Tayota

Sana01.01.1970
Hajmi
#121976
Bog'liq
Tayota

Toyota Motor Corporation

Leading the way to the future of mobility

Mundarija


Toyota Korporatsiyasi(Yapon tilida:, Toyota Jidōsha Kabushiki-gaisha; Halqaro miqyosda:Toyota Motor Corporation) Yaponiyaning multinatsional korporatsiyasi hisoblanadi. 2007 yil birinchi choragi natijalariga ko`ra o`zining subsidiar kompaniyasi Daihatsu bilan birgalikda dunyoning eng katta mashina ishlab chiqaruvchisi deb tan olingan. Toyota Korporatsiyasi savdo daromadi(179 milliard dollar) bo`yicha dunyoning uchinchi katta Avto kompaniyasi va sof daromadi bo`yicha Dunyoning 8nchi eng katta kompaniyalaridan hisoblanadi. "TOYOTA" — Yaponiyaning "Toyota" moliyaishlab chiqarish. guruhiga kiruvchi eng yirik avtomobil kompaniyasi.
Bosh idorasi Toyota sh.da. "T." avtomobil kompaniyasi dastlab 1935 y.da to‘qimachilik mashinalari ishlab chiqariladigan zdning bir bo'linmasi sifatida sanoatchi Kipchiro Toyoda tomonidan tashkil etilgan. 1937 y.dan "Toyota motor" kompaniyasi. 1947 y.dan "Toyota" yengil avtomobili ishlab chiqarildi. 1950 y.dan yangi konstruksiyadagi avtomobillarning turi va soni yil sayin ortib bordi. Shuningdek, old va orqa osmasi orqali harakatlanadigan, har qanday yo'lda yura oladigan "Land Kryuzer" modelini ishlab chiqarish. yo'lga qo'yildi.
1936 – yilda kompaniya yengil avtomobil bozoriga o’zining Model AA rusumi bilan kirib boradi va qattiq raqobatga uchraydi, shundan so’ng zudlik bilan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar uchun savdo belgi tanlanadi. 27 000 ma’lumotlardan so’ng kompaniya asoschilaridan biri bo’lgan Kiitiro Toyoda familyasidan “Toyotu”ni o’ziga savdo belgi qiladi. Yangi brend Yaponiya bozorlarida mashhur bo’lib bora boshlaydi. Shundan so’ng kompaniya emblemasi bilan birgalikda bu yozuv avtomobillarda foydalanila boshlaydi. Toyota savdo belgisdan esa kompaniya jahon bozorlarida yirik o’rinni egallagach 1989 – yilning Oktyabr oyidan boshlab foydalana boshlaydi, 1950 – yilda Lexus savdo belgisi Toyotadan ajralib chiqadi.
  • "TOYOTA"ning 1962 y.da jami 1 mln., 1972 y.da 10 mln., 1986 y.da 50 mln., 1996 y.da 90 mln. va 1999 y. 100 mln. yengil avtomobili konveyerdan chiqdi. 1966 y.da "Korolla", 1970 y.da "Kerika", "Sprinter", "Karina", 1978 y.da "Terkel" modellari yaratildi. 1989 y.dan AQShning “General motors" kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi. 1992 y.dan Britaniya, 1996 y.dan Rossiyada o'z korxonalarini ochgan. 1997 y. Toshkentda "T."ning vakolatxonasi ochilib, kompaniya avtomobillari sotila boshladi.
  • "TOYOTA" avtomobillar va ko'plab b. mahsulotlar ishlab chiqaradi, o'z tizimiga juda ko'p kompaniyalarni olgan, eng zamonaviy texnika, texnologiya bilan jihozlangan. Avtomobillarni yig'ish jarayoni 98% robotlashtirilgan, ishlab chiqarish. jarayonlari kompyuter yordamida boshqariladigan eng yirik korporatsiya hisoblanadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling