sarfi (qutining to‘la sirti) eng kichik bo‘ladi. 12. Berilgan hajmli silindrlardan eng kichik to‘la sirtga ega bo‘lgani topilsin. 13. Berilgan sirt yuziga ega bo‘lgan silindrlar ichida eng katta hajmga ega bo‘lganini aniqlang. 14. Asosi kvadratdan iborat usti ochiq bak litr hajmga ega. Bakning o‘lchovlari qanday bo‘lganda unga sarflanadigan material eng kam bo‘ladi. 15. Deraza yuqorisi yarim doira bilan tugallangan to‘g‘ri to‘rtburchak birlashmasidan iborat. Figuraning perimetri berilgan. Uning o‘lchamlari qanday bo‘lganda eng ko‘p yorug‘lik tushadi. 26. Uzunligi ga teng bo‘lgan bir o‘ram sim berilgan. SHu sim bilan bir tomoni zavod devoriga taqaladigan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi er maydonini shunday o‘ranki, uning yuzi eng katta bo‘lsin. 17. Tik turgan norvonning uzunligi 5 m. Norvonning pastki uchi o‘zgarmas 2m/s tezlik bilan sirpana boshlasa, t paytda norvonning yuqori uchi qanday tezlik va tezlanish bilan tushadi? 18. G‘ildirak shunday aylanadiki, burilish burchagi vaqtning kvadratiga proporsional bo‘ladi. G‘ildirakning birinchi aylanishi 8 sekundda bo‘ladi. G‘ildirak aylana boshlagandan 48 s keyin burchak tezligi qanday bo‘ladi? 19. Lampa to‘g‘ri gorizontal yo‘lka tepasida 12 m balandlikda osilgan. SHu yo‘lkadan bo‘yi 1,8 m bo‘lgan odam kelyapti. Agar shu odam 50 m/min tezlik bilan uzoqlashayotgan bo‘lsa, uning soyasi qanday tezlik bilan uzayadi? 20. Tomoni bo‘lgan kvadrat kartondan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi usti ochiq quti yasash kerak. Bunda kvadratning chetlarini qirqib va hosil bo‘lgan chetlarini buklash kerak. Qutining hajmi eng katta bo‘lishi uchun uning balandligi qanday bo‘lishi kerak? Download 31.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling