13- mavzu farmatsevtika bozorida ulgurji savdo faoliyatini tashkillashtirish


Download 271.12 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.09.2020
Hajmi271.12 Kb.
#128668
Bog'liq
13- mavzu FARMATSEVTIKA BOZORIDA ULGURJI SAVDO FAOLIYATINI TASHKILLASHTIRIS
12.1, Buni har bir yosh matematik bilishi kerak, Toshkent moliya instituti moliyaviy menejment fakulteti «menejme, Diplom ish Klaviaturalar bilan ishlash, Rashidov Anvar 711-18 mus ish KT, 2 5285515384433150570, 11-sinf-test-va-yozma-ish-informatika-baxtiyoruz (3), Calculus maruza-10, all answers, 651-18 Mominjonov Ulugbek 15-amaliy ish, 121, jahon xalqlari adabiyotiga umumiy tavsif, jahon xalqlari adabiyotiga umumiy tavsif, jahon xalqlari adabiyotiga umumiy tavsif

13- mavzu FARMATSEVTIKA BOZORIDA ULGURJI SAVDO 

FAOLIYATINI TASHKILLASHTIRISH 

 

REJA: 

1. Ulgurji farmatsevtik tashkilotlarining turlari,  

vazifalari va funksiyalari 

2. Ulgurji savdo shakllari. 

3. Farmatsevtik omborxonasining tuzilishi.  

4. Ulgurji omborxonadagi asosiy jarayonlar. 

5.Dori vositalarini  saqlashda o‗ziga xos xususiyatlari. 

6. Dori vositalarrini saqlash xonalariga qo‗yiladigan talablar 

7. Dori vositalarini tashish, safdan chiqarish tartibi. 

Ulgurji farmatsevtik tashkilotlarining turlari, vazifalari va funksiyalari 

Tovarlarni  ishlab  chiqaruvchidan  iste‘molchiga  etkazib  berishda  tadbirkorlik 

faoliyati  maksadida  tovarlar  yoki  xizmatlarni  sotish  va  olib  sotish  maksadida 

ulgurji vositachi (tashkilotlar va aloxida shaxslar)ning o‗rni katta.  

Ulgurji  vositachilarni  asosiy  vazifasi  -  ishlab  chiqaruvchilar  va  chakana 

sotuvchilar (dorixonalar bilan) o‗rtasidagi uzilishni yo‗qotib, muntazam aloqalarni 

va markazlashtirishni ta‘minlashdir.  

Farmatsevtik  tovarlar  harakati  tizimining  zarur  sharti  -  ulgurji  vositachi 

(dorixona ombori) aloqalari orqali iste‘molchilarga etkazish hisoblanadi. 

Ulgurji  savdo  –  moddiy  rusurslardan  o‗z  o‗rnida  foydalanish  uchun  muhim 

mexanizm 

bo‗lib,  tovar  aylanmasi  jarayonining  barcha  bosqichlarida  

farmatsevtika  maxsulotlarini  ortiqcha  Zaxiralarini  kamaytirishga  va  mahsulot 

tanqisligini  bartaraf  etishga  yordam  beradi  va  farmatsevtika  sanoati  bozorini 

shakllantirishda ishtirok etadi. 

Ulgurji vositachilar funksiyalari 

Farmatsevtika bozorida ulgurji vositachilar kuyidagi funksiyalarni bajaradi: 

Marketing – bozorni kompleks taxlili, tovar siyosati va narx siyosati va 



boshkalarni amalga oshirish; 

Axborotli  –  kerakli  axborot  bilan  ta‘minotchilarni  va  chakana 



tashkilotlarni ta‘minlash; 

Tovarlarni qabul qilish, saqlash va tovar zaxiralarini boshqarish; 



Tovarni tashish; 

O‗z haridorlarini kreditlash - tovarlarni iste‘molchilarga kreditga berish; 



Rejalashtirilmagan harajatlar xavf-xatarini qayta taqsimlash; 

Tovarga  egalik  huquqini  olgan  holda  ulgurji  vositachilar,  tovarlarning 



buzilishi, o‗g‗irlanishi, unga ko‗yilgan narxlarning pasayishi bilan bog‗liq bo‗lgan 

ma‘lum xavf-xatardan ishlab chiqarishni xalos etadilar. 



Ulgurji savdo tashkilotlarining tasnifi 

 Ulgurji savdo tashkilotlari- (Distribyutorlar)  - bu dori vositalari va tibbiy 

buyumlarini  ulgurji    yo‗l  bilan  sotib  olish  va    ularni  chakana  savdo  nuqtalariga 

qayta sotishni amalga oshiruvchi tashkilot yoki yakka tartibdagi tadbirkor.  



-  distribyutorning  vazifasi-dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarni    sotish  olish, 

joylash,  saqlash,  ishlab  chiqaruvchilar  va  chakana  sotuvchilar  (dorixonalar) 

o‗rtasidagi uzilishni yo‗qotib, buyurtmalar asosida  ularni ta‘minlash; 

 -  distribyutor  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarni  ishlab  chiqaruvchilardan 

sotib  olish  narxi  va  chakana  savdo  tarmoqlariga  etqazib  berish  narxi  o‗rtasidagi 

farqi xisobiga faoliyat yuritadilar.  

Aniq  bir  tasnif  xususiyatiga  qarab,  ulgurji  farmatsevtika  tashkilotlari 

quyidagilarga bo‗linadi: 



-  xududiy  ulgurji  tashkilotlar,  tovarlarni  ulgurji  savdosi  jarayonini  tugatib, 

farmdistribyutorlar  va  maxalliy  ishlab  chiqaruvchilarning  maxsulotlarini  sotib 

oladilar,  so‗ngra  farmatsevtika  maxsulotlarini  chakana  savdo  tarmoqlariga 

(dorixonar)  olib  chiqadilar,  chunki  ular  bozorda  o‗z  ta‘sir  doirasini  aniq 

belgilaydilar. 

-  ixtisoslashtirilgan  ulgurji  tashkilotlar  -bir  yoki  necha  gurux  tovarlarning 

bir xil iste‘mol xususiyatlari va maqsadlari bilan olish va sotishlarini amalga oshira 

oladilar  (masalan  ortopediya  tovarlar).  Agar  ulgurji  tashkilot  muayyan  tovarlarni 

sotishga ixtisoslashgan bo‗lsa, unda bu diler va ma‘lum bir ishlab chiqaruvchining 

tovarlarini sotishda ixtisoslashgan bo‗lsa-bu rasmiy diler deb ataladi. 



-universal  ulgurji  farmatsevtika  tashkilotlari  turli  dori  vositalari  va  tibbiy 

buyumlarini sotadi va sotib oladi. 

-mustaqil  ulgurji  tashkilotlar  -savdo-sotiq  faoliyatiga  ixtisoslashgan 

mustaqil  tovarlarning  ulgurji  savdosi,  mol-mulkni  butunlay  ulgurji  savdoga 

o‗tqazish yo‗li bilan sotib to‗liq xajmini amalga oshirish. 

Ulgurji savdo shakllari 

Ulgurji  farmatsevtika  tashkilotlari  faoliyatining  tartibi    O‗zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2017  yil  6  apreldagi  185-son  ―Dori 

vositalari  va  farmatsevtika  faoliyati  to‗g‗risida‖gi  O‗zbekiston  respublikasi 

Qonuniga  o‗zgartirish  va  qo‗shimchalar  kiritish  haqidagi  2016  yil  4  yanvardagi 

O‗RQ-399  son  ―O‗zbekiston  Respublikasi  Qonunini  amalga  oshirish  chora-

tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarorida belgilangan. Mazkur Qarorning 1-ilovasida ―Dori 

vositalarini  va  tibbiy  buyumlarni  ulgurji realizatsiya  qilish  tartibi  to‗g‗risidagi 

Nizom‖ tasdiqlangan. 

Tranzit  shaklida:  tovarlar  ishlab  chiqaruvchidan  chakana  savdo  tarmog‗iga 

yoki  boshqa  ulgurji  kompaniyaga  (kichikroq  yoki  boshqa  shaxarda  joylashgan) 

ulgurji  vositachilarning  omborini  chetlab  o‗tadi.  Ushbu  shaklning  afzalligni 

shundaki,  aylanma  mablag‗larning  tezlashishi  bo‗lib,  natijada  logistika  xarajatlari 

kamayadi,  tovarlarning  saqlanish  xavfsizligi  darajasini  oshiradi.  Tranzit  etqazib 

berish,  mahsulotni  oraliq  tayyorlashda  sifatiga  e‘tibor  berish  zarur  bo‗lmasa, 

qadoqlash  talab  qilingan  taqdirda.  Bunday  xolatda  ulgurji-  vositachi,  ishlab 

chiqaruvchidan  jo‗natilgan  mahsulotdan  boshqa  turdagi  assortimentni  ajratish 

imkoniga ega bo‗lmaydi.   

Ombor  shakli:  tovarlar  ishlab  chiqaruvchidan  ulgurji  savdo  omborxonasiga 

kelib  tushadi,  keyinchalik  turli  distribyutorlik  kanallari  orqali  chakana  savdoga 

chiqariladi.  Logistika  xarajatlarni  oshishiga  qaramasdan,  bu  xolatda  savdo  uchun 


kerakli  tovalar  assortimenti    turi  ko‗payadi  va  ta‘minoti  yaxshilanadi.  Xar  bir 

dorixona tashkiloti uchun kerakli bo‗lgan tovar turlarini yaratish imkoni yaratiladi. 



Farmatsevtika omborxonasining tuzilishi 

Zamonaviy  farmatsevtika  ombori  -  muayyan  tuzilishga  ega  bo‗lgan  

murakkab  texnik  tuzilmadir.  Omborxona  xonalari  bajaradigan  funksiyasiga  karab 

dori  vositalarini  va  tibbiy  buyumlarni  qabul  qilish,  saqlash,  buyurtmalarni 

joylashtirish  va  berish  xonalari  bir-biri  bilan  uzviy  bog‗langan  bo‗lishi,  xamda 

ularning xavfsizligi ta‘minlanishi kerak.  



Xududiy kurilma va  farmatsevtika ombori binosi 

Dorixona omborxonasi odatda aloxida obektlardan iborat: 

- kapital kurilmalar (omborxona binosi, ofis binosi); 

-yordamchi inshoatlar (elektr postansiyasi, kozonxona va boshkalar); 

-kommunikatsiya tizimlari (elektr, gaz va suv ta‘minoti,kanalizatsiya); 

-yo‗llar va omborda  avtotransport to‗xtaj va turar joylari. 

- Omborxona quyidagi asbob-uskunalar va inventarlar bilan jihozlangan 

bo‗lishi kerak: 

-dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash uchun stellajlar, tagliklar; 

termolabil dori vositalarini saqlash uchun sovutish kameralari yoki maishiy 

sovutgichlar; 

-havo parametrlarini qayd qilish asboblari (termometrlar, gigrometrlar yoki 

psixrometrlar); 

-alohida guruh dori vositalarini, hisob-kitob hujjatlarini va axborot beruvchi 

adabiyotlarni saqlash uchun qulflanadigan metall shkaflar yoki seyflar

-echinib kiyinish xonasida ustki va maxsus kiyimlarni va oyoq kiyimlarini 

saqlash uchun shkaf; 

-sanitariya holatini ta‘minlash uchun dezinfeksiya vositalari va xo‗jalik 

jihozlari. 

Ulgurji omborxonadagi asosiy jarayonlar 

Zamonaviy farmatsevtika omborlari – bu mahsulotlarni joylashtirish, ularni 

saqlash, tashish, nazorat va xavo almashinuvi uchun shart-sharoitlar yaratishni 

ta‘minlaydigan ixtisoslashgan ko‗p kavatli inshoatlar hisoblanadi. Omborxona 

zamonaviy jixozlangan ichki strukturaga ega bo‗lishi kerak, unda turli xil texnika 

vositalaridan (jixozlar) foydalanadigan ko‗plab maydonlar mavjud bo‗lib, 

omborlar bo‗limmalarida bajariladigan ishlarni tartibga solish uchun optimal 

sharoit yaratish muximdir. Ruxsatsiz shaxslarning ishlab chikarish binolariga 

(kabul kilish, saralash, saklash, yig‗ish, joylash va jo‗natish uchun mo‗ljallangan 

omborning bir kismi) kirishi taqiqlanadi. 

Yuklash tushirish maydoni bitta yoki ikkita aloxida xududda bo‗lishi mumkin 

–yuklash va tushirish. 

Qabul  qilish-  omborxonada  dori  vositalarini  va  tibbiy  buyumlarni  qabul 

qilish omborxonaning qabul qilish bo‗limi tomonidan amalga oshiriladi. Tovarlarni 

qabul  qilish  va  tegishli  bo‗limlarga  berishni  amalga  oshirish  maqsadida  kamida 

uch  kishidan  iborat  qabul  hayati  tashkil  etiladi.  Qabul  hayati  raisi  qabul  bo‗limi 

boshlig‗i,  qichik  ish  xajmiga  ega  omborlarda  esa  dorixona  ombori  mudiri 

hisoblanadi.  Qabul  qilish  hayati  tarkibiga  bo‗lim  mudirlari,  tovar  qabul  qilishga 



tegishli  boshqa  shaxslar  xam  kirishi  mumkin.  Ba‘zi  xollarda  hayat  tarkibiga 

mutaxasis-ekspertlar  yoki  betaraf  tashkilot  vakillari  kiritilishi  mumkin.  Qabul 

qilishda,  yuklash-tushirish  ishlarini  olib  borishda  dori  vositalarini  va  tibbiy 

buyumlarni  yog‗in-sochinlardan,  quyosh  nurlarining  bevosita  ta‘sirlaridan,  yuqori 

yoki past haroratdan himoya qilish ta‘minlanishi kerak. 

Qabul qilish quyidagi jarayonlardan iborat

- qabul qilish jarayoniga tayyorgarlik ishlari; 

- qadoqning butunligini tekshirish; 

- tovarni tushirish; 

- qabul qilish joyiga olib kelish; 

- tovarni ochish; 

tovarni son jixatdan qabul qilish; 

- tovarni sifat jixatdan qabul qilish; 

- saqlash joyini aniqlash. 

Tovarlarni  son  jixatdan  qabul  qilish-  bu  xujjat  asosida  aniq  sonining 

muvofiqligini solishtirib qabul qilishdir. Bunda quyidagi operatsiyalar bajariladi: 

-  Tovarlarni  ochish uchun joy tayyorlash; 

-  Qadoqlarni ochish; 

-  Son jixati an xisoblash (tortish); 

-  Son jixatdan xujjat bilan solishtirish. 

Qabul  qilishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  dori  vositalarining  son  va  sifat 

jixatdan qabul qilish qoidalari,tibbiyotda ishlatiladigan mahsulotlarni yuborishning 

asosiy    hamda  aloxida  turlarini  ishlab  chiqarish  shakllarini,  narx  navo  va 

boshqalarni  yaxshi  bilishi  majburiydir.  Dorixona  omboriga  zaxarli  yoki 

giyoxvandlik  vositalari  kelishi  bilan  darxol  zaxarli  va  giyoxvand  dori  vositalari 

saqlash bo‗limiga topshiriladi. Ularni son jixatidan va kuzatuv xujjatlariga mosligi 

omborxona mudiri tomonidan tekshiriladi. 



Tovarni  sifati  bo‘yicha  qabul    qilish  –  Sifat  bo‗yicha  qabul  qilishda 

quyidagilarga e‘tibor qilinadi: 

-  tovarshunoslar ish joyiga tovarlarni keltirish; 

-  Tovarlarni ochish; 

-  SHartnoma bitima asosida tovarni muvofiqligini solishtirish. 

Qabul qilish jarayonida dori vositalarining qadog‗ida ezilgan,  singan xolatlar 

aniqlansa  va    kuzatuv  xujjat  me‘yorlariga  javob  bermasa  u  tovarni  identifikatsiya 

qilinmaguncha  aloxida    ajratilgan  (karantin)  xonaga  joylashtirib  quyiladi. 

Aniqlangandan so‗ng tovarni ishlab chiqaruvchiga qaytariladi yoki yo‗q qilinadi. 

Tovarni    joylashtirish  va  saqlash-  Omborxonada  barcha  dori  vositalari  va 

tibbiy  buyumlar  stellajlarda  va  tagliklarda  joylashtirilishi  kerak.  Dori  vositalarini 

va tibbiy buyumlarni polda tagliklarsiz joylashtirishga yo‗l qo‗yilmaydi. Tagliklar 

polda  bir  qatorda  yoki  stellajlarning  balandligi  hisobga  olingan  holda  stellajlarda 

bir necha qavatda joylashtiriladi. 

Dori  vositalarini  va  tibbiy  buyumlarni  saqlash  xonalari  va  ulardagi  asbob-

uskunalar, jihozlar toza holatda saqlanishi kerak. 

Ishlab  chiqaruvchilar  va  ulgurji  realizatsiya  qiluvchi  tashkilotlar  dori 

vositalari  va  tibbiy  buyumlarning  buzilishi  (to‗kilishi,  sochilishi,  sinishi), 


mikroorganizmlar  tomonidan  shikast  etkazilishi  va  dori  vositalari  kesishgan 

kontaminatsiyasining oldini olish uchun tegishli choralarni ko‗rishi kerak. 



Dori vositalarini  saqlashda o‘ziga xos xususiyatlari 

Dori  vositalarini  saqlash  maxsulot  xarakatining  barcha  bosqichlarida,  ya‘ni 

ishlab  chiqaruvchilardan  iste‘molchilarga  etib  borgunga  qadar  amaldagi  me‘yoriy 

xujjatlar talablari asosida olib borilishi kerak.  

Mazkur  talablarga  rioya  etmaslik,  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlar  sifatini 

buzilishiga  va  natijada  bemorlarning  sog‗lig‗iga  salbiy  ta‘sir  etqazilishiga  olib 

kelishi mumkin. Tovarlarni saqlash talablariga rioya etmaslik litsenziya talablari va 

shartlarini ko‗pol ravishda  buzilishi deb baxolanadi. 

Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saklashni tashkil etishda kuyidagilarni 

ta‘minlash kerak: 

- tegishli binolar, uskunalar mavjudligi. 

- etarli saqlash sharoitini yaratish; 

-tovarlarni  guruxlar bo‗yicha joylashtirish (tizimlashtirish) 

Dori vositalarini saqlash xonalariga qo‘yiladigan talablar 

Dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarni  saklash  xonalari  ularning  xavfsizligini 

ta‘minlashi kerak. Xonalar devorlarining ustki qismi,  xona shiftlari silliq bo‗lishi 

va  nam  latta  bilan  tozalash  ishlarini  olib  borish  imkoniyatini  ta‘minlashi  kerak. 

Dori  vositalarini  saqlash    xonalarida  xavoning  ma‘lum  bir  xaroratni  va  namlikni 

saqlash  imkoniyati  mavjud  bo‗lishi  kerak,  bu  dori-vositalarini  birlamchi  va 

ikkilamchi  (iste‘molchi)  qadoqlariga  joylashtirilgan  yo‗riqnomalar  asosida  ishlab 

chiqaruvchilar  talablariga  muvofiq  saqlash  imkonini  beradi.  Omborxonada    xavo 

xarorati    va  namlik  xar  kuni  maxsus    elektron  dasturda  yoki  sahifalari 

raqamlangan,  tikilgan  va  muhrlangan  (agar  muhr  mavjud  bo‗lsa)  jurnalda  qayd 

etilishi lozim. 

Xidli va bo‘yovchidori vositalari saqlash 

Xidli  dori  vositalari  guruxiga  uchuvchan  xamda  uchuvchan  bo‗lmagan  lekin 

o‗ta xidli dori vositalari kiradi. Ularni germetik yopiq idishlarda bir biridan aloxida 

xolda nomi bo‗yicha saqlanadi. 

Bo‗yovchi  xususiyatli  dori  vositalariga-idishlarda,  jihozlarda  va  rangli  iz 

qoldiruvchi  oddiy  sanitar-gigenik  ishlovda  yuvilmaydigan  dori  vositalari  kiradi 

(brilliant yashili, metelen ko‗ki, indigokarmin va xokazolar).  

 Bo‗yovchi  dori  moddalari  aloxida  maxsus  zich  yopiluvchi  shkaflarda 

saqlanadi  (nomi  bo‗yicha).  Bo‗yovchi  moddalarni  ishlatishda  ularning  xar  biri 

uchun aloxida torozilar, xovonchalar, shpatellar va boshqa inventarlar ajratiladi. 

   Dorivor o‗simliklar xom ashyosi va yig‗malarni saqlashda quyidagilar talab 

etiladi: 

A) yaxshi yopiladigan idish; 

B)  quruq  yaxshi  ventilyasiyalanuvchi  xavo  almashinuvi  ta‘minlangan  xona. 

Idishning turi xom ashyosi saqlash joyiga bog‗liq. 

Omborxonada  dorivor  o‗simliylar  xom  ashyosi  so‗kchaklarda  saqlanadi 

buning  uchun  yopiq  yashiklar,  qoplar  (kesilgan  xom  ashyo)  ikki  qavatli  qoplar, 

karton o‗ramlari (poroshoklar) bo‗lishi kerak. 



O‗z  tarkibida  efir  moylarini  saqlovchi  (masalan:  shalfey  o‗ti),  ayrim 

gigroskopik  o‗tlar,  barglar,  mevalar  (masalan:angishvonagul)bargi,  dalachoy  va 

boshqalar) aloxida yaxshi yopiladigan idishda saqlanadi. 

Tez  alanga  oluvchi  prekursorlarni  saqlashda  ularning  fizik-kimyoviy 

xossalarini  xisobga  olish  kerak.  (sirka  kislota  angidridi,  atseton,  etil  efiri,  xlorid 

kislotasi, fenil sirka kislotasi, sulfapt kislotasi, toluol). 

Tez  alanga  oluvchi  prekursorlarni  mineral  kislotalar  (ayniqsa  oltingugurt  va 

azot kislotalari), siqilgan gazlar, yonuvchi moddalar (o‗simlik yog‗lari, oltingugurt, 

bog‗lov  vositalari),  shunigdek,  organik  moddalar  bilan  portlovchi  aralashmalar 

(kaliy  xlorat,kaliy  permangant),kaliy  xromat  va  xokazolar)  xosil  qiluvchi 

noorganik tuzlarni birga saqlash taqiqlanadi. 

Prekursorlar 

bilan 


ishlaganda 

(qadoqlash, 

joydan-joyga 

tashish, 

yuklash)extiyotkorlik choralari ko‗rilib, idishning xolati, germetikligi, to‗g‗riligini 

doimiy kuzatib turgan xolda ilashi lozim. 

Tez alanga oluvchi prekursorlarn zich berkiladigan, mustaxkam shishali yoki 

metall  idishlarda  saqlanadi.  SHisha  idishlar,  ballon  va  boshqa  katta  xajmli 

idishlarning balandligi bo‗yicha bir qator qilib saqlanadi. Ularni bir necha qatorga, 

isitish  manbalari  yaqiniga  qo‗yish  taqiqlanadi.  So‗kchak  va  isitish  manbasi 

orasidagi masofa bir metrdan kam bo‗lmasligi kerak. 

Nitrat  va  sulfat  kislotalarni  saqlashda  ularni  yog‗ochli,  organik  tabiatli 

boshqa modddalar bilan munosabatda bo‗lishining oldini olish lozim. 



Nitroglitserin  eritmasi-  portlovchi  modda,  uni    dorixonada,  dorixona 

omborlarida  katta  emas,  yaxshi  berkitiladigan  sklyankalar  yoki  metall  idishlarda 

salqin,  qorong‗i  joyda  saqlanadi,  yong‗indan  extiyot  bo‗lishi  kerak.  Nitroglitserin 

saqlaydigan  idishni  surish  va  shu  prrparatni  tortib  olish  juda  extiyotkorlik  bilan 

bajarilishi  zarur. 

Efir  (tibbiyot  yoki  narkoz  uchun)  fabrikaning  o‗ramida,  qorong‗i,  salqin 

(isitish asboblaridan uzoqroq)joyda saqlanadi. 



Dietilefir  bilan  ishlaganda  silkitish,  zarba  berish,  ishqalashdan  saqlanishi 

kerak. 


Kaliy  permangant  glitserin,  oltingugurt,  chang,  organik  moylar,efirlar, 

spirtlar, organik kislotalar va boshqa organik moddalar bilan portlovchi birikmalar 

xosil qiladi. Uni maxsus ajratib qo‗yilgan joyda, tunuka barabanlarida, dorixonada-

og‗zi zich maxkam yopilgan va yuqorida ko‗rsatilgan vositardan alohida saqlanadi. 



Portlovchi va tez alanga alangalanuvchi  vositalarni saqlash 

Portlovchi  va  tez  alanga  oluvchi  vositalar  aloxida  (quruq,  to‗g‗ri  kuyosh 

nuridan, yong‗in va er osti suvlaridan ximoyalangan, birinchi kavatda, temir-beton 

koplama xamda metall eshikli) xonalarga joylanishi kerak, xonaning poli eshigidan 

ichkariga qiyalanib sementlangan, o‗yilmagan tekis bulishi kerak.  

Yuqori  harorat  ta’siridan  himoyalanadigan  dori  vositalarini  saqlash 

xususiyatlari 

Yuqori  xaroratdan  (termolabil  preparatlar)  ximoya  qilinishi  talab  etiladigan 

dori vositalarini saqlash me‘yoriy xujjatlar talablariga  muvofiq bo‗lishi kerak.  

Past xarorat ta’siridan ximoyalanishni talab qiluvchi dori vositalarini 

saqlash 


Past  xarorat  ta‘siridan  ximoyalashni  talab  qiladigan  dori  vositalarini  saqlash  

(fizik-kimyoviy  xolati  muzlagandan  so‗ng  o‗zgarib  turadigan  va  xona  xaroratida  

keyinchalik tiklanmaydigan  dori vositalar),   qo‗llash  yo‘riqnomasida   belgilangan 

xarorat rejimiga muvofiq   saqlanadi. 



Tayyor dori turlarini saqlash 

Barcha tayyor  dori  turlari   tashqi  yorliqli  original qadoqda  joylashtirilishi va 

saqlanishi lozim. Hapdorilar va drajelarni tashqi ta‘sirdan himoyalangan va alohida 

bemorlarga  berish  uchun  mo‗ljallangan  korxona    qadog‗ida  bir-biridan  ajratilgan 

holda  saqlash  zarur.      Hapdorilar  va  drajelarni  saqlash  quruq  va  yorug‗dan 

himoyalangan joyda amalga oshiriladi.  In‘yeksiyalarga mo‗ljallangan dori turlarni 

salqin,  yorug‗dan  himoyalangan  joyda,  alohida  javonda,  idishning  xususiyatlari 

(mo‗rtlik)  hisobga  olingan  holda  saqlash  lozim.    Suyuq  dori  turlar  (siroplar, 

damlamalar)  og‗zi  germetik  po‗kaklangan,  ustigacha  to‗ldirilgan  idishda, 

yorug‗likdan himoyalangan joyda saqlanishi kerak. 

Plazma  o‗rnini  bosuvchi  eritmalar  0

0

dan  4



0

S  gacha  haroratda  alohida, 

yorug‗dan himoyalangan joyda saqlanadi.     

Dezinfeksiyalovchi vositalarni saqlash 

Dezinfeksiyalovchi  vositalar  (xloramin  V  va  boshkalar)  germetik  berkitilgan 

idishlarda  saqlanadi.  Saqlash  uchun  xona  aloxida  bo‗lib  va  plastmassa,  rezina 

x,amda  metall  buyumlar  xamda  tozalangan  suv  olinadigan  xonalardan  uzokrokda 

joylashgan bo‗lishi kerak. Bunda saqlash joyi salkin va yorug‗likdan ximoyalangan 

bo‗lishi lozim.  



Rezina buyumlarni saklash 

Rezina buyumlardan iborat tibbiy buyumlarni saqlashga bo‗lgan talablar: 

xona quyosh nuridan himoya qilingan bo‗lishi kerak. YOrug‗lik faqat sun‘iy, 

elektr  orqali  bo‗lishi  lozim.    Quruq  xonalarning  namligini  saqlash  uchun  karbol 

kislotasining  2%  li  suv  eritmasi  idishlarda  qo‗yiladi.  Rezina  buyumlarning 

elastikligini saqlash uchun xonalar va shkaflarda shisha idishda ammoniy karbonat 

solib qo‗yish kerak.  

Bog‘lovchi materiallarni  va yordamchi vositalarni saqlash tartibi

Bog‗lovchi  materiallardan  iborat  tibbiy  buyumlarni  saqlashga  quyidagi 

talablar qo‗yiladi: 

bog‗lovchi  materiallar  quruq,  havo  yaxshi  aylanadigan,  chang  va 

kemiruvchilardan himoyalangan xonalarda saqlanadi. Sterillanmagan materiallarni 

isitilmaydigan  xonalarda  saqlashga  ruxsat  etiladi.  Steril  materiallarni  harorat 

o‗zgarishida  o‗ram  sifatiga  ta‘sir  qilmasligi  uchun  ularni  harorat  darajasi  tez 

o‗zgarmaydigan  xonada  saqlashga  yo‗l  qo‗yiladi;  sterillangan  bog‗lov  ashyolari 

korxona  qadog‗ida  saqlanadi.  O‗rami  buzilgan  yoki  nam  tortgan  bo‗lsa,  u  xolda 

mahsulot sterillangan xususiyatini yo‗kotadi.  



Dori vositalarini muomaladan chiqarish va yo‘q qilish tartibi 

«Dori  vositalari  va  farmatsevtika  faoliyati  to‗g‗risida»gi  O‗zbekiston 

Respublikasi  Qonuniga   muvofiq  sifatsiz,  qalbakilashtirilgan,  O‗zbekiston 

Respublikasida  ro‗yxatdan  o‗tkazilmagan  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlar, 

O‗zbekiston  Respublikasida  ro‗yxatdan  o‗tkazilgan  dori  vositalarining 

g‗ayriqonuniy  nusxalarini,  shuningdek  muomaladagi  dori  vositalari  va  tibbiy 



buyumlarni  (keyingi  o‗rinlarda  qo‗llash  uchun  yaroqsiz  dori  vositalari  va  tibbiy 

buyumlar  deb  ataladi)  ularning  inson  sog‗lig‗iga  zararli  ta‘sirini  tasdiqlovchi 

faktlar aniqlangan taqdirda muomaladan chiqariladi va yo‗q qilinadi.  

chiqindilarni  utilizatsiya  qilish —  chiqindilar  tarkibidan  qimmatli 

moddalarni ajratib olish yoki chiqindilardan ikkilamchi xom ashyo, yoqilg‗i, o‗g‗it 

sifatida va boshqa maqsadlarda foydalanish; 

qalbakilashtirilgan dori vositasi va tibbiy buyum — tarkibi yoki xususiyati 

to‗g‗risida yoxud ishlab chiqaruvchisi haqida yolg‗on axborot ilova qilingan dori 

vositasi va tibbiy buyum; 

sifatsiz  dori  vositasi  va  tibbiy  buyum —  yaroqsiz  holga  kelgan  va  (yoki) 

yaroqlilik muddati o‗tgan dori vositasi va tibbiy buyum; 



O‘zbekiston  Respublikasida  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan  dori  vositalarining 

g‘ayriqonuniy  nusxalari —  intellektual  mulk  to‗g‗risidagi  qonun  hujjatlari 

buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari. 

Qo‗llash  uchun  yaroqsiz  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlar  ularning 

egalarining  yoki  sudning  qarori  bo‗yicha  muomaladan  chiqariladi  va  30  kun 

mobaynida yo‗q qilinadi. 

O‗zbekiston  Respublikasi  hududiga  olib  kiriladigan  dori  vositalarining  va 

tibbiy 

buyumlarni 



bojxonada 

rasmiylashtirish 

jarayonida, 

shuningdek 

sertifikatlashtirish  sinovlari  natijasida  qo‗llash  uchun  yaroqsizligi  aniqlangan 

bo‗lsa,  bunday  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlar  O‗zbekiston  Respublikasi 

bojxona  qonunchiligida  belgilangan  tartibda  O‗zbekiston  Respublikasi  hududidan 

tashqariga  chiqarib  yuboriladi  (reeksport)  yoki  yo‗q  qilingunga  qadar  bojxona 

rejimida joylashtiriladi va yo‗q qilinadi. 

 Qo‗llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo‗q qilish bilan 

bog‗liq xarajatlar ularning egalari mablag‗lari hisobidan qoplanadi. 

Yo‘q  qilish usullari 

 Suyuq dori shakllari (ampulalardagi in‘eksiya qilish uchun eritmalar, paketlar 

va  flakonlardagi,  aerozol  ballonlardagi  eritmalar,  miksturalar,  tomchilar)  sindirib 

(ezilib),  (aerozol  ballonlar  oldindan  teshib  qo‗yiladi)  hamda  suv  bilan  kamida 

1:100  nisbatda  suyultirilib,  hosil  bo‗lgan  eritma  kanalizatsiya  tizimiga  to‗kiladi. 

Bo‗shagan  ampulalar,  aerozol  ballonlar,  paketlar  va  flakon  qoldiqlari 

konteynerlarga  joylashtiriladi  va  chiqindilarni  utilizatsiya  qilish  talablariga 

muvofiq yo‗q qilinadi. 



Yo‘q qilish tartibi 

Qo‗llash  uchun  yaroqsiz  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlarni  yo‗q  qilish 

«Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‗g‗risida», «Ekologik nazorat 

to‗g‗risida»  hamda  «Chiqindilar  to‗g‗risida»gi  O‗zbekiston  Respublikasi  qonun 

hujjatlari talablariga amal qilgan holda amalga oshiriladi. 

 

Nazorat savollari 

1. 

Ulgurji farmatsevtik tashkilotlar, turlari va vazifalari, 



2. 

Ulgurji tashkilotlar tasnifi. 

3. 

―O‘zmedimpeks‖ DUK vazifalari 



4. 

Farmatsevtik omborxonaning tuzilishi 



5. 

Dori vositalarni saqlash  xonalariga qo‗yilgan talablar 

6. 

Ulgurji omborxonasidagi asosiy sharoitlar 



7. 

Dori vositalarni saqlashda o‗ziga xos xususiyatlari 

8. 

Rezina buyumlarini saqlash tartibi 



9. 

Portlovchi va tez alangan oluvchi dori vositalar saqlash tartibi 

10. 

Tibbiy buyumlarni saqlashda  o‗ziga xos xususiyatlari 



11. 

Dori vositalarini tashish, safdan chiqarish tartibi 

 

Foydalanilgan adabiyotlar 

1.E.R.Toshmuxamedov,X.S.Zaynutdinov  va  boshqalar  ―Farmatsevtika  ishini 

tashkil qilish‖ Toshkent-2007 221 bet 

2. O‗zbekiston Farmatsevtik xabarnomasi. 2002yil № 4.29-bet. 



 

 

Download 271.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling