1405 yilda Amir Temur vafotidan so’ng uning yirik davlati parchalana boshladi. Temuriy shahzodalarning taxt uchun o’z kurashlari qudratli davlatning bo’linishiga asosiy sabablardan biri bo’ldi


Download 17.02 Kb.
Sana28.01.2020
Hajmi17.02 Kb.

1405 yilda Amir Temur vafotidan so’ng uning yirik davlati parchalana boshladi. Temuriy shahzodalarning taxt uchun o’z kurashlari qudratli davlatning bo’linishiga asosiy sabablardan biri bo’ldi. Sohibqiron taxtiga valiaxd qilib nabirasi Pirmuhammadni qoldirgan bo’lsada, ko’pgina amirlar va amaldorlar uning hukmronligini tan olmadilar. 1405 yil mart oyida Temurning boshqa bir nabirasi Xalil Sulton Samarqand taxtini egalladi. Undan tashqari, Xurosonda Shohrux; Balh, G’azna va Kandahorda Pirmuhammad; g’arbiy Eron va Ozarbayjonda Mirzo Umar va Abu Bakr Mirzo; Turkiston, Sabron, O’tror, Sayramda Amir Berdibek; O’ratepa va Farg’onada amir Xudoydod, Xorazmda amir Idiku o’zlarini xukmdor deb e’lon qildilar.

Mamlakatdagi parokandalik va o’zaro urushlarga barham berish uchun Shohruh Mirzo ko’p sa’yi-harakatlar qildi, XVasrning 20-yillariga kelib Amir Temur mulklarining qariyb hammasi Shohruh va uning oila a’zolari qo’l ostida edi. soxibqiron Movarounnahr yerlarini 1409 yildan boshlab Shohruhiing o’g’li Mirzo Ulutbek boshqara boshladi. Ulug’bek hukmronlik davri (1409-1449 yy.) asosan, Movarounnahr ijtimoiy-iqtisodiy hayot, ilm-fan va madaniyatning rivojlanishi bilan izohlanadi.

Ulug’bek bobosi Amir Temur kabi harbiy iste’dodli emas edi. U mamlakat ichidagi va atrofidagi osoyishta saqlab turish maqsadida ayrim harbiy yurishlar qilib turdi xolos. 1447 yilda Shohruh Mirzo vafotidan so’ng Temuriyzodalar o’rtasida kurash boshlanib ketdi. Oqil va dono hukmdor Ulug’bek bu kurashlarga barxdm berishga xarchand harakat qilmasin buning uddasidan chiqolmadi, Aksincha, o’g’li Abdulatifning bevosita ishtiroki tufayli o’zi bu kurashlarining qurboni bo’ldi. Xullas, XV asrning o’rtalariga kelib, Mirzo Ulug’bek vafotidan keyin (1449 y.) Temuriy shahzodalar o’rtasida toj-taxt uchun kurash yana avj oldi. Abduqosim (1452-1457) va Abdusaid Mirzolarning (1458-1468) faoliyati ham o’zaro urushlarga barham bera olmadi. 1469 yilga kelganda Xurosonda Xusayn Boyqaro hokimiyatni egallab, bu hududlarda tinchlik o’rnatdi. Uning do’sti - buyuk shoir Alisher Navoiy (1441-1501) muhrdor, vazir, Astrobod hokimi lavozimlarida ishlab, Xuroson ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o’ynaydi. Navoiyning sa’y-harakatlari bilan Hirotda ilm-fan, madaniyat gurkirab rivojlandi. O’zaro urushlarga nisbatan barham berildi.

Movarounnahrda esa bu davrga kelib siyosiy tarqoqlik avjiga chiqdi. Har bir viloyat, har bir shaharlarda temuriy shahzodalar o’zlarining mustaqil hukmronligini o’rnatishga harakat qildilar. Ular hokimiyat uchun o’zaro kurashlarda Dashti Qipchoq qabilalari kuchlaridan foydalanishar edilar. Masalan: 1451 yilda Urusxonning nabiralari Abdusaidga hokimiyatni egallash uchun yordam bergan bo’lsa, oradan uch yil o’tgach Abulhayron Muhammad Juqiyga hokimiyatni egallashga ko’maklashdi. Bu o’zaro kurashlar Movarounnahr ahlining ahvolini yomonlashishiga olib keldi.

XV asr oxirlariga kelib, Movarounnahrda Temuriylarning bir-biridan o’zaro mustaqil bo’lgan uchta hokimiyat vujudga kelda. 1. Samarqandda Sulton Ahmad Mirzo hukmroiliga (1468-1503); 2. Toshkentda Sulton Mahmud Mirzo hukmronligi (1468-1498); 3. Andijonda Umarshayx I Mirzo hukmronligi (1468-1494).

Bu uchala davlatning o’zaro urushlari Movarounnahr ahlining temuriylardan noroziligini yanada avj oldirdi. Ayniqsa, yuqori tabaqa vakillari markazlashgan davlat tarafida turdilar. Bu temuriyzodalarning davlat boshqaruvida mustahkam tayanchga ega emasligidan dalolat berardi. Bu vaqtda temuriylar huzurida ta’lim olgan Abulxayrxonning nevarasi Muxammad Shohbaxt Dashti Qipchoqda dasht urug’larini birlashtirib o’z hokimiyatini mustahkamlamoqda edi.

Shayboniyxon harbiy harakatlar olib borib markazlashgan davlat tuzish maqsadida goh temuriylar, goh shimoldan mo’gullar bilan ittifoq tuzdi. U 1487-88 yillarda O’tror, Sayram, Yassa (Turkiston), Sig’noq shaharlarini bosib olib, 1499 yilda Movarounnahr hududlarida jiddiy harbiy harakatlar boshladi.

Mahalliy hukmdorlar o’rtasidagi o’zaro kurashlar avj olgan Samarqand shahrini Shayboniyxon 1500 yilning boshlarida egalladi. Dasht ulug’lari bir necha oy shaharni shafqatsiz talon-taroj qildilar. Bu esa mahalliy feodallar noroziligiga sabab bo’ldi. Bundan foydalangan Temuriy shahzoda Zaxiriddin Muhammad Bobur o’sha yili (1500 yil) Samarqand taxtini ikkinchi marta egalladi. Ammo mahalliy zodagonlar ko’pchiligi Boburni qo’llab-quvvatlamadilar. 1501 yilning bahorida Bobur Shayboniyxon bilan bo’lgan jangda yengiladi va Samarqandni unga toshpiradi.

Dashti Qipchoqliklar qisqa muddat ichida Buxoro (1500), Samarqand (1501), Toshkent (1503), Hisor (1504), Urganch (1505), Hirot (1507) kabi shahar va viloyatlarni egallab, Sharqiy Turkiston chegaralaridan Markaziy Afg’oniston hududlarigacha cho’zilgan yerlarda markazlashgan shayboniylar davlatiga asos soldilar. Temuriylar davlatidagi siyosiy tarqoqlik, ayrim hukmdorlarning ajralib mustaqillikka intilishi bu davlat yemirilishiga olib kelgan bo’lsa, Shayboniyxon bunday tarqoqlikka chek qo’yib mamlakatning birligini mustahkamlay oldi.

Shayboniyxonning janubga tomon yurishlari Eron shohi Ismoil I tomonidan to’xtatildi. 1510 yil Marv atroflarda bo’lgan jangda dasht qo’shinlari tor-mor etildi va Shayboniyxon halok bo’ldi. Eroniylar tomonidan qo’llab-quvvatlangan Bobur 1511 yilda Hisor, Ko’lob, Qunduz, Badaxshon va Samarqandni egalladi. Ammo 1512 yilda shayboniylardan bo’lgan Ubaydulla Sulton qo’shinlari G’ijduvon yaqinida Bobur va shoh Ismoilning birlashgan kuchlarini mag’lubiyatga uchratdi. Shundan so’ng Bobur avval Qobulda, keyin esa Hindistonda hokimiyatini o’rnatdi. Dashti qipchoq qabilalari esa Movarounnahrda o’rnashib qoldilar.

XV asr oxiri XVI asr boshlaridagi Dashti Qipchoq, Movarounnahr va Xurosondagi ijtimoiy-siyosiy voqealar to’g’risida yozilgan muallifi noma’lum «Tarixi guzidai Nusratnoma» Muhammad Solihning «Shayboniynoma», Boburning «Boburnoma» asarlari muxim manbalar hisoblanadi.

Temuriyzodalar o’rtasidagi o’zaro urushlar, birodarkushliklar nafaqat quyi tabaqa ahlining, balki yirik zodagonlarning ham norozliklariga sabab bo’ldi. Natijada Amir Temur asos solgan ulkan saltanat tanazzulga yuz tutdi va tugatildi. Temuriylardan keyin hokimiyat tepasiga kelgan shayboniylar sulolasi davrida ham markaziy hokimiyat unchalik mustahkam emas edi (bu o’rinda Abdullaxon II hukmronligi davri (1583-1598) birmuncha diqqatga sazovordir). Bu holat o’sha davr Vatanimiz hududlarining parchalanib, alohida davlatlarga bo’linib ketishi va zaiflashuvi uchun zamin yaratdi.



Movarounnahr (arab. — daryoning narigi tomoni) — oʻrta asrlarda islom mamlakatlarida keng tarqalgan geografik atama. Uning xuddi shu maʼnoni anglatgan fors tilidagi "Varorud" va "Varojayxun" shakllari ham mavjud boʻlib, ularning barchasi avval (11 -a. gacha) Xuroson viloyatining davomi sifatida, 11-asr boshidan eʼtiboran esa Turkiston, yaʼni Qoraxoniylar davlati va undan keyingi turkiy davlatlar tarkibidagi maʼmuriy birlik sifatida tushunilgan. 11-asrda Yevropa tarixshunosligida mazkur arab atamasining lotincha tarjimasi boʻlmish yangi "Transoksiana" yoki "Transoksaniya" atamalari muomalaga kiritilgan.

Hozirgi zamon tarixiy-geografik ilmiy adabiyotda Movarounnahr deganda, asosan, Turkmanistondan tashqari boʻlgan Oʻrta Osiyo hududlari, yaʼni, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning janubiy qismi tushuniladi.

M. atamasi ilk bor paygʻambarimiz Muhammad (sav) haqidagi hadislarda tilga olingan. Aftidan bu atama arablar orasida islomgacha boʻlgan davrlarda ham maʼlum boʻlib, u vaqtda (milodiy 6-asr) Sosoniylar davlatidan shim.-sharqda, Jayxun, yaʼni Amudaryoning orqasida joylashgan Turk xoqonligiga qarashli yerlarni anglatgan. Qad. fors manbalaridagi maʼlumotlarga tayangan arab geograf olimi Yoqut Hamaviy M. atamasini Turon mamlakatining nomi deb bilgan. Arablar oʻzlarining sharqqa qilgan ilk yurishlari davomida (7-asrning 2-yarmi — 8-asrning boshi) ikki xil tushuncha haqida maʼlumotga ega boʻlganlar: "ma duna-nnahr", yaʼni "da-ryoning pastki tomoni", va "ma varo-annahr" — "daryoning narigi tomoni". Ulardan birinchisi Xurosondan sharqda Amudaryodan jan.da Hindukush togʻlarigacha boʻlgan Tohariston yerlarini; ikkinchisi esa, Amudaryodan shim.da joylashgan Shim. Tohariston va Sugʻd yerlarini oʻz ichiga olgan. 9—10-asrlarda yashagan va Oʻrta Osiyo hududlariga tavsif bergan arab geograflaridan faqat al-Istaxriy va Ibn Havqal ularga nisbatan M. atamasini maxsus ishlatganlar. Boshqa arab geograflari esa Oʻrta Osiyo hududlari xdqida soʻz yuritganlarida M. atamasini juda tor maʼ-noda ishlatib, uni Xurosonning davomi yoki al-Mashriq (Sharq)ning bir qismi sifatida tasvirlaganlar. Al-Mashriq tushunchasiga esa ular Xuroson va M. yerlaridan tashqari, Xindi-ston, Xitoy yerlarini va hatto Hind va Tinch okeanlaridagi Yaponiyagacha boʻlgan orollarni kiritganlar (Ibn Xurdodbeh).

11-asr boshidan eʼtiboran M. istilohi hudud jihatdan ayrim manbalarda Sugʻd va Xorazm, boshqalarida esa Sugʻd va Shim. Tohariston yerlarini oʻz ichiga olgan. Maʼno jihatdan esa bu atama endi Turkiston, yaʼni Qoraxoniylar davlati, keyinchalik esa Xorazmshohlar, Chigʻatoiylar, Temuriylar va Shayboniylar davlatlarining tarkibidagi maʼmuriy birlikni anglatgan.



Shunday qilib, M. atamasi oʻrta asr manbalarida turlicha talqin qilinib, geografik hudud sifatida avval Turon, Turk xoqonligi yoki Turkiston mamlakati (7-asr gacha), keyin Xuroson (7— 10-asrlarda) undan ham keyin Turkiston (11-asrdan boshlab), maʼlum vaqt esa Xorazm (12-asrning oxiri — 13-asrning boshi) tarkibiga kiritilgan. Demak, bu atama faqat geografik maʼnoga ega boʻlib, har xil davrlarda turli davlatlar — Turk xokrnligi, Arab xali-faligi, shuningdek, Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshoxlar va boshqa davlatlarning tarkibiga maʼmuriy birlik sifatida kirgan. Bu atama haqida turli manbalarda keltirilgan maʼlumotlarning yigʻindisi ham hududiy jihatdan "Oʻrta Osiyo" atamasini anglatadigan Turkiston tabiiygeografik oʻlkasining barcha yerlarini qamrab olmaydi. Chunki, mazkur mintaqa tarkibiga kirgan Shim. Xuroson (Turkmaniston), Yettisuv (Qozogʻiston) va Jan. Tohariston (Afgʻoniston) yerlari hech qanday manbalarda M. tarkibiga kiritilmagan. Shuning uchun, M. atamasining oʻrta asrlarda ishlatilgan eng keng maʼnodagi tushunchasi tarkibiga shartli ravishda faqat Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida joylashgan yerlarni kiritish mumkin.
Download 17.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling