1 x j

Sana01.01.1970
Hajmi
#143731
Bog'liq
1 x j


8. Mirzamurodova Muxlisa
Бемор Й., 38ёш, касаллигини 2 куни холсизлик, кориндаги, унг енбош сохадаги тулгоксимон огрикларга, кунгил айнишига шикоят килиб келди. Коринда озрок огрик пайдо булган, спазмолитик, анальгетик ичган. Огрик бироз камайган. Эртасига корни шишиб бироз дам булган, огрик кучайган. Курикда: тили нам, корни юмишок нафас олишда иштирок этаяпти, юмишок. Пальпацияда унг енбош сохада бироз огрикли
думалок хосила аникланади.
1. Сизни бирламчи ташхисингиз?
Mexanik obturatsion ichak tutilishi
2. Кайси касалликлар билан диф. диагностика утказиш зарур?
Ichakning funksional tutilib qolishi, xolisistid, xolangit
Qiyin diagnostik hollarda kontrast moddalar yuborib rentgenologik tekshirish tavsiya etiladi.Qorin bo‘shlig‘ini odatdagi obzor tekshirishdan farqli ravishda kontrast modda qo‘llab rentgenoskopiya qilish diagnostic imkoniyatlarini birmuncha kengaytiribgina qolmay, balki tutilib qolgan joyning ko‘rinishi va uning joylashgan o‘rnini aniq belgilash imkonini beradi. Bundan tashqari, Kloyber kosachalari, Kerking burmalari kabi simptomlar kontrast modda qo‘llangan sharoitlarda birmuncha ravshan bo'lib qoladi. Endoskopik tekshirish usullari ichak tutilishi diagnozini aniqlashda katta yordam berishi mumkin. Rektoromanoskopiyada va kolonoskopiyada yo‘g‘on ichakda uning obturatsiyasini keltirib chiqaradigan o'smani aniqlash mumkin (kolonoskop yordamida yonbosh ichakning distal qismini ko‘zdan kechirishga muvaffaq bo'ladi). Shubhali diagnostika hollarida taktik yo'llanma hammaga ma’lum: bemor kasalxonaga keltirilgan vaqtdan boshlab 2 soat ichida o 'tk ir ichak tutilishini istisno qilishi mumkin bo'Imasa, bemorning ahvoli esa yomonlashib boraversa, diagnostik laparotomiya qilishga o'tiladi.
3. Аникланган касалликни даволаш тактикасини айтинг?
Konservativ davo, natija bulmasa shoshilinch operatsiya
O‘tkir ichak tutilishi bo'lganda, bemorlar shoshilinch jarrohlik bo'limiga yotqizilish kerak. Ularga og'riq, giperperistaltikaga qarshi kurash, intoksikatsiyani bartaraf qilish va gomeostaz buzilishlarini izga solishga qaratilgan konservativ davolashni buyurish zarur.
Konservativ davolash bemorni tekshirish bilan parallel holda maksimal hajmda o'tkaziladi. Ichak tutilishi og'ir kechayotgan bemorlarda konservativ davolash operatsiyadan oldingi tayyorgarlik sifatida, ko'pi bilan 30—40 minut ichida o'tkaziladi.
O'tkir ichak tutilishi diagnozi tasdiqlangan bemorlarda konservativ davolash ko'pi bilan 2 soat o'tkaziladi. Konservativ davolash kompleksi oshqozon ichak traktining yuqori bo'limlarini me’daga zond kiritish vositasida turib qolgan suyuqlikni passiv oqizish yoki past bosim ostida chiqarishni o'z ichiga oladi.
Me’dani 1—2% li natriy gidrokarbonat eritmasi bilan yuvish rnaqsadga muvofiq.
Atropin sulfat (teri ostiga 1 ml 0,1% li eritmasi), zarurat bo'lganda tayinlanadi; sifon klizmalar yo'g'on ichakning bo'shalishiga, ba’zan esa tutilib qolishining yo'qolishiga olib keladi. Ayrim hollarda endoskopik tekshirish vaqtida bajariladigan davolash muolajalari tutilib qolishni yo'qotishga yordam beradi. Venaga 10% li natriy xloridni sutkasiga 1—2 marta 20 ml dan, 500—1000 ml dan 5—10% li glukoza eritmasiga insulin qo'shib (4 g quruq glukoza moddasiga 1 ТВ hisobida), elektrolit, ayniqsa kaliy almashinuvini normaga solish yo'li bilan motorikani tiklash mumkin.
Jigar oldi kletchatkasiga va bevosita tom irlar o'zaniga (tomchilab) 100-150 ml miqdorda 0,25% li novokain eritmasi yuborish ichak motorikasiga yaxshi ta ’sir ko‘rsatadi, nerv impulsining muskul tolasiga uzatilishini kuchaytiradi: 0,05% li prozerin eritmasini 1 ml dan 1—1,5 soat o‘tkazib 2 marta teri ostiga albatta yuborish kerak.
Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling