YORQINJON XOTIRA

Sana01.01.1970
Hajmi
#120709
Bog'liq
YORQINJON XOTIRA

QO`QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TABIIY FANLAR FAKULTETI 103-KO`M TALABASI Mamaziyayev Yorqinjonning 9-MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI MAVZUSIDA TAYYORLAGAN TAQDIMOTI

Xotira-abadiy, qadr- muqaddas!!!

XOTIRA—ABADIY, QADR—MUQADDAS Inson qadri ulug`langan, xotirasi sarbaland yurtda yashaymiz. Bugunimiz kechagi kundan yorug`, ertamiz yanada fayzli, barokatli bo`lishiga ishonchimiz komil. Navqiron avlod e`zozida, e`tiborida, yoshi ulug`lar ehtiromda. Xalqimiz ozod, yurtimiz obod. Shunday aziz Vatanda yashamoqlik, uning buyuk kelajagi yo`lida mehnat qilmoqlik beqiyos baxt. EHTIROM "TARIXIY XOTIRASIZ KELAJAK YO`Q!" 1-PREZIDENTIMIZ I.A.KARIMOVNING bu so`zlari bugungi hayotimizning har bir jabhasida yaqqol namoyon bo`lmoqda. Zero, tarixiy adolatni tiklamay turib, buyuk kelajakni qurib bo`lmaydi. Yaqin o`tmishimizda istiqlolni orzu qilgan, yurtimiz tinch bo`lsin, deb yashagan , ammobu kunlarga yetmaganlar yodi hamisha qalbimizda. Shu ma`noda, istiqlol yillarida

poytaxtimizda davlatimiz rahbari tashabbusi asosida qad rostlagan Xotira maydoni tabarruk va muazzam maskanlarimizdan biridir. --Toshkentga yo`lim tushsa, albatta, Xotira maydonini ziyorat qilaman,- deydi urush va mehnat faxriysi, Angren shahri, Obliq qishlog`, Buloqboshi mahallasida yashovchi G`ulom Bashkirov.—Beixtiyor, yoshlik yillarim ko`z oldimda gavdalanadi. Bizning orzu-havaslarimiz, ezgu niyatlarimizni oting o`chgur urush armonga aylantirdi. Shukrki, nasibamiz bor ekan, mustaqillik ne`matidan bahramand bo`lib yashayapmiz. Davlatimiz tomonidan urush qatnashchilari va front ortida mehnat qilganlarga, urushda halok bo`lganlarning oilalariga pensiya hamda nafaqalardan tashqari, har yili turli

ijtimoiy yordamlar ko`rsatilmoqda. Ayniqsa, 9-mayning Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanishidan juda mamnunmiz. Axir dunyoda bayramlar ko`p, marosimlar bisyor, ammo inson qadrini e`zozlaydigan shodiyona hamma joyda ham yo`q. Mamlakatimizda hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar inson hamda uning manfaatlariga qaratilgan. Zero. Insonga umr bir marta beriladi. Ana shu umr davomida odamzod yaxshi yashashga, hayotdan zavqlanishga, qadrlanishga haqlidir. Umrim davomida ko`p narsani ko`rdim. Turli balo-qazolardan omon qoldim. O`tmishning mashaqqatlarini eslasam, "Xalqimizning bugungi turmush tarziga ko`z tegmasin",deyman. Negaki, bunday faraxbash kunlarni ilgari sira ko`rmaganmiz. Og`ir damlarni hozirgi hayot nuqtai nazaridan muqoyasa qilsak , ezgulik, yaxshilikni ulug`lab yashashga intilamiz.

Ma`lumki, urushdan oldin O`zbekistonda 6,5 million aholi yashagan. Shundan 1,5 millionga yaqin odam urushda qatnashgan. O`sha vaqtda yurtimiz aholisining yarmini bolalar va keksalar tashkil qilgan. Bu shuni ko`rsatadiki, qurol ko`tarishga qodir bo`lgan yurtdoshlarimizning taxminan 70-80 foizi bu beshafqat urushda bevosita ishtirok etgan. Binobarin, ushbu sanani nishonlar ekanmiz, bu kunning naqadar chuqur ma`no va mazmunga egaligini hayotning o`zi tasdiqlamoqda. 1-Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek:"Xotira, xotirlash haqida gapirar ekanmiz, bu tushunchani qadrlash tushunchasidan ajratib bo`lmaydi. Haqiqatan ham, bu yorug` kunlarga nima hisobidan erishganimizni, bu yo`lda qanday og`ir kurashlar, azob-uqubat va

yo`qotishlar bo`lganini, qanchadan- qancha odamlar urush maydonlarida aziz jonini qurbon qilganini anglamasak, tushunmasak, bugungi kunimizni, musaffo osmonimizni, tinch va osuda hayotimizni anglash, uning qadriga yetish qiyin bo`ladi". Zero, yurtimizda istiqomat qilayotgan har bir kishi,ayniqsa, yosh avlod mana shu bayram timsolida yoshi ulug`parni qadrlash, saxovatga muhtoj kishilarga ko`maklashish kabi chin fazilatlarni qalbiga singdirmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta`kidlaganidek: "Qadr- insonni yuksaklikka ko`taradi. 9-may Xotira va qadrlash kuni barchamizga muborak bo`lsin. Xotira mangu uni hech kim hech qachon yodingdan

o`chira olmaydi. Hatto o`zing ham!

Bir qadam qo`ysang bas-naryog`i o`lim, Bir qadam qo`ysang bas, shaksiz halokat. Odamzod boshida turibdi shu zum Qazoyi muallaq, mudhish falokat. Entikib ketadi nogoh yuragim, Mash`um bu so`zlarni tinglaganim dam. Bugun faqat toshlar befarqdir, bakim, Bugun, balki, faqat bulutlar beg`am. Asrlar so`ngida yaralgan inson, Nahot endi o`zin aylasa barbod. Nahot oxiratga yuz bersa jahon, Nahot karomatlar haq chiqsa, nahot.


Xotira
Borliq
Olam
Qadr
Inson

XOTIRA-ABADIY, QADR-MUQADDAS!!!

  • Xotira-bu insonni ko`klarga ko`taruvchi buyuk so`nmas tuyg`udir.
  • Insonlar bor ekan tuyg`ular hech qachon yo`qolmaydi.
  • Kitob zarvaraqlaridek hayotimizni bezab turadi.

Серзарда замонлар ўтдилар қатор, Ўтдилар йиллару ойлар ранг-баранг. Мозийдан бугунга етмасди овоз, Бўлмаганда ,халқим,сенинг хотиранг. Сен ўзинг нақш этдинг ҳаёт қиссасин, Сен ўзинг сўнг уни айладинг баён. Олис боболарнинг босган ҳар изин Ўзинг авлодларга этдинг намоён.

Хотира бор экан,тирикдир миллат,

Тирикдир ифтихор,тирикдир ғурур.

Хотира — элни халқ этгувчи қудрат,

Хотира — эртани ёритгувчи нур.

Ҳатто майсанинг ҳам хотираси бор,

Майса хотираси — нурга интилмоқ.

Кўкарса — иккига бўлиб ташлайди

Йўлининг устида турса ҳатто тоғ

ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling