ILISB

Sana01.01.1970
Hajmi
#133026
Bog'liq
ILISB

  • Mavzu:
  • “Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholash” (2 para)
  • Reja:
    • Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholashning mazmuni va mohiyati.
    • 2. Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashning oddiy (an’anaviy) usullari.
    • 3. Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashning diskontlashga asoslangan usullari.

1. Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholashning mazmuni va mohiyati.

  • Iqtisodiyotni rivojlantirish, aholisiga munosib turmush darajasini ta’minlash yo‘lidan borayotgan har qanday davlatdan investitsiyalarni uzluksiz jalb qilish va yuqori likvidlikka ega bo‘lgan investitsiya loyihalarni amalga oshirish talab etiladi. Dunyo tajribasi ko‘rsatishicha, keng iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish natijalari investitsiyalarni, xususan, turli sohalardagi investitsiya loyihalarini samarali amaliyotga tadbiq etish bilan ko‘proq ta’minlanishi mumkin ekan. Amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining hajmi va miqdoriga qarab iqtisodiyotda yuz berayotgan o‘zgarishlar va siljishlar haqida xulosalar chiqarish mumkin.
  • Umuman, bugungi kunda investitsiya loyihalari to‘g‘risida ko‘plab gapirilmoqda. Investitsiya loyihasi tushunchasining tobora keng qo‘llanilishi, avvalom bor, ushbu yangi atamaning iqtisodiy mohiyatini anglab olish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Odatda, har qanday investitsion tadbirkorlik muayyan maqsadga yo‘naltirilgan, mukammal darajada yaratilgan investitsiya g‘oyasiga asoslanadi. Mukammal darajada shakllantirilgan va asoslangan investitsiya g‘oyasi investitsiya loyihasining qaror topishiga olib keladi.

Инвестиция лойиҳаси

  • “Инвестиция лойиҳаси” тушунчаси икки хил маънода талқин этилади:
  • - муайян мақсадларга эришишни (кўзланган натижаларни ҳосил қилишни) таъминловчи қандайдир фаолиятлар йиғиндисини амалга оширишни назарда тутувчи иш, фаолият, тадбир сифатида тушунилади. Бундай ҳолларда “хўжалик тадбири”, “иш (ишлар йиғиндиси)”, “лойиҳа” терминлари ушбу тушунчаларга мазмунан яқин келади.
  • - қандайдир фаолиятларни амалга ошириш учун зарур бўлган ҳуқуқий-бошқарув ва молиявий-ҳисоб ҳужжатлари тизими ёки бундай фаолиятлар тизимини баён етувчи ҳужжатлар тўплами сифатида қаралади.
  • Иқтисодий адабиётларда, дарслик ва ўқув қўлланмаларда “инвестиция лойиҳаси” иккинчи мазмундаги тушунча сифатида қўлланилади. “Лойиҳа” тушунчаси биринчи мазмун бўйича тушунилади.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling