12-amaliy ish mavzu: cho‘ktirsh mashinalarini boyitishni parametrlarini hisoblash


Download 18.42 Kb.
Sana27.11.2020
Hajmi18.42 Kb.
#153978
Bog'liq
12 амалий иш


12-AMALIY ISH
MAVZU: CHo‘ktirsh mashinalarini boyitishni parametrlarini hisoblash
Keyingi yillarda cho‘ktirishning og‘ir suspenziyalarda va vintli separatorlarda boyitish bilan siqib chikarilayotgani uchun cho‘ktirish mashinalarining ishlatish sohalari bir muncha qisqarmoqda, lekin bir qator hollarda, masalan, dastlabki mahsulotda shlamlanuvchi minerallarning ishtirok etishi, g‘ovak rudani boyitish fabrikalarining ishlab chiqarish unumdorligi kichik bo‘lganda og‘ir suspenziyalarda boyitish cho‘ktirish bilan raqobatlasha olmaydi.

CHo‘ktirishni ko‘mirni boyitishda qo‘llash og‘ir fraksiyaning miqdori bilan chegaralanadi. Agar dastlabki ko‘mirda zichligi 1,8 va 2,0 g/sm3 dan ortiq fraksiyalarning miqdori 50-55 % dan ortiq bo‘lsa, cho‘ktirishning ko‘rsatkichlari keskin yomonlashadi. CHo‘ktirish usulida boyitiluvchi mahsulot yirikligining yuqori chegarasi: toshko‘mir uchun 120-175 mm, rudalar uchun 40-50 mm. Yiriklikning quyi chegarasi ajratilayotgan minerallarning zichligiga bog‘liq: ko‘mir uchun 0,3-0,5 mm, qora va rangli metallar rudalari uchun 0,1-0,15 mm, kamyob metallar rudalari uchun 0,05-0,1 mm.

CHo‘ktirish mashinalarining turini tanlash qayta ishlanayotgan mahsulotning turiga, mashinaga kelib tushadigan mahsulotning yirikligiga va boyitish mahsulotlariga qo‘yiladigan talablarga bog‘liq.

Kamyob va rangli metallar rudalarini cho‘ktirish usulida boyitish uchun cho‘ktirish mashinalarida nisbatan kichik amplitudada tebranishlar sonini oshirish (250-500 min-1) talab qilinadi.

Konstruktiv shartlar bo‘yicha cho‘ktirishning bunday tartibi konusli pulsatorli mashinalarda hosil qilinadi. SHuningdek, suv tebranishining cho‘ktirish panjarasining butun yuzasi bo‘ylab bir tekis taqsimlanishi ham katta ahamiyatga ega. Bunday shartga diafragmasi panjara ostida joylashgan mashinalar javob beradi.

Qimmatbaxo komponent ora-sira joylashgan rudalar va toshko‘mir uchun bo‘tananing tebranishi siqilgan havo yordamida hosil qilinuvchi porshensiz cho‘ktirish mashinalarini qo‘llash tavsiya qilinadi.

CHo‘ktirish mashinalarining ishlab chiqarish unumdorligi panjaraning 1 m2 yuzasiga to‘g‘ri keluvchi solishtirma yuk normalari bo‘yicha aniqlanadi. Mashinaning ishlab chiqarish unumdorligi ajraluvchi minerallar zichligidagi farqning va dastlabki mahsulot yirikligining ortishi bilan ko‘tariladi. Dumaloq va kubsimon shakldagi zarrachalarda ishlab chiqarish unumdorligi yassi va cho‘ziq shakldagiga nisbatan yuqori.

CHo‘ktirish mashinalarining dastlabki mahsulot bo‘yicha taxminiy solishtirma yuki 13-jadvalda keltirilgan.

Solishtirma yuk meyorlari aynan shunga o‘xshash rudani boyituvchi fabrikaning cho‘ktirish usulida boyitish amaliy ma’lumotlarini umumlashtirish yoki tajriba yo‘li bilan belgilanadi.

Aniq hollarda solishtirma yuk meyorlari o‘rtachadan oshishi mumkin. Masalan, engil boyitiluvchi ko‘mirni boyitishda yuk 20-25% ga ortishi, qiyin boyitiluvchi ko‘mirni boyitishda (cho‘ktirishda) 25-30% ga kamayishi mumkin. Birlamchi konsentratlarni boyitishda tozalash operatsiyalarida solishtirma yukni 2.14 – jadvalda keltirilgandan 30-40% ga kamaytirib qabul qilinadi.

Kolumbitli va kassiteritli sochma kon rudalarini boyitishda cho‘ktirish panjaralarining har bir metr kengligiga 10 t/soat gacha yuk ruxsat etiladi.

Sochma konlar oltinli rudalarini boyitishda oltinning yirikligi va cho‘ktirish mahsulotlarining sifatiga bog‘liq holda solishtirma yuk keng chegarada o‘zgaradi. Yirik oltin zarrachalarini ajratish uchun cho‘ktirish mashinasi engil siklga o‘rnatilsa, ayniqsa yuqori solishtirma yukka (20-40 t/m2soat) cha ruxsat etiladi.


2.14-jadvavl Birlamchi konsentratlarni boyitishda tozalash operatsiyalarida solishtirma yuki

Boyitiluvchi mahsulot

Olinadigan mahsulot

Dastlabki mahsulot bo‘yicha solishtirma yuk, t/m2soat

Marganetsli va temirli rudalar, 15-20 mm yiriklik uchun

Boyitma, oraliq mahsulot va chiqindi

5-7

Marganetsli va temirli rudalar, 4-2 mm yiriklik uchun

Boyitma, oraliq mahsulot va chiqindi

2-5

Qalayli va volframli tub kon rudalari, 8-16 mm yiriklik uchun

Dag‘al konsentrat va keyingi qayta ishlash uchun boy chiqindilar

5-17

Qalayli va volframli tub kon rudalari, 3-1 mm yiriklik uchun

Tashlab yuboriladigan chiqindi va kambagal boyitma keyingi qayta ishlash uchun

4-6

Oltinli sochma kon rudalari, birlamchi cho‘ktirish

Tashlab yuboriladigan chiqindi va kambagal boyitma keyingi qayta ishlash uchun

10-20

Oltinli tub kon rudalari, cho‘ktirish mashinasi mayin tuyush va klassifikatsiya siklida ishlaydi

Boyitmada yirik oltin

20-50 va undan ortiq

Qo‘rg‘oshin - ruxli polimetall va ruxli, misli monometall rudalar

Oxirgi boyitma, chiqindi va oraliq mahsulotlar

1-2


Ayrim hollarda cho‘ktirish mashinasi shunday sharoitda ishlaganda solishtirma yuk 80-100 t/m2soat ga etadi.
Download 18.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling