13-bilеt pеdagоgik mahоrat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faоliyatida tutgan o’rni va ahamiyati


Download 51.5 Kb.
Sana10.07.2020
Hajmi51.5 Kb.
#123477
Bog'liq
Matyakubova Dinora


13-BILЕT

  1. Pеdagоgik mahоrat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faоliyatida tutgan o’rni va ahamiyati


O‘qituvchi pedagogik mahoratining quyidagi tarkibiy qismlari mavjud:

a) o‘qituvchi shaxsiyatining insonparvar yo‘nalishi;

b) kasbiy bilimlar

v) pedagogik qobiliyat

g) pedagogik texnika

d) pedagogik vazifalar

O‘qituvchi shaxsiy sifatlarida va faoliyatida yetakchi o‘rinni insonparvarlik, sofdillik, poklik va halollikni egallashi mumkin. O‘qituvchi yoshlar tarbiyasi uchun Vatan oldida, millat va kelajak oldida javobgarlikni his etmas ekan, biz uni haqiqiy o‘qituvchi deya olmaymiz. O‘qituvchi o‘z shaxsidagi eng yaxshi va oliy sifatlarni, bilim va tajribasini o‘quvchilarga rejali ravishda singdirib boradi. Shuning uchun bo‘lsa kerak ba’zi bir o‘qituvchi bir necha yil davomida bir sinfga rahbarlik qilsa (ayniqsa boshlang‘ich sinflarda) shu sinfdagi o‘quvchilarning xatti-harakatlarida, xulq atvorida, gap so‘zlarida shu o‘qituvchining ayrim xususiyatlarini ko‘rish mumkin. Avtoritar shaklda ish yurituvchi o‘qituvchilarning sinflarini uzoq vaqt kuzatishlar Shuni ko‘rsatadiki, bu sinfdagi o‘quvchilar orasida qattiqqo‘l, shavqatsiz shaxslar o‘sib chiqishi aniqlangan.


  1. Bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlashga qo’yiladigan talablar.


Bo'lajak o'qituvchi o'z nutqini takomillashtirishi uchun taiim va tarbiya jarayonida quyidagi yo'nalishlarga doimiy amal qilib borishi lozim:

- o'zbek adabiy tili qonuniyatlari va normalarini mukammal bilishi;

- o'z-o'zini va nutqiy faoliyatini muntazam nazorat qilishi;

- o'zining nutqiy madaniyatini doimiy rivojlantirib borishi;

- nutqiy muloqotnint barcha holatlarida adabiy nutq qoidalarini egallash uchun o'ziga sharoit yaratishi.
O'z-o'zini nazorat va ifodali nutq malakalarini rivqjlantirish uchun o'qituvchi o'z nutqiy faoliyatini kuzatishi, u jonli, xilma-xil, hissiy bo'-yoqlimi yoki bir xil monotonlimi, bilib borishi lozim.

Nutqingizni tayyorlash va mashq qilish jarayonida o'zingiz mustaqii ravishda quyidagi savollarga javob toping:

Tingiovchilarda qanday fikr uyg'otmoqchiman?

Auditoriyada ijobiy muhitni qanday kayfiyat asosida yaratmoq-chiman?

Nutq mazmuni va sharoiti qanday intonatsiya va ritmni talab etadi?

Har qanday ta'lim-tarbiyaviy mashg'ulot oldidan bir necha bor o'z nutqingizni yozib olib (audiodisk, diktofon) tinglang va xatolaringizni tuzatishga harakat qiling, nutqingizni qaytarib mashq qiling. Nutqingizni rang-barang badiiy-adabiy so'zlar bilan boyiting. O'z taassurotlaringizni qo'shgan holda boyitib, to'ldirib boring. O'qituvchi nutqining mukam-malligi, tozaligi, ta'sirchanligi bilan o'quvchilar e'tiborini jalb qiladi, ular qalbiga yo'l topadi, hech qanday qiyinchiliksiz kasbiy pedagogik faoliyatida duch keladigan barcha ziddiyatlarni 136


bartaraf etadi. Natijada o'qituvchi pedagogik faoliyatda aslo toliqmaydi, asab tizimi doimo sog'lom bo'ladi.
1. Bo'lajak o'qituvchilar pedagogik mahoratning nazariy va meto-dologik asoslari bilan qurollantiriladilar.

2. Pedagogik mahorat fanining pedagogik texnika, pedagogik hamkorlik (muloqot), pedagogik nazokat, pedagogik qobiliyat, tarbiyachilik mahorati, ta'lim jarayonini boshqarish, nutq madaniyati, tarbiya texno-logiyasi, pedagogik ijodkorlik, refleksiya kabi tarkibiy qismlari to'g'ri-sidagi biliralar tizimini egallaydilar.

3. Bo'lajak o'qituvchilar milliy urf-odat va an'analarimizda va O'rta Osiyo mutafakkirlarining boy ijodiy meroslarida aks etgan pedagogik mahorat sirlarini mustaqil egallashga nisbatan o'zlarida ehtiyoj va havasni rivojlantirib boradilar.

4. Egallangan pedagogik-psixologik va metodik bilimlar, ko'nikma va malakalar to'g'risidagi ma'lumotlar asosida har bir bo'lajak o'qituvchi o'zining shaxsiy pedagogik mahoratini shakllantiradi.

5. O'quv-tarbiyaviy jarayonni jahon andozalariga xos so'nggi zamonaviy metod va shakllar asosida tashkil etish va boshqarishni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslarini muntazam o'zlashtiradilar.

6. O'qituvchilar o'z kasbiy mahoratlarini takomillashtirishlari uchun shaxsiy-ijodiy malaka oshirishning shakl, usul va vositalarini egal-laydilar.

7. Tarbiyachi mahoratining mohiyati, funksiyasi, tuzilishi to'g'risida o'qituvchilar uzluksiz ma'lumotlarni o'rganib boradilar.

8. Yuksak zamonaviy axborot texnologiyalari va portal tizimidan erkin foydalanish asosida o'z kasbiy mahoratlarini shakllantiradilar.

Bu maqsad va vazifalarning hal etilishi o'qituvchilar va tarbiyachi-larni zamon bilan hamnafas bo'lishga, yoshlarni tarbiyalash dardi bilan yashash va kelajakni aniq ko'ra olishga o'rgatadi. Har bir o'qituvchi shaxsida mamlakatimizning dolzarb muammolarini, maqsad va vazifa-larini vijdonan tasavvur qilib, aniq bajarib borishi uchun shijoat bilan o'z imkoniyati, 11
bilimi, tajribalarini ishga solishga o'rgatadi hamda pedagogik faoliyatga ijodiy yondashish maiakalariga ega bo'lishni tarbiyalaydi.

Xo'sh pedagogik mahoratning o'zi n



  1. SHarq  mutafakkirlari  Abu  Nasr  Forobiy,  Unsurul  Kaykovus,  Sa’diy  SHeroziy, Abu  Ali  ibn  Sino,  Abdurahmon  Jomiy,  Alisher  Navoiy,  Husay  Voiz  Koshifiy  va boshqalaming  ijodiy  meroslarida  mudarrislami  tanlash,  ularga  qo’yiladigan  talablar, ularning  mahorati,  muloqot  va muomala madaniyati,  munosabatga kirishish mahorati, ularni egallashga oid ilg’or fikrlari.

Buyuk allomalarimiz o'z asarlarida mudarrislar kasbining nozik-ligini, mas'uliyatli ekanligini va murakkabligini, shu bilan birga sharafli ekanligini, yoritib, muallimning mahorati, ularga qo'yilgan talablar, fazilatlariga oid qarashlar, shogirdlar bilan munosabatga kirishish mahorati, muomalasi to'g'risida o'z mulohazalarini bildirganlar. Uyg'onish davrining yetuk namoyondalari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Unsurul Maoliy Kaykovus, Abul-Qosim Umar Az-Zamaxshariy, Shayx Sa'diy Sheroziy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz al-Koshifiy kabi laming ijodiy merosi pedagogik tafakkurni shakllantirishda bo'lajak murabbiylarga muhim manba bo'lib hisoblanadi. Ular avlodlardan avlodlarga o'tib, o'z qimmatini yo'qotmagan mudarrislarni, tarbiyachilarni tayyorlash tajribalarini umumlashtirib, boyitib borishgan. Zero, insoniyat kelajagi va kurrai zaminning gullab-yashnashi faqat ta'lim va tarbiyaga bog'liq ekanligini buyuk mutafakkirlar chuqur his qilishgan. Shuning uchun muallimlar kuchi va g'ayrati bilan barkamol avlodni tarbiyalash ularning eng yorqin orzusi bo'lib kelgan. O'zbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda yashab o'tgan allomalarning bu borada o'z o'rni va hurmati bor. Barkamol avlodni tarbiyalash, bunda muallimning o'rni to'g'risida allomalarimiz ijodiy merosidan juda ko'p misollar keltirishimiz mumkin.



Abu Nasr Forobiy (873-930) O'rta Osiyo xalqlari madaniyatini rivojlantirishga ulkan hissa qo'shgan olimdir. Forobiy arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqani muhim tarbiyaviy fanlar deb atadi. Ushbu fanlarni o'rgatuvchi o'qituvchini har tomonlama mukammal bilimga va tajribaga ega bo'lishi lozimligini ta'kidlaydi.

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy (973 - 1048) Sharq Uyg'onish davrining qomusiy olimlaridan biri, tarbiyashunos olim, umumjahon tabiiy-ilmiy va ijtimoiy fanlar rivqjiga ulkan ta'sir ko'rsat-gan buyuk aql-zakovat sohibidir. Alloma asarlarida ta'lim-tarbiya birligi va axloq masalalariga yetuk tarbiyashunos olim sifatida yondashgan, chunonchi, "Minerologiya", "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar", "Hindiston" kabi asarlarida pedagogika va psixologiyaga oid noyob fikr-mulohazalarini va ma'rifiy-didaktik qarashlarini bayon etdi. Bolalarni maktabda o'qitish va tarbiyalash jarayonida dunyoviy fanlarni bir-biri bilan bogiab turli mavzularda mulohazalar yuritishni ta'kidlab: "Bizning maqsadimiz o'quvchilarni toliqtirib qo'ymaslikdir, bir raavzuni qayta-qayta takrorlab o'qib berish o'quvchini zeriktiradi, xotirasini susaytiradi.

Abu Ali ibn Sino (980-1037) o'z asarlarida inson kamolotida uch narsa — irsiyat, muhit, tarbiya muhim rol o'ynashini ta'kidlab, bunda mudarrislar bolalarga ta'lim berishdek mas'uliyatli burchni bajarib, shu uch holatga javobgarlik hissi bilan yondashishini uqtiradi va mudarrislarga faoliyatda muvaffaqiyatga erishish garovi bo'lgan quyidagi tavsiyalarni beradi:

l)bolalar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo'lish.

2)berilayotgan bilimning o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishiga e'tiborni qaratish.

Abul-Qosim Mahmud Ibn Umar Az-Zamaxshariy (1075-1144) jahon ilm-fani va madaniyatiga salmoqli hissa qo'shgan mashhur olim va adibdir. U o'z asarlarida halollik va pokizalikni, ilmga muhabbatni, mardlik va olijanoblikni ulug'laydi. Ulug' mutafakkir "Navobig' ul-kalim" ("Nozik iboralar") asarida kishilar ilmli bo'lish, o'qitish, yozish bilan hosilu mukammal bo'ladi, olim kishi oqil, bilimdon va chiroyli xushxat yozuvga ega bo'lsa, bu uning kamolotga yetganligidan dalolat-dir, deydi.

Shay x Muslihiddin Sa'diy Sheroziy XIII asrda Eronda yashab ijod qilgan yirik shoir va mutafakkirdir. U faylasuf-shoir bo'lishi bilan birga tajribali murabbiy ham bo'lgan. Shoir "Guliston" asarida o'z davri mudarrislarini turli toifaga bo'lib, ularni ta'riflaydi. Qattiqqo'l o'qituvchilarni "..basharasi tirishgan, till zahar, yomon xulqli, odamlarni ranjitadigan, gadoy tabiatlik, ochko'z, uni ko'rishi bilan shogirdlarining kayfiyati uchar" shogirdlar undan bilim va tarbiya ololmaydilar.

Alisher Navoiy (1441-1501) ijodida muallimlarga munosabat alohida berilgan. Uning fikricha, har bir inson o'ziga ta'lim va tarbiya bergan ustozini, o'qituvchisini umrbod hurmat qilishi va uni e'zozlashi kerak. O'qituvchi mehnatini har qanday xazina bilan o'lchab boimaydi:

Haq yo'linda kim senga, bir harf o'qitmish ranj ila, Aylamak bo'lmas ado, oning haqqin yuz ganj ila.



  1. Liberal uslubning o’qituvchi faoliyatida namoyon bo’lish xususiyatlari.


Liberal uslub asosida faoliyat olib boruvchi o'qituvchi xususiyatlariga sho'rolar zaraonidan qolgan taiim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlar mujassamlashgan. O'qituvchining pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlar mavjud:

- tashabbussiz, eski qolipda pedagogik faoliyat olib boradi; -sinf jamoasining tarbiyaviy faoliyatiga aslo aralashmaydi; -taiim-tarbiyaga oid muammolarga yuzaki qarab chiqadi;

-o'z mustaqil fikriga ega emas, javobgarlikdan o'zini olib qochadi;

- o'quvchilarga berilgan topshiriqlarning natijalari bilan qiziqmaydi;



- o'quvchilar kelajagiga, taqdiriga e'tiborsiz, beg'am qaraydi; -o'z pedagogik faoliyatiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo'ladi. Biroq, yillar o'tib. zamonlar o'zgargan sari, XXI asrda jamiyatning
ijtimoiy talablaridan kelib chiqib, o'qituvchining xulq-atvori, pedagogik va psixologik bilimlar saviyasi, o'z kasbiy faoliyatiga nisbatan muno-sabati, pedagogik va axborot informatsion texnologiyalarini puxta o'zlashtirish saviyasi ham o'zgarmoqda. Shu sababli, o'qituvchilar o'z bilim va tafakkurlari nuqtai nazaridan kelib chiqib, sinf jamoasini bosh-qarishning turli shakl va metodlarini amalda qo'llamoqdalar. Sinf jamoasining har qanday boshqaruv uslubi o'qituvchi muloqoti asosida tashkil etiladi. Muloqotdan kutilayotgan natija, tarbiya asosida o'quvchining ongini va tafakkurini boyitish va o'zgartirishdir.


  1. Tayanch tushunchalarga izoh bering: mahorat, qobiliyat, pedagogik texnika, kommunikativlik, emotsiya, persepsiya 

Mahorat – bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o‘rganadi.

Qobiliyat – insonning individual salohiyati, imkoniyatlari

pedagogik texnika – o’qituvchining o’quvchilarga shaxsan ta'sir o’tkazish usullarining yig’indisidir.

kommunikativlik – bu ơqituvchining aloһida xususiyati bơlib, unda ơquvchilar va һamkasblari bilan ơzaro һamkorlik muloqoti nazarda tutiladi.

emotsiya – (frans. lot. — larzaga keltiraman, hayajonlantiraman) — odam va hayvonlarning tashqi va ichki qoʻzgʻatuvchilar taʼsiriga nisbatan subʼyektiv reaksiyalari

persepsiya –
Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling