12-mavzu: Yaponiya sotsiolingvistikasi Reja


Download 37.02 Kb.
bet1/8
Sana13.12.2022
Hajmi37.02 Kb.
#1000786
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
15-ma\'ruza matni


12-MAVZU: Yaponiya sotsiolingvistikasi
Reja:
1. Yaponiyadagi til siyosati
2. Yapon alifbosi (iyerogliflar va kana)
3. Yapon tilining hurmat shakllari
4. Yapon tilining gender xususiyatlari
5. Yaponiyada sotsiolingvistika


Tayanch so’z va tushunchalar: Yaponiyadagi til siyosati. Yapon alifbosi (iyerogliflar va kana). Yapon tilining hurmat shakllari. Yapon tilining gender xususiyatlari. Yaponiyada sotsiolingvistika.
Bungo tili, kogo tili, qurama dialekt, guruh, muloqot shakllari, “o‘ziniki”, “begona”, urg‘U, ozchilik tili, milliy g'urur, iyeroglif, kana, xiragana, katakana, furigana, keygo hurmat shakllari, murojaat shakllari, gonorativ, tengsizlik, samuray.


12.1. Yaponiyadagi til siyosati
12.1.1. Adabiy tilning shakllanishidagi omillar
M a’lumki, 1867-1868-yillardagi buijuaziya inqilobi Yaponiya tarixida keskin burilish yasadi. Bundan keyingi davr yapon. kapitalizmining shakllanishi va rivojlanishi, yapon milliy madaniyatining faol yevropalashtirilishi bilan tavsiflanadi. Tabiiyki, feodal tuzumiga. xos ba’zi eski jihatlar yangi rivojlanish bosqichiga dadil qadam qo‘ygan jamiyat munosabatlariga mos kelmas edi. Zudlikda hal qilinishi kerak bo‘lgan ana shunday muammolardan bir yapon tili masalasi edi.
Feodal Yaponiya uchun ayni tuzumga oid davlatlarga xos bo‘lgan xususiyat, ya’ni jonli so‘zlashuv tili va adabiy til o‘rtasida jarlikning mavjudligi edi. Yaponiya aholisi bir-biridan farqlanadigan ko‘p sonly qishloq va shahar dialektlarida so‘zlashar edi. Chekka hududlardagi dialektlaming egalari bir-birlarini tushunmas edilar, zero, u paytda umumtil tizimi mavjud emas edi.
Yaponiyada XIX asming ikkinchi yarmigacha eski yozuvli yapon tili yoki bungo (mazkur termin gollapd tilidan kalkalangan bo‘lib “adabiy til” ma’nosini anglatadi - Sh.Usmanova) yagona adabiy til sifatida mavjud edi. Bungo bilan bir qatorda XIX asrgacha rasmiy hujjatlar va Konfutsiy ta’limotida yaponlashtirilgan xitoy tilidan (kambun, deb nomlangan) foydalanilgan. Bungo Xeyan (IX-XII) davrida o‘sha paytdagi
Yaponiyaning poytaxti Kioto dialekti asosida shakllangan. Dastlab bungo poytaxtning oliy ijtimoiy tabaqalari tilidan juda oz farq qilgan, biroq vaq‘t o‘tishi bilan asta-sekin og‘zaki nutq va yozuv tili orasidagi farq sezilaboshlagan. Og‘zaki nutq kodlashmagan, uning asosidagi til esa doimo o‘zgarib turgan.
Bungo tili butun Yaponiyada qo‘llanilgan, unda badiiy asarlar, keyinchalik ayrim ilmiy asarlar yaratilgan. Mashhur yapon yozuvchilari Ixara Saykaku, Tikamatsu Mondzaemon, Dzippensya Ikku va h.k. o‘sha davr so‘zlashuv tili unsurlarini o‘z asarlariga kiritgan bo‘lsalar-da, asarlarining tili bungo bolgan. 1867-1868-yillardagi burjuaziya inqilobigacha yapon tilining bungodan boshqa barcha shakllari hududiy chegaralangan edi. Bu mamlakatning katta qismida, xususan, qishloq joylarida dialektlararo muloqotga ehtiyoj bo‘lmaganidan dalolat beradi.
XVII-XIX asrlargacha Yaponiyada dehqonlaming yer bilan band boiishi hamda ahoiining aksariyat qismi uchun bir joydan boshqa joyga ko‘chishning ta’qiqlanganligi dialektlar tarqalishining to‘xtashiga olib keldi. 0 ‘sha davrda Yaponiyada faqat uchta tilgina (bungo bundan mustasno - Sh.Usmanova) oddiy dialekt sifatida qoilanish doirasidan chiqqan edi.
Birinchisi, anchayin istiqbolli bo’lgan Kioto dialekti edi. Bu xususiyatni XVI-XVII asrlarda Yaponiyaga dastlab keigan xorijliklar ham qayd qilgan edilar. Ushbu dialekt Kioto tashqarisida ham tanilib, XVI asming oxirlari va XVII asming boshlarida undan badiiy asarlar yaratishda foydalanishga urinishlar bo’lgan, Biroq Edoning Yaponiyaning iqtisodiy va siyosiy markazi sifatiga maydonga chiqishi, adabiy tilning Kioto dialekti asosida shakllanishir.i to‘xtatib qo‘ydi.
Ikkinchisi, Syuri (hozirgi Qkinava - Sh.Usmanova) dialekti bo’lib, u Ryukyu orollarida dialaktlararo muloqot vositasi sifatida qoilanilgan. Orollaming mustaqillik (1429-1609) va undan keyingi yarim mustaqillik davrlarida (1609-1872) Syuri dialekti asosida muayyan til standarti shakllandi. Okinavacha yozilgan adabiy matnlar paydo boidi. Biroq mazkur standartning shakllanishi XIX asming oxirida Yaponiyaning yagona adabiy tiliga qaratilgan umumdavlat til siyosati tufayli to‘xtab qoldi.
Uchinchisi, Edo (hozirgi Tokio - Sh.Usmanova) dialekti edi. Bu an’anaviy atalishda noaniqlik mavjud. Chunonchi, bir tomondan, mazkur til shakli butun Edo (1868- yildan Tokio)da emas, balki uning ijtimoiy jihatdan o‘ziga to‘q bo’lgan g‘arbiy, togiik qismidagina (Yamanote) qoilangan. Sitamati shahrining bir qismidagi sharqiy sheva bugungi kungacha saqlanib qolgan o‘ziga xos xususiyitlarga egadir. Ikkinchi tomondan, Edo dialekti, ko‘proq kelib chiqishiga co‘ra turli unsurlami o‘zichiga olgan qurama dialekt edi1. Edo qurama dialekti edolik samuraylaming tili bo’lgan. Shuningdek, Tokio yuqori qismining tili; yapon standart tili sanalgan.
Kapitalizmda ijtimoiy sharoitlaming o'zgarishi, jumladan, yagona bozoming shakllanishi, aholi ko‘chishlarining o‘sishi, kishilar o‘rtasidagi aloqaning kengayishi, madaniyat, fan va texnikaning rivojlanishi Yaponiyaning barcha aholisi muloqot qila oladigan tilni vujudga keltirishni shart qilib qo‘ydi. Bunday tilni shakllantirish masalasida turlicha fikrlar o‘rtaga tashlandi. Ayrimlar, hatto, yapon tilidan voz kechib, uning o‘miga ingliz tilini qoilashni, boshqalar esa bungo tilini saqlab qolishni taklif qilishdi.
Xullas, yagqna yo‘l - so‘zlashuv tili asosidagi adabiy tilni shakllantirish bo‘lcti. Yangi adabiy til boshlangich davrida Tokio qurama shevasi asosida shakllandi. Unga bimgo tilining ham ta’siri sezilarli boidi, Yangi adabiy til “kogo” (“so'zlashuv tili”), deb nomlandi. Ushbu til Ikkinchi jahon urushigacha faol qoilanildi. Ilozirda u kam uchraydi. Umuman, “kogo-bungo” hozirda dolzarbligini yo‘qotgan. Adabiy til boshqa dialektlardan va kodlashmagan shakllardan farqli oiaroq, “xyodzyungo” (“standart til”) yoki (keyingi paytda ko‘proq) “kyotsugo” (“umumiy til”) nomipi olgan.
Yaponiyada yarim asr davomida ikkita adabiy til - bungo va kogo qoilanib kelindi. Ikkinchi jahon urushigacha bo’lgan davrda tilni me’yorlashtirish vazifasi bilan darsliklar va grammatika kitoblarim tasdiqlash vakolotiga ega bo’lgan Ta’lim vazirligi shugiillandi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiyada tilni me’yorlashtirish muammosi keskinlashdi. Bu masalaga umumdavlat vazifasi sifatida qaraldi va uni hal qilish uchun yetakchj tilshunos olimlar jalb qilindi. 1948-yilda Taiim vazirligi qoshida me’yorlashtirish faoliyatining markazi hisoblangan Yapon tili instituti tashkil qilindi. Urashdan keyin 10-15 yil ichida birinchi marta adabiy til me’yorlari ishlab chiqildi.



Download 37.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling