13-mavzu: oila tarbiyasnining pedagogik asoslari. Tarbiyaviy ishlarni loyihalashtirish. Tarbiyalanganlikni tashxis qilish metodikalari. Reja


Download 36.34 Kb.
bet4/11
Sana10.11.2021
Hajmi36.34 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ta’lim mazmuni haqida tushuncha. Davlat ta’lim standartalari 

Ta’limning  mazmuni  uning  maqsadidan  kelib  chiqadi.  Ta’limning  mazmuni  deganda, 

o‘quvchilarning  bilish  jarayonida  egallab  olishi  lozim  bo‘lgan  hamda  tizimga  solingan  bilim, 

malaka va ko‘nikmalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi. 

Ta’limning mazmuni bir qator ehtiyojlarni hisobga olish bilan belgilanadi: 

a) ijtimoiy ishlab chiqarishning eng zarur ehtiyojlari, ijtimoiy tuzumning xususiyatlari

b)  davlatning  xalq  ta’limi  va  muayyan  turdagi  o‘quv  yurti  oldiga  qo‘yadigan  maqsad  va 

vazifalari; 

v)  o‘qitish  qoidalaridan  kelib  chiqadigan  va  o‘quvchilarning  imkoniyatlarini  (yosh 

imkoniyatlari va boshqalar) e‘tiborga oluvchi didaktik talablar. 

Maktablarda beriladigan ta’limning mazmuni tarixiy va sinfiy xususiyatga egadir. Jamiyat 

tarixiy  taraqqiyotining  hamma  bosqichlarida  maktablarda  yoshlarga  beriladigan  ta’limning 

mazmuni, hajmi o‘sha ijtimoiy tizimning iqtisodiy talab va ehtiyojlari, fan va texnika taraqqiyoti 

darajasi bilan belgilab kelingan. 

Ta’lim tizimi sifatida – davlat muassasalari va boshqarish organlarining majmuasi bo‘lib ular 

doirasida  insonni  tarbiyalash  jarayoni  amalga  oshiriladi.  Shu  tariqa  ta’lim  doimo  bir  yula 

tarbiyalash jarayonini ham, o‘qitish jarayonini ham ifodalaydi. 

XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlariga kelib, pedagogika tarixida «maktabda 

beriladigan ma’lumotning mazmunini bola xohishiga bo‘ysundirish» ga qaratilgan nazariya keng 

yoyildi. Mazkur nazariyaning ko‘zga ko‘ringan vakili Amerikalik faylasuf –pedagog Jon Dyudir. 

Uning  qarashicha  maktab  azaldan  mavjud  bo‘lgan  tabiiy  layoqatlarni,  qiziqish  va  odatlarni 

rivojlantirishga  xizmat  qilmog’i  lozim.  Shunday  ekan,  maktablarda  hamma  o‘quvchilar  uchun 

umumiy  bo‘lgan  o‘quv  rejasi  va  dasturlarning  bo‘lishi  ham  shart  emas,  balki  alohida-alohida 

shaxslar layoqatiga moslangan ma’lumotlar berilishi lozim. 

1917  yilgacha  bo‘lgan  davrda  O‘zbekiston  hududida  VII-VIII  asrlardan  beri  davom  etib 

kelgan  eski  –  «usuli  qadmiya»,  XIX  asrning  oxiri  va  XX  asr  boshlarida  paydo  bo‘lgan  «usuli 

savtiya» maktablari, xat –savod o‘rgatadigan diniy maktablar bo‘lgan.  

1905 yildan so‘ng, o‘lkaning  ba’zi shaharlarida «jadid» maktablari paydo bo‘la boshladi. 

Shunday qilib, maktablarning hammasi o‘sha ijtimoiy tuzum-muhit talablaridan kelib chiqdi va 

shu davr iqtisodiy, ma’naviy maqsadlari uchun xizmat qildi. 

Hozirgi  zamon  maktablarida  ta’limning    mazmuni  umuminsoniy  fazilatlarga  ega  bo‘lgan 

iymonli, e‘tiqodli, bilimli yoshlarni tarbiyalab berishdan iboratdir. 




Download 36.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling