14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni"ga bag’ishlangan "Men ham askar bo’laman" nomli tadbir


Download 16.82 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi16.82 Kb.
#208728
Bog'liq
14-yanvar


14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ga bag’ishlangan “Men ham askar bo’laman” nomli tadbir

O’qituvchi : --1992-yil 14-yanvarda O’zbekiston Respublikasi Oliy kengashining O’zbekiston respublikasi hududida joylashgan qismlar va harbiy o’quv muassasalari to’g’risidagi qarori asosida O’zbekistonning o’z qurolli kuchlari tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 29- dekabrdagi “Vatan himoyachilari kuni belgilash to’g’risida”gi qonunga binoan 14-yanvar—Vatan himoyachilari kuni deb e’lon qilindi.

Barchangizni Vatan himoyachilari bayrami kuni bilan chin dildan tabriklayman. Sog’liq ,omad, baxt sizni hech qachon tark etmasin.

Assalom armiyam , ulug’ ostonam

Onamday mehribon ,qutlug’ ostonam,

Bag’ringda to’lamiz kuchga quvonchga

Bo’lamiz izmingda mardona har dam!

Assalom davrimiz olov yoshlari

Buyuk kelajakning ijodkorlari!

Assalom ertaning yaratguvchisi

Yurtimiz shavkati ,nomusi, ori!

--Assalomu aleykum, aziz mehmonlar, qadrli o’qituvchilar va jamiyki davra ahli! Bugun maktabimizda kata tantana . Mustaqil O’zbekistonimiz Vatan himoyachilarining jasur va mard askarlarining bayramlari.

--Vatan himoyachilari davlatimiz xavfsizligi va xalqimiz ning tinch hayotini ta’minlaydilar. Yurt tinchligi vatan ozodligi va mustaqilligi bilan chambarchas bog’liqdir.

--Bayramingiz muborak bo’lsin, aziz harbiylar !

Salom sizga , eng oliy kalom,

O’zbekiston mard posbonlari.

Sizga ta’zim sizga ehtirom

Ey bahodir pahlavonlari !

Yurtimning biz –jasur o’glonlarimiz

Elimiz tinchligin posbonlarimiz

Sergakmiz ,hushyormiz kecha-yu kunduz ,

Haq-u adolatning qalqonlarimiz.

Biz buyuk Turonning mard o’glonlari ,

Hamisha adolat ,haq qalqonlari.

Ona Vatan uchun xizmatga shaymiz

Yashasin, gullasin yurt qo’rg’onlari!

Qurolim mehr-la ko’ksimga qo’yib

Diyorim nomini ko’ksimga o’yib

Xalqimni elimni jonimdan suyub

Ona Vatanimga hizmat qilaman!

Ajdodlar o’gitin yodimda saqlab,

Tinchlik kalomini doimo yoqlab.

Sharafli farzandlik burchimni oqlab

Ona Vatanimga hizmat qilaman!

Xalqimizning ko’zidan yoshlar to’kilmas

Yigitlar bardoshi aslo bukilmas.

Musaffo osmonim bag’ri so’kilmas

Ona Vatanimga hizmat qilaman!

Yurtboshim ,elimga sodiqman doim,

Bizlarni qo’llasin o’zi xudoyim.



O’zbegim chekmasin zahmat iloyim

Ona Vatanimga hizmat qilaman!
Download 16.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling