13-mavzu: oila tarbiyasnining pedagogik asoslari. Tarbiyaviy ishlarni loyihalashtirish. Tarbiyalanganlikni tashxis qilish metodikalari. Reja


 O'qitish jarayonini  loyihalash va loyihalash bosqichlari


Download 36.34 Kb.
bet9/11
Sana10.11.2021
Hajmi36.34 Kb.
#440149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5192914978998325992
2 5192914978998325992
4. 4. O'qitish jarayonini  loyihalash va loyihalash bosqichlari 

 

O'quv mashg'ulotini loyihalashtirishda o'qituvchi, avvalo, o'qitish jarayonini tahlil qilishi, 



o'quvchilarni  mustaqil  fikrlash,  mustaqil  o'qish  bilimlarni  ijodiy  tahlil  qilishga  o'rgatishi, 

o'zlashtirilgan  bilimlarni  ko'nikmalarga  aylantirish  uchun  o'quv  mavzulari  bo'yicha  metodik 

tizimni yaratadi, o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma, malakalar mazmunini ishlab 

chiqadi. Yaratilgan metodik tizim va ma'lumotlar mazmuni yordamida o'quvchi tasavvur qilishi 

lozimlilarning  o'quv-biluv  faoliyatini  tashkil  etadi  va  o'quv  mashg'ulotlari  uchun  bilish 

faoliyatining tashkiliy shakllari (nazariy dars, amaliy mashg'ulot)ni maqsadga mos tanlaydi va uni 

echishga yo'llaydi.  

 

O'qitish  yoxud  o'rgatuvchi  faoliyati,  bilim  oluvchilar  faoliyatlarini  boshqarish,  ya'ni 



o'quvchilarning o'quv ishlarini uyushtirish, ularning bilish jarayonlariga rahbarlik qilish, nazorat 

uyushtirish, ma'naviy axloqiy sifatlarini tarkib toptirishni nazarda tutadi. 

 

O'qitish  jarayonining  bu  ikki  elementi  bir  maqsad:  ta'limning  xilma-xil  vositalari  va 



metodlaridan foydalanib, o'quv tarbiya ishlarini takomillashtirish, ijtimoiy buyurtmani hal etishga 

qaratilgan.  Shunga  ko'ra  bu  jarayonda  shaxsning  qobiliyatlari,  fazilatlari,  ma'naviy  axloqiy 

sifatlari,  bilish  qobiliyatlari  rivojlanadi,  bo'lajak  kasb  egalarida  tashabbuskorlik,  ijodkorlik, 

tadbirkorlik, ishbilarmonlik rivojlanadi va o'quv mehnati madaniyati tarbiyalanadi. 

 

Mazkur  jarayonning  samarali  bo'lishi,  ijtimoiy  buyurtmaning  aniq  hal  bo'lishi  va 



ko'zlangan  maqsadga  erishish  uchun,  o'qitish  jarayonini  loyihalash,  ya'ni  ta'lim  jarayoniga 

pedagogik  texnologiyani  tadbiq  etish  talab  qilinadi.  Zero,  “Pedagogik  texnologiya  metodining 

o'ziga  xos  xususiyati  shundaki,  unda  ta'limning  rejalashtirilgan  maqsadga  erishishni 

kafolatlaydigan o'quv bilish jarayoni loyihalashtiriladi. 

 

Xo'sh  loyiha  nima?  O'quv  loyihasi,  o'qitish  jarayonini  loyihalashtirish  deganda  nima 



nazarda tutiladi ? 

 

Loyiha  (lotincha  projectus  –  oldinga  tashlangan)  –  tasvir,  asoslanma,  aniq  hisob  kitob, 



chizmalar shaklida  aks ettirilgan g'oya, ma'lumotning mohiyatini ochib beruvchi, ularni amalga 

oshirishning aniq yo'llarini belgilab beruvchi g'oyalar, fikrlar, obrazlardir. 

 

O'quv  loyihasi  –  ahamiyatga  molik  nazariy  yoki  amaliy  muammolarni  ta'lim  oluvchilar 



tomonidan  amalga  tadbiq  qilishning  tadqiqotchilik,  izlanuvchanlik,  ijodkorlik  ish  turidir. 

O'qitishni loyihalash esa ta'limning umumiy maqsadi, mazmuni o'quv maqsadlari o'qish, o'qitish, 

o'zlashtirishni baholash, tuzatishlar kiritishdir. 

 

Demak, o'qitish jarayonini loyihalash uchun ijtimoiy buyurtma sifatida ta'limning umumiy 



maqsadlari  asosida,  o'quv  maqsadlarini,  buning  uchun  o'qish  va  o'qitishni,  o'zlashtirishni 

rejalashtirgan  holda,  o'qish  natijalarini  kafolatlash  tizimini  ishlab  chiqish  lozim.  Shunday

 

qilib, pedagogik texnologiyada o'quv mazmuni asosida o'zlashtirish natijalarini kafolatlash 



uchun,  o'quv  maqsadlari  oydinlashtiriladi  va  o'quv  mashg'ulotlari  loyihalashtiriladi.  Buni  qayta 

takrorlanadigan,  tiklanadigan  tuzilma  deb  qaraydigan  bo'lsak,  unda    o'quv  jarayoni  ma'lum 

modullar, birliklardan iborat bo'ladi, ular umumiy holda ushbu modullar, birliklarning qo'shilishi 

asosida  yagona  va  yaxlit  mazmunga  keltiriladi.  Bunga  eng  muhimi,  takrorlanadigan, 

qaytariladigan va tuzatishlar kiritilgan, ilmiy asoslangan teskari aloqaning mavjudligidir.  

 

Ma'lumki, o'quv jarayoni 3 ta bir-biri bilan bog'liq o'qitishning tarkibiy qismlaridan tashkil 



topgan. 

1. Motivlar. (M) 

2. O'quvchining o'qish faoliyati. (O'F) 

3. O'qituvchining boshqaruvchilik faoliyati. (B) 

 

Shunday  qilib,  o'quv  jarayonini  quyidagi  formula  tarzida  ifodalash  mumkin. 




Download 36.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling