xalq amaliy sanati

Sana01.01.1970
Hajmi
#120040
Bog'liq
xalq amaliy sanati



1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI
VAZIRLIGI
Nаvоiy vilоyat pedаgоg kаdrlаrni qаytа tаyyorlаsh vа
mаlаkаsini оshirish instituti
“Jismoniy tarbiya va amаliy fаnlаr tа’limi” kаfedrаsi
Z.E.Qo‘ziyeva
Xalq amaliy sаn’аti
(Tasviriy san’at o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma)


2
Navoiy -2012
Muаllif:
Z.E .Qo‘ziyеvа – NVPKQTMОI “Jismoniy tarbiya va
amаliy fаnlаr tа’limi” kаfеdrаsi mudiri
Tаqrizchilar:
F.R.Ro‘ziqulоv
– Psiхоlоgiya fаnlаri nоmzоdi
Dotsent
S.B.Saidiy - San’atshunoslik fanlari nomzodi
Kоmpyutеrdа sаhifаlоvchi: F. Nuritdinоvа


3
Ushbu metodik tavsiya Navoiy viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirish institutining 2012-yil _________ oyidagi ______sonli Ilmiy
kengashida ko‘rib chiqilgаn va nashrga tavsiya etilgan
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach san’at va madaniyatda
ham katta burilish sodir bo‘ldi. San’at o‘z taraqqiyot yo‘liga chiqib oldi. San‘at
yo‘nalishini rivojlantirish yuzasidan bir qancha qarorlar qabul qilindi. O‘zbek
milliy amaliy san’ati jahonga olib chiqildi.
Amaliy – badiiy bezak san’ati-san’atning teatr, kino musiqa, tasviriy san’at
turlari qatori mustaqil ahamiyat kasb etadi. U o‘z nomiga ko‘ra amaliyotda, ya’ni
turmushda qo‘llaniladigan bezak san’ati ma’nosini anglatadi. Amaliy-badiiy bezak
san’ati turli xil buyumlar, ko‘chalar, maydonlar, istirohat bog‘lari, ishlab chiqarish
korxonalari, o‘quv – tarbiyaviy muassasalar, sport va madaniy inshootlarni
bezatish bilan bog‘liqdir. Shuningdek, u kiyim-kechaklar, zargarlik buyumlari
bezagini ham o‘z ichiga oladi. Amaliy-bezak san’ati kishilar turmushida
shunchalik keng qo‘llaniladiki, u siz turmushni tasavvur etish qiyin.
Shunday qilib, amaliy san’at buyumlari ularning vazifasi, shakli, bezagi,
materiali, rangi o‘lchovlariga rioya qilishni talab etadi. Shundagina, bu buyumlar
kishilarni hayajonlantiradi, to‘lqinlantiradi va ularga zavq bag‘ishlaydi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling