14-ma'ruza. Ekspert tizimlar turlari, yaratish bosqichlari va sinflari


Download 1.25 Mb.
bet7/20
Sana09.09.2022
Hajmi1.25 Mb.
#803053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
14-ma\'ruza. Ekspert tizimlar turlari, yaratish bosqichlari va si
Toshbuloq haqida, Toshbuloq haqida, Qaraqalpaq20fol60klori20, Yuldashev A 404 B s.f, Yuldashev A 404 B s.f, Alyuminiy gidroksidi, @idum uz Таълим муассасаларининг, 1. 2-илова ММ Комиссия - 04.04.17й, 1. 2-илова ММ Комиссия - 04.04.17й, fizika. ..., Foydali ayyorliklar, Foydali ayyorliklar, 494 have-something-done-test-b1-grammar-exercises englishtestsonline.com (2), JPEG formatidagi rasmlar bilan ishlash, Hamroyeva Farida
Maslahat rejimida ET bilan muloqot natija yoki uni olish usullari bilan qiziquvchi oxirgi foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ta’kidlash kerakki, foydalanuvchi bu muammoli sohada mutaxassis bo`lishi yoki bo`lmasligi mumkin. Maslahat rejimida foydalanuvchi masalasi haqidagi ma’lumotlar MK bilan qayta ishlagandan so`ng ishchi xotiraga kelib tushadi. Yechuvchi ishchi xotiradagi boshlang`ich ma’lumotlar, muammoli sohadagi umumiy ma’lumotlar va BBdagi qoidalar asosida masalaning yechimini faqatgina yozilgan amallar ketma-ketligi bilan bajaribgina qolmay, balki oldindan uni shakllantiradi. Agar foydalanuvchiga tizimning reaksiyasi tushunarsiz bo`lsa, u tushuntirishni talab qilishi mumkin: «Nima uchun tizim bu yoki boshqa savolni beradi?», «Tizimdagi olinadigan javob qanday?».
14.3-rasmda ko`rsatilganidek, dinamik ET arxitekturasini statik ET arxiteturasi bilan taqqoslaganda, unga 2 ta komponent kiritilgan: tashqi dunyoni modellashtirish tizim osti va tashqi olam bilan bog`liq tizim osti. Oxirgisi tashqi olam bilan bog`liq holda datchiklar va tekshiruvchilar (kontroller) orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, statik ETning an’anaviy komponentlari haqiqiy hodisalar olamida ro`y beradigan mantiqiy elementlarni akslantirish uchun yuzaga keladigan o`zgarishlarga chidamli bo`ladi [1-5].
Ta’kidlaymizki, 14.2- va 14.3-rasmlarda ko`rsatilgan ETlar strukturalari faqatgina komponentlarni(funksiyalarni) aks ettiradi va ko`pgina narsalar «kadr ortida» qolib ketadi.



14.3-rasm. Dinamik ETning strukturasi.

5. Bilimlarni tashkillashtirish muammolarining aspektlari


Bilimlarni tashkillashtirish ma’lum darajada tanlangan usul(modeli)ga bog`liq emas.


Bilimlarni tashkillashtirish muammolarining quyidagi aspektlarini ajratamiz:
- namoyish qilish va detallilik darajalari bo`yicha bilimlarni tashkillashtirish;
- ishchi xotirada bilimlarni tashkillashtirish;
- BBda bilimlarni tashkillashtirish.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling