13-amaliy mashg’ulot Neft mahsulotlari temperatura yordamida fraksiyalarga ajratish
Neftni haydash – bu uning tarkibiga kiruvchi uglevodorodlarni qaynash temperaturasigacha qizdirib bug‘ holatiga о‘tkazib, yana sovutish bilan kondensatlashdan iboratdir.
Haydash natijasida maydalovchi (otgon) distillyat va qoldiq hosil bо‘ladi. Turli temperaturaga ega ikki komponentli aralashma (binar aralashma) tq temperaturagacha qizdiriladi. Bunda yengil uchuvchi mahsulotlar ajralib chiqadi va u kondensattiriladi.
Haydash vaqtida tq gacha qiziydi va uning bir qismi bug‘lanadi.
Haydash natijasida hosil bо‘lgan distillyat va qoldiq tarkibi jihatidan dastlabki holdagi aralashma tarkibidan farq qiladi.
tq – bir-biriga yaqin komponentlar oddiy haydash bilan ajratish qiyin. Shuning uchun bunday aralashmalar «drobniy», «bosqichma-bosqich» haydaladi.
Haydashni 2 xil – atmosfera bosimi ostida 300 oC gacha haydab distillyator olish va 300 oC dan yuqorida temperaturada vakuum ostida (20-40 mm.sim. us., uglevodorodlarni parchalanib ketmasligini oldini olish uchun) haydaladi.
Neft mahsuloti tavsifi haqida sо‘z yuritish uchun aniq birikmalarni fraksiyalar deb nomlanuvchi guruhlarga kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi. Fraksiya (yoki pogon) aniq ikki xarorat oralig‘ida qaynaydigan barcha birikmalarni jamlaydi. Bu haroratlar fraksiyalarning qaynash chegarasi yoki qaynab bug‘lanish oralig‘i deb agaladi.
Shuni qayd etish kerakki, neft turlari tarkibi boyicha bir-biridan keskin farq qiladi. Yengil benzin tarkibida, odatda, benzin, nafta va kerosin, og‘ir neft tarkibida esa gazoil va mazut kо‘p bо‘ladi.
Odatda neft quyidagi fraksiyalarga ega:
Qaynash harorati
|
Fraksiyalar
|
32°C (305 K) gacha
|
Uglevodorod gazlari (butan va nisbatan yengil gazlar)
|
32-105°C (305-378 K)
|
Benzin (gazolin)
|
105-180°C (378-453 K)
|
Nafta (og‘ir benzin, benzin- ligroin fraksiyasi, ligroin)
|
180-230°C (453-503 K)
|
Kerosin
|
230-430°C (504-703K)
|
Gazoil
|
430°C (703K) dan yuqori
|
Qoldiq (mazut)
|
Neft fraksiyalarining muhim fizik xossalariga ma’lum bosimda qaynash, qotish, suyuqlanish harorati, zichligi, yopishqoqligi (ayniqsa, yuqori molekulali uglerodlar uchun), infra qizil nurlarni yutilishi, nur sindirish ko’rsatkichi kiradi.
Neftdan olinayotgan tiniq maxsulotlar (benzin, kerosin, dizel yoqilg’isi) atmosfera bosimi ostida ishlovchi AT qurilmalarida haydash usuli bilan olinadi. Vakuum ostida (AVT qurilmasida) yuqori molekulali moddalar haydaladi. Hozirgi kunda AVT qurilmalari tuzlardan tozalash, suvsizlantirish va barqorarlashtirish (stabilizatsiya) qurilmalari bilan tutashtirilgan holda birga ishlatilmoqda.
Rektifikatsiya jarayoni – temperaturalar farqiga ko’ra komponentlar aralashmasini ajratishning fizikaviy usuli hisoblanadi. Neftni fraktsiyalarga ajratishda ushbu usul qo’llaniladi.
Nazorat savollar
1. Neft tarkibidagi uglevodorodlarni qismlarga (fraksiyalarga) ajratish usullari
2. Neftni haydashni necha usuli bor?
3. Neftni haydash nimani hisobidan olib boriladi?
4. Neft uglevodorodlarini haydash nimaga asoslangan?
5. «Suyuq-bug‘» fazalari hosil bо‘luvchi diagrammani tushuntiring?
6. Suv bug‘i bilan haydash qanday amalga oshiriladi?
7. Neftni haydashda qanday mahsulotlar olinadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |