14-Mavzu. Siyosiy-mafkuraviy ta’limotlari va uning asosiy tamoyillar (Bolshevizm, Liberalizm)


Download 28.05 Kb.
bet1/7
Sana08.01.2022
Hajmi28.05 Kb.
#249857
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14-mavzu maruza matni


14-Mavzu. Siyosiy-mafkuraviy ta’limotlari va uning asosiy tamoyillar (Bolshevizm, Liberalizm)

(Seminar mashgulot)

.Siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi fani tarkiban nazariy va tarixiy yo’nalishdagi tadqiqotlardan iborat bo’lgani uchun ushbu fanda ta’limotlarni yoritish xronologik hamda muammoli usul va vositalar orqali olib boriladi.

Bunday xronologik yondashuv Aflotun, Arastu, Foma Akvinskiy, Kant singari davlat va huquq borasidagi yangi kontseptsiyalarga asoslagan mumtoz mutafakkirlarning g’oyalari, siyosiy ta’limotlardagi ahamiyatli bo’lgan ilmiy oqimlar va qarashlarni yoritishga, ularning paydo bo’lishi va tadrijiy rivojlanishini anglashga yordam beradi. Bu hol u yoki bu nazariy qarashlarning, ta’limotlarning o’ziga xos shakllanish va almashinish jarayonlarini tarixiy jihatdan anik, to’liq va izchil o’rganish imkonini beradi.

Siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixini o’zlashtirishda, materialni shunday izchil xronologik tarzda o’rganish bilan birga, tarixiy-qiyosiy tadqiqot usullarini ham qo’llash katta ahamiyat kasb etadi. Chunki turlicha nazariya va g’oyalarni o’zaro taqqoslab ko’rish bu g’oyalarning umumiy va o’ziga xos xususiyatlari borasidagi bilimlarimizni yanada chuqurlashtiradi, ayni chog’da ularni o’zaro farqlovchi aniqroq mezonlarni ochib beradi.

Siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi mustaqil fan bo’lib, u falsafiy fanlar sirasiga kiradi. Unda ham boshqa zamonaviy gumanitar fanlardagi singari fanning oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarning o’ziga xosligidan kelib chiqqan holda falsafiy va maxsus-ilmiy usullarnig boy vositalaridan foydalaniladi. Bu borada, Fanda rasmiy-mantiqiy, dialektik, tizimli, qiyosiy-tarixiy tadqiqot usullari majmui muhim o’rin tutadi. U yoki bu usul (binobarin, foydalanilayotgan usullar majmui) - bu, shubhasiz birdan-bir maqsad izlangan haqiqat emas, balki bilish yo’li va tadqiqot vositasi xolos. Qo’llanuvchi usulning ilmiy ahamiyati va o’rganish borasidagi qimmati, pirovardida bu usulning fanni o’rganilayotgan ob’ekt haqidagi yangi bilimlar bilan boyitishga, tadqiq qilinayotgan muammolardagi yangi holatlarni kashf etishga, ularni yanada mazmunlirok va teranrok tushuntirishga qanchalik qodirligi bilan belgilanadi.

Bilish usullarining rivojlanishi bilan ichki bog’liklikda bo’lgan ilmiy ta’limotlar taraqqiyoti o’z mohiyatiga ko’ra tarixiy jarayondir. Shu bilan birga ayni biz o’rganayotgan fan (ya’ni siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi) nazariyalar tarixi sifatida bilish usullarining ham o’ziga xos tarixi hisoblanadi. Ayni chog’da bu tarix umuminsoniy, umumbashariy ahamiyatga molikdir. Shuning uchun u bizga ta’lim tizimimizni jahon tsivilizatsiyasining ilg’or yutuqlaridan bahramand qilish imkoniyatlarini beradi. Bunday bahramandlik o’z navbatida, har qanday zug’umlardan xoli, ozod va erkin shaxsni tarbiyalashga, istiqlolcha yangi ong, yangi tafakkur, yangi dunyoqarashni shakllantirishga, eng muhimi - yangi insonni kamol toptirishga muayyan darajada xizmat qilishi shubhasiz.



2. Milliy davlatchilik ildizlari uch ming yillik tarixga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi XXI asr bo’sag’asiga kelib o’z milliy mustaqilligini qo’lga kiritdi. Boy milliy-ma’naviy merosimizni qaytadan kashf etish, o’zlikni anglash, ajdodlarimizdan meros milliy qadriyatlarni, uzoq tarixga ega bo’lgan milliy davlatchiligimiz an’analarini tahlildan o’tkazish kun tartibiga chiqqan dolzarb vazifalardan biri bo’lib qoldi. Milliy qadriyatlardan va ma’naviy-ilmiy merosni zamonaviy umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlashtirish milliy istiqlolni mustahkamlash ishining muhim bir qismidir. Ayni paytda, milliy davlatchiligimiz tarixini, yurtimizda davlat va qonunchilik borasidagi siyosiy bilimlarning rivojlanishi jarayonlarini yaxshi anglab, bilib olish uchun jahon tarixidan, dunyo kechgan jarayonlardan yaxshi xabardor bo’lish zarur.

Mamlakatimiz I. Karimov ta’kidlaganidek: "Erkin fuqarolik jamiyatiga dunyodagi ko’p-ko’p davlatlar asrlar davomida to’plangan tajriba va demokratik an’analarni rivojlantira borib etib kelgan. Biz bunday jamiyatni qurishni, barpo etishni orzu qilmokdamiz va shunga intilmokdamiz. Lekin bu go’zal orzuga erishmok uchun tinimsiz intilish, jamiyat hayotining barcha sohalarini takomillashtirish, umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o’rganib, o’z zaminimizga tatbiq etish lozim".

Binobarin, vaqt o’tgan sari insoniyat orttirgan tarixiy tajriba va bilim, ma’naviy-madaniy meros ko’lami ortib borarkan, o’z navbatida tarixning ham davr uchun bo’lgan ahamiyati kuchayib boradi. Tarixning bunday umuminsoniy ma’rifiy, ma’naviy-tarbiyaviy qadriyatlari jahon mamlakatlari siyosiy va huquqiy ta’limotlari tarixiga ham to’la tegishlidir.

"Ta’limotlar" deganda turli shakllardagi nazariy qarashlarning mohiyati, tegishli bilimlarning tarixan maydonga kelishi va rivojlanishi, siyosiy-huquqiy ko’rinishlarni bilish chuqurlashib borgan nazariy kontseptsiyalar,g’oyalar va qoidalar nazarda tutiladi.

Siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi fanining vazifasi dunyo siyosiy-mafkuraviy ta’limotlarining yuzaga kelishi, shakllanishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari, yo’nalishlarini yoritishdan iboratdir.

Siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi insoniyat ma’naviy madaniyatining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Ularda o’tgan ajdodlarning ulkan siyosiy-mafkuraviy tajribasi mujassamlashgan bo’lib, ozodlik, siyosat, davlatchilik muammolari borasidagi qadim tadqiqotlar asosiy yo’nalishlari va natijalari o’z ifodasini topgan. Bu ko’p asrlik tajribalar, g’oyalar va qo’lga kiritilgan natijalar zamonaviy siyosiy qarashlarga va yo’nalishlarga, hozirgi kundagi nazariya va amaliyotga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatmokda.

Bugungi kun muammolarini anglab etish va kelajak sari ma’qul yo’l toshish maqsadida kishilar doimo moziyga murojaat qilishgan va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi.Bu o’tmishga, uning an’analariga ko’r-ko’rona sig’inish natijasi bo’lmay, balki insoniyatning tarixiy makonda o’zligini anglash, o’tmish va kelajak o’rtasida o’z o’rnini topish yo’lidagi zarur vositadir.

Shu ma’noda insoniyatning tarixiy manbalarda o’z ifodasini topgan siyosiy tafakkuri madaniyatining taraqqiyot yo’li, umuminsoniy, siyosiy qadriyatlarning shakllanish va qaror topish jarayonlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi turlicha qarashlar hamda munosabatlarning o’zaro kurashi davomida davlat, tegishli davlat va jamiyat tuzumi tabiatini anglash, shaxs va davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning shakllari, tamoyillari to’g’risidagi tasavvurlarning chuqurlashib borishi,jarayonlarni to’laroq tushunishga yordam beradi.

3.Siyosiy-mafkuraviy qarashlarning tegishli bilimlar va ta’limotlarga aylanishi juda uzoq davr mobaynida ro’y bergan. Siyosiy ta’limotlar ilk sinfiy jamiyatlar va davlatlar shakllanishi jarayonida paydo bo’lgan. Siyosiy ta’limotlar insonlar tomonidan dunyoni bilishning dastlabki diniy-afsonaviy shaklidan bosqichma-bosqich, ratsional- mantiqiy falsafiy shaklga o’tib borgan.

Umuman insoniyat tarixi singari siyosiy ta’limotlarning rivojlanishini ham quyidagi asosiy davrlarga bo’lgan holda o’rganish mumkin.

Ulardan birinchisi - qadimgi dunyoning ilk siyosiy tasavvurlari shakllangan davr. Bunda inson tafakkuri, jumladan, siyosiy qarashlari ertak va diniy afsonalar shaklida rivojlangan. Afsonaviy tafakkur tarixiy rivojini xudolarga bog’lik deb bilgan. Insoniyat tarixi, dunyo tartiblari, erdagi hokimiyat va mavjud qonunlar xudolar madadi va ishtirokida yaratilgan degan nazariya paydo bo’lgan.

Siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar rivojlanishining ikkinchi davri (o’rta asrlar) da ilmiy ta’limotlar, tarixiy, falsafiy va siyosiy-huquqiy qarahlar diniy mafkura ta’sirida rivojlangangan. Shuning uchun bu davrda ijod qilgan ko’plab mutafakkirlar asarlarida ijtimoiy taraqqiyot jarayonlari idealistik nuqtai nazaridan asoslangan.

Siyosiy - mafkuraviy ta’limotlar tarixining yangi davri ko’plab faylasuf va mutafakkirlar tomonidan xudo tarix va taraqqiyot, jamiyat tartib qonunlarning ijodkori degan aqidadan voz kechilishi bilan boshlangan. Dunyodagi voqea-hodisalarning, ijtimoiy munosabatlarning, moddiy dunyoning o’zidan kelib chiqib o’rganila boshladi.

Qisqacha aytganda, afsonalar, falsafa va fan siyosiy ko’rinishlarini bilish yo’lidagi yondashuvning uch asosiy turi sanaladi va ularning ilmiy bilish natijalarini belgilash shakli hisoblanadi.

Dastlab barcha xalqlarning siyosiy tasavvurlari birday diniy-afsonaviy xususiyatga ega bo’lgan. Bunda davlat va huquq tartibot munosabatlarining ilohiyligi, xudo tomonidan o’rnatilganligi haqidagi tasavvurlar hukmronlik qilgan. Dunyo, butun olam xudo ishtirokida va uning harakati bilan tartibga solingan, erdagi tartiblar ham shu butun olam tartibining bir bo’lagi deb hisoblangan.

Siyosiy qarashlarning ratsionallashuvi o’z navbatida bunday afsonaviy qarashlaridan uzoqlashishini bildiradi. Bu jarayon afsona mazmunini afsonaviy qobikdan ajratib olinishi, afsonalarni sharhlashga faqat ruhoniy - kohinlar emas, balki boshqalarni ham keng jalb etilishi, davlat-huquq masalalarining keng doiralarda muhokama qilish ommalashuvi bilan bir vaqtda davom etdi.

Turli davlat shaklidagi jamiyatlarda bu jarayon turlicha sur’atlarda kechdi, ular xilma-xil shakllarga ega bo’ldi va turli xil oqibatlarga olib keldi. Umuman olganda, dunyoqarashdagi, jumladan, davlat masalasida dastlabki diniy-afsonaviy tasavvurlardan ma’lum bir ma’nodagi ratsional qarashlarga o’tish jarayoni eramizdan avvalgi VIII-VI asrlarda kuzatilgan. Bu jarayon Xitoyda Konfutsiy, Mao-tszi, Lao-tszi va legistlar ta’limoti, xindistonda Buddachilik, Eron va Markaziy Osiyoda Zardushtiylik, Yunon donishmandlari va Rim huquqshunoslari ta’limotlari sifatida namoyon bo’lgan.

O’z-o’zidan ravshanki, "siyosat" va "davlat" tushunchalari bir-birlaridan o’zaro farqlanadi. Ularning o’zaro muvofiqligi darajasi haqidagi tasavvur turli davrlarda va turli mualliflarda turlicha bo’lgan. Masalan, siyosiy ko’rinishlarni polis tajribasi asosida ishlab chiqishni boshlagan Qadimgi Yunon mutafakkirlari "davlat" atamasini qo’llashgan emas. Bu atama oradan bir necha asrlar o’tgach. Makiavelli zamonasidagina ilmda qo’llana boshlagan.

Qadimgi yunonistonliklar "siyosat" deganda davlatchilikning faqat fuqarolari ozod bo’lgan ellinlarga xos va ancha rivojlangan alohida shaklini tushunishgan.

Yangi davrda va undan keyingi bosqichlarda "siyosat" va "davlat" tushunchalari o’rtasidagi farq ancha oydinlashtirilgan. Bunda "siyosat" atamasi Qadimgi Yunon mutafakkirlaridan farqli ularok, "davlat" tushunchasidan ko’ra kengrok ma’noda talqin qilingan.



4.Siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi huquqshunoslik fani bilan chambarchas bog’liq bo’lib, bu fan rivojlanishiga faylasuflar ham katta hissa qo’shishgan. Pifagor, Geraklit, Demokrit, Suqrot, Aflotun, Arastu, Epikur, Konfutsiy, Avgustin, Gobbs, Kant singari bir qator faylasuf va mutafakkirlar qarashlari ayni choqda siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixida ham muhim o’rin tutadi.

Ma’lumki, siyosat, davlat tushunchalari, falsafa, sotsiologiya, siyosatshunoslik, etika singari turli gumanitar fanlarning o’rganish ob’ekti hisoblanadi. Ayni chog’da boshqa fanlar bilan o’zaro aloqada bo’lgan har bir fan o’zining o’rganish predmeti va usullaridan kelib chiqqan holda bu umumiy sohalarga nisbatan o’ziga xos ilmiy yondashuvga, alohida predmeti va mavzuiga ega bo’ladi.

Siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi fani falsafiy va tarixiy fanlar tizimida bir vaqtining o’zida ham tarixiy ham nazariy yo’nalishdagi mustaqil ilmiy-o’quv fani hisoblanadi. Ushbu fan doirasida davlat, huquq, siyosat va qonunchilikning paydo bo’lishi hamda rivojlanishi tarixi siyosiy va huquqiy nazariyalarning tarixiy shakllanish jarayonlari bilan bog’liqlikda tadqiq etiladi.

Siyosiy ta’limotlar tizimi nazariy rasmiylashgan fan majmui sifatida, ilmiy bilish darajasi va xususiyatiga ko’ra siyosiy va huquqiy voqelikning tasavvur, tuyg’u, ishonch, kayfiyat, fikr singari boshqa shakllaridan farqlanadi. Nazariya darajasiga ko’tarilmagan kundalik ongning bunday shakllari, garchi siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi predmeti doirasida bo’lmasa-da, ham tegishli nazariyalarning shakllanishi bilan bog’liq ma’lum bir vaziyatni tushunish va idrok etishda muhim hisoblanadi.

Siyosiy va huquqiy ta’limotlarning yagona huquqshunoslik fani doirasida birlashtirilganiga sabab siyosiy va huquqiy ko’rinishlarning va tegishli tushunchalarning o’zaro yaqin aloqadorligida. Bu narsa ayniqsa, davlatshunoslik va huquqshunoslikning yaxlit o’quv majmuidan iborat bo’lgan huquqshunoslik fanining o’ziga xos uslubiy yondashuvida yaqqol ko’rinadi.Siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixiga huquqshunoslik nuqtai nazaridan yondashuv siyosiy -mafkuraviy ta’limotlar tarixi fanining predmetini, ya’ni o’rganadigan masalalar doirasini anglashga yordam beradi, Masalan, siyosatshunoslik fanida o’tmish siyosiy ta’limotlari bizning fanimizdan ko’ra boshqacha yondashuvda, ya’ni siyosatshunoslik fanining predmetidan, maqsad va vazifalaridan kelib chikib o’rganiladi. Bu holda siyosiy voqelik bilan o’zviy aloqador bo’lgan huquqiy ta’limotlar faqat qismangina ko’rib chiqilishi mumkin. Chunki huquqiy ta’limotlarni chuqur tahlil qilish bu fanning maqsad va vazifalariga kirmaydi. Huquqshunoslik va siyosatshunoslik siyosiy ko’rinishlarning turli sohalarini va xilma-xil jihatlarni o’rganadi. Aniqroq aytadigan bo’lsak, huquqshunoslik fani siyosiy ko’rinishlarni huquqiy ko’rinishlar bilan o’zaro bog’lik holda o’rganadi va siyosiy-huquqiy qarashlarniig huquq shaklida ifodalanishini tadqiq qilgan.

Siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi fani davlat haqidagi ta’limotlarning tor mo’taxassislik masalalarini yoki o’tmishdagi siyosiy tal’imotlarni davlatshunoslik tarixi sifatida o’rganmaydi.Shunig uchun ham siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi fanining asosiy vazifasi davlatchilik nazariyasi muammolari turli ilmiy oqimlar va yo’nalishlar vakillari tomonidan qay tarzda va qay darajada o’rganilganini ko’rib chiqishdan iborat bo’ladi.

Davlat va huquq tarixini o’rganuvchi huquqshunoslik fanlaridan farqli o’larok, siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixi fani paydo bo’layotgan va shakllanayotgan siyosiy-huquqiy muassasalarni emas, balki ularni nazariy bilishning tegishli shakllarini o’rganadi.

Shu bilan birga, bir tomondan, siyosiy g’oyalar tarixi va ikkinchi

tomondan davlat va huquq shakllari, muassasalari tarixi bir-biri bilan o’zaro chambarchas bog’liqdir. Zotan, davlat va huquq tarixini bilmay turib, tegishli siyosiy nazariyalar mazmun-mohiyatini anglash qiyin kechadi. O’z navbatida, davlat va huquq borasidagi u yoki bu nazariy qarashlarni yaxshi bilmay turib, siyosiy ta’limotlarning tarixiy shakllanish jarayonini ilmiy tushunish mumkin emas.

Siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi fani huquqshunoslikning boshqa umumnazariy fanlariga nisbatan tarixiy fan sifatida namoyon bo’ladi. Uning predmeti va vazifalari siyosiy nazariyalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi tarixini, davlat va siyosat haqidagi nazariy bilimlarning tarixiy shakllanishidagi qonuniyatlarni o’rganishdan iborat.

Davlat va huquq tarixini o’rganuvchi huquqshunoslik fanlaridan farqli o’larok, siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixi fani paydo bo’layotgan va shakllanayotgan siyosiy-huquqiy muassasalarni emas, balki ularni nazariy bilishning tegishli shakllarini o’rganadi.

Shu bilan birga, bir tomondan, siyosiy g’oyalar tarixi va ikkinchi

tomondan davlat va huquq shakllari, muassasalari tarixi bir-biri bilan o’zaro chambarchas bog’liqdir. Zotan, davlat va huquq tarixini bilmay turib, tegishli siyosiy nazariyalar mazmun-mohiyatini anglash qiyin kechadi. O’z navbatida, davlat va huquq borasidagi u yoki bu nazariy qarashlarni yaxshi bilmay turib, siyosiy ta’limotlarning tarixiy shakllanish jarayonini ilmiy tushunish mumkin emas.

Siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi fani huquqshunoslikning boshqa umumnazariy fanlariga nisbatan tarixiy fan sifatida namoyon bo’ladi. Uning predmeti va vazifalari siyosiy nazariyalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi tarixini, davlat va siyosat haqidagi nazariy bilimlarning tarixiy shakllanishidagi qonuniyatlarni o’rganishdan iborat.



Download 28.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling