12-mustaqil ishi kapsulalar


Download 16.02 Kb.
bet1/2
Sana29.04.2022
Hajmi16.02 Kb.
#659973
  1   2
Bog'liq
farm.tex 12-mustaqil
Tarix 2, Tarix 2, 16-mavzu, ekalogiya, farm.tex 14-mustaqil, ogʻzaki-savol-javob-9

12-MUSTAQIL ISHI
KAPSULALAR
Kapsulalar aniq dozalarga bo‘lingan dori turidir. Ular suyuq, kukunsimon, botqa va donador shakldagi dorilar bilan toldirilgan jelatina qobig'idan iborat. Kapsulalar ichishga. yo'g'on ichakka va vaginal usulda ishlatishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Kapsulalar ikki xil: 1 qopqoqchali qattiq (Capsulae operculatae - Capsulae qelatinosae) va2 butun qobiqli yumshoq (Capsulal qelatinosae molles) boiadi. Qattiq jelatina kapsulalarming shakli silindrsimon, uchi yarim sharsimon-dumaloq boUib, ikki qismdan iborat. Tanasi va qopqoqchasi tirqish qoldinnasdan bir-biriga oson kirishi kerak. Qattiq Jelatina kapsulalarida ,,qulf‘ vazifasini bajaruvchi burama shakldagi chuqurcha boiishi mumkin. Qattiq kapsulalar sig'imiga qarab - 000 (eng kattasi) dan. 5 gacha (eng kichigi) 8 olchovda tayyorlanadi . Yumshoq Jelatina kapsulalarining o'lchovi har xil boiib. sig'imi 1,5 gacha boiadi.
Ularning qobigi tarkibidagi plastifikatorlar miqdoriga qarab qattiq yoki qayishqoq - elastik boiadi. Yumshoq Jelatina kapsulalari dumaloq, o'rtasida choki boiib, sigim i 0,1- 0,2 ml boisa, „duriar (perlae qelatinosae) deb atala230 di. Agar yumshoq jelatina kapsulalarining bir tomoni cho'zinchoq bo"Isa. tubatinalar (tubatinae) deb ataladi va bolalarga ishlatiladi
Kapsulani birinchi bolib fransiyalik dorishunoslar Mot(Mothes) va Dyublan (Dublane) lar 1883-yilda taklif qilishgan. 14 yildan so’ng Angliyada qattiq kapsula olish usuli taklif qilindi. 1933-yiida Germaniyada Sherrer firmasi tomonidan taxtakachlash usuli bilan kapsula olish taklif etildi. Shundan so‘ng rivojlangan mamlakatlar - AQSh, Angliya, Yaponiya, Germaniyada kapsula shaklidagi dori turi keng yoyildi va sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshlandi Dorilarning kapsula shaklida chiqarilishi ularning noxush ta’mi va hidini yo'qotish, a’zoning 231 a ma'lum joyiga ta'sir etishini ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Jelatina kapsulalarining nur o'tkazmaydigan va 1000 dan ortiq har xil estetik zavq beruvchi rangga bo‘yalishi mumkinligi ularga bo’lgan qiziqishni orttiradi. Shu bilan birga bu dori turining o‘ziga xos kamchiliklari ham bor: jelatina mikroorganizmiar rivojlanishi uchun yaxshi muhit hisoblanadi, suvda eriydigan moddalami jelatina kapsulalarida chiqarish mumkin emas. Jelatina kapsulalari uch xil usulda tayyorlanishi mumkin:
1. Qolipni jelatina eritmasiga botirib olish.
2. Tomchilash.
3. Taxtakachlash.
Jelatina kapsulalarini tayyorlash murakkab texnologik jarayon bo'lib, quyidagi bosqichlarda bajariladi:
1. Jelatina massasini tayyorlash. 2. Jelatina qobiqlarini olish. 3. Kapsulalarni to‘ldirish va kavsharlash. 4. Quritish va pardozlash. 5. Saralash va qadoqlash. J
Taxtakachlash usulida kapsula tayyorlash maxsus mashinalarda olib boriladi. Buning uchun oldindan parda holiga keltirilgan jelatina qobig'i boiishi yoki u ishjarayonida bevosita tayyorlangan boiishi kerak.
Ishlash usuliga qarab mashinalar bar xil boiishi mumkin. Qolip ikki boiakdan iborat boiib. ulaming har biri kapsulaning yarmini tayyorlashga moijallangan. 45-50 °C haroratgacha isitilgan qolip ustiga jelatina pardasi qo’yiladi va uning ustiga kerakli miqdorda modda solinadi. Jelatina pardasi issiqda yumshab. dorivor moddaning ogirligi bilan cho'kib qolip devorini egallaydi. So'ngra ustiga yana bir qavat Jelatina pardasi quyiladi. Ustiga qolipning ikkinchi qismi mustahkamlanib, qolip teskarisiga ag'dariladi. Natijada ikkita parda erib, o'zaro yopishadi va kapsula kerakli shaklga kiradi
Mikrokapsulalar (Microcapsulae)
Mikrokapsulalar yangi dori turi bolib. mayda zarracha. tomchi, gazsimon moddalar, hatto mikroorganizmlarni ham qobiqlash imkoniyatini beradi. Umuman fizik-kimyoviy xususiyatlaridan qafiy nazar mavjud boigan hamma moddalarni bu turda tayyorlash mumkin. Mikrokapsulalash faqat dori ishlab chiqarishda emas, xalq xo'jaligining hamma sohasi (qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat sanoati, kosmetika, maishiy xizmat) da keng miqyosda ishlatilmoqda. G.P.Giy'adunova, V Ya.Lebedenko (1976) ma'lumotlariga ko'ra, Germaniya, Angliya, Fransiya, Italiya, AQSh va Misr mikrokapsulalar bilan keng ko'lamda shug‘ullanmoqda. Ularni ishlab chiqarish bilan esa 180 ga yaqin firma va ilmiy-tekshirish institutlari shug'ullanmoqda. Hozirgi vaqtda mikrokapsula holida bir necha xil dorilar: vitamin, ferment, antibiotik, antiastmatik, uxlatuvchi, siydik baydovchi. yalliglanishga qarshi, yurak-qon tomir kasalliklarida ishlatiladigan dorilar, viruslar. bakteriyalar cbiqariladi. Mikrokapsulalar kukun, tabletka, briket, emulsiya, suspenziya. pasta, surtma, malham dori shakllarida bolishi mumkin. Mikrokapsulaning shakli dori moddaning agregat holatiga va olinish usuliga bogliq. Suyuq va gazsimon moddalardan tayyorlangan mikrokapsulalar dumaloq shaklda. qattiq moddalardan tayyorlangan238 lari esa tuxumsimon yoki noto'g‘ri geometrik shaklda boMishi mumkin. Qobiq sifatida 50 dan ortiq har xil tibbiy va sunMy polimerlar islilatiladi. Ulardan eng ko‘p ishlatiladiganlari jelatina. selluloza hosilalari, polivinil spirt, polivinil xlorid. polietilen. polipropilen, poliamid va boshqalar. Qobiq hosil qiladigan moddalar kapsulaga yaxshi yopishishi, uning germetik va elastikligini ta’minlashi kerak.

Download 16.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling