12 – Variant javoblar


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
Sana17.05.2020
Hajmi1.27 Mb.
#107181
Bog'liq
innovatsiya. Tolipova
111111, 111111, Proporsional saylov tizimi Belgiya va Shvetsiya, Proporsional saylov tizimi Belgiya va Shvetsiya, Proporsional saylov tizimi Belgiya va Shvetsiya, Proporsional saylov tizimi Belgiya va Shvetsiya, Proporsional saylov tizimi Belgiya va Shvetsiya, Proporsional saylov tizimi Belgiya va Shvetsiya, innovatsiya. Tolipova, Our Prophet , Our Prophet , Our Prophet , Our Prophet , Our Prophet

Boshlangich  ta’lim pedagogikasi,  innovatsiya va  integratsiya 

Fanidan  topshiriqlar 

12 – Variant 

 

JAVOBLAR 

 

1-  Topshiriq. 

                        Quyidagi  savollarga   yozma javob  

 

1.  Maktab hujjatlarini o’rganish va tahlil qilish.  

 

 Respublikamiz rahbariyatining xalq ta`limi yuzasidan qabul qilingan  

qaror va yo`l-yo`riqlari asosida maktabda bajarilgan va bajarilayotgan ta`lim 

tarbiya ishlarini yuritilgan hujjatlar orqali aniqlash metodi ham mavjuddir.  

Maktab hujjatlarini tekshirish orqali o`qituvchilar va o`quvchilar  

jamoasi, ularning pedagogik faoliyati haqida aniq  ma`lumotlar olinadi.  

Umuman, maktab hujjatlari deyilganda; o`qituvchi va o`quvchilarning  

soni va sifati; o`quvchilarning shaxsiy hujjatlari, sinf jurnallari, kundalik  

daftarlari, buyruq daftarlari, pedagoglar kengashining qarorlari  

daftari, maktabning rejadagi pul hisobi va uning sarflanishiga doir  

hujjatlar, turli inventarlar daftari va boshqalar tushuniladi.  

Maktab hujjatlarini tahlil qilishda o`quvchilarning umumiy  

miqdori, uning o`sishi yoki kamayish sabablari tavsifi, o`quvchilarning  

fanlar bo`yicha o`zlashtirish darajasiga, sinfda qolishning oldini olish,  

rag’batlantirish va jazolash choralari, turlariga, maktabning moddiy  

bazasiga e`tibor beriladi.  

    Ularni tahlil qilish, hisobotlarni ko`zdan kechirish, to`g’ri yoki  

noto`g’riligini aniqlash, o`quvchilar faolliklarining o`sishi bilan  

taqqoslash,ilg’or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishi  

va 

nihoyat, 



o`qituvchi-tarbiyachilarning 

ilmiy-pedagogik 

faoliyatlarini   

tekshirish,   tegishli   chora,   tadbirlar   belgilash   maqsadida o`tkaziladi.  

    Maktab  hujjatlarini  tahlil  qilish  bu  pedagogikaning  metodlaridn  biri  ham 

hisoblanadi.  Maktab    hujjatlarini  tahlil  qilish  davlat  qonunlarining  amalda 

bajarilish darajasini, har bir xodimning faolligini aniqlash, ularning amaliy hayot 

faoliyatidagi kamchilik va xatolarni aniqlashga  va ularning topshirilgn ish uchun 

masuliyatini oshirishga imkon beradi. Ular quyidagilar: 

     


 Umumiy ta`limga oid hisob va hisobot; 

  

 Dars jadvali; 



 

O`quvchilar tarkibi soni ro`yxati; 

 

Ta`lim tarbiya ishlarini taqsimlash jadvali; 



 

O`quvchilarning delolari; 



 

Sinf jurnallari; 

 

O`quvchining kundali daftari; 



 

Buyruqlar daftarlari; 

 

Ped kengash qarorlari daftari; 



 

Maktab smetasi; 

 

Maktab pasporti va h.z 



 

Hujjatlarni  tahlil  qilishda  o`quvchilar  kontingentining  o`sishi  va  kamayishi 

tavsifiga,  bolalarning  boshqa  maktabga  ketib  qolishiga,  o`quvchilarning  sinf 

bo`yicha o`zlashtirish darajasiga , rag`batlantirish  va jazolash choralarini to`g`ri 

tashkil  qilinishiga,  maktab  pedagoglar    tarkibiga  va  maktabning  o`quv  moddiy 

bazasiga alohida e`tabor beriladi. 



 

2.  Boshlang’ich  ta`lim  fanlarini  o’qitilish  jarayonida  sharq 

mutafakkirlari  merosidan  foydalanish.(o’qish  va  odobnoma 

darslari misolida). 

 

Boshlang`ich    sinf  o`quvchilarini  ma`naviy  axloqiy  jihatdan  barkamol,    bilimli 



inson qilib  tarbiyalash vazifasi  ko`p jihatdan  boshlang`ich  sinflarda  ta`limni  

to`g`ri    uyushtirish  ,  xususan  ,  o`quvchilarni    mustaqil    fikrlashga    o`rgatish  , 

ularning  nutqini  talab  darajasida  o`stirish  bilan  o`zaro  bog`liq.  So`z  zahirasi  

boy    o`quvchining    fikrlash    doirasi    keng  ,  ma`naviyati    yuksak  ,  o`qish- 

o`rganishga    ishtiyoqi    baland    bo`lishi    tabiiydir.      Boshlang`ich    sinflardagi  

o`qish    darslari    orqali    o`quvchilarda    savodxonlik    sifatlari    shakllantiriladi  , 

kitobga  bo`lgan  muhabbat  tuyg`usi  uyg`onadi,  ularning  atrof- muhit  haqidagi  

bilimlari  kengaytiriladi  ,  nutq  va  tafakkuri    oshadi.      Nutq    tarbiyasida    ‘matn’  

ham  markaziy  tushuncha  hisoblanadi.  Zero , umumiy  o`rta  ta`lim  maktabida  

nutqni  rivojlantirish  bo`yicha  ishlarning  pirovard  maqsadi  o`quvchini  o`z  

fikrini  og`zaki  va  yozma  shaklda  erkin  bayon  qilichga  o`rgatishgir.  Bola  

kichik    yoshida    ta`sirchan  ,  atrofdan    kelayotgan    barcha    ma`lumotlarni    tez  

qabul  qiluvchi  bo`ladi.U  nimani  eshitsa , eshitganicha  talaffuz  qilishga  va 

uni,    nutqida    qo`llashga    intiladi.Shuning    uchun    ham    boshlang`icn    sinf  

o`quvchilarning    o`quv    yili    boshidanoq    nutq    doirasini    aniqlab  ,  nutqidagi  

nuqsonlarni   bartaraf  etish  choralarini ko`rish  va  ular  ustidan  ish  olib  borish  

lozim.  So`z  boyligi  o`quvchilarga  barcha  fanlardan  beriladigan  bilimlarni  tez  

va  puxta    o`zlashtirib    olish    hamda    ta`lim    dasturlarida    ko`zda    tutilgan  

ko`nikma- malakalarni  o`zlashtirishga  zamin  yaratadi.  O`quvchilarning  o`qish 

malakalarini  takomillashtirish , savodxonligini  oshirish , nutqini  o`stirish  talabi  



zaminida  ,  nutq    madaniyati    turadi.Farzandlarning    ma`naviy    kamolotida  

qadimdan  nutq  madaniyati  va  odobiga  alohida  ahamiyat  berib  kelingan. 

Shunday  ekan , o`quvchilar  nutqini  o`stirishga  yo`naltirilgan  amaliy  vazifalar  

hal  etilishi  lozim.  Shu  o`rinda  1- sinf  o`qish  kitobini  ‘Biz- buyuklar  avlodi’ 

bo`limi orqali  birinchi  bo`lib  yozuvchi  Muhammad  Alining  ‘Amir  Temur’  

bobomiz  haqidagi  ibratli  matn  berilgan  bo`lib , undan  so`ng  Amir  Temur  

o`gitlari  o`quvchilarga  aniq   va  tushunarli  holda  bayon   etilgan. Bo`limdagi  

mavzularni  o`tishda  quyidagicha  usullarni  qo`llashimiz  mumkin. O`quvchilar  

buyuk  mutafakkirlar  Alisher Navoiy, Husayn Bayqaro , Abu  Ali  ibn  Sino,  

Mirzo  Ulug`bek, Bobur  Mirzo, Amir  Temur  nomlarini  esda  saqlab  qolishlari  

lozim. 

     Agar o`quvchilarni  boshlang`ich  sinfdan  boshlab  ma`naviy  dunyoqarashini 



shakllantirar    ekanmiz  ,  birinchi    navbatda    uiarning    qiziqishlarini  ,  bilim  

darajasini  hisobga  olishimiz kerak. Ma`lumki  bolang`ich  sinf  o`quvchilarning  

Yoshi  7-11  yoshni  tashkil  etsa , ularning  o`yin  faoliyatiga bo`lgan  qiziqishi  

75- 80 foizni  tashkil  etadi.  Su  o`rinda  o`quvchilar  ma`naviy  dunyoqarashini  

o`stirish  va    barkamol    inson    qilib    voyaga    yetkazishda    quyidagi    gapga  

ahamiyat  qaratish  lozim; 

      -- o`quvchilar  ma`naviy  dunyoqarashini  o`stirishda mavzularni , ma`naviy  

tushunchalarni bir-biri  bilan  chambarchas  bog`liq tarzda  o`rgatib boorish. 

--    ma`naviy    dunyoqarashini    shakllantirishda    o`qish    darslarida    berilgan  

o`tmish  mutafakkirlarining  asarlariga  oid  mavzulardan  keng  foydalanish  va  

o`quvchiga  tushunarli  qilib  yetkazib  berish. 

--    o`quvchilarning    mavzularni    o`zlashtirishlariga  ,  mustaqil    fikrlashlariga  

erishish  choralarini  topish. 

--  har bir  darsga  ijodiy  yondoshish. 

--    darsda    turli    usullardan  ,  interaktiv    metodlardan,    ilg`or    pedagogic  

texnologiyalardan , o`rinli  va  maqsadga  muvofiq  foydalanish. 

--  turli    didaktik    o`yinlar    bilan    o`quvchilarni    mavzuni    o`rganish  va  

o`zlashtirishga  qiziqtirish. 

--    metodik    yangiliklardan    va    pedogagik    tajribalardan    har    doim    boxabar  

bo`lib , uiarni  ta`lim  jarayonida  tatbiq etish. 

   Xulosa    qilib    shuni    aytish    mumkinki  ,  boshlang`ich    sinflarda    maktab  

ta`limining    yetakchi    predmetlaridan    bo`lgan    o`qish    darslari    orqali    olingan  

bilimlar  poydevori    quriladi. O`quvchilar  ma`naviy  dunyoqarashini  o`stirishda  

eng    munosib  ,  eng    qulay    metod  va  usullardan  ,  ilg`or    pedagogik   

texnologiyalardan    o`z    o`rnida    va  maqsadga    muvofiq    foydalanish  ,  o`qish- 

o`qitish    ishlarida    samarali    natijalar    beradi.  Pedagog    va  o`quvchilarning  

birgalikdagi  ijodiy  faoliyati  mavzularning  o`zlashtirilishini  osonlashtiradi.     

 

 



 

    


 

3.  Pedagogik qobiliyat,  mahorat  va  unga  qo’yiladigan  talablar. 

 

Pedagogik mahorat nima? Ushbu tushunchaga turli manbalarda turlicha ta`riflar 

berilgan. Jumladan Pedagogik entsiklopediyadapedagogik mahorat tarifi 

quyidagicha izohlangan: “o`z kasbining mohir ustasi bo`lgan, yuksak darajada 

madaniyatli, o`z fanini chuqur biladigan yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta 

oladigan, tarbiyalash va ta`lim berish  uslubiyatini mukammal egallagan 

mutahhasis”.  Ushbu ta`rifning mohiyatidan kelib chiqib o`qituvchining pedagogic 

mahorati tushunchasi mazmunini quyidagicha izohlash mumkin: 

1.Madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql zakovatning yuksak 

ko`rsatkichi; 

2.O`z faniga oid bilimlarning  mukammal sohibi; 

3.Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidaagi bilimlarni puxta egallaganligi 

ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi; 

4.O`quv – tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi.  

      Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o`zaro bir biri bilan bog`liq  bo`lgan asosiy  

komponentlardan iborat. 

1.pedogogik insonparvarlik yo`nalishi; 

2.kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish; 

3.pedadogik qobiliyatga ega bo`lish. 

4.pedagogik texnika sirlarini puxta egallash.         

  Barcha kasblar ichida o`qituvchilik kasbi enh mashaqqatli va eng mas`uliyatli 

kasb hisoblanadi, o`qituvchi komolotning me`mori, kelajak avlodga ta`lim tarbiya 

beruvchi insondir. 

    PEDAGOGIK MAHORATga ega o`qituvchi tarbiyachi   pedagogik ijodkorlik , 

pedagogic texnika, ta`lim tarbiya jarayonida o`qituvchi va o`quvchilarning o`zaro 

hamkorligi,  muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyati, tafakkuri, 

tarbiyachining ma`naviy , ma`rifiy va tarvbiyaviy ishlarini tashkil etish va amalga 

oshirish, bu jarayonda xulq atvorni va hissiyotni jilovlay olish xususiyatlariga ega 

bo`lish kerak. Pedogagik mahorat o’qituvchuning faoliyati zamirida takomillashib 

boradi.  

    Pedogagik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat 

oldida, davlat oldida javob beradigan, ta’lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan 

o’qituvchilar mehnati faoliyatidur.  

    O’qituvchining pedogagik faoliyati samarali bo’lishi uchun zarur bo’lgan 

qobiliyatlar tizimini: bilim, bolani tushuna olish, kuzatuvchanlik, nutq malakasi, 

tashkilotchilik, vaziyatni to’g’ri baholash, kelajakni ko’ra bilish, diqqatni taqsimlay 



olish, yuzaga kelish ehtimoli bo’lgan har bir ziddiyatlarni o’z vaqtida bartaraf etish, 

o’quvchilarni bilim olishga qiziqtirish kabilar tashkil etadi.  

 

 

 



 

 


Birinchidan: pedagogik mahorat - shaxs tuzilishida bu o‘z-o‘zini tashkil etuvchi 

tizim bo‘lib, bu o‘rinda sistema bunyod etuvchi omil bo‘lib insonparvarlik 

yo‘nalishi hisoblanadi. Chunki uning faoliyati pedagogik jarayonni, ijtimoiy tuzum 

talabi darajasida yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. Ikkinchidan: pedagog kasbiy 

mahoratining asosi bo‘lib, uning chuqur, tushunib, anglab etadigan pedagogik 

bilim muhim hisoblanadi. Yo‘naltirilgan kasbiy bilim, yaxlit o‘z - o‘zini tashkil 

etuvchi yuqori kasbiy faoliyat asosini tashkil etadi. Uchinchidan: pedagogik 

qobiliyat, pedagogik mahoratning tezroq takomillashuvini ta’minlaydigan omildir. 

To‘rtinchidan: bilim va qobiliyatga tayanadigan texnika, barcha vositalarni maqsad 

bilan mustahkam bog‘lashga yordam beradi va bu bilan pedagogik faoliyat 

strukturasini kengaytiradi. Shunday qilib, pedagogik mahorat tizimida yuqoridagi 

barcha elementlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq holda, uning tashqi ta’sir yordamida 

o‘sishigina emas, balki o‘z-o‘zini rivojlantirishga ham asos bo‘la oladi. 

Muvaffaqiyatning muhim sharti qobiliyat yaxlitlik beruvchi vosita: 

yo‘naltiruvchanlik va natijaning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlovchi pedagogik 

texnika hisoblanadi.  O‘qituvchi shaxsining insonparvarlik yo‘naltirilganligi 

tarbiyachining butun faoliyati pedagogik dramalardan iborat (turli fikrlar 

to‘qnashuvi, o‘z nuqtai nazari to‘g‘riligini isbotlash uchun kurash). Mahorat 

qanchalik yuqori bo‘lsa, ziddiyatlar shunchalik aniq ko‘rinadi, chunki ijodkor 

o‘qituvchi tomonidan tavsiya etilayotgan yangicha tizim, yeskicha qarovchilar 

tomonidan qarshilikka uchraydi. Shaxsning yo‘naltirilganligini nima tashkil etadi? 

Oliy maqsad, qiziqishlar, qimmatli fikrlar.  Ana shu masalani aniqlash mavzu 

mohiyatini tashkil etadi. Har bir o‘qituvchi shaxsining pedagogik yo‘naltirilganligi 

ko‘p qirrali hisoblanadi. Uning qimmatli yo‘nalishida quyidagilar alohida ko‘zga 

tashlanadi:  

1. Uz-o‘ziga ishonch, ya’ni, «mening misolimda, bilimdon, talabchan, haqiqiy 

o‘qituvchini ko‘rishsin».  

2. Pedagogik ta’sir vositalariga ega bo‘lishi. 

 3. O‘quvchilarga, bolalar jamoasiga tayanish.  

4. Pedagogik faoliyat maqsadiga - insonparvarlik strategiyasiga, vositalarni ijodiy 

o‘zgartirib faoliyat obyektiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Agar o‘qituvchi ishiga 

va o‘quvchilarga mehr-muhabbatni uzviy bog‘lay olsa, u haqiqiy yetuk 

o‘qituvchidir. Kelajak oldidagi javobgarlikni his etish, ongli intilish bilan bolalarga 

bo‘lgan ulkan muhabbatni uzviy tarzda bog‘lay olgandagina pedagogik mahorat 

shakllana boradi. Pedagog faoliyatining yuksak vazifasi-insonparvarlik 

yo‘naltirilganligi, uning aniq maqsadlarini belgilashga yordam beradi.  Birinchi 

kurs talabasi san’at muzeyiga bolalarni olib borib, u yerda gapirishga qiynaladi. 


Usta o‘qituvchi ekskursiya jarayonida juda ko‘p narsani ko‘radi. O‘z-o‘zini 

anglashga, san’atni tushunishga, bu kasbga mehr qo‘yishga, yaxshilik va 

yomonlikni farqlay olish, shu kasb egalarini hurmat qilishga, tabiatni e’zozlashga, 

eng muhimi, o‘quvchini yanada yuksaklikka olib chiqishga yordam beradi. 

O‘qituvchining insonparvarlik yo‘naltirilganligi, uning hayotiy aktiv pozisiyasida 

ham ko‘rinadi. Bir misol: uzum tergani IX sinf o‘quvchilari ertaga ham boqqa 

ishga chiqish kerak edi. Lekin bolalar ishga chiqishni, uzum terishni xohlamayapti. 

Chunki kechagi va oldingi kun terilgan uzumlar olib ketilmasdan oftobda chirib 

yotgan edi. Lekin o‘qituvchi qat’iy qilib, «Sizlarning ishinglar uzum terib berish, 

qolgani sizning ishingiz emas» deb majbur qildi. Albatta, o‘qituvchi bolalar to‘g‘ri 

gapirayotganligini bilib tursada, ularning fikrini quvvatlamadi. Buning o‘rniga u 

befarqligi, e’tiborsizligi tufayli shunday bo‘layotganini rosmona gapirib, bu 

masalani tegishli rahbarlar oldiga qo‘yishini aytishi kerak, o‘quvchilar bilan birga 

qanday qilib hosilni saqlab qolish to‘g‘risida ham o‘ylashi kerak edi.  Mohir 

o‘qituvchining yo‘nalishida ikki intilish - o‘zi dars berayotgan predmet bilan 

doimiy qiziqishi va o‘quvchilar bilan munosabatga doimiy ehtiyoj sezishdan iborat. 

Pedagogik mahoratning fundamental asosi kasbiy bilimdir. O‘qituvchining bilimi, 

bir tomondan, fanga, o‘zi dars berayotgan fanga, ikkinchi tomondan, bu fanni 

o‘zlashtiradigan o‘quvchiga qaratilishi lozim. Kasbiy bilim mazmuni, u dars 

berayotgan predmet, uning metodikasi, pedagogika va psixologiya fanlarini tashkil 

etadi. Kasbiy pedagogik bilimning muhim o‘ziga xos tomoni, o‘zi o‘rganayotgan 

fanlarni - umumlashtirishni, birlashtirish, ya’ni uning kompleksligini ta’minlashdan 

iborat. Bunday umumlashtirish birlashtirishning asosini - pedagogik masalalarni 

yechish, pedagogik holatlarni tahlil etish, shaxsni shakllantirish qonunlarini anglash 

asosida vositalarni tanlash demakdir. Har bir pedagogik masalani yechish 

o‘qituvchining butun bilimlar sistemasining mohiyatini oshiradi, muhimligini 

ko‘rsatadi. Mohir o‘qituvchining kasbiy bilimlaridagi komplekslik, umumlashtirish 

bilan birga shaxsiy qarashlari nuqtai nazaridan ham muhim o‘rin tutadi.  Masalan: 

8-sinfda adabiyot darsi. A. Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romani haqida juda 

ko‘plab adabiy tanqidchilar: O.Sharofutdinov, U.Normatov, B. Qosimovlarning 

fikrlari aytilgan. O‘quvchilar ham bu roman haqida o‘z fikrlarini aytishdi. Lekin 

o‘qituvchi o‘zi biron marta ham «Mening fikrimcha, men o‘ylaymanki», qabilida 

bu roman haqida o‘z nuqtai nazarini bildirmasa, o‘z ichki munosabatlarini aytmasa, 

u holda hech qachon o‘quvchidan jiddiy, ko‘ngildagi o‘z fikrlarini talab qila 

olmaydi. Fanlarning nazariy asoslarini bilish, madaniyat sohasidagi butun bilim 

saviyasi, o‘qituvchi shaxsiy qarashlari, nuqtai nazari bo‘lib maydonga chiqishi 

kerak. O‘qituvchining mahorati. Kitobdagini auditoriyaga, sinfga yetkazuvchi 


emas, egallagan bilimlarni o‘zlashtira olishi o‘ziniki qilishida dunyoga o‘zining 

nuqtai nazaridan qarashlari tarzida bayon etilgan bo‘lishi kerak. Pedagogik kasbiy 

bilim asosida uning xatti-harakati va tutishlarining asosiy prinsiplari va qoidalari, 

ya’ni pedagogik ongi shakllanadi. Bu prinsiplar, qoidalarni har bir pedagog 

o‘zining tajribasi asosida yaratadi, lekin ularni tushunib yetish, qonuniyatlarini 

ko‘ra bilish faqat doimiy izlanish, o‘rganishni talab etadi. Bu esa ilmiy bilimlarni 

egallash orqali amalga oshiriladi. O‘qituvchining ta’lim berishidagi qiyinchiligi 

kasbiy yaroqlikni egallashning murakkabligi shundaki, kasbiy bilim, birdaniga bir 

necha darajada, sohada shakllanadi: a) metodologik (falsafa qonunlarini bilish, 

tarbiya maqsadini belgilash zaruriyatini anglab yetish) soxasida; b) nazariy 

(pedagogika, psixologiya qonunlarini, prinsip qoidalarini faoliyat formalarini 

bilish) bilimlar sohasida; d) metodik (o‘quv - tarbiya jarayonini modellashtirish, 

konstruksiyalash darajasini o‘zlashtirish) bilimlarni o‘zlashtirishda; e) texnologik 

(aniq sharoitda ta’lim va tarbiyaning amaliy vazifalarini yechish darajasini 

o‘zlashtirish) sohasida shakllanadi. Bu esa tajribali pedagogdan yetarlicha 

rivojlangan kasbiy fikrlashning keraklisini ajratib ola oladigan, pedagogik 

maqsadga erishishda egallangan bilimlar tahlili va umumlashtira oladigan, ularning 

texnologik tarzda ko‘rsata oladigan bo‘lishni talab etadi. Mahoratni egallashdagi 

tezlik pedagogik bilimlarning o‘sishini to‘la ta’minlay olmaydi. Albatta, oliy o‘quv 

yurtida a’loga o‘qiyotgan talabaning pedagogik amaliyoti doimo ham 

muvaffaqiyatli o‘tavermaydi. Muvaffaqiyatli faoliyatni ta’minlovchi mazkur 

shaxsning o‘ziga xos tomonlari kasbiy o‘sishga turtki beruvchi qobiliyat ham bor. 

Pedagogik faoliyada qobiliyat. U (qobiliyat) pedagogik faoliyat muvaffaqiyatiga 

yordam beruvchi psixik jarayonlarning sodir bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Bu 

masala bir qator tadqiqotchilarning izlanishlarida o‘z aksini topgan .Mohir 

o‘qituvchi o‘z ishini, asosan, amalga oshirilishini ta’minlaydigan eng asosiy 

qobiliyatlarni ajratib olishimiz kerak. Barcha yetakchi qobiliyatlarni 

birlashtirayotgan yetakchi qobiliyat bu o‘smoqda bo‘lgan avlod - obyektga 

nisbatan sezgirlik, xushyorlikdir. (N.V. Kuzmina). Yuqorida sanab o‘tilgan 

mualliflarning olib borgan tadqiqotlariga tayanib, pedagogik faoliyatning quyidagi 

oltita yetakchi qobiliyatlarini sanab o‘tish mumkin: - kommunikativlik (muomala 

qila olish qobiliyati) odamlarga yaqinlik, xushmuomalalik, e’tiborlilik; - kasbiy 

ziyraklik, pedagogik intuisiya, perseptiv qobiliyat; - shaxs dinamizmi - irodaviy 

ta’sir va mantiqiy ishonchga qobiliyatlilik; - emosional turg‘unlik - o‘zini qo‘lga 

ola bilish qobiliyati; - optimistik prognoz qilish (ishonch bilan oldindan ko‘ra 

bilish); - ijodkorlikka qobiliyat. Pedagogik faoliyatga, boshqa ko‘rinishdagi 

qobiliyatlar kabi, kasbiy bilim egallash jarayoni qanchalik tez sodir bo‘layotganini 


kelgusi pedagog pedagogik faoliyatning yo‘l, usul va vositalarini qanchalik chuqur 

va puxta egallab borayotganiga qarab ham bilish mumkin. Bizningcha, o‘zining 

qobiliyati qanchalik ekanligini, kommunikativlikdan, ya’ni muomala qila olish 

qobiliyatini tekshirib ko‘rishdan boshlash mumkin. Umuman, bunday qobiliyatni 

hamma ham egallaydi. Lekin u har xil namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi uchun 

komunikativlikning past darajasi pedagogik faoliyat muhitini buzadi, o‘quvchilar 

bilan munosabatlarda to‘siqlarni keltirib chiqaradi. Demak, tahlil qilib ko‘rish 

kerak, ko‘pchilik bilan bo‘lishni xohlaysizmi (har kuni ular bilan uchrashib turish), 

suhbatlarga intilishi, yangiliklarni baham ko‘rish - fikr almashishi. Pedagogik 

faoliyatda ijodkorlikka qobiliyat o‘qituvchining kasbiy shakllanishi qanchalik tez 

ketayotganiga qarab ham belgilanadi. Xushmuomalalik o‘zida muomala qilishga 

xohish va ehtiyojnigina qamrab olmasdan balki komunikativlik jarayonidan 

qoniqish hosil qilishni ham o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar bilan umuman, odamlar 

bilan samimiy munosabat va ular bilan ishlashdan qoniqish hosil qilish 

pedagogning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. O‘z ustida ijodiy ishlash uchun 

quvvat beradi. Xushmuomalalik, perseptiv qobiliyatni, ularni ichida - kasbiy 

sezgirlik kuzatuvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi. Agar o‘quvchining 

tashqi belgilariga, harakati, yuzidagi sodir bo‘ladigan o‘zgarishiga, ko‘rinishiga 

qarab, uning ichki holatini tez va to‘g‘ri aniqlay olmasa, hattiharakatni yuzaga 

keltiruvchi motivlarni tushunib yetmasa, o‘qituvchi qanday qilib maqsadga 

muvofiq xulosa chiqara oladi? Kuzatish qobiliyati murakkab xususiyat. U faqat 

ko‘ra olish, eshita olishdagina emas, balki, asosan, nimaga e’tibor yo‘naltirilganligi, 

shuningdek, olingan axborotlarni ongimizda tez qayta ishlay olishda ham ko‘rinadi. 

Kuzatuvchanlik qanday rivojlanadi? Biz nima ko‘rmoqchi bo‘lsak, o‘sha narsani 

ko‘ramiz - xuddi shu yerdan samimiy (haqiqiy) qiziqishimiz boshlanadi. Kuzatish 

tahlil hamdir. Bundan esa qabul qilingan axborotlarni, hodisalarni tushunib yetish 

uchun doimiy savollar kelib chiqadi. Kuzatuvchanlik va tajriba intuisiya kabi 

qobiliyatning rivojlanishiga asos bo‘ladi. Mohir pedagogning bu vaqtga kelib ko‘zi 

pishgan va bir qarashda, belgilar hatto hidiga qarab, bu xom ashyodan qanday 

mahsulot olish mumkinligini aytib berishi mumkin bo‘ladi. Mohir bo‘lish - 

oldindan pedagogik jarayonni ko‘ra bilish, mumkin bo‘ladigan murakkablikni, 

pedagogik sezgirlik bilan his eta olish demakdir. Pedagog uchun mantiqiy asosga 

tayanib tahlil qilish, oldindan ko‘ra bilishigina emas, bolalar bilan ularning 

quvonchi va tashvishi, qiziqishi va intilishini birga baham ko‘ra bilish, uning 

o‘rniga o‘zini qo‘ya olish qobiliyati ham bo‘lishi kerak. Mohir pedagogda odamni 

tushunishga qobiliyat unga aktiv ta’sir qila olish qobiliyati bilan uzviy bog‘liq 

bo‘ladi. Dinamizm - bu ishontirishga va ta’sir etishga qobiliyat, bu ichki energiya, 


yig‘inchoqlik, tashabbuskorlikka qobiliyatdir. Pedagog -ijodkorning bu 

qobiliyatlarni egallashning yorqin ko‘rinishi bo‘lib, faoliyati hisoblanadi. Uning 

darslari ijodkorlik bilan sug‘orilgan shiddatkor, uning tutgan o‘rni tashabbuskorona 

xarakterga ega, uning so‘zlari ongi va qalbining eng chuqur joylarigacha ta’sir 

etadi. Dinamizm emosional turg‘unlik bilan bevosita bog‘liq. O‘z-o‘zini boshqara 

olish, to‘g‘ri yo‘lga sola bilish qobiliyati shaxsning emosional turg‘unligini yuzaga 

keltiradi. Pedagogik holatni egallash va shu holatda o‘z-o‘zini boshqarishga 

yordam beradi. Optimistik prognoz qilish (ishonch bilan oldindan ko‘ra bilish) 

yetakchi pedagogik - kasbiy qobiliyat sifatida, shu bilan birga, biz o‘qituvchi 

shaxsining insonparvarlik yo‘naltirilganligi - kompleks qobiliyatlarning uzviy 

bog‘liqligini ham alohida ta’kidlab o‘tishimiz kerak. Pedagogik mahoratning 

elementi pedagogik texnika. Bu o‘qituvchi xulqini yo‘lga qo‘yish shaklidir. 

Harakat usullarini egallamay turib bilim, yo‘naltirilganlik va qobiliyatning yuqori 

natijaga erishuvini ta’minlab bo‘lmaydi. Pedagogik texnika o‘ziga ikki guruh 

ko‘nikmani - o‘zini boshqara olish ko‘nikmasi va pedagogik masalalarni yechish 

jarayonidan ta’sir qila olish ko‘nikmasini o‘z ichiga oladi. Birinchi gruppa 

ko‘nikmalari - o‘z tanasini, emosional holatini, nutq texnikasini boshqara olish. 

Ikkinchi gruppa ko‘nikmalari bu didaktik, tashkilotchilik, o‘zaro ta’sir texnikasini 

egallashda namoyon bo‘ladi. Pedagogik mahoratni ko‘rib o‘tgan elementlari 

pedagogik faoliyatda bu hodisalarni sistema tarzida aniqlashga yordam beradi. 

Pedagogik mahoratning yuqori darajasida barcha ishlarga yuqori sifat beriladi; 

kasbiy nuqtai nazarimiz shakllanadi; bilimlar pedagog faoliyatida o‘z-o‘zini tahlil 

etishga qurol bo‘ladi va o‘zo‘zicha harakat qilish imkoniyatlarini aniqlaydi: yuqori 

darajada rivojlangan pedagogik qobiliyat shaxs imkoniyatlarini har tomonlama 

kengroq, to‘la ochilishiga yordam beradi. Pedagogik mahorat me’zonlari: - 

maqsadga yo‘naltirilganlik; - mahsuldorlik (o‘quvchilar bilim darajasi va 

tarbiyalan-ganliklari natijalari); - optimallik (vositalar tanlashda); - faoliyat 

mazmuni bo‘yicha ijodkorlik.   

   Mahorat egallashning bir necha daraja bosqichlariga ajratish mumkin.. Maktab 

hayoti boshlanmoqda. Kech qolgan o‘quvchi sinfga kirib keldi (pedagogik 

situasiya). Uy vazifasiny tekshirish ketyapti. Ikkita o‘quvchi tayyorlanmay kelibdi - 

bu ham situasiya. YAngi temani tushuntirish jarayonida o‘quvchilar bir-biriga xat 

uzatishyapti-yana situasiya. Bular barchasi konfliktlar emas, lekin kutilayotgan 

natija bilan voqea o‘rtasidagi qaramaqarshilikdir. Buning uchun situasiyalarni 

o‘qituvchi tushunib yetib o‘ziga vazifalarni belgilashi kerak bo‘ladi. Strategik 

xarakterda (qanday qilib o‘quvchilarda mas’uliyat hissini, uyushqoqlikni 

tarbiyalash mumkin). Taktik jihatdan (hisobga olish va nazorat vositalarini ishlab 


chiqish, bilish faoliyatni faollashtirish) va situativ vazifa (kech qolganga, o‘qimay 

kelganga, e’tiborni chalg‘itayotganlarga qanday munosabatda bo‘lish kerak). 

O‘qituvchi mahorati situasiyani pedagogik masalaga aylantirish, ya’ni sodir 

bo‘lgan holatni, munosabatlarni qayta ko‘rish maqsadini belgilashi kerak, bu bilan 

qo‘yilgan pedagogik maqsad sari yetaklashi zarur. Pedagogik holat, agar o‘z 

vaqtida hisobga olinmasa, unga e’tibor berilmasa, pedagogik masalaga 

aylantirilmasligi mumkin. Shunday qilib, pedagogik holat maqsadga muvofiq 

yo‘naltirilgan sharoitda pedagogik masalaga aylantirishi mumkin. (holat, maqsad, 

vazifa, masala). Vazifa bir necha ko‘rinishda hal etilishi mumkin. Uning samarali 

natijasi pedagogning yo‘naltirilganligi, bilimi, uning qobiliyati, texnikani 

egallashiga bog‘liq. Pedagogik masala holatni tahlil qilish va muammoni tushunib 

yetishdan boshlanadi. YAngi ish boshlayotgan o‘qituvchi bu bosqichga e’tibor 

bermasdan masalani yechishga kirishadi. Shoshilganidan masalaning chuqur 

ziddiyatli tomonini tushunmay, o‘zining hayotida bunday holatlar oldin uchragan 

deb biladi. Natijada mohiyat oxirigacha anglab etilmaydi. Boshqacha qilib 

aytganda, aysbergning tashqi ko‘rinib turgan qismigagina e’tibor beriladi, xolos. 

Holatni ko‘ra bilmaslik, tushunmaslik, o‘quvchining bu harakatida nima 

yashiringanini anglab yetmaslik masalani yechishda xatolikka olib keladi. 

O‘qituvchining mahorati shuningdek, pedagogik masalalarni bir-biriga 

bog‘liqligini, bir-birini taqozo etganligini ko‘ra olish qobiliyatining yuqoriligidadir. 

Shuning uchun masalani yechish uzoqni ko‘zlab amalga oshiriladi, ya’ni, bolalarni 

tartibga chaqirib qo‘yishgina emas, balki shu harakatdan qoniqmaslik, noto‘g‘ri 

ekanligini tushunib yetish, bu holatlarni qayta takrorlamaslik hissini yuzaga 

keltirishdan iborat bo‘lishi ham kerak. Masalani hal etishning keyingi bosqichi - 

mavjud holatlarni tahlil etish, yaxlit pedagogik faoliyat jarayonida pedagogik 

holatning o‘rni tarbiyalanuvchi va tarbiyachining o‘zaro munosabatlari taxlil 

etilishi kerak. Natijada o‘quvchi hatti-harakatlarining motivlari faoliyat maqsadi, 

sharoitning, o‘zaro munosabatlarning o‘ziga xosligi tushunib yetiladi. O‘quvchi 

ko‘nglida yo‘q narsani unga majburan tirkab qo‘yish pedagogik ta’sirning samarali 

bo‘lishini ta’minlamaydi. Yakuniy bosqich: Gipotezalarni ilgari surish. O‘qituvchi 

qaysi vaqtda o‘zining nazariy bilimlari va tajribalaridan eng muhim usullarini 

ajratib olishi, aktiv fikrlash, tahlil uchun nima zarurligini bilishi kerak. Mohir 

o‘qituvchi masalani hal etishga jamoani jalb eta borib, holatni tahlil qilib boradi. Bu 

bosqichda qo‘llash mumkin bo‘lgan usulni fikran o‘lchab, bu ta’sir usuliga 

mumkin bo‘lgan reaksiyani tasavvur qilib ko‘rish kerak. Pedagogik masalani 

yechishning barcha bosqichlari o‘tganidan so‘ng metodlar sistemasi tanlab olinadi,     

 


                          

      

2  - Topshiriq 

Innovatsion texnologiyalar asosida  ota-onalar  yigilishi  dasturini  

ishlab chiqish. 

 

Ota onalar majlislarini yillik reja va undagi mavzular asosida 

tashkil etiladi. 

Yillik reja: 

Sentabr  

1.  Ota onalar qo`mitasini saylash. 

2.  I chorak vazifalarini belgilab olish. 

3.  Tartib intizom va turli mavzudagi suhbatlar. 

Noyabr 


1.  I chorak yakuni 

2.  II chorak vazifalari. 

3.  Turli mavzudagi suhbatlar. 

Yanvar 


1.  II chorak yakuni 

2.  IIIchorak vazifalari 

3.  Turli mavzudagi suhbatlar. 

Aprel 


1.  III chorak yakuni. 

2.  IV chorak vazifalari 

3.  Turli masalalarda suhbat. 

May. 


1.  IV chorak yakuni/ 

2.  Yil davomida bajarilgan ishlar. 

3.  Ta`tilde qilinadigan ishlar. 

 

 



3- Topshiriq

 

Ma’naviyat soati mashgulot ishlanmasini   innovatsion 

texnologiyalar asosida    ishlab chiqing. 

 

 



1-mavzu: Ona yurtim –oltin beshigim! 

 

I.Kirish: 

Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarda mustaqil vatanimiz bilan 

faxrlanish va milliy g`urur tuyg`ularini uyg`otish. 

Yurt,ona Vatan haqidagi tushunchalarni o`quvchilar ongiga yetkazish.Vatanga 

muhabbat tuyg`usini tarbiyalash, nutqini o`stirish. 

Tarbiyaviy mashg`ulotning  jihozi: DVD,disk, tarqatma material,rasmlar. 

Tashkiliy qism: O`quvchilarning   darsga  tayyorgarligi, navbatchi  axboroti. 

Ma`naviyat daqiqasi  

Vatan ona, Vatan chamandir, 

Vatan quyosh, Vatan osmondir. 

Vatan she`rdir, Vatan xayoldir, 

Vatan tuproq, Vatan iymondir. 

II.Asosiy qism: 

Vatan-bu sen,ota-onang,oilang va do`stalring yashayotgan yer. Vatan –bu sen 

bilan birga yashayotgan qushlar,daraxtlar. 

Ko`chadan kelar ekansiz,yuzlab derazalar ichidan o`z  uyingiz derazasiga 

qaraysiz.Nega boshqa derazaga qaramaysiz?Chunki o`sha derazaning ichida 

sizning vataningiz bor.  

Z.M.Bobur o`n ikki yoshida podshoh bo`lgan.U katta harbiy yurishlar 

qilgan.Hindistonda Andijondan olib borilgan qovunni yeb shoh  Bobur yig`lab 

yuborgan ekan.U vatanini qattiq sog`ingan.Qovun olib borganlar vatanini olib 

borisholmasdi-da.  

Bizning Vatanimiz O`zbekiston! O`zbekiston –muqaddas Vatan. Aziz bobolarimiz 

ota-onamiz  tug`ilib o`sgan maskan.   Biz  uchun  Vatan  bitta!  Mamlakat  bitta!  

Bizning  go`zal  yurtimiz,  noyob  tabiatimiz,  betakror  Vatanimiz,  bag`ri keng  va  

oliyjanob  xalqimiz  bor. 

Men  shu  diyorda  yashayman.  Shu  yurtda  tug`ilib  o`sdim. O`zbekiston  juda  

go`zal  diyor.  O`zbekistonda  go`zal  bog`lar, yuksak  tog`lar,  bepayon  dalalar,  

zilol  suvlar,  zamonaviy  qishloqlar  va  bir-biridan  go`zal  shaharlar  ko`p.  



O`zbekistonimizning  tabiati  xilma-xil  bo`lib,  go`zallikda  tengi  yo`q.  O`zbekiston 

jannatmakon diyor.  

 Bizning  yurtimizda  yoshlarga  juda  katta  e`tibor  qaratilgan.  Chunki  biz  yoshlar  

O`zbekistonning  kelajagimiz.  Biz  yoshlarning  yaxshi  yashashimiz,  yaxshi  ta`lim-

tarbiya  olishimiz,  dam  olishimiz  uchun  barcha  shart-sharoitlar  yaratilgan.  

Yurtimizda  bizning  yaxshi  ta`lim-tarbiya  olishimiz  uchun  yangidan-yangi  

maktablar, akademik  litseylar,  kollejlar, oliy  o`quv  yurtlari  bunyod  etilgan.  Biz  

yoshlarning  jismonan  baqquvat  va  sog`lom  bo`lishimiz  uchun  sport  

inshootlari  va  maydonlar,  suv  havzalari  qurib  bitqazildi.   

O`zbekistonning  poytaxti  -  Toshkent  shahri.  Toshkent  juda   ko`hna  va  

qadimiy, shu  bilan  birga  zamonaviy  shahardir. Toshkent  shahri  

respublikamizning  yuragi  hisoblanadi. Shu  zaminning  munosib  farzandi  bo`lib  

yashaylik. 

Qancha diyorlarda sayr etib yurdim, 

Qancha manzillarda tuzdim oshiyon. 

Va buyuk hikmatga axir yuz burdim, 

Siylangan joyida azizdir inson. 

Yurtim senda ekan nasibam tugal 

Sen o`zing maskanim, sen o`zing jonim 

Sen onam, sen singlim, yorimsan azal. 

Ey jonim, jahonim O`zbekistonim. 

 

 



      1991 yil 1-sentabr kuni olamshumul ahamiyatga ega bo`lgan voqea yuz berdi. 

O`zbekiston Respublikasi Mustaqil deb e`lon qilindi. O`zbekiston tenglikni, hurlikni 

qo`lga kiritdi. Ona diyorimizni jahon tanidi. 

 

Hurmatli Presidentimiz: “Bizdan ozod va obod Vatan qolishi”, “Shu aziz Vatan 



barchamizniki. Uning baxt saodati, yorug` istiqboli, farovon kelajagi uchun 

yashash, kurashish kerak bo`lsa, joningni fido qilish, shu muqaddas zaminda 

yashayotgan har bir inson uchun baxtdir”,-deb aytganlar. 


III.Yakuniy qism: 

Ona Vatanimiz mustaqilligini keng nishonladik. Darhaqiqat, asrlarga ta`tigulik bu 

yillar mobaynida Yurtboshimiz rahnamoligida xalqimizning farzandlar iqbolini 

o`ylab, bir maqsadu muddao bilan, bir tanu bir jon bo`lib amalga oshirilgan 

beqiyos ezgu amallari natijasida bugun mamlakatimizni dunyo tan olmoqda. O`z 

tanlagan yo`li, o`z aytar so`zi va amali bilan jahonni lol qoldirayotgan davlatimiz 

tobora barkamollik sari intilayapti 

Savol:.  

 

Biz ham barkamol avlod bo`lishimiz uchun o`zimizda qaysi fazilatlarni 



tarbiyalamog`imiz darkor? 

(…)

Tarona guruhining  “O`zbekiston” qo`shig`i tinglanadi. 

-Qo`shiq nima haqida ekan? 

-Vatan haqida ekan.  

O`quvchilarning javoblaridan so`ng “BBB” metodi orqali vatan haqidagi 

ma`lumotlar umumlashtiriladi. O`quvchilar aytishadi.O`qituvchi ularning 

javoblarini xattaxtaga yozadi. 



 

                         4-Topshiriq

 

 

Innovatsion    tehnologiyalar    asosida  bir  soatlik  dars  ishlanmasi 

yarating. 

 

 

Fan: O’qish 

Mavzu: Vatan — bu... (Po'lat Mo'min) 

Bilaman 


• Yashab turgan 

diyorim 


O'zbekiston 

ekanligini. 

• Vatan haqida 

she'r va 

maqollarni. 

 

Bilishni 



xohlayman 

• Men vataninmni 

taraqqiyoti 

uchun qanday 

hissa  

qo'shishim 



mumkinligini. 

• Tarixiy obidalar 

haqida 

ma'lumotlarni. 



Bilib oldim 

• Vatan 


muqaddas 

ekanligini,uning 

har bir qarich 

yerini 


e'zozlashimiz 

kerakligini. 

 


Sinfdan  tashqari o`qish 20 min 

Sana:  16.01.2020y       Sinf:1-V 

Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsadi: o'quvchilarning to'g'ri, ongli, ifodali va 

qiroat bilan o'qish malakalarini takomillashtirish.  

Tarbiyaviy maqsad: Vatan tushunchalarini kengaytirish. Ularda Vatan tuyg'usini 



shakllantirish, o'z Vataniga muhabbatli bo'lishga, uni qadrlashga o'rgatish. 

Prezidentimizning «Bolalar — bizning kelajagimiz» gapining ma'nosini 

anglashlariga erishish. 

Rivojlantiruvchi maqsad: to'g'ri, ongli, ifodali o'qish malakalarini rivojlantirish, 



lug'atiga aniqlik kiritish va lug'at boyligini rivojlantirish. Vatan haqidagi 

tushunchalarini boyitish. 

O`quv  jarayoniga  oid  kompetensiya:  TK2  -  turli  axborot  manbalaridan  o‘ziga 

kerakli  ma’lumotlarni  topa  olish.  TK3  -  kun  tartibiga  rioya  qilish;  o‘zlashtirgan 

bilimlarini boyita olish. FK1-hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni 

tinglab tushuna oladi

Darsning tipi: Yangi bilim beruvchi. 

Dars metodi: Izohli o'qish  va tushuntirish metodlari. 

Darsning jihozi: Vatanimizning o'tmishi va hozirgi kunlari tashvirlangan rasmlar, 

testlar. 

Darsning borishi. Tashkiliy  qism:   Dars O'zbekiston Respublikasining Davlat 

madhiyasi bilan boshlanadi. 

O'quvchilar Madhiyani kuylab turganda Davlat bayrog'i, Davlat gerbi, 

Konstitutsiya kitobini namoyish qilib, eshikdan uch o'quvchi kirib keladi: 

2. Darslik bilan tanishtirish. Madhiya tugashi bilan bir o'quvchi «O'qish kitobi»ni 

ko'tarib xattaxta oldiga chiqadi, Darslik yuzasidan suhbat o'tkaziladi: 

1. O'qing, bu qaysi darslik? («O'qish kitobi» darsligi). 

2. Uni sizga kim sovg'a qilgan? (Prezidentimiz Islom Karimov sovg'a qilganlar). 

3. Nima maqsadda sovg'a qilganlar? (Bolalarim o'qishni bilib olishsin, bilimlarni 

egallasin deganlar). 

4. Bu darslikni kimlar yozgan ekan? (O'qiytuvchi darslikni ochib, mualliflar 

yozilgan joyni ko'rsatib, o'quvchilarga o'qitadi. Ularning mehnati haqida qisqa 

gapirib beradi). 

5. Kitob haqida qaysi she'rni yod olgansizlar? Kitob haqida o'quvchilar o'qigan, 

yod olgan she'rlar eslatiladi. Yoki o'qituvchi yoddan o'zi aytib beradi. Nodir 

kitoblarning hozirgi kunga qadar saqlanib kelinayotganini aytib, sizlar ham 

kitoblaringizni toza saqlang, yirtmang, ichiga chizmang, buklamang, undan 

ukalaringiz ham foydalanishadi, tarzida maslahat beriladi. 

6.  Kitobingizni  oching,  rasmni  kuzating.  Unda  nima  tasvirlangan?  Doskaga 

qarang. Bu rasmda nima tasvirlangan, ikkalasiga bir xil nom qo'yish mumkinmi? 

Nima deb nomlasak bo'ladi? (Mening Vatanim — O'zbekiston.) O'qituvchi o'quv-

chilar  javobini  umumlashtiradi:  O'zbekiston  —  Vatanim  mening.

  Bolalarning 

sevimli shoiri Poʻlat Moʻmin yoshligidanoq adabiyotga havas qoʻydi. U Toshkent 

pedagogika  bilim  yurtida  oʻqib  yurgan  vaqtida  adabiyot  toʻgaragiga  faol 

qatnashdi. Adabiyotni qunt bilan oʻqidi, oʻrgandi. Oʻrta maʼlumot olgach, hozirgi 

Nizomiy  nomli  Toshkent  davlat  pedagogika  universitetining  oʻzbek  tili  va 

adabiyoti fakultetiga  oʻqishga kirib, uni muvaffaqiyatli tamomladi, aspiranturada 

oʻqidi,  maktablarda  oʻqituvchilik  qildi.  Soʻngra  Oʻzbekiston  davlat  nashriyotida 

ishladi.  Poʻlat  Moʻmin  qayerda  ishlamasin,  doimo  adabiyotga  muhabbat  bilan 

qaradi,  uni  qunt  bilan  mutolaa  qildi,  oʻrgandi.  Kichik-kichik  sheʼrlar  yoza 

boshladi.  1944  yilda  “Bahorga  sayohat”  nomli  birinchi  sheʼri  bosilib  chiqdi. 

Birinchi  sheʼrlar  toʻplami  esa  1949  yilda  “Sayrang,  qushlar”  nomi  bilan  nashr 

etildi.  Kitob  adabiy  jamoatchilik 

tomonidan 

iliq 

kutib 


olindi. 

Toʻplamdan  munosib  oʻrin  olgan 

“Sayrang, 

qushlar”, 

“Obod 

oʻlkam”,  “Haykal”,  “Alla  va 



Jalla”  (ertak)  singari  asarlari 

mazmundorligi, qiziqarliligi bilan 

kitobxonlarning  eʼtiborini  oʻziga 

jalb etdi. 

Bolalarga  atab  ijod  etish,  bu 

sohada  muvaffaqiyat  qozonish 

uchun  qobiliyat  va  istakning 

oʻzigina  yetmaydi.  Belinskiy 

taʼrifi  bilan  aytganda,  bolalar 

yozuvchisi boʻlib tugʻilish kerak. Bu 



bolalar  yozuvchisi  mohir pedagoglarday bola qalbining bilimdoni boʻlsin, nozik 

taʼb  egasi,  goʻdak  tabiati  va  psixologiyasining  bilimdoni,  mehribon  va  bolajon, 

kamtarin  va  samimiy,  bolalarcha  soddadil  ham  dono  boʻlsin,  degan  mazmunni 

taqozo  etadi.  Biz  Poʻlat  Moʻmin  ijodida  ana  shunday  oliyjanob  xususiyatlar 

mujassamligini his etamiz. Shoir butun umrini bolalar orasida oʻtkazib kelmoqda. 

U  oʻz  yosh  kitobxonlarining  oʻy-fikrlarini,  orzu-umidlarini  yaqindan  biladi. 

Ularning dillaridagini tillarga chiqara biladi. 

Shoirning  tinimsiz  ijodiy  mehnati  tufayli  “Hunardan  unar”,  “Toʻgʻri  oʻsgan  gul 

boʻlar”, “Aql qayerda boʻlar?”, “Oʻrinbosarlar”, “Oltin nay”, “Bir yarim Karim”, 

“Endi adashmaydi”, “Barcha bola doʻst boʻlsa”, “Rahmatga rahmat”, “Gazpolvon 

ertak  aytar”,  “Chang  yutar  botir”,  “Doʻsting  qancha  koʻp  boʻlsa”,  “Oftob  va 

odob”, “Yaxshilarga oʻxshasam”, “Bu juda soz”, “Eson va omon”, “Oltmish olti 

oltin qoʻl”, “Ustozlar izidan”, “Bolalarning baxti kulgan”, “Bir yuz bir oltin qoʻl” 

sheʼriy toʻplamlari: “Chanoqvoy bilan Qovoqvoy”, “Bahodirning botirligi”, “Oq 

fil  yoʻqoldi”,  “Suqatoy-konfetvoy”,  “Ona  bolam  deydi”  kabi  ertaklari,  pesalari 

yuzaga  keldi.  Bu  kitoblarga  kirgan  eng  yaxshi  sheʼr  va  qoʻshiqlari,  doston  va 

ertaklari bolalar adabiyoti xazinasiga munosib hissa boʻlib qoʻshildi, uni boyitdi. 

Bu  asarlardan  bir  qanchasi  jahon  xalqlari  tillariga  tarjima  qilinganki,  bu  faqat 

shoirning  emas,  balki  oʻzbek  bolalar  adabiyotining  ham  yutugʻi,  obroʻsi 

hisoblanadi. 

Kimda-kim  aʼlo  va  yaxshi  baholarga  oʻqish  uchun  astoydil  intilsa,  harakat  qilsa, 

zahmat  cheksa,  shubhasiz,  u  maqsadga  erishadi,  samarali  bilim  oladi.  Agar  bu 

intilish jismoniy mehnat bilan qoʻshib olib borilsa, yanada muvaffaqiyatli boʻladi. 

Poʻlat Moʻmin taʼlim va jismoniy mehnatga bagʻishlangan sheʼrlarida mehnat va 

mehnatsevar  bolalar  haqida  fikr  yuritadi.  Baʼzan  ishyoqmas,  dangasa,  yalqov 

oʻquvchilarni  tanqid  qiladi,  ularning  kamchiliklarini  ochib  tashlaydi.  Masalan, 

“Besh  oldim,  besh!”  degan  sheʼrini  olaylik.  Asar  qahramoni  uzoq  vaqt  past 

bahoga oʻqib yuradi, fanlarni koʻngildagidek oʻzlashtira olmaganligidan doʻstlari, 

ota-onasi va oʻqituvchilar oldida oʻzini gunohkordek his qiladi. Oʻquvchi bunday 

qiyin ahvoldan faqat koʻproq dars tayyorlashi, kitob oʻqishi bilan qutulib ketishi 

mumkinligiga  ham  ishonmaydi.  Nima  boʻladi-yu,  bir  kuni  u  uyga  berilgan 

topshiriqni  qayta-qayta  oʻqiydi,  dars  va  kitobdan  boshqa  hech  narsani 

oʻylamaslikka harakat qiladi. Natijada ertasi kuni “besh” baho oladi.  

3. She'rni o'qishga tayyorgarlik: tayyorgarlik ham suhbat metodida amalga 

oshiriladi: 

Vatan deganda nima tushunasiz?Nima uchun odamlar Vatanini sevadi?Vatanini 

yaxshi ko'rgan odamlar nima qiladi?  O'quvchilar javobi umumlashtiriladi: Vatan 

— har bir inson tug'ilgan va yashaydigan maskan, joy. Siz tug'ilib o'sayotgan, 



bilim olayotgan qishloq, shahar, Respublikamiz — sizning Vataningiz. Odamlar 

o'z Vatanida tarbiyalanadi: Bilim oladi, dam oladi, o'z yaqin va yaxshi ko'rgan 

kishilari bilan birga bo'ladi. Shuning uchun uni sevadilar. Vatanini sevgan 

odamlar uning rivojlanishi, tinch bo'lishi uchun mehnat qiladi.Siz ham yaxshi 

xulqingiz bilan Vatanni sevishingizni namoyish qilishingiz lozim, She'r nomi 

aytilib, shoir haqida ma'lumot beriladi. Po'lat Mo'min sevimli bolalar shoiri. U 

kishi yoshligidanoq kitob o'qishga, ertak eshitishga rosayam qiziqqan. Ertak 

eshitib, kitob o'qibgina qolmay, ularning mag'zini chaqishga ham harakat qilgan. 

Men ham ertak to'qisam, kitoblar yozsam, deb orzu-havas qilgan. U hamma 

fanlardan a'lo baholarda o'qigan. Shuday qilib keyinchalik o'zi ham she'r, ertak, 

topishmoqlarni siz — bolajonlar uchun yaratgan. 

 She'r bilan tanishtirish. She'rni qiroat bilan o'qib beriladi. Izohli o'qish 

metodidan foydalaniladi. Buning uchun she'rdagi qo'rg'onim, millatim so'zlari 

ma'nosi izohlanadi, shunda she'rni o'quvchilar yaxshiroq anglaydilar, So'zlar 

plakatga yozib osib qo'yiladi: 

Vatan deganim bu 

— 

Yurak deganim, 



Yurakka Vatanim Kerak deganim.

 

Vatan deganim bu 



— Yurak deganim, 

Birov-biroviga Kerak deganim.

 

Aslida Vatan bu 



— Tug

£

ilgan joyim,



 

Birinchi qadamim Yetgan qo

t

rg‘onim 


4.So'z ma'nolarini bilib oling.Qo 'rg 'on — yashaydigan keng, katta joy. Millatim-

xalqim — bir tilda gaplashadigan, Vatani bir, urf-odatlari, an'analari bir xil bo'lgan 

odamlarni bir millat, bir xalq deyishadi. So'zlarning ma'nosi oldin o'quvchilardan 

so'raladi, so'ng o'qituvchi izohlaydi. 

5. She'r yuzasidan dastlabki suhbat: She'r sizga yoqdimi? She'r nima haqida 

ekan? 


6. She'rni o'quvchilarga o'qitish. Oldin, bir marta jo'r bilan o'qish mashq qilinadi. 

Keyin o'qish malakasi yaxshi shakllangan o'quvchilarga o'qitiladi. So'ng bahdlarga 

bo'lib o'qitiladi. 


7. Topshiriq bilan o'qitish. She'rning birinchi bandini o'qing, mazmunini ayting. 

Nega shoir vatanni yurak de-yapti?O'quvchilarning javobi aniqlashtiriladi. Shu 

vatanda, shu tuproqda, shu yer va shu uyrtda tug'ildingiz. Shuning uchun ham bu 

vatan sizga onadek aziz. Insonlar uchun ba'zi narsalar faqat bitta bo'ladi. Ona, 

ota, vatan va odamlarning yuragi ham bitta bo'ladi. Odam uyraksiz yashay 

olmaydi, yurakni almashtirib ham bo'lmaydi. Xuddi shunday inson vatansiz ham 

yashay olmaydi. Shuning uchun ham shoir vatanni yurak bilan tenglashtirgan. 

(Xuddi shu tarzda she'rning boshqa band-lari ham tahlil qilinadi. Bunda ko'proq 

o'qituvchining ijodiy faoliyati katta o'rin tutadi. O'qituvchi sinf o'quvchilarining 

xususiyatlarini e'tiborga olib, ularning faoliyatini boshqarishi va hikoyani 

soddalashtirishi yoki murakkablashtirishi mum-kin.) 

8. She'rni qiroat bilan o'qish musobaqasi qatorlararo o'tkaziladi. Qatorlardagi har 

bir bolaga baho qo'yib borishadi.Ballar jamlanib, g'olib qator e'lon qilinadi, Bu 

orqali bolalar orasida o'zaro yordam yo'lga qo'yiladi. 

9. «Bolalar — bizning kelajagimiz» gapini tahlil qilish. Bu   gap nima uchun 

aytilgani o'quvchilardan so'raladi va ular javobi to'ldiriladi: Qadimda bizning 

yurtimizda olimlar, shoir va yozuvchilar, sarkardalar, davlatni boshqaruvchilar, 

mehnatkashlar ko'p bo'lgan. Bolalardan shunday mashhur kishilardan kimlarni 

bilishlari so'raladi, bilmasa o'qituvchining o'zi yordamlashadi. Ular Vatanning 

ozodligi, tinchligi, taraqqiy etishi uchun ijod qilgan — mehnat qilgan. Siz ham 

ularga o'xshab olim bo'lish uchun harakat qilishingiz lozim. Kelajakda Vatanimizni 

rivojlantirib, boy davlatga aylantirishingiz kerak. 

10. Maqol o'qish va ma'nosini izohlash: Darslikda berilgan maqollar o'quvchilarga 

o'qitiladi, ayrim Vatanidan uzoqda, uni qo'msab yashayotgan, o'z Vatanida 

mehnat qilib, to'q va farovon yashayotgan kishilar misolida tushuntiriladi. Jo'r 

bo'lib aytish orqali yod oldiriladi. 

11. Tez aytish mashqi: darslikda berilgan tez aytishni yod olish va bir nafas bilan 

buni bir necha marta aytish. 

IV. Darsni  mustahkamlash:      1. Krossvord yechish              1. Vatan.       2. Yurak.          

3.Kerak.               

              (Bunda shakl ham V ko'rinishini oladi.)  2.Test. 

1.Ona so'zi to'g'ri qo'llanilgan qatorni toping.  



A. Ona-Vatan. ona-tuproq.  

B. Ona-ko'cha, ona-dala.  

2.She'rda vatan so'zi necha marta takrorlangan?  

A. 5 marta.  

B. 4 marta. 

3.«Vatan — bu» she'rining muallifi kim? 

 A. Po'lat Mo'min.  

B. Erkin Vohidov.  

4.Vatan degani nima ekan?  

A. Tug'ilgan joyi. vashavdigan uvi. vurti.  

B. Millati, xalqi, odamlar. 

Krossvord va testlar har bir o'quvchi uchun ko'paytirilib, uyga berilishi ham 

mumkin. 

3. Vaqtga qarab «Kim ko'p maqol aytadi», tez aytish musobaqalarini o'tkazish 

mumkin. G'oliblar rag'batlantiriladi. O'quvchilarning reytingi aniqlanadi. 

V. Darsda  faol  qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish.Darsga  umumiy  

xulosa   chiqarish va yakunlash. 

VI. She'rni yod olish uyga vazifa qilib beriladi. 

She'rni yod olish yo'li o'rgatiladi; She'rni oldin to'g'ri xatosiz o'qish mashq 

qilinadi. Bir necha marta o'qish orqali tez o'qish o'zlasbdriladi; So'ng 2 misra 

o'qilib, yoddan aytiladi. Keyinchalik 4 misra yoddan aytiladi. Qayta-qayta o'qish 

va yoddan aytish yo'li bilan she'rni yodlash mumkinligi, oxirida onasiga, otasiga, 

aka va opalariga yoddan aytib berish lozimligi tushuntiriladi. 

 

O’IBDO’:                                                                                                           



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling