davlat xaridi

Sana01.01.1970
Hajmi
#111179
Bog'liq
davlat xaridi

Davlat xaridini tashkil etishning milliy va xalqaro huquqiy asoslari

Bajardi: Muzaffarov Muhammadjon

  • REJA:    1. Davlat xaridini tartibga soluvchi milliy qonunchilik 2. Davlat xaridi tizimidagi munosabatlarni tartibga soluvchi 
  • xalqaro qonunchilik

Davlat xaridini tartibga soluvchi milliy qonunchilik

  • Davlat xaridini boshqarish borasida O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ajralmas qismi -bu davlat xaridini boshqarish bo’yicha yangi huquqiy me’yorlarga asoslangan qonunchilikni shakllantirishdan iboratdir. 

2011 yil 1 apreldagi Vazirlar Mahkamasining 100-sonli Qaroriga asosan “Davlat xaridlari bo’yicha Hukumat komissiyasining ishchi organi to’g’risida”gi Nizom qabul qilindi. Nizomga asosan, ishchi organning asosiy vazifalar etib quyidagilar belgilandi:

-davlat xaridlari bo‘yicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish, davlat xaridlarini amalga oshirishda narxlarni shakllantirish jarayonini nazorat qilish; - Davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasining qonun hujjatlari bilan uning vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha materiallarini va qarorlari loyihalarini tayyorlash; -davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlari jarayonida ishtirok etuvchi boshqa tashkilotlar va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan Hukumat komissiyasi qarorlari bajarilishini nazorat qilish; -davlat xaridlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishda qatnashish.

Ishchi organning asosiy funksiyalari etib quyidagilar belgilandi:

  • -davlat xaridlari bo‘yicha axborot bazasini, shu jumladan davlat xaridlari bo‘yicha byudjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan joylashtiriladigan buyurtmalar, shuningdek byudjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga narxlar bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish va doimiy ravishda yangilab borish; -Hukumat komissiyasining qonun hujjatlari bilan uning vakolatiga kiritilgan masalalar, shu jumladan tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlarining har bir turi bo‘yicha kichik biznes sub’ektlari, davlat byudjeti hamda markazlashtirilgan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun kvotalar belgilash masalalari bo‘yicha qarorlari loyihalarini tayyorlash; -bitta kontrakt bo‘yicha qiymati ekvivalentda 100 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lmagan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yo‘li bilan tadbirkorlik sub’ektlaridan xarid qilinadigan, eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatini Hukumat komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun tayyorlash;

Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling