Foniy dunyoda j

Sana01.01.1970
Hajmi
#117411
Bog'liq
Foniy dunyoda j


Foniy dunyoda jannatga bir yo‘l
Ba‘zan o‘yga tolishim meni bolalik xotiralarim tomon yetaklaydi. Xotiralar ham ajoyibda! Ba‘zilari hursandchilik bilan boshlanadi -yu , g‘am, qayg‘u, dard va shu kabi inson qalbini bir lahzaga to‘xtatib qo‘yadigan so‘zlar kabi yakun topadi. Bunday xotiralarni " salqin soya tushgan xotira" desak, menimcha, adashmagan bo‘laman.
Mana shunday soya tushgan xotiralarimdan biriga barchangizni sherik qilmoqchiman.
Yilning har to‘rt fasli o‘zgacha chiroy, joziba va yorqin xotiralar bilan o‘tadigan buvajonimning uylarida bolaligimning eng go‘zal damlari o‘tgan. U yerdagi sahna yuzini egallagan rayxonlarning muattar hidlari va ularga go‘zallik oshnosi bo‘layotgan turli - tuman atirgullar, quyoshning serjilo nuri tushayotgan uzum barglarining yerdagi go‘zal chizgilari-yu, tandirdan har tong taraladigan shirmoy nonning issi xuddi jannatni eslatar edi. Buvamni suhbatlarini olib, ularni zeriktirib savolga ko‘mib yuborganimdan so‘ng, odatdagidek yon qo‘shnimiz, Fahriddin amakimlarnikiga yo‘l olardim. Chunki ular bilan ham suhbatlashish maroqli edi-da! Fahriddin amaki meni o‘z qizlaridek ko‘rishar, yig‘lab yurganimni ko‘rganlarida esa mashinalarida mahallamizni aylantirib kelishar, juda mehribon, hojatbaror, qisqasi oilamizning eng yaqin do‘sti edilar. Bir o‘g‘il va uch qizlari bor edi. Bolaligimning yarmi ularning uylarida o‘tgan.
Kuz fasli tugab qish fasli kirib qolay degan damlar edi. Bekorga qishni qahraton deyishmas ekan. O‘sha yilgi qishning sovug‘ini tanamda his etgan bo‘lsam, qahratonligi yuragimdan urib meni muzlatib qo‘ygan edi.
Fahriddin amaki hali yosh, chamasi 52 larni qoralagan, uncha -muncha kasallikka bosh egmaydigan barvasta kishi edilar. Yuz suyaklarining bir tomoni ozgina bo‘rtib turgan joyi bor edi. O‘sha paytda odamlar " lazerli davolash bizda ham boshlanibdi, nur bilan ortiqcha suyaklarni yo‘q qilib yuborsa bo‘larkan " degan gaplar tarqala boshlangan edi. Fahriddin amaki ham nur yordamida suyakni yo‘q qilib yuborish operatsiyasini boshdan o‘tkazishdi. Lekin natija kutilgandek bo‘lmadi. Ularni ko‘rgani dadam va amakilarim meni ham olib borishdi. Ularni ko‘rishim bilan ko‘z yoshlarimni to‘xtata olmadim. Yuzlari ishib ketgan, ko‘zlari deyarli ko‘rinmas edi. Meni yig‘idan to‘xtata olmagan narsa ularning ko‘zlaridagi, ko‘z yoshlardagi ma‘yuslik va hayotni sevish hislari qandaydir birlashgan edi. Og‘ir xasta bo‘lganliklari uchun o‘g‘il farzandlarni to‘yini ham o‘tkazishdi. Oradan 2 hafta o‘tgandan so‘ng. Bomdod namozi vaqti uy telefoni chalindi va dadam menga Fahriddin amaking dunyodan o‘tib qolibdilar degan sovuq xabarni yetkazishdi. O‘sha daqiqada joyimda muzlab qolgandim ,birinchi marta insonni ketganidan keyin qadrini, o‘rnini bildim. Bir narsamni mendan yulib olgandek bo‘shliqlikka tushib qoldim. Dafn marosimida keyin odamlar Fahriddin rahmatlik jannatli odam bo‘ldi deyishdi. Kichkina edim, tushunmadim va rafiqalari aytib berdilar.
" Kecha jonlari uzilishidan oldin xurmo daraxti yoniga borib, daraxtdan mevalarni uzib hursand bo‘lib ko‘zda yosh bilan yeyishayotganini ko‘rdim. Qish fasli daraxtda shoxdan boshqa meva yo‘q bo‘lsa nima qilishyotganiga hayron bo‘lib yugurib bordik. Bolalarim dadasining o‘rnidan turib yurganlariga dadam tuzalishyapti deb hursand bo‘lishgandi. Lekin yo‘q mevani yeyishyotganini bilib qo‘rqib ketdik. Erta bomdod namozida omonatlarini topshirishdi" dedilar. Fahriddin amakim endi oramizda yo‘q bo‘lishsa ham jannatda ekanliklaridan hursand edim. Ko‘ngli ochiq, mehribon , hammaga qo‘ldan kelgancha yordam berib yuradigan inson bo‘lganliklari uchun jannat ularga nasib etdi.
Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling