13-ma’ruza: Etnonimlar va ularning maʼnosi Reja


Download 22.97 Kb.
bet1/6
Sana03.02.2023
Hajmi22.97 Kb.
#1149100
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-ma\'ruza


13-ma’ruza:
Etnonimlar va ularning maʼnosi
Reja:

  1. Etnonimlar haqida ma’lumot.

  2. Etnonimlar maʼnosi.



Tayanch tushunchalar: etnonim, etnotoponim, gidronim, gidronimiya, oronim, oronimiya, oykonim, oykonimika, oykonim yasalishi, toponimika, so‘z yasalishi, geografik o‘rin, geografik obyekt, geografik qonuniyat, geografik atama, geografik nom, xususiy geografik tushuncha, atoqli ot, toponimlar tarkibi, asos, qo‘shimcha, yasama etnonim, tub etnonim, yasama etnotoponim, tub etnotoponim.


Etnonimlar haqida ma’lumot. Insoniyat biologik jihatdan bir butun boʻlsa ham umumiy sotsiologik qonunlar asosida taraqqiy eta borib, son-sanoqsiz guruhlarga bo‘lingan. Yer sharida kishilarning xilma-xil guruhlari, jamoalari, mavjud. Ikki kishini ham bir jamoa, shu bilan birga butun bir mamlakat aholisini ham bir jamoa deyish mumkin. Jamoalar juda katta va juda kichik hududni ham qamrab olishi mumkin. Urug‘lar, qabilalar eng qadimiy jamoalardir. Jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida vujudga kelgan qabila, elat, xalq, millat kabi jamoalar etnik birlashmalar, ya’ni etnoslardir.
Qabila nima? Qabila sinfsiz jamiyatdagi etnik birlik va ijtimoiy tashkilot tipidir. Qabila a’zolari bir-birlari bilan qon-qardosh bo‘lgan hamda urug‘ va boshqa mayda guruhlarga boʻlingan. Qabila a’zolari muayyan birlikka ega umumiy hududda yashashgan, iqtisodiy birlikka ega bo‘lishgan. Ya’ni jamoa bo‘lib ov qilishgan, bir-birlariga yordamlashishgan, yagona til (sheva)da gaplashishgan. Jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida qabilalar birlashib elat hosil qiladi. Qabilachilik qoldiqlari sinfiy jamiyatda ham saqlanib qolishi va quldorlik, feodal va kapitalistik munosabatlar bilan qo‘shilib ketishi mumkin.
Shunday qilib, elat kishilarning til jihatdan hududiy, iqtisodiy va madaniy birligi bo‘lib, millatdan oldingi sanaladi. Elatlar qabilalar ittifoqi vujudga kelgan davrda tarkib topa boshlagan. Bunda qabilalar bir-birlari bilan asta-sekin aralashib, qon-qardoshlik aloqalari o‘rnini hududiy aloqalar egallay boshlagan. Elatlar odatda kelib chiqishi va tili bir bo‘lgan bir necha qabilalardan yoki ularning birini ikkinchisi bosib olishi natijasida aralashib ketgan va tillari turlicha bo‘lgan qabilalardan tarkib topgan. Elatning tarkib topishi jarayonida, uning ayrim guruhlari o‘rtasida aloqalar kuchaygan sari eng ko‘p sonli va eng taraqqiy etgan etnik komponentning tili elatning umumiy tili bo‘lib qoladi; boshqa qabilalarning tillari esa shevalarga aylanadi yoki ba’zan umuman yo‘qolib ketadi. Shu tariqa kishilarning umumiy nom bilan ataladigan hududiy, madaniy va iqtisodiy birligi vujudga keladi.
Kapitalistik munosabatlarning taraqqiy etishi va iqtisodiy hamda madaniy aloqalarning kuchayishi bilan elatlar millatlarga aylanadi.
Millat – kishilarning barqaror tarixiy birligi. U umumiy iqtisodiy turmush hamda til, hududiy birligi, madaniyat, ong va psixologiyaning o‘ziga xosligi zaminida qaror topgan ijtimoiy taraqqiyot shaklidir. Millat qon-qardosh va qardosh bo‘lmagan qabila, irq va xalqlardan shakllanadi. Millatlarning iqtisodiy va siyosiy birlashishi elatlarning yozma adabiy tili va xalq og‘zaki tilining yaqinlashishi negizida yagona milliy tilning paydo bo‘lishiga olib keladi. Shevalar o‘rnini asta-sekin milliy til egallaydi.
O‘zbek elati turli urug‘ va qabilalardan ilk o‘rta asrlarda shakllana boshlangan. Oktyabr to‘ntarishidan oldingi o‘zbeklar tarkibiga kirgan barlos, nayman, saroy, qo‘ng‘irot kabi urug‘-qabilalar o‘z navbatida, bir qancha to‘p, tira, shox, avlod, qavm kabi tarmoqlarga bo‘linadi. Ana shu har bir boʻlimning o‘z nomi bor. To‘p, to‘par, shox, tira, jamoa, toifa, avlod, qavm, urug‘, qabila, elat, xalq, millat nomlari etnonimlar deyiladi. Etnonim yunoncha etnos ~ «xalq» va onim - «nom» so‘zlaridan tarkib topgan. Etnonimlar majmuyi etnonimiya, etnonimlarni o‘rganadigan fan etnonimika deyiladi.
Etnonimlar etnonimika, etnografiya, tarix, tilshunoslikning hali yaxshi o‘rganilmagan sohasi bo‘lib, xalqlar, millatlar etnogenezini yanada chuqur tahlil qilishga katta yordam beradi.

Download 22.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling