№ 12 - MA’RUZA
Mavzu: Shaharning jamoat tizimida madaniy maishiy xizmat ko’rsatish
tarmog’ini tashkil etish. Madaniy - maishiy muassasalar turlari. Shahar
axamiyatidagi muassasalar.
Ma’ruza rejasi:
1. Kundalik xizmat ko’rsatish. Periodik xizmat ko’rsatish.
Epizodik xizmat
ko’rsatish.
2. Guzarlar va maxalla markazlar. Guzarlar tarkibi. Maxalla markazlari
tarkibi.
3. Ommaviy dam olish, kurort davolanish va turizmni tashkil etish
Ma'lumki,
odamlarning turmushi, ularning yashash, bolalarni tarbiyalash,
ta'lim olish, dam olish, madahiy darajasini oshirish, sog'liqni saqlash, savdo-sotiq va
boshqa maishiy xizmatlardan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan ehtiyojlarini qondirish
jarayoni shaharlarning aholi yashovchi qismlarida mujassamlangandir.
Hoziigi zamonda uy-joy tushunchasining chegarasi ancha kengaygan bo'lib, u
hozir aholiga zarur xizmat ko'rsatish tashkilotlarining to'liq majmuasini o'z ichiga
oladi. Hoziigi kunda xonadon ichidagi qulay yashash sharoitlarini yaratish shartlari
aholi yashash tumanlaridagi ijtimoiy-madaniy va
maishiy ehtiyojlarni yuqori
darajada qondirish shartlari bilan qo'shilib ketadi. Bunday keng ko'lamda aholi uchun
qulay yashash sharoitini yaratish uy-joy binolarining turli ijtimoiy xizmat ko'rsatish
tashkilotlari bilan uzviy qo'shilib ketishini taqozo etadi. Uy-joy binolarining ijtimoiy
xizmat ko'rsatish tashkilotlari bilan uzviy bog'lanishi Respublikamiz shaharlari
aholisining ijtimoiy va tarkibiy tuzilishini shaldlantirishning asosiy taomili
hisoblanadi.
Uy-joylarning
ijtimoiy
xizmat
ko'rsatish tashkilotlari
bilan
uzviy
bog'lanishidagi
asosiy qoidalardan biri, bu aholining xizmat ko'rsatish
tashkilotlaridan
foydalanish
tezligiga
bog'liq
holda,
ularni
uy-joylarga
yaqinlashtirishdir, ya'ni aholining qaysi tashkilotga qatnash ehtiyoji tez va ko'proq
bo'lsa, o'sha tashkilot uy-joyga shunchalik yaqin joylashtirilishi lozim. Aksincha,
aholi kamroq foydalanadigan tashkilotlarning xizmat ko'rsatish doirasi kengroq
bo'ladi. Hozirgi zamon shaharsozligi asosida yotgan bu ijtimoiy talab xizmat
ko'rsatish tashkilotlarini ulardan aholining foydalanish
tezligiga qarab guruhlaiga
bo'lishni taqozo etadi.
Hozirgi vaqtda olib borilgan ilmiy tadqiqodlar Respublika va boshqa xorijiy
mamlakatlar tajribalarini umumlashtirib, turar-joy qurilishi va xizmat ko'rsatish
tashkilotlari tizimini tashkil qilishda barcha madaniy- oqartuv, savdo, tibbiy va
xo'jalik tashkilotlarini to'rt bosqichga bo'lish qulay ekanligi aniqlandi.
Xizmat
ko'rsatish tashkilot larining bu bosqichlarini aniqlashda aholining ularga qatnash
tezligi, piyoda borish uzoqligi, bitta tashkilot xizmat ko'rsatishi mumkin bo'lgan
minimal aholi soni, tashkilotlarning
rentabel ishlashi, xizmat qilishi va boshqalar
hisobiga olingan.
Kelajda shakllanadigan aholi joylashuvi tizimidan kelib chiqib, mamlakatimiz
sharoitida xizmat ko’rsatish markazlarining quyidagi
bosqichli tarkibini ko’rsatish
mumkin:
I. – kelajak
aholi joylarida joylashadigan kundalik xizmat ko’rsatish
markazlari;
II. – mahalliy (xo’jaliklararo) markazlar, ularda kundalik va qisman
periodik
xizmat ko’rsatish muassasalari joylashadi. Ular o’z aholisiga va transport etarliligida
(0,5 soat) bo’lgan aholi joylari aholisiga xizmat ko’rsatadi.
III. – ma’muriy tumanlar markazlari (kichik tizimlar markazlari), ularda