13-mavzu. O'simliklarning gullash va changlanishini o'rganish


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana02.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1147154
  1   2
Bog'liq
3-maruza (1)





Gulli o‘simliklarning gullash jarayoni turlichadir. 
Кo‘pchilik shamol bilan changlanuvchi o‘simliklar
novdasida dastlab gul hosil bo‘lib keyinchalik barg 
paydo bo‘ladi. (Bodom, tog‘olcha, shaftoli, o‘riq).
Кo‘pchilik bargini to‘kadigan o‘simliklarda (qayin,
emanda) barg va gul hosil bo‘lishi bir vaqtning 
o‘zida ro‘y beradi. Ayrim o‘simliklar guli ertalab 
ochilsa, noqulay ob-havo sharoitida yopilib qoladi 
(kanop, shafran). Durman, tamaki gullari kunduzi
yopiq bo‘lsa, kechasi ochilib turadi. To‘pgullarda gul 
ochilishi ham turlicha. Masalan: shingil, to‘pgulda 
pastki gullar yuqoriga qarab ochilib borsa,
murakkab boshoqda o‘rtadan gulning uchiga va
asosiga qarab ochiladi. Murakkab gullarda
savatchaning chetidan o‘rtasiga qarab ochiladi.




G‘o‘zada dastlab pastki gullar ochilsa vegetatsiyaning 
oxirida poyaning uchidagi gullar ochiladi.
O‘simliklarning gullash davri ham turlichadir. Masalan: 
olma, nok, olxo‘ri, pista kabi o‘simliklar 6-12 kun
gullaydi. G‘o‘za esa bir necha oy davomida gullaydi.
Limon o‘simligi qulay iqlim sharoitida muntazam 
gullab boradi. Gul hosil qilish o‘simlikning turiga
bog‘liqdir. Masalan: qayin 10-12 yildan keyin shaftoli
3-5, jo‘ka 20-25, eman 80-100 yoshida gul hosil qilish
xususiyatiga ega. Gul hosil qiluvchi kurtaklar yozda
hosil bo‘lib, qishlab bahorda gul hosil qiladi. 2. Gul 
yetilganidan keyin changdonda yetilgan changning 
onalik umshuqchasiga tushishi changlanish deb ataladi. 
Changlanishni quyidagi 2 ta usuli mavjud.

1. O‘z-o‘zidan changlanish.

2. Chetdan changlanish




Tabiatda ko‘pchilik o‘simliklar kleystogamli gullar hosil
qilsa (Yopiq gullaydigan gullar), ayrimlari xaziogamli
(ochiq gullovchi) gullar hosil qiladi. Masalan:
yeryong‘oqda tuproq yuzasidan yuqori qismida
xaziogamli gul hosil qilsa, tuproq ostida kleystogamli gul 
va meva hosil qiladi.O‘simliklarning o‘z-o‘zidan
changlanishi Ch. Darvin tomonidan 27 yil davomida 
o‘rganilgan. Natijada u shunday xulosaga kelgan: Chetdan 
changlanish

nasil sifatini yaxshilanishiga olib keladi. Hashoratlar
yordamida changlanuvchi o‘simliklar entomofil
o‘simliklar

deyiladi. O‘simliklarning hashoratlar yordamida
changlanishi tabiatning eng muhim xususiyati
hisoblanadi. Changlanishda asalari, kapalak, pashsha,

qo‘ng‘iz, chumoli va boshqa hashoratlar muhim rol
o‘ynaydi. Nektar tarkibi 25-95% suv, 3-72% glyukoza va 
tamli shakarga to‘g‘ri keladi.



Shiradonlar gulning gulqo‘rg‘on qismida joylashgan bo‘lib

hashoratlarni gulning ichiga kirishiga majbur qiladi. Chang
yuzasining g‘adirbudur va yopishqoqlik xususiyati ularga
yopishib boshqa gulga borganda changlanish jarayonini amalga 
oshiradi. Changning ko‘pchilik hashoratlar uchun ozuqa
bo‘lishini magnoliya, lolaqizg‘aldoq, pion, itburun kabi 
o‘simliklar misolida ko‘rish mumkin. Кo‘pchilik gullarning
gulkosa va gultojibarglari, changchi va urug‘chilari ham o‘ziga
xos rangga ega bo‘lib xasharotlarni jalb qiladi. Xasharotlarni jalb 
etishda guldagi efir moylar hisobiga hosil bo‘lgan hid ham 
muhim rol o‘ynaydi. Gulda hid hosil bo‘lishi indol, ammiak, 
benzol moddasi bilan bog‘liqdir. Shamol vositasida
changlanuvchi o‘simliklarni Anemofil o‘simliklar deyiladi. 
Bunday usulda changlanuvchi o‘simliklarga quyidagi daraxt va 
o‘tsimon o‘simliklar kiradi; qayin, eman, yong‘oq, terak, tol,
o‘t o‘simliklardan g‘allaguldoshlar, sho‘raguldoshlar, 
zubturumdoshlar oilasi vakillari.




Shamol yordamida changlanuvchi o‘simliklar cheksiz
chang hosil qiladi. Changlar yengil, quruq va mayda
bo‘lib, shamol yordamida uzoq masofalarga tarqalish 
xususiyatiga ega. Lavlagi changchi 200 m balandlikkacha 
ko‘tarila oladi. Qayin changchi 30-35 km masofagacha
ucha oladi. Bir tup makkajo‘xori 50 mln chang hosil
qiladi. Rogoz o‘simligi changchidan Hindistonda non
va pechene tayyorlansa, Meksikada indeyeslar 
makkajo‘xori changchidan sup tayyorlaydi.

Gullarning bir vaqtda gullashi atmosferada hunchalik
ko‘p chang hosil qiladiki natijada ko‘pchilik odamlarda
nafas yo‘llari allergiyasi kasalini keltirib

chiqaradi. O‘simliklarni chetdan changlanishida
dixogamiya va geterostiliya muhim rol o‘ynaydi.




Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling