13-mavzu: oila tarbiyasnining pedagogik asoslari. Tarbiyaviy ishlarni loyihalashtirish. Tarbiyalanganlikni tashxis qilish metodikalari. Reja


Ilmiylik,  zamonaviylik  va  yakuniy  natijani  kafolatlanganlik  prinsipi


Download 36.34 Kb.
bet8/11
Sana10.11.2021
Hajmi36.34 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ilmiylik,  zamonaviylik  va  yakuniy  natijani  kafolatlanganlik  prinsipi  tajribada 

sinalgan,  yaxshi  natija  berishga  mos  bo'lgan  ta'lim-tarbiyaning  shakl,  metod,  vositalari  faol 

metodlarini  doimiy  ravishda  ilmiylikka  yo'llashni  talab  etadi.  O'qituvchi-tadqiqotchi  uzluksiz 

izlanishi didaktik ma'lumotlarni oqilona qo'llash malakasiga ega bo'lishi mumkin. 

 

O'zbekiston  Respublikasining  “Ta'lim  to'g'risida”gi  qonunida  ta'lim-tarbiyaning 



insonparvarlik  va  demokratik  xarakterda  bo'lish  prinsipi  mavjud.  Bu  prinsip  pedagogik 

texnologiyalar tizimida ta'lim-tarbiyada o'quvchi manfaatining ustivorligini ta'minlash prinsipini 

joriy etishni taqozo qiladi. Shunga asosan o'quv tarbiya jarayonida ko'proq o'quvchining mustaqil 

o'qishi,  mutoala  qilishi,  tahlili  qilishiga  e'tibor  qaratilmog'i  talab  etiladi.  O'quvchilar  bilim, 

ko'nikma, malakalarini egallashlarida ularni ng qiziquvchanligini, tashabbuskorligini uyushtirish 

pedagogik texnologiyasin ing yo'nalishlaridandir. O'qituvchi – o'quvchi faoliyatini tashkil qilish, 

mustaqil o'qish, fikrlash, tahlil qilish, qo'llash ko'nikmalarini tarbiyalashi lozim. 

 

Yangi  pedagogik  texnologiya  zamonaviy  talab,  ehtiyojlardan  kelib  chiqib,  texnologik 



jarayon xususiyatlariga asoslanadi. Ma'lumki davr, taraqqiyot ishlab chiqarish o'zgarib, rivojlanib 

borish xususiyatiga ega. Mavjud texnologiyalar maxsulot turiga qarab ishlab chiqarish qurollarini, 

ishchi o'rinlarini o'zgartirishga majbur bo'ladi va u zudlik bilan o'zgartiriladi. Texnologiyaning bu 

sifat  ko'rsatgichi  egiluvchanlik  deb  ataladi.  Ta'lim  tarbiyada  ham  davrning  o'zgarishi, 

taraqqiyotning  yangi  bosqichga  o'tishi  munosabati  bilan  ta'lim  va  tarbiyaning  maqsadi  va 

vazifalarining o'zgarishiga olib keladi. Bu o'zgarish o'z navbatida ta'limning mazmuninishaklini

metodlarini,  vositalarini  o'zgarishiga  olib    chiqdi.  Bu  yangi  pedagogik  texnologiyaning 

egiluvchanlik  prinsipining  asosini  tashkil  qiladi.  Shunday  qilib  yuqorida  izohlangan  pedagogik 

texnologiya  prinsiplari  ta'lim  muassasalarida  ta'lim  tarbiya  jarayonini  ilmiy  asosda  qurishga, 

o'quvchilarning ma'lumotlarni  mustaqil o'zlashtirish, tahlil qilish, shaxsiy mulkiga  aylantirishga 

va shu asosda shaxsiy sifatlarni shakllantirishga yordam beradi. Demak ta'lim-tarbiya jarayonining 

tarkibiy  qismlari  (maqsad,  mazmun,  shakl,  metod  vorsitalari)  ga  yaxlit  holda  yondashilsa 

pedagogik texnologiyalar o'z muddaosiga erishadi. 


Download 36.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling