14-mavzu. Gastronomiya turizmini rivojlantirish istiqbollari


Download 0.74 Mb.
bet1/3
Sana04.09.2020
Hajmi0.74 Mb.
#128447
  1   2   3
Bog'liq
14-мавзу Назарий материал


14-mavzu. GASTRONOMIYA TURIZMINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Reja:

14.1. Gastronomiya haqida tushuncha.

14.2. Gastranomiya turizmining turlari, rivojlantirishning maqsadi va vazifalari

14.3. O‘zbekistonda gastronomik turizmning rivojlanishi


14.1. Gastronomiya haqida tushuncha.
Gastronomiya-muayyan mamlakat yoki mintaqaning madaniyati va oziq-ovqat o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadigan fan. Gastronomik tamoyillarga ko‘ra, taom - nafaqat san’at, balki fan hamdir.

Ko‘pincha gastronomiyani taom pishirish (kulinariya) bilan chalkashtirishadi. Taom pishirish (kulinariya) - bu esa o‘z navbatida gastronomik fanning tarkibiy qismi, taom va ichimliklarning yaratilish jarayoni. Gastronom (taom shaydosi) uchun taom – bu nafaqat to‘g‘ri tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarining jamlanmasi va uni chiroyli taqdimoti. Malakali gastronomchi taomni ichidan baholaydi, unga chuqur qaraydi, bu taomning paydo bo‘lishi va yaratilishiga ta’sir ko‘rsatgan madaniy ta’sir, ilmiy va tarixiy faktlarni o‘rganadi va tushuntiradi.



Taom – inson va u yashayotgan jamiyat madaniyatining ajralmas qismi. Milliy oshxonaning o‘ziga xos xususiyatlari esa u yoki bu millat madaniyatining qadimiy ildizlarini o‘zida mujassam etgan. Qandaydir taom yoki ichimlik iste’mol qilar ekan, kishi beixtiyor ma’lum bir millat madaniyati bilan muloqotga kirishadi.

Madaniyatlararo muloqot jarayonida ovqat va tanovul o‘zgani anglash vositasi hisoblanadi. Rus olimi A.I.Kozlovning fikricha, jamiyatda ovqat “tabiiy” va “madaniy”, “insoniy” va “ilohiy”, “o‘z” hamda “o‘zga” kabi tushunchalar orasida ramziy ma’no kasb etadi. Ba’zan birovning “maqbul” taomdan voz kechishi, uning g‘ayrinsoniy xislati sifatida qabul qilinishi ham mumkin. Umuman olganda, oshxona va taom – “o‘zingniki”ni “o‘zga”dan farqlash, “ular” va “o‘zimiz” oramizdagi chegarani aniqlab olish vositasidir (Kozlov A.I. Piщa lyudey. – Fryazino: Vek 2, 2005).


14.2. Gastranomiya turizmining turlari, rivojlantirishning maqsadi va vazifalari
Hozirgi vaqtda gastronomiya turizmining rivojlanishi «milliy iqtisodiyotga ijobiy ta’siri, bandlikni ta’minlash va madaniy meros sifatida har tomonlama tavsif» sifatida Jaxon turizm tashkiloti (JTT) ning doimiy nazoratida hisoblanadi.

Rivojlangan davlatlar tajribasiga ko‘ra, gastronomiya va turizm o‘rtasidagi aloqalar sayyohlar oqimini ko‘paytirishga yordam berishi kuzatilmoqda. Vaholanki, sayyohlikning bu turi kelayotgan mehmonlarning safarini uzaytirishga sabab bo‘ladi.

Mazkur ma’lumotlarni BMTning Butun jahon sayyohlik tashkiloti ham tasdiqlamoqda. Unga ko‘ra, sayohatchilarning qariyb 80 foizi gastronomik tadbirlar taqvimi va mahalliy oshxonalarning xususiyatlarini o‘rganib chiqqandan so‘ng, sayohat rejalarini tuzishadi. SHuningdek, sayyohlarning sayohat davomidagi umumiy xarajatlarining 30 foizi ovqatlanishga sarflanar ekan. Gastroturizm mahalliy madaniyatning asosiy elementi va ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi, bunda asosiy e’tibor Buyuk Ipak yo‘lidagi turistik yo‘nalishlarning turistik takliflarini takomillashuvini va milliy oshxonani rivojlantirishga qaratilgandir»1.

Sayohatga chiqar ekanmiz, biz o‘z oldimizga odatda qator maqsadlarni qo‘yamiz, jumladan, Sinay tog‘lariga ko‘tarilish, Qadimgi Misr va Rim ehromlarini tomosha qilish, Toj Maxalni borib ko‘rish, yoxud dengiz bo‘yida miriqib dam olish kabi maqsadlar bilan birgalikda, muhimi asrlar davomida saqlanib kelgan mahalliy milliy taomlar ta’midan bahra olish va ularni tayyorlanish madaniyati bilan tanishishdan iborat bo‘ladi.



Gastronomik turlarning maqsadi u yoki bu mamlakat oshxonasining xususiyatlari bilan tanishishdan iborat bo‘lib, bunda bir necha tansiq taomlarni tatib ko‘rish yoxud ko‘plab taomlarni iste’mol qilish emas, balki asrlar davomida saqlanib kelgan mahalliy retseptlarni va urf-odatlarni o‘zida jamlagan milliy taomlardan bahra olish va ularni tayyorlanish madaniyati bilan tanishishdan iborat bo‘ladi.

Gastronomik sayohat – bunda sayohatchi u yoki bu mamalakat to‘g‘risidagi tushunchani izohlash bilan birga, milliy taom orqali shu mamlakat xalqining ruhiyatini o‘rganadi va uning mentaliteti haqida ma’lumot oladi. Shunday qilib, gastronomiya turizmi – bu mamlakatlar va qit’alar bo‘ylab sayohat qilish hisoblanib, maqsadi mahalliy oshxona xususiyatlari bilan tanishish hamda kelgan sayyohlarga antiqa taom va mahsulotlardan tatib ko‘rishga imkon yaratadi.




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling