14 mavzu Global iqtisodiyot va ijtimoiy jarayonlar Reja


Dunyo mamlakatlarining inson taraqqiyoti darajasi bo‘yicha guruhlanishi


Download 33.59 Kb.
bet5/5
Sana18.06.2022
Hajmi33.59 Kb.
#763884
1   2   3   4   5
Bog'liq
14 mavzu Global iqtisodiyot va ijtimoiy jarayonlar
123, Четда ўқиётганлар, Четда ўқиётганлар, Йулдашева М, Медицинская этика и медицинская деонтология 201.., My favorite car, !1722-ilova3, Mirkomil.Dasturlash, 1-seminar Ruxiyliq, milliy idish tovoqlardan tuzilgan , Sorawlar Neorganika, lotin tili. 17 dars. Said Ahmad, 1-chorak samaradorlik, 1- mart zulfiya bayonnoma, 8- mart bayoni
Dunyo mamlakatlarining inson taraqqiyoti darajasi bo‘yicha guruhlanishi. BMT Taraqqiyot Dasturi har yili Inson taraqqiyoti to ‘g‘risida ma’ruza nashr etadi va unda dunyo ma lakatlari YuNESKOning Statistika instituti tomonidan maxsus ishlab chiqilgan Inson taraqqiyoti indeksi asosida guruhlarga ajratiladi. Ushbu tasnifga muvofiq mamlakatlar inson salohiyatining rivojlanish darajasiga ko‘ra yuqori, o‘rta va past ko‘rsatkichga ega mamlakatlarga bo'lingan. 2010-yildan boshlab esa mamlakatlar inson salohiyatining rivojlanish darajasiga ko‘ra juda yuqori (49 ta mamlakat), yuqori (53 ta mamlakat), o‘rta (42 ta mamlakat) va past (33 ta mamlakat) ko‘rsatkichga ega mamlakatlarga bo‘linadi.
XXI asrda jahon iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlar mavqeyining ortib borishi sog‘liqni saqlash, ta’lim , transport, aloqa sohalaridagi taraqqiyot va fuqarolarning davlat boshqaruvidagi faolligi bilan kuzatilmoqda. Inson salohiyatining rivojlanishi sohasidagi ijobiy natijalar buning isbotidir. Tahlillar ko'rsatishicha, 1980—2012-yillarda inson taraqqiyoti indeksining o‘rtacha ko‘rsatkichi dunyo bo‘yicha 0,561 dan 0,702 gacha ortgan. Jumladan, qashshoqlikda yashayotgan kishilar ulushi 1981-2008-yillarda 52,2%dan 22,4%ga qadar qisqardi.
Rivojlangan mamlakatlarda «yangi iqtisodiyotining shakllanishi. Rivojlangan mamlakatlarda «yangi iqtisodiyotning» shakllanishi XX asr oxiri XXI asr boshlarida jahon iqtisodiyotidagi eng muhim yo‘nalishlardan biridir. Ushbu hodisaning asosi global bozor iqtisodiyoti hisoblanadi. Biroq, bunday iqtisodiy hodisaning eng muhim jihatini axborot texnologiyalari ifodalaydi. Yangi iqtisodiyot bu — inson kapitalining moddiy-ashyoviy resurslar — yer va kapitalga nisbatan katta ulushga ega boiganligi bilan tavsiflanadigan sohalar majmuyidir. Yangi iqtisodiyot quyidagi sohalarni o‘z ichiga oladi:
- ta’lim;
- axborot-kommunikatsiya bozorlari;
- innovatsiyalam iishlab chiqish;
- yuqori texnologiyalar;
- intellektual xizmatlar.
Yangi iqtisodiyot ba’zida mahsulotni yaratish jarayonida axborotlar va bilimlarning yetakchi o‘rin tutishini e’tiboiga olgan holda «axborotlashgan iqtisodiyot», «bilimlar iqtisodiyoti» yoki «intensiv iqtisodiyot», deb ham ataladi. Yangi iqtisodiyot insoniyat tarixidagi iqtisodiy inqiloblarning (birinchisi — agrar, ikkinchisi — sanoat) uchinchisi — axborot inqilobidan keyin vujudga kelgan. Mutaxassislar ushbu inqilobning rivojlangan mamlakatlarda boshlanish sababini investitsiyalaming umumiy hajmida inson kapitaliga sarflangan investitsiyalar ulushining ortib borishi bilan bog‘laydilar. Ushbu ko'rsatkich rivojlangan mamlakatlarda 1950-2000-yillarda 47-48 %dan 70 %gacha o‘sgan. Rivojlangan mamlakatlarda XX asr boshida moddiy-ashyoviy kapital inson kapitaliga sarflangan investitsiyalardan qiymati bo‘yicha ikki barobar oshgan bo‘lsa, XXI asr boshida bu kapital inson kapitalidan o‘rtacha 1,5 barobarga kamaydi. AQShda ushbu ko'rsatkich 2,4—2,6 barobarga kamaygan. Inson kapitali iqtisodiyot tarkibida tub o‘zgarishlar va yangi sohalarning rivojlanishiga yordam beradi. Rivojlangan mamlakatlar jahon texnologik rivojlanishidagi yetakchi mavqeyini faol innovatsion faoliyat olib borish orqali ta’minlaydi. Ushbu maqsadga erishish uchun rivojlangan mamlakatlar ITTKIga katta miqdorda mablag‘ sarflaydilar. Misol uchun 2010-yilda birgina AQSh ITTKIni rivojlantirish uchun 395,8 mlrd dollar hajmida mablag‘ sarflagan bo’lsa 2020 yili 580.3 mlrd sarflagan.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasining ko‘rsatishicha, faol innovatsion faoliyat davlatning fan-texnika taraqqiyoti sohasidagi yetakchi roli orqali belgilanadi. Davlat ushbu sohadagi milliy ustuvorliklami aniqlaydi, innovatsion rivojlanishga moliyalashtirish va iqtisodiy rag‘batlantirish tizimi orqali faol ta’sir o‘tkazadi. Bundan tashqari davlat tomonidan innovatsion faoliyatda tadbirkorlik sektorining qatnashis'nini rag‘batlantirib borishi natijasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmlarga sarflanayotgan ichki xarajatlarning katta qismi biznes tomonidan ta ’m inlanmoqda. Misol uchun ushbu ko‘rsatkich Yelda 56%ga, AQShda 63%ga, Yaponiyada esa 74%ga teng. IHTT mamlakatlarida korporatsiyalarning umum milliy tadqiqotlar va ishlanmalarga sarflanayotgan xarajatlar tarkibidagi ulushi o‘rtacha 70%ga yaqinlashmoqda.
Iqtisodiy o‘sishning klassik yondashuvini qo‘llagan A.Smit va D.Rikardo ishlab chiqarishning uchta asosiy omilini aniqladilar: mehnat, kapital va yer. Keyinchalik Romer va boshqalar bu ro‘yxatga texnologiyani qo‘shdilar, keyin Rodrik, Robinson va boshqalar, shu jumladan, bir qator olimlar institutlarni o‘z ichiga oldi va nihoyat Xofstede, Xantington va Inglxart madaniyatini qo‘shdi. Uzoq vaqt davomida Ibn Xaldun axloqiy ijtimoiy qadriyatlarni rivojlanishning asosi sifatida qabul qildi.
Iqtisodiy o‘sish iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga olib kelganda, barqaror va inklyuziv bo‘lsa, uning atrof-muhitga ta’siri minimallashtiriladi va Soljenitsinning so‘zlariga ko‘ra, u "halokatli" emas. Bir so‘z bilan aytganda, iqtisodiy o‘sish o‘z-o‘zidan yakuniy maqsad emas, balki barqaror rivojlanishga erishish vositasi hisoblanadi. Garvard universiteti professori D. Rodrikning qayd etishicha, tovar eksporti narxining pastligi, kapital tushishi, remitentlarning kamayishi va rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa, COVID-19 pandemiyasi sharoitida savdoning yomonlashishi ijtimoiy himoyani yanada murakkablashtirdi. Rodrikning fikricha, shu sababli iqtisodiy o‘sishda inklyuzivlik va tengligini ta’minlash birinchi o‘ringa chiqishi kerak. Yana bir Garvard professori M. Endryu ham inklyuzivlik iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblaydi. BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari ham inklyuziv o‘sishni ta’minlashga qaratilgan. 2018 yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan tayyorlangan "Inklyuziv iqtisodiy o‘sish siyosati asoslari"da globallashuv, raqamlashtirish, demografiya va iqlim o‘zgarishi iqtisodiy o‘sish uchun yangi imkoniyatlar ochsada, ular tengsizlik xavfini oshiradi, deb aytadi.
Oldimizda yangi ufqlar ochildi. AQShning sobiq Prezidenti Ronald Reygan "o‘sish uchun katta cheklovlar yo‘q, chunki inson aqli, tasavvur va mo‘’jizalarining chegarasi yo‘q", deb hisoblaydi. Agar bunday bo‘lmaganida, bizning davrimizning boshida jahon iqtisodiyoti 183 milliard dollarni tashkil etgan va bugungi kunda 100 trillion dollardan oshganini hisobga olsak, iqtisodiy o‘sish asosiy masala bo‘lib qolmaydi. Tasavvur qiling, 1820 yilda aholi jon boshiga jahon YaIM 1 102 AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda bu ko‘rsatkich 15 barobar yuqori-15 212 AQSh dollariga yetgan. So‘nggi 50 yil ichida iqtisodiy o‘sish eng yuqori sur’atlarda namoyon bo‘ldi. Mintaqalar va mamlakatlar bo‘yicha iqtisodiy o‘sishning keskin farqlari ko‘zga tashlandi.
Download 33.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling