12 – variant Nima sababdan Kidariylar Shimoliy hindiston hududiga borib o’rnashgan. U yerda Kidariylar hukmronligi qanday bo’lgan?


Download 27.5 Kb.
bet1/3
Sana02.01.2022
Hajmi27.5 Kb.
#188399
  1   2   3
Bog'liq
Я.Н.Сиртқи 2-курс Qosimov Qobiljon


Tarix o’qitish metodikasi sirtqi 2-kurs talabalari uchun “O’zbekiston tarixi” fanidan Yakuniy nazorat savollari

12 – variant
1. Nima sababdan Kidariylar Shimoliy hindiston hududiga borib o’rnashgan. U yerda Kidariylar hukmronligi qanday bo’lgan?

2. V-VII asrlarda O'rta Osiyo hududida tashkil topgan mustaqil hokimliklarning iqtisodiy hayoti qanday bo’lgan?

3. Abu Muslim harakatining mohiyati nimalardan iborat bo’lgan?
Javoblar!

1. Nima sababdan Kidariylar Shimoliy hindiston hududiga borib o’rnashgan. U yerda Kidariylar hukmronligi qanday bo’lgan?
Aftidan, kidariylar xioniylar bilan ittifoqchi sifatida h.arakat qilgan va o’z tajovuzkorliklarini Xuroson tomon kengaytirishga intilgan. V asrning 60-yillariga qadar ular sosoniylarning SHarqdagi asosiy dushmani bo’lib qolgan. Marv vohasida kidariylar bilan sosoniylar shohi Varaxran V (420—438 yillar) o’rtasida sodir bo’lgan jangda shoxning qo’li baland kelib, o’z dushmani ustidan g’alaba qozonadi. Bu voqeadan so’ng kidariylar mamlakati bilan sosoniylar davlati o’rtasida chegara belgilanib Talikon yaqinida toshdan chegara minorasi o’rnatiladi. CHegarani nazorat ostiga olib, uni muttasil kuzatib turish maqsadida Varaxran V xatto Xuroson valiysi qarorgohini Balx shaxriga ko’chiradi. Biroq bu bilan chegara xavfi barxam topmaydi. SHimoli-sharqiy chegaralarni kidariylar xujumidan mudofaa qilish zaruriyati sosoniylarning yana bir shoxi Yazdijirdni (438 457 yillar) ham uzoq yillar davomida dushman bilan muttasil shiddatli jang qilishga majbur etadi. Kidariylar ustidan shox goh g’alaba qozonadi, goh mag’lubiyatga uchraydi. 456 yilda bo’lib o’tgan navbatdagi harbiy to’.qnashuvlardan birida katta talafot berib, sosoniylardan qaqshatqich zarbaga uchragan kidariylar o’zlarini qayta o’nglab ololmaydi. Ayni shu vaqtda ular shimoldan O’rta Osiyo tomon siljigan yana bir ko’chmanchi chorvador aholi eftaliylar bilan to’qnashadi. Natijada O’rta Osiyoda xukmronlik barqarorligini mustaxkamlab olishga ulgurmagan kidariylar mamlakatni tark etib, janubga SHimoliy Xindistonga tomon chekinishga majbur bo’ladi. Ular Xindistondagi Gupta davlatini o’ziga bo’ysundirib, u еrda 75 yil xukmronlik kilishadi. SHimoliy xind еrlarini egallagach kidariylar 477 yilda hatto Ganxara viloyatidan Xitoyga o’z elchilarini ham yuborishadi. V asrning o’rtalarida O’rta Osiyoga shiddat bilan kiribkelgan ko’chmanchi aholi yozma manbalarda eftal, xeftal, xaytal, xetal, abtal, idal, tetal, i-da, е-dien kabi qator jarangdor nomlar bilan tilga olinadi. Eftal degan nom ilk bor xetal shaklida V asrga oid arman manbalarida uchraydi. Bu nom aslida Eftalon deb yuritilgan qabila nomidan olingan. Vaxshunvor boshliq Eftaliylar davlati tashkil topgach, bu etnonim qabila nomidan davlat nomiga ko’chgan. CHunki shoxlik taxtiga mingan Vaxshunvar eftalon qabilasi zodagonlaridan biri edi.Stanford universiteti professori Paul Garrison 2007-yilda Afg’onistondan topilgan mis o’ramalrni o’qidi. Ushbu mis o’ramalar milodiy 492-493-yillarga oid deb topildi va ularning eftaliylar davriga oidligi tasdiqlandi. Undan ular buddaviylikka e’tiqod qilganligi va Eroniy nomlarni olganligini ko’ramiz.

Download 27.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling