15-MAVZU: TARBIYANING UMUMIY VAZIFALARI.
Reja:
1.Tarbiyaning umumiy usullari va uning tavsifi.
2.Pedagogik mahorat asoslari.
3.Pedagogik munosabat turlari.
Tayanch so‘z va iboralar: tarbiya
nazariyasi, metod,xalq pedagogikasi,
pedagogik mahorat, tarbiya mazmuni, tarbiya qoidalari, tarbiyaning mazmuni,
tarbiyaning turlari.
Tarbiya nazariyasi- pedagogika fanining bir qismi bo‘lib, tarbiyaviy
jarayonning mazmuni, usuli va tashkil etish masalalarini o‘rganadi. Tarbiya
nazariyasi Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagoglarining tarbiya
borasida boy tajribalariga tayanadi. U o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa,
sotsialogiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya fanlaridan foydalanadi.
Tarbiya nazariyasi pedagogikaning tashqi bilimlari: pedagogikaning umumiy
asoslari, ta’lim nazariyasi, maktabshunoslik bilan uzviy bog‘langan.Tarbiya
jarayonida kishining turli qobilyatlari rivojlanadi, g‘oyaviy, ahloqiy, irodaviy,
estetik xislatlari shakllanadi. Bola o‘sgan sari bu faoliyatlar takomillshadi,
mustahkamlanadi.
Tarbiya qoidalari pedagogik ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil
etish maqsadida foydalanadigan boshlang‘ich holat rahbarlik asosidir. Ta’lim
qoidalari o‘qituvchi, tarbiyachilarga yo‘l- yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar
hisoblanadi, yangi kishini shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi.
Tarbiyaning mazmuni, tashkil etishi, usulari va ularga qo‘yiladigan talablar
shu qoidalarda o‘z ifodasini topadi.