3 мавзу амалий Даволаш 1c0f60795a06c1f3311a511ce78d0ed2

Sana01.01.1970
Hajmi
#145543
Bog'liq
3 мавзу амалий Даволаш 1c0f60795a06c1f3311a511ce78d0ed2

Toshkent davlat stomatologiya instituti Fan: Tibbiyot kasbiga kirish Mavzu: Bolalar shifoxonasi xodimlarining shaxsiy gigiyenasi. Turli yoshdagi sog’lom va bemor bolalarni shaxsiy gigiyenasi. Chaqaloqlarni cho’miltirish texnikasi. Ko’z, quloq, sochlarni parvarishi, qizlar gigiyenasini o’ziga xosligi. Turli yoshdagi bolalarni kiyim kechaklari, poyafzali. Katta yoshdagi bemor bolalarni xojatga chiqishida yordamlashish. Assistent:Shadiyeva Saodat Ulmasovna 2020-2021 o’quv yili

Shaxsiy gigiyena – gigiyenaning bir bo’limi, shaxsiy hayot va mehnat faoliyatida amal qilinishi zarur bo’lgan gigienik tartib yo’li bilan odam sog’ligini saqlash va mustahkamlash masalalarini ishlab chiqadi. Shaxsiy gigiyena har bir kishining o’ziga va yoshiga bog’liq bo’lib, aqliy va jismoniy mehnatni to’g’ri yo’lga qo’yish, jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish, vaqtida ovqatlanish, miriqib uxlash, mehnat va dam olishni to’g’ri uyushtirishdan iborat. Tor ma'noda badan (teri, soch, tirnoq, tishlar), kiyim-kechak, poyabzal, ko’rpa-to’shak, turarjoy, ovqat tayyorlash gigienasi ham shaxsiy gigienaga kiradi. ShAXSIY GIGIENA-bu bola sog’lig’ini saqlash, mustaxkamlash, kasallikning oldini olish maqsadida ayrim a'zolarni yoki umuman organizmni (tanani) parvarishlash, ozodalikka rioya qilishdek foydali odatlar (fazilatlar) yig’indisidir.

Tibbiyot xodimi shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iyan rioya qilishi lozim. Bu uning o‘zi hamda bemorlar uchun ham zarur. Har bir tibbiyot xodimi yuksak sanitariya madaniyatining haqiqiy timsoli bo‘lishi kerak. Shaxsiy namuna bergan natijani hech qanday targ‘ibot bermaydi. Agar tibbiyot xodimining o‘zi o‘z sog‘lig‘ga etibor qilmasa, u bemorga qanday o‘rnak bo‘la oladi. U o‘z sog‘lig‘i haqida o‘ylashi, kasalliklarning oldini olish uchun badantarbiya bilan shug‘ullanishi va organizmini chiniqtirib borishi lozim. Tibbiyot xodimi qo‘llarini toza tutishi ayniqsa muhim. U har bir tibbiy muolajani bajarish oldidan va undan keyin qo‘llarini yuvishi kerak. Ayniqsa jarrohlikka aloqador tibbiyot xodimi (operatsion hamshiralar, doyalar va boshqalar) qo‘llarini nihoyatda toza tutishlari talab etiladi.


Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling