12-Mavzu: Yo’llarning ulanishi va kesishuvlari. Strelkali o’tkazgichlar Reja


Download 138.3 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi138.3 Kb.
#1205863
Bog'liq
Strelkali o\'tkazgichlar


12-Mavzu: Yo’llarning ulanishi va kesishuvlari. Strelkali o’tkazgichlar
Reja:

  1. Strelkali o’tkazgichlarning turlari.

  2. Strelkali o’tkazgichlarning yondosh joylashuvlari.

  3. Strelkali o’tkazgichlarning markazlari orasidagi masofani hisoblash.

Harakat tarkibini bir yo‘ldan boshqasiga o‘tkazish uchun yo‘llarni bog‘lovchi va kesishtiruvchi qurilmalar qo‘llanadi. Ular yo‘l ustki tuzilmalarining tarkibiy qismiga kiradi. Yo‘llar o‘zaro strelkali o‘tkazgichlar yordamida ulanadi. Yo‘llarning o‘zaro kesishuvi esa byerk (to‘mtoq, o‘tkazgichsiz) kesishuvlar yordamida bajariladi. Strelkali o‘tkazgichlar va to‘mtoq kesishuvlar yordamida yo‘llarning ulanishi strelkali ko‘chalar va s’ezdlar deyilidi.
Vazifasi va ulash sharoitlariga qarab stelkali o‘tkazgichlar yakka, ikkilangan va chorraxasimon o‘tkazuvchi turlarga bo‘linadi. Yakka o‘tkazgichlar oddiy, simmetrik va nosimmetrik turlarga ajraladi.
Oddiy strelkali o‘tkazgich (rasm 2.23) ikki yo‘lni o‘zaro ulash uchun xizmat qiladi. U o‘ng yoki chap tomonli bo‘lib yon yo‘lni to‘g‘ri yo‘ldan u yoki bu tomonga og‘dirishda qo‘llanadi. Ushbu turdagi o‘tkazgichlar temir yo‘llarda eng ko‘p qo‘llanadi. Strelkali o‘tkazgich tarkibiga strelka, krestovina va kontrrelslar, ularni o‘zaro bog‘lovchi qismlar, hamda o‘tkazgich shpalalari to‘plami kiradi.

Rasm 2.23. Oddiy strelkali o‘tkazgich chizmasi: 1-o‘tkazuvchi mexanizm; 2, 4-rama relslari; 3-ayri yo‘naltirgich (ostryak); 5,8-kontrrels; 6-usovik; 7-krestovina; 9-o‘tkazgich bruslari (shpalalar).
Strelka ikki rama relslari, ikki ayrilar va o‘tkazish mexanizmidan iborat bo‘lib, harakat tarkibi g‘ildiraklarini to‘g‘ri yoki yon yo‘lga yo‘naltirishga imkon byeradi. Ayrilar o‘zaro ko‘ndalang strelka tortgichi bilan birlashtirilib, uning yordamida bir ayri rama relsiga zichlab taqalsa, ikkinchisi rama relsidan g‘ildirak gardishi o‘rkachining yerkin o‘tishi uchun etarli masofaga qochiriladi.
Ayrilar bir holatdan boshqasiga maxsus strelka uzatmasining (privod) tortgichi orqali o‘tkaziladi. Ayrilari uzun bo‘lgan yotiq strelkali o‘tkazgichlarda ayrilar ikki tortgich orqali o‘tkaziladi. Uzatma ayrilarni u yoki bu holatda qulflaydigan va ularning rama relslariga zich taqalishini nazorat qiladigan uskunalar bilan jihozlanadi. Ayrining o‘tkir tomoni uning tig‘i (ostriyo), oxirgi tomoni esa – o‘zagi deb ataladi. O‘zak mahkamlagichlari ayrining gorizontal tekislik bo‘ylab burilib yondosh rama relsiga taqalishiga imkon byeradi.
Krestovina (rasm 2.24) o‘zak (syerdechnik) va ikki usoviklardan iborat bo‘lib, g‘ildirak o‘rkachining (greben) rels kallaklarini kesib o‘tishini ta’minlaydi, kontrrelslar esa g‘ildirak juftlarining krestovina orqali o‘tishida g‘ildirak o‘rkachini tegishli novlar orqali o‘tishini ta’minlaydi. Krestovina o‘zagi ishchi qirralari davomining o‘zaro kesishgan nuqtasi uning matematik markazi deyiladi. Usoviklar orasidagi eng tor joy krestovina bo‘g‘izi deyiladi. Krestovina o‘zagi ishchi qirralarining kesishuv chiziqlari orasidagi burchak krestovina burchagi deb ataladi.

Rasm 2.24. Krestovina chizmasi: 1-usoviklar; 2-novlar; 3-o‘zak; 4-krestovina oxiri.
O‘tkazgichning strelka va krestovina orasidagi birlashtiruvchi qismi to‘g‘ri uchastka va o‘tkazuvchi egriliklardan iborat bo‘ladi. Ushbu egrilik radiusi krestovina burchagiga bog‘liq bo‘lib, burchak qiymati kamaygan sari radius kattalashib boradi. Krestovina burchagi kichik bo‘lgan o‘tkazgichlar katta tezlikdagi poezdlar harakatiga imkon byeradi. Strelkali o‘tkazgichlar maxsus boshmoqlar, tagliklar, burama mix va kostil-mixlar yordamida o‘tkazuvchi bruslarga yoki temir–beton plitalarga maxkamlanib, ballast prizmasiga qo‘yiladi.
Simmetrik o‘tkazgich (rasm 2.25) oddiy o‘tkazgich kabi asosisy qismlardan tashkil topadi. Ammo ayrilar, krestovina va o‘tkazgich egriliklarining qisqaligi yo‘llar ulanishini sezilarli qisqartirishga imkon byeradi. Simmetrik o‘tkazgichlar bekatlarda asosiy yo‘lni ikki yo‘lga bir xil G‘2 burchak ostida tarmoqlantirish uchun qo‘llanadi. Kam hollarda har tomonli nosimmetrik o‘tkazgichlar qo‘llanib, ular ikki yo‘lni har xil burchak ostida ulaydi.

Rasm 2.25. Simmetrik strelkali o‘tkazgich chizmasi: 1-to‘g‘ri yo‘l o‘qi; 2-yon o‘qi.

Chorraxasimon o‘tkazgichlar (rasm 2.26) harakat tarkibini bir yo‘ldan ikkinchisiga ikkala yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazishga imkon byeradi. Bunday o‘tkazgich to‘rt juft ayrilar va to‘rt krestovinalarga (ikki o‘tkir va ikki to‘mtoq burchakli) ega bo‘ladi.



Rasm 2.26. Chorraxasimon strelkali o‘tkazgich chizmasi: 1-to‘mtoq krestovina; 2-ayrilar; 3-o‘tkir krestovina.

Strelkali o‘tkazgichlar rels turlari bo‘yicha, ayrilarining tuzilishi va krestovina burchagi qiymatiga qarab farqlanadi. Ayrilar to‘g‘ri va egri chiziqli bo‘lishi mumkin. Egri chiziqli ayrilarning rama relsi oralig‘idagi burchagi kichik bo‘lib, harakat tarkibi g‘ildiraklarining egrilik bo‘ylab o‘tishini engillashtiradi.


Krestovina o‘zagi oxiridagi kengligining (K) o‘zak uzunligiga (l) nisbati krestovina markasi deyiladi. Krestovina markasi quyidagicha topiladi:

bunda α - krestovina burchagi;


N – butun son.
Strelkali o‘tkazgichlar krestovina markasi bo‘yicha temir yo‘llarda 2.3 jadval bo‘yicha ko‘yiladi.

Jadval 2.3


Strelkali o‘tkazgichlarning ishlatilishi

Strelkali o‘tkazgich joylashgan yo‘l nomi

Strelkali o‘tkazgichning krestovina markasi




oddiy

simmetrik

Bosh va qabul – jo‘natish yo‘llari

1/11*

-

YUk poezdlarining qabul-jo‘natish yo‘llari

1/9



1/6



Boshqa yo‘llar

1/8

1/4,5


* Yo‘lovchi poezdlari faqat to‘g‘ri yo‘l bo‘ylab o‘tkazilsa, 1/9 markali strelkali o‘tkazgichlarni qo‘llashga ruxsat etiladi.


Temir yo‘llarda egiluvchan, ayrili va quyma konstruksiyali, to‘g‘ri yo‘l bo‘ylab 160 km/soat gacha tezlikda harakatlanishga imkon byeradigan 1/11 markali strelkali o‘tkazgichlarni qo‘llash ko‘payib bormoqda. YOtiq (pologiy) 1/18 va 1/22 markali zamonaviy strelkali o‘tkazgichlar poezdlarning bosh yo‘ldan yon yo‘lga katta tezlikda o‘tish yo‘llariga qo‘yiladi. Bunda yon yo‘l bo‘ylab yurish tezligi tegishlicha 80 va 120 km/soatni tashkil etadi.
Tezyurar Moskva–Petyerburg liniyasida yo‘lovchi poezdlarining to‘g‘ri yo‘l bo‘ylab 200 km/soat tezlikda yurishi uchun mo‘ljallangan R65 1/11 markali strelkali o‘tkazgichlar qo‘llangan. Ushbu o‘tkazgichning konstruktiv tuzilishida egiluvchan (gibkiy) harakatlanuvchi o‘zakli krestovina qo‘llangan. Ish holatida o‘zak (syerdechnik) tegishli krestovina usovigining yon qirrasiga zich yopishib harakat tarkibi g‘ildiraklari uchun relsli uzluksiz yuzani tashkil etadi (rasm 2.27).

Rasm 2.27. Harakatchan o‘zakli krestovina
Yo‘llarning ulanishini loyihalashda va qurishda strelkali o‘tkazgichlarning hisoblar asosida topiladigan asosiy geometrik elementlarini bilish talab etiladi.
2.28,a rasmda bo‘laklar bilan quyidagilar ko‘rsatiladi:
AB- rama relslarining ayrilardan oldinga chiquvchi qismi (m);
BV- ayrilar uzunligi (la);
VG- o‘tish egriligi uzunligi;
GD- krestovina oldingi qismining uzunligi (hрррр);
DE- krestovina o‘zagi dum (xvostovaya) qismining uzunligi (q);
S - iz kengligi;
O- strelkali o‘tkazgich markazi, ya’ni yo‘l o‘q chiziqlarining kesishgan nuqtasi;
BO- ayri boshlanishidan o‘tkazgich markazigacha bo‘lgan masofa (a0);
OD- o‘tkazgich markazidan krestovinaning matematik markazigacha bo‘lgan masofa (b0);
BD- o‘tkazgichning nazariy uzunligi (Ln);
AE- o‘tkazgichning to‘liq uzunligi (Lo‘).
Stelkali o‘tkazgich asosiy elementlarining o‘lchamlarini ayrim o‘q chiziqlarini loyihalab va bunda hosil bo‘lgan tenglamalarni echib topish mumkin.

Rasm 2.28. Strelkali o‘tkazgichning geometrik elementlari (unsurlari)

BVGD konturining gorizontal o‘qqa proeksiyasi o‘tkazgichning nazariy uzunligiga teng



O‘tkazgichning to‘liq uzunligi . BVGD konturini vyertikal o‘qqa proeksiyalab iz kengligini topamiz.

Tenglamalarni echib strelkali o‘tkazgichning istalgan geometrik elementining qiymatini aniqlash mumkin.


Avvallari strelkali o‘tkazgichlar va temir yo‘l ikki rels chiziqlari bilan ko‘rsatilar edi. Ammo chizma qulayligi hamda chizma va temir yo‘l rejasini o‘qishni qulaylashtirish uchun chizmada faqat yo‘l, s’ezdlar, to‘mtoq (byerk) kesishuvlar, strelkali ko‘chalar va strelkali o‘tkazgich markazlari o‘qlari ko‘rsatiladi. Qurish uchun yo‘llarni va strelkali o‘tkazgichlarni joyida belgilash o‘q chiziqlari bo‘yicha bajariladi va bunda o‘tkazgichlarning geometrik element o‘lchamlari natural (haqiqiy) uzunlikda qo‘yiladi.
Shunday qilib, 2.28,b rasmda ko‘rsatilganidek, oddiy strelkali o‘tkazgich o‘q chiziqlarda o‘tkazgich markazidan α krestovina burchagi ostida tarqaladigan ikki chiziq ko‘rinishida ifodalanadi. Strelkali o‘tkazgichlarni yo‘l o‘qlari bilan chizish uchun α burchagi, AOqa bo‘lgan rama relslari boshidan o‘tkazgich markazigacha va OEqb bo‘lgan strelkali o‘tkazgich markazidan krestovina o‘zagigacha masofalarni bilish kyerak. Krestovina markasi va rels turiga qarab strelkali o‘tkazgichlarning asosiy o‘lchamlari 2.4 jadvalda keltirilgan.
Jadval 2.4
Strelkali o‘tkazgichlarning asosiy o‘lchamlari

Rels turi

Krestovina markasi

Krestovina burchagi

Asosiy o‘lchamlar










a

b

R65

1G‘22

2o35’50’’

31,86

39,26

P65, P50

1G‘18

3o10’12,5’’

25,56

31,96

P65*

1G‘11

5o11’40’’

14,06

20,42

P65

1G‘11

5o11’40’’

14,02

19,35

P50, P43

1G‘11

5o11’40’’

14,43

19,10

P65

1G‘9

6o20’25’’

15,19

15,85

P50, P43

1G‘9

6o20’25’’

15,42

15,64

P50

1G‘6 sim

9027’45’’

6,93

10,61

* - 160 km/s gacha tezliklar uchun relslar nishabligi bilan.


Chizmaga strelkali o‘tkazkichni ko‘chirish quyidagicha bajariladi: o‘tkazgich markazidan belgilangan masshtabda to‘g‘ri yo‘l o‘qi bo‘ylab krestovina markasining maxraj raqamiga teng birlik o‘lchab qo‘yiladi va ushbu uzunlik oxirida yo‘l o‘qiga pyerpendikulyar bir birlik (markaning surat raqamiga teng) o‘lchab qo‘yiladi; shundan so‘ng olingan nuqtani o‘tkazgich markazi bilan birlashtiriladi.
Strelkali o‘tkazgichlar band qiladigan yo‘llar uzunligini qisqartirish, hamda strelkalarga qarab turishni engillashtirish maqsadlarida ularni ixcham joylashtirishga harakat qilinadi.
2.29-rasmda strelkali o‘tkazgichlarning yondosh joylashuv chizmalari ko‘rsatilgan, hamda strelkali o‘tkazgich markazlari orasidagi masofalarni hisoblash formulalari keltirilgan. O‘tkazgichlar orasidagi to‘g‘ri qo‘yma qiymati 1,2 va 3 chizmalarda harakat tezligi, yo‘lning vazifasi va joylashgan o‘rniga qarab harakat tarkibining o‘tishini hisobga olib topiladi. Ushbu qiymat miqdori 4,5 dan 25 metrgacha olinadi. 4 va 5 chizmalarda qo‘yma yo‘l oralig‘i (e) qiymatiga qarab quyidagi formulalar bilan topiladi:
4 – chizma uchun: va
5 – chizma uchun .

Rasm 2.29. Strelkali o‘tkazgichlarning yondosh joylashuv chizmasi

S’ezdlar, berk (to‘mtoq) kesishuvlar, strelkali ko‘chalar

Yo‘llarni ulash uchun boshqa, keng tarqalgan qurilmalardan biri strelkali s’ezdlardir. Birlashtiriluvchi yo‘llarda joylashuviga qarab s’ezdlar oddiy, chorraxasimon va qisqartirilgan bo‘lishi mumkin.
Oddiy s’ezd ikki oddiy yakka strelkali o‘tkazgichlar va ikki krestovina o‘zagi oralig‘ida qo‘yiladigan birlashtiruvchi yo‘l f dan iborat bo‘ladi.

Rasm 2.30. Oddiy s’ezd

S’ezddagi strelkali o‘tkazgichlar markazlarining koordinatlarini topish uchun OO1 chizig‘i yo‘l o‘qiga (KL) va unga pyerpendikulyar chiziqqa (yo‘l oralig‘iga) proeksiyalanadi:



; .

Oxirgi tenglamadan to‘g‘ri qo‘yma uzunligi hisoblanadi


.

S’ezd to‘liq uzunligining proeksiyasi


.
Chorrahasimon, yoki qo‘sh s’ezd (rasm 2.31) ikki oddiy s’ezdlarning kesishuvidan iborat bo‘lib to‘rt strelkali o‘tkazgich va krestovina o‘zaklari oralig‘idagi to‘mtoq (byerk) kesishmadan tashkil topadi. Bunday s’ezdlar ikki ketma-ket joylashgan oddiy s’ezdlar uchun etarlicha uzunlikda joy bo‘lmagan tanqis sharoitlarda qo‘llanadi.

Rasm 2.31. Chorraxasimon s’ezd

qisqartirilgan s’ezdlar bir-biridan uzoqda katta oraliqda joylashgan yo‘llar ulanishining umumiy uzunligini qisqartirish maqsadida qo‘llanadi.


Chorraxasimon s’ezdlar qurilishida, hamda yo‘llarning, harakat tarkibini bir yo‘ldan boshqasiga o‘tkazmasdan kesishuv joylarida byerk turdagi kesishmalar quriladi. Ular to‘g‘ri va o‘tkir burchak ostida bajarilishi mumkin. Magistral temir yo‘llarda asosan 1/9 va 1/11 krestovina markali o‘tkir burchakli to‘mtoq kesishmalar qo‘llanadi. Ushbu kesishmalar kontrrelsli ikki o‘tkir va ikki o‘tmas burchakli to‘rt krestovinalardan iborat (rasm 2.32). To‘g‘ri burchakli kesishmalarda barcha krestovinalar bir xil bo‘ladi.

Rasm 2.32. Yo‘llarning o‘tkazgichsiz kesishuvi (to‘mtoq kesishuvlar)
Download 138.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling