12-Mavzu: emt va komplekslari asinxron motorlari minimum umumquvvat isrofi ish rejimi mezoni


Download 25.38 Kb.
Sana16.03.2023
Hajmi25.38 Kb.
#1272565
Bog'liq
12-mavzu. energiya tejamkorlik asoslari


12-Mavzu: EMT va komplekslari asinxron motorlari minimum umumquvvat isrofi ish rejimi mezoni.
12.1. Asinxron motorli elektromexanik tizim va komplekslarda minimum umumquvvat ish rejimini joriy qilish mezonlari va vositalari.
Ventilyator, kondensioner, nasos va kompressorlar kabi umumsanoat mexanizmlarining asinxron elektr yuritmalari energetik ko'rsatkichlarini real yuklanish qiymatiga qarab rostlash elektr energiyadan unumli foydalanishga olib keladi.
Asinxron motor stator chulg'ami kuchlanishi bilan magnit oqimi orasidagi chiziqli bog'lanish (11.1) ni hisobga olgan holda yuklanishning qiymatlarida asinxron motorning minimum quvvat ish rejimida ishlashi quyidagi differensial tenglamani nolga tenglab amalga oshiriladi
=0. (12.1)

bu yerda, ∑Δρ=


asinxron motorning nisbiy umumiy quvvat isrofi.


Asinxron motorni ekstremal avtomatik boshqarish tizimi (12.1 - rasm) motordagi quvvat isrofining minimal qiymatida bo'lishini (12.1) tenglama bo'yicha boshqarish asosida amalga oshiradi va yuklanishning barcha real qiymatlarida motorning energetik ko'rsatkichlarini nominal qiymatlariga yaqin qiymatlarda bo'lishini ta’minlaydi.
Asinxron motorni ekstremal avtomatik boshqarish tizimi quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan iborat: asinxron motor M, tiristorli o'zgaruvchan tok kuchlanishi rostlagichi TKR kuch sxemasi KS orqali uch fazali elektr tarmog'iga ulangan, TKR ning boshqaruv tizimi BT jamlovchi qurilma JQ chiqish qismiga ulangan, JQ ning birinchi kirish qismiga esa vazifalovchi signal UV beriladi, JQ ning ikkinchi kirish qismiga esa esda saqlovchi qurilma ESQ ning chiqish qismi ulangan, quvvat o'lchov o'zgartkichi QO'O' ning kirish qismi asinxron motor M ning stator chulg'amiga ulangan, chiqish qismi esa ko'paytirish bloki KB ning birinchi kirish qismiga ulangan, ikkinchi kirish qismi esa hisoblovchi blok HB ning chiish qismiga ulangan, KB ning chiqish qismi birinchi differensiallovchi qurilma 1DQ ning kirish qismiga ulangan bo'lsa chiqish qismi esa bo'luvchi blok BB ning birinchi kirish qismiga ulangan, BB ning ikkinchi kirish qismiga esa ikkinchi differensiallovchi qurilma 1DQ ning chiqish qismi ulangan, 2DQ ning kirish qismiga kuchlanish o'lchov o'zgartkichi KO'O' ning chiqish qismi ulangan va KO'O' ning kirish qismi esa asinxron motor M ning liniya kuchlanishiga ulangan.


    1. Quvvat isrofi minimum bo'lgan rejimda ishlaydigan asinxron motorli ekstremal avtomatik boshqarish tizimining blok sxemasi

Asinxron motor energetik ko'rsatkichlarining optimal qiymatlarida bo'lishi, motor validagi yuklanishning qiymatiga mos ravishda stator chulg'amidagi kuchlanishni rostlash natijasida, motordagi quvvat isrofini minimal qiymatga keltirish asosida amalga oshiriladi. Bu avtomatik boshqarish tizimida motor validagi yuklanishning qiymati bilvosita aktiv quvvat bo'yicha hisoblanadi.
Asinxron motor ishlab turgan paytda quvvat va kuchlanish o'lchov o'zgartkichlari QO'O' va KO'O' chiqish qismlarida doimiy signal mavjud bo'ladi. KO'O' dan chiqayotgan liniya kuchlanishi signali 2DQ da vaqt bo'yicha differensiallanib BB ning ikkinchi kirish qismiga yuboriladi. Hisoblash bloki HB da (1 - ) amali bajarilib KB ning ikkinchi kirish qismiga uzatiladi va u yerda QO'O' ning chiqish qismidan KB ning birinchi kirish qismiga yuborilgan R2 ga proporsional signal bilan ko'paytmasi ∑ΔP= (1 - ) - motorning umumiy quvvat isrofini beradi.
∑ΔP signal 1DQ da vaqt bo'yicha differensiallanib BB ning birinchi kirish qismiga yuboriladi. BB da : amali bajariladi va natijada chiqish qismida vaqtga bog'liq bo'lmagan signal hosil bo'ladi. Yuklanishning nominal qiymatidan katta yoki kichikligiga qarab, bu signalning ishorasi «-» yoki «+» va qiymati ham monand ravishda har xil bo ladi. = 0 shartining bajarilishi asinxron motorning qayd qilingan yuklanish qiymatida minimal quvvat isrofida ishlashini ta’minlaydi.
Oxirgi qayd qilingan yuklanish uchun stator chulg'ami kuchlanishi xali o'zgartirilmagan holda ≠0 bo'ladi va bu signal ESQ da saqlanadi, xuddi signal JQ ga yuboriladi va
= - boshqaruv signalini tashkil etuvchisi bo'ladi. Yangi boshqaruv signali ta’sirida TKO' ning KS ining chiqish qismida kuchlanishning qiymati o'zgaradi. Stator chulg'amiga berilayotgan kuchlanishning optimal qiymati asinxron motorni berilgan yuklanishda minimal quvvvat isrofi rejimida ishlashini ta’minlaydi. Yuklanish qiymatining to yangi qiymatiga o'tgunga qadar signal ESQ da saqlanib turadi va yuklanish qiymati o'zgarganida hosil bo'ladigan keyingi tengsizlik ≠ 0 qiymati
ESQ ga saqlash uchun yuboriladi. Asinxron motorning yangi yuklanish qiymati uchun minimal quvvat isrofi rejimi joriy qilinadi.

Download 25.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling