13-mavzu. Ommaviy axborot vositalari


Download 496.48 Kb.
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi496.48 Kb.
#206596
  1   2   3   4   5
Bog'liq
13 мавзу (1)


13-MAVZU. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI



O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lar,

Bilim qayda bo‘lsa, buyuklik bo‘lar.

Yusuf Xos Xojib

Mamlakatimizda istiqlolning ilk yillaridan demokratik huquqiy davlat qurish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, ushbu sohani liberallashtirish O‘zbekistonda demokratik, huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilandi. 1991-yili O‘zbekistonda 395 ta OAV faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugun ularning soni 1437 taga yetdi. Ayni vaqtda, mavjud nodavlat bosma OAV jami bosma OAVning 62,7 foizini tashkil etmoqda. 1990-yilda 9 nashriyot bor edi, bugun ularning umumiy soni 112 ta. Yaratilayotgan imkoniyatlar tufayli matbaa korxonalarining soni ham yil sayin ortib bormoqda: 1990-2019-yillardagi bosmaxonalar soni 149 tadan 1719 taga yetdi.

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari uchun turli imtiyozlar belgilashga qaratilgan qonunchilik tobora takomillashtirilmoqda. Xususan, 2011-yil 30-dekabrda qabul qilingan  “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklari berish to‘g‘risida”gi qaror buning yorqin isbotidir. Mazkur qaror axborot sohasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha OAV imkoniyatini kengaytirib, iqtisodiy asoslarini mustahkamlamoqda. Zero, iqtisodiy erkin, baquvvat va mustaqil ommaviy axborot vositalari jamoatchilikka tahliliy, tezkor va xolis ma’lumot yetkazib berish imkoniga ega.



YUNISEF bilan hamkorlikda ona va bola salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar ommaviy axborot vositalarida har tomonlama va sifatli yoritib borilmoqda. “Sog‘lom bola yili” va bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning 25 yilligi munosabati bilan bola huquqlari muhofazasiga bog‘liq masalalarni yoritishda ommaviy axborot vositalari salohiyatini kuchaytirish loyihasi amalga oshirildi. Mazkur loyiha doirasida  o‘tgan yilda 1400 dan ortiq hududiy jurnalistlar ishtirokida 70 seminar-trening va davra suhbatlari tashkil etildi. Umuman, xorijiy ekspertlar ishtirokida 30 dan ziyod seminar-treninglar, davra suhbatlari va anjumanlar tashkil etilib, ularda besh yuzdan ortiq axborot xizmatlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

2015-yilda “O‘zbekistonda Internet jurnalistikasini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika konferensiyasi o‘tkazilgani ayni muddao bo‘ldi.  Buning natijasida fond yuqori malakali jurnalist, tahlilchi va sharhlovchilar tayyorlash, nufuzli xalqaro media kompaniyalar, xorijiy hamkasblar bilan samarali ijodiy aloqalar o‘rnatish, yosh mutaxassislarning kasb mahorati va tajribasini oshirish borasida izchil ishlarni amalga oshirdi.

Ko‘z o‘ngimizda yangi axborot jamiyati shakllanmoqda. Axborot strategik va iqtisodiy resursga aylanmoqda. Axborot jamiyatining taraqqiyoti davlatlarning barqaror iqtisodiy rivojini ta’minlash, fuqarolarning turmush darajasini oshirish, mamlakatlar va mintaqaviy birlashmalar taraqqiyotining muhim va ustuvor sharti sifatida belgilanmoqda. Bugun media-makonda axborot jurnalistik faoliyatning yangi turi – onlayn jurnalistikaning rivojlanib borayotganini inkor etib bo‘lmaydi. Uning kelajakdagi istiqboli mamlakatdagi demokratik islohotlar, bozor munosabatlari va ta’lim sohasidagi islohotlarga bevosita bog‘liq. Internet jurnalistikasi bugun o‘zining ilk taraqqiyot bosqichlarini boshidan o‘tkazmoqda. Bu jurnalistlarga taklif etilayotgan cheksiz imkoniyatlar beruvchi texnologiyalar orqali namoyon bo‘layotir.

Bugun hayotning o‘zi OAV oldiga fikrlar xilma-xilligi, mamlakatimiz va xorijda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarni hisobga olgan holda, xalqimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiq va oshkoraligini yanada to‘liq ta’minlash, O‘zbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan tashqi hamda ichki siyosatni yanada faol yoritish vazifasini qo‘ymoqda. Buning uchun mamlakatimizda barcha shart-sharoit yaratilgan. Bunday keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan va fuqarolik jamiyatining muhim institutlaridan biri hisoblangan O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari bugungi kunda jamoatchilik fikrini ifoda etadigan, hayotimizning barcha jabhalarini yanada demokratlashtirish yo‘lida harakatga keltiruvchi kuch bo‘lishi, mamlakatimizning har bir fuqarosi Vatanimiz taqdiri uchun o‘z mas’ulligini his etgan holda el-yurtimizning yanada ravnaq topishiga hissasini qo‘shishga intilishiga ko‘maklashishi lozim.




Download 496.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling