15 mavzu: Turli tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkiliy tuzilmasi. Reja


Download 446.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana30.04.2022
Hajmi446.55 Kb.
#663248
  1   2   3
Bog'liq
15-seminar
tarix, 1 topshiriq Mavzu Algoritmlarni loyihalash Algoritm korrekt v, aniq va, Kinetik energiya - Vikipediya, 3-Mustaqil ish, 1-amaliy ish, Shamsuddinov taqriz Yangiboy, МДга ТАҚРИЗ НАМУНА УЧУН, pedagogika nazariyasi tarixi, Qoraboyev taqriz Yangiboy, مرفق, Operacion sistemalarda aǵıs (threads) lar, Постмодернизм третьей волны. Творчество В. Пелевина, test 222



15 - mavzu: Turli tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkiliy tuzilmasi. 
Reja:
1. Maktabgacha ta'lim tashkiloti - maktabgacha yoshdagi bolalar ijtimoiy tarbiya maskani. 
2. Maktabgacha ta’lim muassasasini shakllantirish. 
 
1. Maktabgacha ta'lim tashkiloti - maktabgacha yoshdagi bolalar ijtimoiy tarbiya 
maskani. 
Maktabgacha ta'lim muassasasi uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bosqichi
jamiyatning eng muhim ijtimoiy zaminidir. Maktabgacha ta'lim muassasi bolalarni 
tarbiyalash va rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi o‘rin tutadi. 
Barcha turdagi maktabgacha ta'lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “2017 - 2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” gi 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-
son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tashkil etiladi. 
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga 
qo‘yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi 
Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar 
bilan belgilanadi. 
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining ish tartibi va bolalarning ushbu 
muassasada bo‘lish vaqti davlat maktabgacha ta'lim muassasasining ustavi va 
muassisning qarori bilan belgilanadi. 
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida besh kunlik ish haftasi uchun, qoida 
tariqasida, quyidagi ish tartibi j oriy etiladi: 
12 soatli; 
10,5 soatli; 
9 soatli; 
4 soatli. 
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi 
talablaridan kelib chiqib, davlat maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uning alohida 
guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin. 
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish ushbu 
muassasa zimmasiga yuklatiladi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena 
normativlariga muvofiq amalga oshiriladi. 
Bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish davlat maktabgacha ta'lim muassasasining 
tibbiyot xodimlari va ushbu muassasaga belgilangan tartibda biriktirilgan hududiy 
sog‘liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Tibbiyot xodimlari davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari bilan 
birgalikda bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi, davolash-
profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena 
normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun mas'uldirlar. 
Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning hayotini muhofaza qilish va 
sog‘lig‘ini mustahkamlashni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi 
Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. 
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat 



qilish hududiy sog‘liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimining 
faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (alohida xizmat xonasi, mebel va 
tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar) 
yaratib beriladi. 
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish 
sog‘liqni saqlash tizimidagi malaka oshirish muassasalarida har uch yilda kamida bir 
marta bepul amalga oshiriladi. 
Muassislari mahalliy davlat hokimiyati organlari bo‘lgan davlat maktabgacha 
ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish qabul komissiyasining qaroriga binoan 
maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish 
tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan mazkur Nizomning 1- ilovasida keltirilgan 
shaklda beriladigan yo‘llanmalari asosida amalga oshiriladi. 
Muassislari boshqa tashkilotlar bo‘lgan davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga 
bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga 
oshiriladi. Bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu davlat maktabgacha ta’lim 
muassasalari bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini metodik 
ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarining yo‘llanmalari bo‘yicha 
shartnoma asosida qabul qilishi mumkin. 
Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilishda quyidagilar: 
 I va II guruh nogironlari; 
ko‘p bolali oilalarning bolalari; 
- harbiy xizmatchilarning bolalari; 
- talabalar va pedagoglarning bolalari; 
- chin yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat maktabgacha 
ta’lim muassasasiga qabul qilishda imtiyozlardan navbatsiz foydalanadilar.
Imtiyozlardan foydalanuvchi bolalarning ota-onalari imtiyoz berilishi uchun 
asos bo‘ladigan hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim etadilar. 
Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining mudirlari tomonidan davlat 
maktabgacha ta’lim muassasasidagi mavjud bo‘sh o‘rinlar haqida qabul 
komissiyasiga har oyning birinchi sanasidan kechikmay yozma ma'lumot kiritiladi. 
Bo‘sh o‘rinlar haqidagi ma’lumot davlat maktabgacha ta'lim muassasasining 
mudirlari tomonidan imzolanadi va ularning to‘g‘riligi va o‘z muddatida kiritilishi 
uchun davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri shaxsan javob beradi. 
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining har bir guruhidagi bola soni me'yori 
kamida 20 nafar bo‘lishi, biroq 25 nafardan ortiq bo‘Imasligi lozim. 
Guruhlarni boshqa yoshdagi guruhdan o‘tgan bolalar bilan to‘Idirish o‘quv yili 
oxiridan yangi o‘quv yiliga qadar (iyun, iyul, avgust oyida), yangi qabul 
qilinayotganlar bilan to‘ldirilishi o‘rinlar bo‘shashiga qarab amalga oshiriladi. Davlat 
maktabgacha ta'lim muassasasida o‘quv yili har yili 2 sentyabrdan boshlanadi, 
keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi va yangi o‘quv yili boshlangunga qadar 
sog‘lomlashtirish davri davom ettiriladi. Tarbiyalanuvchilar soni davlat maktabgacha 
ta'lim muassasasi quvvatidan ortiq bo‘lgan davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga 
bolalarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatish hududiy davlat sanitariya-



epidemiologiya nazorati markazi tomonidan berilgan xulosaga ko‘ra maktabgacha 
ta’lim muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) 
bo‘limlari huzuridagi qabul komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi. 
 
Tarbiyalanuvchilar soni belgilangan me'yordan kamaygan yoki bolalarni qabul 
qilish uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-
sharoit yaratilgan taqdirda, hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati 
markaziga xabar bergan holda maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini metodik 
ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari huzuridagi qabul 
komissiyasining roziligi bilan davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalar qabul 
qilinadi. 

Download 446.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling