13-mavzu. To‘lov topshiriqnomalari (bank o‘tkazmalari) vositasida amalga oshiriladigan halqaro hisob-kitoblar


Download 14.01 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi14.01 Kb.
#215284
Bog'liq
13-mavzu


13-mavzu. To‘lov topshiriqnomalari (bank o‘tkazmalari) vositasida amalga oshiriladigan halqaro hisob-kitoblar

13.1-topshiriq. Takrorlash uchun savollar

1. O’zRda valyutani tartibga solish rivojlanishini muhokama qiling va quyidagi savollarga javob bering:

1) eksport-import operatsiyalari bajarilayotganda valyuta cheklovlarini o’rnatilishi qanday natijalarga olib keladi?

2) O’zRda eksport va import operatsiyalarini nazorat qilishda qo’llaniladigan asosiy choralar qaysi?

3) valyutani tartibga solish choralari mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatga bog’liqmi?

4) O’zRda to’lov balansining joriy operatsiyalari bo’yicha qanday valyutaviy cheklovlar qo’llaniladi?

5) O’zRda kapital harakati bo’yicha qanday valyutaviy cheklovlar mavjud?

6) O’zRda valyuta siyosatining qanday shakli amal qiladi?
13.2-topshiriq. To’lov topshiriqnomasi bo’yicha sxema tuzing.
Bank o’tkazmasi shaklida tijorat operatsiyalari bo’yicha hisob-kitoblar sxemasini tuzing:

1) Eksportyor va importyor tomonidan shartnoma imzolanadi. Shartnomada hisob-kitob shakli va shartlari belgilanadi.

2) Eksportyor bitimda ko’rsatilgan vaqt ichida tovarni jo’natadi.

3) Eksportyor yuk tashuvchi tashqilotlardan transport hujjatlarini oladi.

4) Transport hujjatlarini boshqa hujjatlar to’plami (komplekti) bilan birga importyorga yuboradi.

5) Hujjatlarni olgandan so’ng tovarga egalik huquqi importyorga o’tadi va u o’z bankiga pulni o’tkazish to’g’risidagi arizani taqdim qiladi.

6) Importyorning banki arizaga asoslangan holda to’lovni bajarish topshirig’ini eksportyorning bankiga pochta yoki telegraf orqali uzatish yo’li bilan o’tkazmani amalga oshiradi.

7) Eksportyorning banki to’lov topshirig’ini olgandan keyin uning to’g’ri to’ldirilganligini tekshiradi (agar benefitsiarning nomi, adresi noaniq yoki xato ko’rsatilgan bo’lsa, bank to’lovni bajarmay qaytarib yuborishi ham mumkin) va eksport tushumini benefitsiarning schyotiga o’tkazadi, so’ngra eksportyorga xabar beradi.



15.3-topshiriq. Masalani eching.
Masala

Berilishi:

Muller kompaniya(Germaniya)sini AQSH da filiali mavjud. Amerika filiali 2006 yilda 10 mln. USD daromad olishni ko‘zlayapti, Muller kompaniyasi dollar kursining evroga nisbatan pasayishi riskini olini olish uchun, fyuchers bozorida valyuta riskini qoplanishini ta’minlashga intiladi.

Kompaniya dollarda uzun pozitsiyaga ega.

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

Joriy kurs USD/ EUR: 1,90

1 yillik fyuchers kursi: USD/ EUR: 1,86

1 yillik fyuchers kursi: USD/ EUR:0,5376

Fyuchersdagi asosiy kurs: USD/ EUR:0,5378

2006 yilning dekabrida joriy kurs USD/ EUR: 0.5435

Evroda fyuchers bitimining minimal summasi 125000 EUR

Muller kompaniyasi ko‘zlangan pozitsiyasini qoplashi mumkin, xedjerlashdan voz kechishi ham mumkin.



Aniqlang:

1. Yil oxiriga dollardagi daromadning evroga nisbati, bozordagi valyuta kursi tebranishi o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi. 2009 yilning 31 dekabrda joriy kurs: USD/ EUR =1,85 bo‘lsa, fyuchers bitimi bilan yoki naqd valyuta bozoridan foydalanish afzalligini aniqlang.
Download 14.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling