12- mavzu: Suvdagi karbonat kislota. Tabiiy suv havzalarining


Download 70.08 Kb.
Sana10.10.2020
Hajmi70.08 Kb.

12- Mavzu: Suvdagi karbonat kislota. Tabiiy suv havzalarining

nordonlanish va oksidlanish –qaytarilish jarayonlari.

Reja:

  1. Karbonat kislota va uning suvdagi shakllari

  2. Suvning barqarorligi

  3. Tabiiy suv havzalarining buferlik xususiyatlari

  4. Tabiiy suv havzalarining nordonlanishi

  5. Suv havzalaridagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlari

Karbonat kislota va uning suvdagi shakllari

Karbonat angidrid gazi - C02 suvda erishi hisobiga suvda karbonat kislotasi paydo bo'ladi. Erkin H2S03 miqdori yer ustidagi suvlarda 10— 30 mg/1, yer osti suvlarda esa 100 mg/1 dan ortiq.

Karbonat kislotasi ikkita bosqich orqali dissotsiatsiyalashadi:

Birinchi bosqichda gidrokarbonatlar hosil bo'ladi:

H2C03 H++HCO-3;

Karbonat kislotasi ta'sirida karbonat jinslarining erishi hisobiga ham suvda gidrokarbonatlar hosil bo'lishi mumkin:

CaC03 +C02 +H20  Ca (HC03)2

MgC03 +C02 +H20  Mg (HC03)2

Gidrokarbonatlar — bu karbonat kislotasining suvdagi eng keng tarqalgan shaklidir. Ular suvning ishqoriyliligini belgilaydi.

Karbonat kislotasi ikkinchi bosqichda parchalanganda karbonat ionlari hosil bo'ladi:

HC03- H+ + C032-

Ular faqat ishqoriy suvlarda mavjud (pH > 8,4).

Tabiiy suvlarda karbonat kislotaning turli shakllari orasida muvozana saqlanib turadi:

H20+C02 H2C03 H+ +HCO32- 2H+ + C032_


Lekin, lanibkarbonat kislotasining hamma shakllari ham suvda saq turmaydi. Barqaror shakllarga quyidagilar kiradi:

  1. H2O + CO2 4. CO2 + HCO3-

  2. HCO3- 5. HCO3- + CO32-

  3. CO3- + OH-

Qolgan sistemalar nobarqaror bo'lib, tezlik bilan barqaror sistemalarning biriga o'tadi:

CO32- + C02 + H2 = 2HCO3-

HCO3- + OH- = CO32- + H20

CO2 + OH- = HCO32-

Tabiiy suvlaming asosiy karbonat sistemasi erkin karbonat kislota bilan gidrokarbonatlardan tashkil topgan:

H2O + CO2 H2C03 H++ HCO3-

Bu sistema buferlik xususiyatlarga ega bo'lib, tabiiy suvlarning pH ko'rsatkichini o'zgartirmasdan saqlab turadi.

Tabiiy suvlarning pH ko'rsatkichi karbonat kislotasining turli shakllarining miqdorini bir biriga nisbatiga bog'liq.

H2C03 ning turli shakllarining pH ga bog'Iiqligi diagramma orqali ifodalanadi

(1-rasm). pH past bo'lganda (pH<4,2) suvda faqat erkin karbonat kislotasi mavjud. pH ko'tarilagnda (4,24-8,3) suvda erkin karbonat kislota bilan gidrokarbonatlar muvozanatda saqlanib turadi. pH oshib borishi bilan gidrokarbonatlar miqdori ortib boradi, erkin karbonat kislota esa kamayib boradi. pH=8,3—8,4 bo'ganda suvda faqat gidrokarbonatlar bo'ladi (98%).

pH=8,4 - suvda karbonat ionlari paydo bo'lib, ular HC03 ionlari Man muvozanatda saqlanib turadi.

pH >12 - suvda karbonat ionlarining miqdori oshib ketadi.

Bu diagramma yordamida ma'lum pH da karbonat kislotasining turli shakllarining miqdorini hisoblab chiqarsa bo'ladi.

Muvozanat holatida suvda erkin karbonat kislotaning ma'lum miqdoriga ma'lum miqdordagi gidrokarbonatlar to'g'ri keladi. Bu kislota muvozanatli karbonat kislotasi deyiladi.




1-rasm. Karbonat kislotasining suvdagi shakillarining

pH ko'rsatkichiga bog‘liqligi.

Agar erkin karbonat kislotasining miqdori muvozanat holatidan oshib ketsa bu qo'shimcha kislota agressiv karbonat kislotasi deyiladi. Bunda kislotaning bir qismi kalsiy karbonat bilan reaksiyaga kirishib uni eritib yuboradi:

Ca2+ + 2HC03< C02 + CaC03 + H20.

Le- shatele prinsipi bo'icha gidrokarbonatlar hosil bo'ladi.

Agar erkin karbonat kislotaning miqdori muvozanat holatidan kam bo'lsa gidrokarbonatlar parchalanib erkin kislota bilan karbonat ionlafl hosil bo'ladi:

Ca2+ + 2HCO3- CO2 + CaCO3+ H2O.

Karbonat ionlari Ca2+ bilan reaksiyaga kirishib suvda erimaydigan CaC03 birikmasini hosil qiladi.

Suvning barqarorligi

Agar suvda asosiy karbonatli muvozanat saqlanib tursa –suv barqaror deyiladi.

Bunday suvlar marmar, beton bilan kontaktga keltirilsa o’z tarkibini o'zgartirmaydi. Agar suvda muvozanat holatidan ortiqcha erkin karbanat kislotasi bo'lsa — suv agressiv deyiladi. Agressiv suvlar kalsiy karbonat, ohak, marmarni eritib yuboradi:

CaC03+C02+H20  Ca(HC03)2

Ca (OH)2 +2C02  Ca (HC03 )2

Agar suvda muvozanat holatidan ortiqcha gidrokarbonatlar boisa, va'ni ishqoriyliligi yuqori bo'lsa, suv nobarqaror deyiladi. Gidrokarbonatlar parchalanib Ca2+, Mg2+ ionlari bilan reaksiyaga kirishib, suvda erimaydigan karbonatlarni hosil qiladi.

Suvdagi agressiv karbonat kislotani aniqlash uchun uning ishqoriy-liligini kalsiy karbonat bilan kontaktidan awal va kontaktidan keyin solishtiriladi. Agar suvda agressiv karbonat kislota bo'lsa u CaC03 bilan reaksiyaga kirishib gidrokarbonatlarni hosil qiladi va suvning ishqoriyliligi oshib ketadi.

Suvning barqarorligini aniqlash uchun Lanjele usuli qo'llaniladi. Bunda suvning xossalari «to'yinish indeksi» yoki «Lanjele indeksi» yordamida baholanadi. Bu indeks tekshirilayotgan suvning pH ko'rsat-kichi bilan Ca karbonat bilan to'yingan suvning pH ko'rsatkichini farqi orqali aniqlanadi:

I = pHteksh - pHCaC03

Agar Lanjele indeksi (+) bo'lsa, ya'ni pHtekshpHCaC03 suv nobarqaror hisoblanadi. Agar T (-) belgili bo'lsa, ya'ni pHtekshpHCaC03 suvning kislotaliligi yuqori bo'lib, u agressiv bo'ladi. Barqaror suvlarda pHteksh = pHCaC0 . Lanjele indeksi nolga teng. Amaliyotda 1= ±0,25-5-0,3 bo'lganda suvlar barqaror hisoblanadi.

Amaliyotda suvning barqarorligini baholash uchun barqarorlik ko'rsatkichi

-C (Casosiy va Cyordamchi) dan ham foydalaniladi.

Barqarorlikning asosiy ko'rsatkichi Casosiy tekshiralayotgan suvning ishqoriyliligi (Uleksh) va kalsiy karbonat bilan to'yingan suvning ishqoriyliligi (UCaCO) nisbati orqali aniqlanadi:

Casosiy = Utekish / UCaC03

Barqarorlikning yordamchi ko'rsatkichi tekshirilayotgan suvning ko'rsatkichi (pHteksh) va kalsiy karbonat bilan to'yintirilgan suvning ;- ko'rsatkichi (pHCaC0 )ning nisbati orqali aniqlanadi.

Cyurd. = pHteksh / pH

Agar C=l bo'lsa, ya'ni pHteksh = pHCaC03 suv barqaror hisoblanadi.

C> 1 bo'lsa, suv nobarqaror hisoblanadi (pHteksh> pH CaC03),

C<1 bo'lsa, suv agressiv bo'ladi, ya'ni, pHteksh< pHCaC0 Tarkibida agressiv karbonat kislota bo'lgan suvlarni barqarorlantirish uchun unga ishqoriyliligini oshiradigan moddalar bilan ishlov beriladi Reagentlar sifatida ohak, Na gidroksidi va Na karbonati ishlatiladi Bunda quyidagi reaksiyalar amalga oshadi:

NaOH + C02=NaHC03

Ca (OH)2+2C02  Ca (HC03)2

Na2C03+C02+H2O  2NaHC03

Agressiv suvni barqarorlantirish uchun uni ohak yoki marmar qavatli filtrlardan o'tkaziladi.

Nobarqaror suvlarni barqarorlantirish uchun, ya'ni ishqoriyligini kamaytirish maqsadida ularga kislotalar (HCl, H2S04) bilan ishlov beriladi yoki bunday suvlar uglerod dioksidi bilan to'yintiriladi (rekarbonizaesiya):

NaHC03 + HCl = NaCI + H20 + C02

Ba'zi bir tozalagich inshootlarda marmar-qumli filtrlar qo'llanilib, ular suvni ham tiniqlashtiradi, ham barqarorlashtiradi.



Tabiy suv havzalaridagi gidroliz jarayonlari

Gidroliz jarayoni - bu moddaning suv bilan reaksiyaga kirishib suv ionlaridan bittasini yoki ikkitasini bog'lab olishi hisobiga suv qiyin eruvchan yoki gaz holatidagi moddani hosil qilishidir.

Gidrolizlanadigan mineral moddalarning suv havzasiga kelib tushishi natijasida suvda yangi moddalar hosil bo'ladi va suvning sifati o zgaradi. Shuning uchun ham, gidroliz jarayonlarini o'rganmasdan turib suv havzasiga oqova suvlar kelib tushishi natijasida uning sifatini o‘zgarishini baholab bo'lmaydi.

Amalyotda ko'pincha tuzlarning gidrolizi uchraydi. Tuzlar gidrolizida tuz ionlarining suv ionlari bilan reaksiyasi tushuniladi. Bunda suv ionlarining miqdori o'zgarib, suvning pH ko'rsatkichi o'zgaradi. Tuzlarning gidrolizi ularni hosil qilgan kislota va ishqorlarning kuchiga bog’liq:



  1. Kuchsiz kislota va kuchli ishqordan hosil bo'lgan tuz. Masalan, natriy atsetati tuzi - CH3COONa suv bilan quyidagicha reaksiyaga kirishadi.

CH3COONa + H2O CH3COOH + NaOH

CH3COO- + H2O CH3COOH + OH-

H+ + OH-
Natriy atsetat tuzining dissotsiatsiyasi natijasida Na+ va CH3COO- ionlari hosil bo'ladi. Na+ ionlari OH- ionlari bilan birikmaydi chunki, NaOH kuchli asos. H+ ionlarining bir qismi esa CH3COO- ionlari bilan bog'lanadi, natijada OH- ionlarining miqdori H+ ionlarga nisbatan ko'proq bo'ladi va suvning muhiti ishqoriy bo'ladi (pH>7).


  1. Kuchli kislota va kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuz. Masalan, CuCl2

Cu2+ + H2O CuOH+ + H+

CuOH+ + H2O Cu(OH)2 +H+

Cu2+ + 2H2O Cu(OH)2 +2H+

CuOH+ ionlari suvda qiyin eriydi. H+ ionlari Cl- ionlari bilan bog’lanmaydi, chunki HCl kuchli kislota. Demak, suvda H+ ionlari to’planib boradi va muhit kislotali bo’ladi (pH).



  1. Kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuz:

Bunday tuzlar to’liq gidrolizlanadi. Eritmaning muhiti hosil bo’layotgan kislota va asosning kuchiga bog’liq hamda neytral muhitga yaqin bo’ladi. Bunda pH ko’rsatgichi 2 ta formula orqali hisoblanib, muhit ko’rsatgichi baholanadi.

Masalan, Al2S3 tuzining gidrolizi erkin gidroksid va erkin kislota hosil bo’lguncha davom etedi.

Al2S3 + 6H2O Al(OH)3 +3H2S


  1. Kuchli kislota va kuchli asosdan hosil bo’lgan tuzlar gidrolizga uchramaydi.

(NaCl, NaSO4 va hokazo). Bunday tuzlarning eritmalarining pH-ko’rsatgichi doimo neytralga yaqin bo’ladi.

Keltirilgan misollardan kelib chiqadiki, gidroliz jarayonlari natijasida suv havzasining sifati keskin o'zgarishi mumkin ekan. Masalan, Na2S yoki NH4C1 tuzlarining gidrolizi natijasida uchuvchan moddalar, ya'ni NH3, H2S gazlari hosil bo'lishi mumkin. CuCl2 tuzlari gidrolizi natijasida esa erimaydigan modda — mis gidrooksidi Cu(OH)2 hosil bo'ladi.

Agar gidroliz natijasida suvdan uchib chiqib ketadigan yoki erimaydigan modda hosil bo'lsa tuz to'liq gidrolizlanadi.

Gidroliz jarayoni tezligiga va to'liq o'tishiga muhitning pH ko'rsatkichi ta'sir ko'rsatadi. Masalan, kuchli kislota va kuchsiz asosdan hosil bo'lgan tuzlarning gidrolizi pH ko'rsatkichi yuqori bo'lganda faol ketadi, chunki, suvdagi OH- ionlari hosil bo'lgan H+ ionlarini bog'lab oladi va H2O hosil bo'ladi.

Kuchsiz kislota va kuchli asoslardan hosil bo'lgan tuzlar past pH da gidrolizlanadi. Bunda suvdagi H+ ionlar hosil bo'lgan OH- ionlarini bog’lab oladi va gidroliz tezlashadi.

Oqova suvlar bilan suv havzaga kelib tushgan moddalarning gidrolizi natijasida suvning sifatini baholash uchun uning pH ko'rsatkichini hisobga olish shart.

Masalan, yoz faslida (suv gullaganda) suvning pH kursatkichi 9 gacha ko'tarilishi mumkin. Demak, kuchli kislota va kuchsiz asosdan hosil bo'lgan tuzlar faol gidrolizlanadi. Suvning sifatini baholash uchun gidroliz mahsulotlarining keyingi o'zgarishlarini hisobga olish kerak. Masalan, ammoniy tuzlari gidrolizlanishi natijasida NH4OH hosil bo'ladi.

Lekin, uning bir qismi NH3 holatida suvdan uchib chiqib ketadi Demak, NH4OH miqdori kamayadi. NH4+ ionlarining bir qismi esa nitrit va nitratiargacha oksidlanadi. Bunda oksidlash jarayoniga sarflangan kislorodning miqdorini ham hisobga olish kerak:

2NH4+ + 3O2 = 2NO2- +4H+ + 2H2O;

2NO2- + O2 = 2NO3-

Organik moddalar ham gidrolizlanishi mumkin. Bunda ham suvning pH ko'rsatkichi muhim ahamiyatga ega. Masalan, pH 7 dan baland katta biokimyoviy parchalanmaydigan (KBE=0) barqaror modda xlorbenzol gidrolizlanib fenol hosil qiladi:

C6H5Cl + H2OC6P5OH + H2O + Kat++ Cl-

Bunda biokimyoviy parchalanishi mumkin bo'lgan modda hosil bo'lib suv xavzasi tozalanadi.

Demak, gidroliz natijasida uchadigan yoki erimaydigan mahsulotlar hosil bo'lishi hisobiga suv havza tozalanishi mumkin. Lekin bunda ikkilamchi ifloslanishni ham hisobga olish kerak. Masalan, mis xloridi tuzining gidrolizida cho'kmaga tushgan mis gidroksidi - Cu(OH)2 o'ta zaharli modda bo'lib, suv tubidagi bentosni ifloslantiradi va undagi yashaydigan tirik organizmlarga zarar yetkazadi.



Nazorat savollari

  1. Suvni barqarorlashtirish uchun qanday usullar qo'llaniladi?

  2. Gidroliz jaryoni nima?

  3. Gidrolizning necha turini bilasiz?

  4. Suvga tushayotgan turning tarkibiga qarab muhit ko 'rsatkichi qanday aniqlanadi?

  5. Tabiiy suv havzalarning buferlik xossalari nimaga bog'liq?

  6. Bufer eritmalarining qanday turlarini bilasiz?

  7. Bufer sig'imi deganda nima tushuniladi?

  8. Tabiiy suv havzalarning nordonlanishi nimaga bog'liq?

  9. Suvlarning nordonlanish jarayoni necha bosqichdan iborat?

  10. Suv havzalarining nordonlanishi qanday oqibatlarga olib keladi.

Download 70.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling