15-Amaliyot mavzusi: Loyihaviy yechimlarni ximoya qilish. Baholashning asosiy kriteriyalari. Reja


Download 85.43 Kb.
bet1/3
Sana05.10.2022
Hajmi85.43 Kb.
#831674
  1   2   3
Bog'liq
3-амалий
maxsus, III кл три тўри параметрик тенглаштириш, 6-амалий иш, 10-амалий иш, CamScanner 10-26-2022 23.29

15-Amaliyot mavzusi: Loyihaviy yechimlarni ximoya qilish. Baholashning asosiy kriteriyalari.
Reja:
1.Loyihaviy yechimlarni texnik-iqtisodiy baholashning umumiy metodikasi
2.Loyihaviy yechimlarni iqtisodiy asoslash
3.Loyihalarni baholashning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari tizimi. Hisoblash usullari. Baholash usullari
Loyiha ishini kelajakda takomillashtirishning eng muhim vazifalaridan biri optimal loyihaviy yechimlar tanlashni texnik-iqtisodiy asoslashning aniq tizimini tatbiq etish hisoblanadi.
Texnik-iqtisodiy baholash deganda loyihaviy yechimlar variantlarini tavsiflovchi hisob-kitoblarni bajarish va eng yaxshi variantni tanlash maqsadida ularning iqtisodiy effektivligini aniqlash tushuniladi. Baholash natijasida loyihani funksional, texnik, texnologik va tashkiliy omillarining iqtisodiy natijalariga ta’siri aks etishi lozim.
Loyihaviy yechimlarning baholash uslubining xarakterli xususiyatlari:
  • texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish;
  • ko‘rilayotgan ko‘rsatkichlar darajasiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va guruhlash;
  • omillar orasidagi o‘zaro boјliqlikni o‘lchash.

Loyihaning tejamkorligi – bu ob’ektni yaratish va ekspluatatsiya qilish bilan boјliq, qurilish davrini qisqartirish effektinibaholash, yer maydonini iqtisodiy baholash va boshqalarni qo‘shgandagi barcha resurs turlarini tejash јoyasini aks ettiruvchi sifat kategoriyasidir.
Jonli va jonsiz mehnat ko‘rinishidagi xarajatlarni kamaytirishda namoyon bo‘ladigan natijalar majmui sifatida iqtisodiy effekt va insonga mehnat, maishiy hayot va dam olish sohalarida bevosita ta’sir etuvchi natijalar majmui sifatida ijtimoiy effektni ajratiladi. Turli loyihaviy yechimlar mazmunining o‘ziga xosligi eng yaxshi yechimlarni baholash va tanlashga metodik yondoshuvlardagi jiddiy farqni belgilaydi. Vazifasiga ko‘ra turlicha loyihalar yetakchi mazmuniy maqsadiga ko‘ra quyidagi guruhlarga mansub bo‘lishi mumkin: ijtimoiy maqsadlar yetakchi bo‘lgan (shaharsozlik, turar-joy va boshqa noishlab chiqarish qurilish turlari); ishlab chiqarish – iqtisodiy maqsadlar yetakchi bo‘lgan (ishlab chiqarish vazifali ob’ektlar); ekologik maqsadlar yetakchi bo‘lgan ob’ektlar, ular havo, suv havzalari, grunt tozaligini, tabiiy landshaftlarni saqlashni ta’minlaydilar.
Texnik-iqtisodiy baholash nafaqat alternativlar ichidan eng yaxshi loyihaviy variantni iqtisodiy tanlash uchun, balki loyihalar ekspertizasida, tipologik loyihaviy yechimlarni asoslash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishda va loyihaviy yechimlarni ratsional qo‘llash sohasida qo‘llaniladi.
Loyiha bosqichida kapital mablaјlarni iqtisodiy effektivligini oshirishning birinchi bosqichi bo‘lib tumanni rejalashtirish loyihalari va tuzilmalari xizmat qiladi. Tumanni rejalashtirishning asosiy maqsadi bo‘lib loyihalanayotgan tumanni hududiy-xo‘jalik tashkil etish, uni funksional qismlarga bo‘lish va sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlanishi uchun optimal sharoitni, shaharsozlik rivojlanishni ta’minlovchi me’moriy, tarhiy tarkibini shakllantirish xizmat qiladi.
Tumanni rejalashtirish tuzilmalari va loyihalari regionning geografik, iqtisodiy, me’moriy-tarhiy, injener-texnika va ekologik sharoitlarini qunt bilan o‘rganish va baholash asosida yaratiladi. Bu bosqichda kapital mablaјlarning sanoat, qishloq xo‘jaligi, shahar qurilishi, transportni rivojlantirish, hududni muhandisona obodonlashtirish, tabiatni qo‘riqlash tadbirlariga taxminiy kattaligi aniqlanadi.
Tumanni rejalashtirish tuzilmalari va loyihalari asosida shaharlarning bosh rejalari ishlab chiqiladi, ularning zarur elementi bo‘lib texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) hisoblanadi.
Shahar rivojlanishining TIA maqsadi shahar kelajak rivojlanishini aniqlash, aholi sonini hisoblash, hududni muhandisona o‘zlashtirish bo‘yicha tadbirlar, hisob davri va qurilishningbirinchi navbati uchun muhandislik jihozlari va madaniy-maishiy va kommunal xizmat ko‘rsatishning barcha turlari bilan ta’minlanganlik darajasi, kapital mablaјlarning talab kattaligini aniqlashdan iborat.
Texnik va iqtisodiy darajasi bo‘yicha teng qiymatli yechimlarni solishtirishni nazarda tutgan ko‘p variantli loyihalashni amaliyotga tatbiq etish, hamda ularni texnika va iqtisodiyotning jahon darajasi bilan solishtirish kapital mablaјlar effektivligini oshirish talablariga javob beruvchi loyihalarni ishlab chiqishni ta’minlashi mumkin.
Loyihaviy yechimlarning texnik-iqtisodiy darajasini oshirishning effektiv shakllaridan biri tanlov asosida loyihalashdir.
Loyihaviy-rejaviy ishlarning muddatini keskin kamaytirish va sifatini oshirishga matematik uslublar va zamonaviy hisoblash texnikasidan keng foydalanish xizmat qiladi. Tajriba ko‘rsatadiki, mashaqqatli atalmish ishlar ham (ilmiy va muhandislik hisob-kitoblari, smetalar tuzish, chizmalar va qaydnomalar, me’yoriy hujjatlar chiqarish), eng murakkab ob’ektlarni ham loyihalashni avtomatlashtirish mumkin. Bunda loyihalovchilarning vaqt balansida 50 % ga yaqinini tashkil etuvchi formal ishlar ancha yengillashadi.

Download 85.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling