14-yanvar Vatan himoyachilari kuni


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
Sana02.10.2020
Hajmi0.76 Mb.

http://maktabim.uz

 sayti mahsuloti.    Telegram kanalimiz: 

telegram.me/maktabimuz          

 

@maktabimuz



 

 

14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni 

 

 

 



14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag`ishlangan  Qurolli kuchlar tashkil topganining 25 

yilligi munosabati bilan  “O`zbegim o`g`lonlari ” bellashuv tadbiri 

SSENARIYSI 

     1-boshlovchi: Assalomu  alaykum,  hurmatli  va  aziz  o'quvchilar!  Vatanimizning  mard  va  jasur 

o'g'lonlari! Shunqor yigitlar! 

 2-boshlovchi:    -   Assalomu alaykum,  tadbirimizda  ishtirok  etayotgan,  davramizga  fayz  qo'shib 

turgan qadrli ustozlar hamda mo’tabar mehmonlar! 

 3-boshlovchi: Vatan  himoyachilari  kuniga  bag’ishlab  o’tkazilayotgan  « Vatan  himoyasi  – 



muqaddas burch»  shiori    ostidagi “O`zbegim o`g`lonlari” bellashuv tadbirimizga  xush kelibsiz. 

 4-boshlovchi: Mamlakatimiz  hayotidagi  qutlug’  sana  -  Vatan  himoyachilari  kuni  va  Qurolli 

kuchlarimiz tashkil etilganining 25 yilligi bilan chin qalbdan barchangizni tabriklaymiz. 

1-boshlovchi: Mana,  25  yildirki,  mamlakatimiz  Vatan  himoyachilari  kunini  milliy  bayram  sifatida 

nishonlamoqda.  Bu  bayram  el-yurtga  sadoqat  bayramidir.  Bu  bayram  o’z  mohiyat-e'tibori  bilan 

avlodlar  o‘rtasidagi  uzviylikni,  O’zbekiston  ahlining  jangovar  soha  namoyondalariga  bo’lgan  chuqur 

ehtiromini aks ettiradi. 

 2-boshlovchi: Qurolli  Kuchlarimiz  mamlakatimiz  mustaqilligi,  suvereniteti  va  hududiy 

yaxlitligining,  kelajagi  buyuk  davlat  barpo  etayotgan  O‘zbekiston  fuqarolarining  tinch-osoyishta 

hayoti, bunyodkorona mehnati xavfsizligining kafolatidir. 

1-boshlovchi: bugungi  bayram  tadbirimizda  sinfimiz  mard  yigitlari,  bo`lajak  vatan  posbonlari 

o`zaro bellashadilar. Bellashuvda sinfimizning 7 nafar jasoratli o`g`lonlari ishtirok etadilar. 



2-boshlovchi: bellashuvimiz 4 shart asosida bo`lib o`tadi 

3-boshlovchi: endi  sahnaga  bellashuvimizning  ishtirokchilari  bo`lmish  “O`zbegim  o`g`lonlarini 

taklif qilamiz”. 

 Keksalar dardiga darmon yigitlar, 

Barnolar tilida doston yigitlar. 

Chaqindek charaqlab ko‘kni qoq yorib, 

Parvozi burgutdek osmon yigitlar. 

  

4-boshlovchi: Toirov Asadbek Erkinovich, Rajabov Mo`minmirzo Baxtiyorovich, Habibov Xurshid 

…… 


1-boshlovchi: Marhamat yigitlar so`z sizlarga. 

 


http://maktabim.uz

 sayti mahsuloti.    Telegram kanalimiz: 

telegram.me/maktabimuz          

 

@maktabimuz



 

 

Yigitlar qo`shiqqa o`ynashadi. 



Asadbek : do`stlar kelinglar avval salomlashib olaylik. 

Bexruz : xa to`g`ri  

Mo`min : kelinglar hamma o`ziga o`xshagan o`quvchilar bilan salomlashsin 

Xurshid : oooo zo`r fikr  lekin avvalombor aziz ustozlarimizga  

Hamma : ASSALOM 

Abdullo : Assalomu aleykum Assalomu aleykum qaddi qomati kelishgan, bo`ylari uzungina, moda 

yarataman sochini peshonasiga tushirib  olgan yigitlar. 



Dilshod  :  Assalomu  aleykum  Assalomu  aleykum  bo`ylari  past  bo`lsayam  mushtlashishni  yaxshi 

ko`radiganlar 



Bexruz  :  Assalomu  aleykum  Assalomu  aleykum  tanaffuslarda  qizlarni  sochidan  tortib    keyin  esa 

qizlar hujumidan  tirik chiqqan yigitlar 



Jasur  :  Assalomu  aleykum  Assalomu  aleykum  o`rtog`I  bilan  urushib  ko`zini  qizartirib    ko`zimda 

allergiyasi bor deydigan o`quvchilar 



Xurshid  :  Assalomu  aleykum  Assalomu  aleykum  karidorlarda  yugurib  charmagan,  Dono 

Ibragimovnaning  kabinetlariga  bir  necha  bor  tashrif  buyurgan,  tushuntirish  xatlarini  dona  dona  qilib 

yozganlar. 

Asadbek: Assalomu aleykum Assalomu aleykum  bo`ylari kichkina bo`lsada g`ururlari osmon, nega 

formang yo`q deganda manaku deb Jaketini ko`rsatadiganlar. 



Mo`minmirzo : Assalomu aleykum Assalomu aleykum sportga oshno hamda bir ishni qilib qo`yib 

men qilmadim deydiganlar.( Mo`-mi-n kechirasan san maktabimizda tanhosan) 

Asadbek  :  hurmatli  maktabimiznig  aziz  o`quvchilari  mexribon  ustozlar  barchangizni  bugungi 

bayram bilan chin dildan tabriklaymiz. 



Marhabo  :  Assalomu  aleykum  qadrli    tadbir  qatnashchilari  barchangizni  14-  yanvar  vatan 

himoychilari  kuni  bilan  tabriklagan  holda  bellashuvimiz  shartlari  va    hakamlar  hay`ati  a`zolari  bilan 

tanishtiramiz. 

Demak, 


 1- SHART Ma`naviyat jasorati 

2- SHART: Tosh ko`tarish 

3- SHART: Arg`amchida uchish 

4- SHART: Bayram salatini tayyorlash 

Marhamat 

 

hakamlar 



hay`ati 

a`zolari 

……………………………………………………………………………………………………………



………………………………………  Demak    I  SHART  Hozir  har  biringizga  iboralar  aytiladi  va  siz 

shu iboralarni serma`no  qilib izohlab berishingiz kerak. 



http://maktabim.uz

 sayti mahsuloti.    Telegram kanalimiz: 

telegram.me/maktabimuz          

 

@maktabimuz



 

 

1 ishtirokchiga  …………………………………. 



2 ishtirokchiga  ……………………………………………. 

Marhamat  ishtirokchilarimiz fikrlari baholangunga qadar  musiqali tanaffuz. 



 RAQS     RAQS              RAQS                 RAQS 

Endi ballarni e`lon qilishingizni so`raymiz. 

Raxmat  .  Sizlarga  yaxshi  kayfiyat  tilagan  holda  II  SHARTni  boshlaymiz.  Bu  shartda  yigitlarimiz 

vatan himoyasiga qanchalik darajada jismonan tayyor ekanliklarini namoyish qiladilar. Shunday qilib II 

shartimiz  TOSH  KO`TARISH.  1-  raqamli  ishtirokchimizdan  sahna  qolishlarini  va  qolgan 

ishtirokchilardan sahnani  tark etishlarini so`raymiz. 

Marhamat  ishtirokchilarimiz baholangunga qadar  bizda musiqali tanaffuz. 

    TAQLID                      TARANNUM 

III-  SHART    Arg`amchada  uchish.Bu  shartda    har  bir  ishtirokchi  1  minut  ichida  necha  marta 

arg`amchada ucha olishini sinovdan o`tkazamiz. Marhamat  1- ishtirokchi keling.  

        Marhamat  ishtirokchilarimiz baholangunga qadar  bizda musiqali tanaffuz. 

                 VATAN HAQIDA QO‘SHIQ 

Endi ballarni e`lon qilishingizni so`raymiz. 



IV-  SHART    Bizning  mard-u    maydon  o`g`lonlarimiz  nafaqat  vatan    posboni  balki  oila 

qo`rg`onidirlar. Oxirgi shartimizda yigitlarimiz 7 minut ichida bayram salatini tayyorlashlari kerak.  

Marhamat. 

Salat tayyor bo`lguncha she`rlar aytiladi. 

Halovat izlaydi hatto qushlar ham, 

Bexavotir joyga quradi uya. 

Uyi tinch, yurti tinch har bitta odam, 

Shukrona aytadiVatanni suya. 

  

Hamid Olimjonlar kuylagan Vatan



Ruhlari hali ham tinchlik bermaydi. 

Aylanay Oybegim aytgan so‘zidan, 

Yurtim “tuprog‘ida oltin gullaydi”… 

  

Hamma sharofatlar mustaqillikdan, 



Bugunda o‘zbekni dunyo taniydi. 

Qodiriy, Cho‘lponu Usmon Nosirlar, 

Bu kunni bir kelib ko‘rsa qaniydi. 

  

Shubha qilganlarga Temur da’vati, 



Kelib bir ko‘rsinlar imoratlarni. 

O‘zni tutgan elim buyuk savlati

Ko‘rsin bunda kechgan jasoratlarni… 


http://maktabim.uz

 sayti mahsuloti.    Telegram kanalimiz: 

telegram.me/maktabimuz          

 

@maktabimuz



 

 

  



Ollohga beadad shukurlar bo‘lsin, 

Vatanim osuda kechirgin hayot. 

Xurlikning bolasi o‘ynasin, kulsin, 

Kuylasin hamisha tinchlikdan bayot… 

  

Farishta momolar duolar qilsin, 



Qaldirg‘och in qursin har bir ayvonga. 

Navqorin bo‘ylarga tumorlar ilsin, 

Ko‘z tegmasin sira O‘zbekistonga!!! 

 

RAQS                   RAQS                      RAQS 



       

Marhabo  :  Endi  4-  shart  bo`yicha    ballarni  e`lon  qilishingizni  so`raymiz.  Marhamat  umumiy 

ballarni e`lon qilishingizni so`raymiz. Barcha ishtirokchilarni sahnaga taklif qilamiz. 



 

Yakka ovoz: - Bir-ikki, uch, 

  

Hamma: - Saflarimiz zich. 

  

Yakka ovoz: - Baland bo’lsin parvozing 

  

Hamma: - Samolarda uch. 

  

Yakka ovoz: - Bir-ikki, uch, 

  

Hamma: - Doim zafar quch. 

  

Yakka ovoz: - Qudratimiz qoshida 

  

Hamma: - Dushman makri puch. 

  

Yakka ovoz: - Bir-ikki, uch, 

  

Hamma: - Tanga sig'mas kuch. 

  

Yakka ovoz: - Vatan uchun ko'ksimiz - 

  

Hamma: - Qalqon va qilich. 

  

Yakka ovoz: - Bir-ikki, uch, 


http://maktabim.uz

 sayti mahsuloti.    Telegram kanalimiz: 

telegram.me/maktabimuz          

 

@maktabimuz



 

 

  



Hamma: - Olam bo'lsin tinch. 

  

Yakka ovoz: - Ona yurtni qo’riqlash - 

  

Hamma: - Eng muqaddas burch! 

 

“TO`XTA” degan buyruq boladi o`quvchilar to`xtaydi.  «Sahnaga yuzlanib, o'ngga buril!» Saflan! 



Marhabo chiqadi. Ballar e`lon qilinadi 

O`quvchilar taqdirlanadi.  



Boshlovchi: Mana shu qutlug' bayram kunida biz Vatanni himoya qilishdek murakkab, ayni paytda 

dunyodagi  eng  olijanob  va  mas'uliyatli  burchni  sharaf  bilan  ado  etayotgan  mard  va  jasur 

posbonlarimizni hamda barcha hamyurtlarimizni samimiy qutlaymiz!  

Boshlovchi:  Bugungi  tantanali  bayram  bilan  tabriklash  uchun  so`zni  maktabimiz  direktori 

_________________________ga beramiz. 

Rahmat. 

Bugungi bayram tadbirimiz shu bilan yakun yasaymiz. 

E`tiboringiz uchun, rahmat. 

 

                                            



 

 

 



 

 

 



 

Tayyorladi:  Buxoro  shahar  4-  sonli  nemis  tiliga  ixtisoslashgan  davlat  umumta`lim  maktabi  sinf  rahbari 

Qutliyeva Dilbarning ”O`zbegim o`g`lonlari” mavzusida  o`tkazgan tadbir mazmunnomasi. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling