13-Amaliy mashg‘ulot Mavzu


Download 384.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana09.02.2023
Hajmi384.68 Kb.
#1178804
  1   2   3   4   5
Bog'liq
13-mavzu



13-Amaliy mashg‘ulot 
Mavzu: Dorivor tirnoqgul - Calendula oficinais L ni yetishtirish 
texnalogiyasi. Oddiy dastarbosh - Tanacetum Vurgare L ni yetishtirish 
texnalogiyasi. 
Mashg‘ulotning maqsadi: Dorivor tirnoqgul- Calendula oficinais L ni va 
Oddiy dastarbosh- Tanacetum Vurgare L.ni etishtirish texnologiyalari, tarqalish 
areallari, dorivorlik xususiyatlari, xalq tabobatida ishlatilishi haqida ma’lumotlar 
berish. Ekish muddatlarini, urug‘ unuvchanligi termostatda undirish usullari. 
Uslub: klaster, aqliy hujum. 
Kerakli jihozlar: Kalendula va oddiy dastarbosh o‘simligining barglari
mevalari, gerbariylari namunalari, guli, mevasi, spirtda fiksirlangan gullari,lupa, 
mikroskop. 
Mavzuning qisqacha mazmun: Dorivor tirnoqgul-Calendula oficinais 
Lni. va Oddiy dastarbosh-Tanacetum Vurgare L ni yetishtirish texnalogiyasi. 
Dorivor Tirnoqgul - Calendula Officinalis L. astradoshlar - Asteraceae 
(murakkabguldoshlar - Compositae) oilasiga kiradi. Bir yillik, bo‘yi 30-50 (ba’zan 
60) sm ga etadigan o‘t o‘simlik. Ildizi shoxlangan o‘q ildiz. Poyasi qattiq, tik 
o‘suvchi, asos qismidan boshlab shoxlangan, qirrali bo‘lib, yuqori qismi bezli tuklar 
bilan qoplangan. Bargi oddiy, bandli, cho‘ziq-teskari tuxumsimon, sertuk, poyada 
ketma-ket joylashgan. Poyaning yuqori qismidagi barglari bandsiz, tuxumsimon 
yoki lansetsimon, gullari savatchaga to‘plangan. Mevasi - pista. Iyun oyidan 
boshlab, kech kuzgacha gullaydi, mevasi iyuldan boshlab etiladi.
Geografik tarqalishi. Bizda yowoyi holda o‘smaydi. Manzarali o‘simlik 
sifatida Moldova, Ukraina, Rossiyaning Yevropa qismining janubiy tumanlarida 
hamda Kavkazda, dorivor o‘simlik sifatida esa Krasnodar o‘lkasida, Poltava va 
Moskva viloyatlarida o‘stiriladi. 

Download 384.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling