Referati Reja: Yangi O'zbekiston yangi madaniy yuksalish


Download 100.19 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi100.19 Kb.
#1531712
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 yangi o\'zbekiston referat

Nizomiy Nomidagi


Toshkent Davlat Universiteti
Boshlang’ich ta’lim fakulteti
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
202-guruh talabasi
Safarova Marjonaning
__________________________________
__________________________________

____________________________________________________________________________________



Referati
Reja:

1.Yangi O'zbekiston yangi madaniy yuksalish.
2.Yangi Oʻzbekiston – bu, avvalo, yangicha iqtisodiy munosabatlar, yangicha iqtisodiy dunyoqarash demakdir. 
3.Yangi Oʻzbekiston demokratik oʻzgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga


MAVZU: Yangi o'zbekiston yangi madaniy yuksalish.
Mamlakatimiz keyingi toʻrt yil ichida tamaddunning rivojlangan davlatlarga xos boʻlgan belgilarini oʻzida namoyon qila boshladi.



Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida oʻzaro hamjihatlilik va hamkorlik boshlangani, davlat siyosati va boshqaruvining insonning rivojlanishi, uning manfaatlarini qondirish instituti sifatida tranformatsiyalashuvi, avtoritar boshqaruvga barham berilgani, inson, matbuot, diniy erkinliklar qogʻozda emas, balki hayotda yuz berayotgani, davlat xalq irodasini ifoda etuvchi va davlat idoralarining xalqqa xizmat qilish institutiga aylangani, yaratilgan shart-sharoitlar samarasi oʻlaroq jamiyat va davlat dardi bilan yashaydigan vatandoshlarimiz koʻpayib borayotgani Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshlagan yangi Oʻzbekistonni qurish islohotlarining natijalaridir.
2017-yil 3-avgust kuni davlatimiz rahbari Oʻzbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashgandi. Bu uchrashuvga toʻrt yil toʻlishi munosabati bilan adabiyot, sanʼat va madaniyat sohasi fidoyilarining hozirgi yangi Oʻzbekistonni rivojlantirishdagi oʻrni va jamiyatda tutgan oʻrni toʻgʻrisida mulohazalar qilishga zarurat tugʻilishi tabiiy holdir.
Bir umr siyosiy jarayonlar va davlat boshqaruvi sohasida tajriba orttirgan, oʻz Vataniga fidoyilik bilan mehnat qilgan, oʻz tarixini chuqur va teran anglagan, oʻz davlati va xalqining kelajagi uchun fidoyi bir inson sifatida Prezidentimiz Sharq mutafakkirlarining aksariyati oʻziga vatandosh ekani, nima uchun shuncha asrlardan beri yangi Renessans yaratishga qobil boʻlgan ijodkor ziyolilar paydo boʻlmagani sabablarini oʻylaganiga shubha qilmaymiz. Albatta, uning quyidagi fikri shunchaki paydo boʻlmagan: “Xalqimizning ulugʻvor qudrati joʻsh urgan hozirgi zamonda Oʻzbekistonda yangi bir uygʻonish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat boʻladi. Chunki bugungi Oʻzbekiston – kechagi Oʻzbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas”.
Koʻhna tarixga razm solsak, bir tomondan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, ikkinchi tomondan, hurfikrlilikka intilish, uchinchi tomondan, oʻz davridagi mashhur hukmdorlarning ilm-fan, adabiyot, sanʼat uchun qulay shart-sharoitlar yaratishi va bunga homiylik qilishi Renessanslarni shakllantirgan asosiy omillar sirasiga kirishiga guvoh boʻlamiz.
Sharq Renessansi shakllanishida Bagʻdoddagi “Bayt ul-hikma”ni tashkil etishga shart-sharoitlar yaratgan xalifalar Abu al-Jaʼfar (753-774 yy.), Xorun ar-Rashid (787-810 yy.), al-Maʼmun (813-833 yy.), Xorazmdagi “Dorul hikma va maorif” (“Majlisi ulamo”)ni shakllantirishda Ali ibn Maʼmun (997-1010 yy.), ikkinchi Renessansning shakllanishiga ijodiy muhit yaratgan sohibqiron Amir Temur (1370-1405 yy.), Shohruh (1409-1447 yy.), Mirzo Ulugʻbek (1409-1549 yy.) kabilar muhim rol oʻynaganlar.
Gʻarb Renessansini boshlab bergan Florensiya Respublikasida Kozimo Medichi (1434-1464 yy.), Lorenso Medichi (1469-1492 yy.), Fransiyada Fransisk I (1515-1547 yy.), Genrix II (1519-1547 yy.), Yekaterina Medichi (1547-1559 yy.), Karl IX (1560-1574 yy.) va Genrix III (1574-1589 yy.), Germaniya hududida Karl V Gabsburg (1516-1556 yy.), Maksimilian I (1486-1519 yy.) kabi hukmdorlar shaxsan oʻzlari yuksak maʼrifiy, adabiy va madaniy qarashlarga ega boʻlgani uchun ham ular boshqargan mamlakatlarda Uygʻonish davri yuzaga keldi.
Demak, Renessans shakllanishi uchun, albatta, davlat va uning hukmdorining homiyligi, bu jarayonga boshchilik qilishi, shart-sharoit yaratishi zarur boʻladi. Mamlakatimiz tarixida jadidlar Renessansi shakllanishi uchun maʼrifatli siyosiy tizim, mutafakkir hukmdor yetishmagan, aksincha, davlat tepasidagi hukmdorlar jadidlar islohotlariga ashaddiy qarshilik qilgan edi.
Mamlakatimizda davlat rahbari tomonidan Uchinchi Renessans poydevoriga tamal toshini qoʻyish uning prezidentlik faoliyatining dastlabki davridanoq boshlandi. Shu asosda yana-da ulugʻvor strategik vazifa – Renessans ruhiyatini oʻzida ifoda etadigan ijodkor ziyolilar ijtimoiy qatlamini shakllantirish rejasi shakllandi.
Prezidentimizning 2017-yil 3-avgustda ziyolilar bilan uchrashuvi shunchaki oddiy muloqot emas, balki yangi Oʻzbekistonga xos boʻlgan ijodkor ziyolilarni shakllantirishdagi muammolarni va ularning yechimlarini aniqlash, yuqori ijodiy darajalarga koʻtarilish shart-sharoitlarini yaratish, ziyolilarni harakatga keltirish, ularning maʼrifiy uygʻonishdagi asosiy yangi maqsad va vazifalarini aniqlashtirish kabi ezgu niyatlar zarurati edi. Masalaning dolzarbligi, uning mamlakat taraqqiyoti bilan uzviy bogʻliq ekani bu tadbir tanqidiy ruhda oʻtishiga sabab boʻldi.
Uchrashuvda ziyolilarning hozirgi faoliyati xalqimizni qoniqtirmayotgani, ularda yangi-yangi ijodiy gʻoya va tashabbuslar bilan yashash, izlanish ruhi yetishmayotgani, ijodiy muhit qandaydir turgʻunlikka tushib, bir joyda depsinib turganday, aksariyat ijodkorlar oʻz tashvish va muammolari bilan oʻralashib qolganday taassurot paydo boʻlgani taʼkidlanib, adabiy va madaniy sohadagi jiddiy muammolarning sabablari va ildizlari ochib berildi.
Shuningdek, davlat rahbari ziyolilarning jamiyatda uygʻonish poydevorini qurishdagi tarixiy rolini oydinlashtirib, madaniyat va sanʼat arboblari hamisha jamiyatni rivojlantirish yoʻlida yangi gʻoyalar generatori boʻlishini qayd etib, ular oʻz asarlari, faol fuqarolik pozitsiyasi bilan odamlarni ezgu maqsad va marralar sari boshlashi, ilhomlantirishi kerak emasmi, degan savolni oʻrtaga tashladi.
Shu bilan birga, davlat rahbari ijodiy uyushmalar va madaniyat sohasidagi davlat idoralari faoliyatida tadbirbozlik, xoʻjakoʻrsinga ishlash, sustkashlik va loqaydlik kayfiyatlari paydo boʻlgani, ularning aksariyati faqat yuqoridan buyruq kutib ishlashga oʻrganib qolgani, faoliyatida umumiy maqsad uchun jon kuydirish, tashabbus va tashkilotchilik sezilmayotgani kabi noxush holatlarni tanqid qildi. Ijodkor ziyolilar oʻrtasida tanqidiy ruh sezilmayotganini “sogʻlom tanqid, bahs va tortishuv boʻlmagan joyda chinakam ijod boʻlmaydi”, degan azaliy aksioma bilan dalillab berdi. Uchrashuvda koʻtarilgan eng katta muammolardan biri zamonaviy qahramon obrazini yaratish masalasi boʻldi.
Albatta, uchrashuvda Prezident tomonidan tilga olgan masalalar mazmun-mohiyatiga sinchiklab eʼtibor bersak, ularning hammasi adabiyot, sanʼat va madaniyatning jamiyat maʼnaviy hayotini rivrjlantirish, ular taʼsirida xalqimiz maʼnaviy dunyosini boyitish, jamiyat va davlatni barkamol yoshlarga meros qilib qoldirishdek ezguliklarga daxldor. Boshqacharoq aytsak, Uchinchi Renessans uchun ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlar, insoniy salohiyatni shakllantirish istiqbollari va tadoriklari toʻgʻrisida soʻz ketmoqda.
Renessanslar tarixi buyuk mutafakkirlar nomlariyu meroslaridan iborat. Shuning uchun ham AQSHning mashhur qoʻshiqchisi Jon Fogerti “Shoirlar va rassomlarga nisbatan ikki marta koʻp huquqshunoslar tayyorlaydigan jamiyat halokatga mahkum”, deganida ming marta haq edi.
Oʻsha tarixiy uchrashuvdan keyingi toʻrt yil ichida Prezidentning sanʼat va madaniyatni rivojlantirishga oid farmon va qarorlari, hukumat qarorlari qabul qilindi. Xususan, Prezidentimizning 2017-yil 1-noyabrdagi “Madaniyat va sanʼat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yana-da rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga binoan, madaniyat va sanʼat sohalardagi isteʼdodli va istiqbolli yoshlarning uy-joyga boʻlgan ehtiyojini inobatga olish, ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlari nashr etilgani uchun mualliflik haqining eng kam stavkalarini oshirish choralari koʻrildi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Madaniyat vazirligi tizimi muassasalarining byudjetdan tashqari mablagʻlari va daromadlari jamgʻarilishini taʼminlash, Madaniyat vazirligi tizimi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida vazirlik huzurida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi.
2018-yil 28-noyabrda Prezident qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yana-da rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Konsepsiyaning asosiy maqsadlaridan biri madaniyatning ustuvorligiga urgʻu berish, jamiyat hayoti sifatining yana-da yuqori darajasini taʼminlash, unda fuqarolarning hamjihat boʻlishiga erishish, maʼnaviyatli, masʼuliyatli, mustaqil fikrlovchi ijodkor shaxsni shakllantirish deb belgilandi. Umuman, konsepsiyada madaniyat va sanʼatning barcha jabhalarini rivojlantirish nazarda tutildi.
Madaniyat vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilga kelib mamlakatda madaniyat markazlari soni 826 taga yetdi. Bu markazlar tarkibida 4522 ta toʻgarak faoliyat yuritib, ularda 52 970 nafar havaskor (ulardan 37340 tasi yoshlar) qatnashdi. Ulardagi xalq havaskorlik jamoasi maqomiga ega boʻlgan 482 ta jamoada 5000 dan ortiq havaskor bor. 367 ta madaniyat markazi tubdan taʼmirlandi.
Tasviriy va amaliy sanʼat sohalarida milliy merosimizni tiklash, yaʼni ikkinchi Renessansning yirik vakili Kamoliddin Behzodning boy ijodiy merosini xalqimizga toʻla yetkazish, soha rivojiga katta hissa qoʻshgan atoqli rassom va xalq ustalari xotirasini abadiylashtirish, ijodiy yoʻnalishda oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni tashkil etish, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn sohasi samaradorligini yana-da oshirish maqsadida 2020-yil 21-aprelda Prezidentimizning “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yana-da oshirishga doir chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Kamoliddin Behzod tavalludining 565-yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi tasdiqlandi, uni nishonlashga oid chora-tadbirlar rejasi belgilandi.
Prezidentimizning 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yana-da oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yana-da rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish, sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, respublikaning barcha hududlarida teatr, muzey, koʻchma sirk va hayvonot bogʻlari faoliyatini doimiy ravishda yoʻlga qoʻyish, madaniyat va sanʼat sohasidagi islohotlarni jadal davom ettirish, madaniyat organlari va muassasalari faoliyatini yana-da takomillashtirish vazifalari qoʻyildi.
Farmonda madaniyat va sanʼat sohasini rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ijodkor ziyolilarga ijtimoiy va davlat buyurtmalari berishning huquqiy asoslari mujassamlashdi. Shuningdek, unda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining oʻzbek maqom sanʼati fakulteti hamda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining tegishli taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari negizida maqom ijrochiligi, baxshichilik va katta ashula yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy taʼlim muassasasi — Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti, davlat muassasasi shaklidagi Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi. Respublika ixtisoslashtirilgan estrada va sirk maktabi Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji etib qayta tashkil etildi. V.Uspenskiy va R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylari tegishlicha V.Uspenskiy va R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktablariga aylantirildi. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi iqtidorli bolalar akademik litseyi hamda Toshkent ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi negizida Madaniyat vazirligi tizimida Respublika musiqa va sanʼat kolleji tashkil etildi. Bu bilan madaniyat va sanʼat sohasi uchun kadrlar tayyorlashning yangi tizimi shakllantirildi.
Prezidentning mazkur farmoniga binoan, Madaniyat vazirligiga madaniyat markazlari uchun yangi binolar qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash rejalari belgilandi. Shundan kelib chiqib, Madaniyat vazirligining “2021-2024-yillarda madaniyat markazlarining binolari kompleksini qurish va jihozlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida 459 ta yangi madaniyat markazi qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash belgilandi.
Mamlakatimizda 4748 ta arxeologiya yodgorligi, 2250 ta arxitektura yodgorligi, 678 ta monumental sanʼat yodgorligi, 532 ta diqqatga sazovor joy, jami 8208 ta obyekt moddiy-madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Ularni muhofaza qilish gʻoyat muhim masala ekani inobatga olinib, Prezident farmonida Madaniy meros departamenti faoliyatini mutlaqo yangi prinsiplar asosida tashkil etish nazarda tutildi. Shuningdek, madaniy meros obyektlarining aksariyati qadimiyligi, ularni asrashda vujudga kelgan muammolarni, bu jarayonlarni zamonaviy fan va texnologiyalarisiz amalga oshirish mushkulligi eʼtiborga olinib, Madaniyat vazirligi huzurida Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilgani muhim voqelik boʻldi.
2020-yil 26-mayda davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga binoan, Madaniyat vazirligi tizimi – vazirlik, hududiy madaniyat boshqarmalari, tuman va shahar madaniyat boʻlimlari xodimlari uchun davlat byudjetidan sohadagi xarajatlar uchun Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan xodimlarga lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda moddiy ragʻbatlantirish qoʻshimcha pul toʻlash joriy etildi.
Prezident farmonlari va qarorlarini ijrosini taʼminlash asnosida Madaniyat vazirligi tizimida 2017-2020-yillarda 12 ta yangi – Moʻynoq Ekologiya muzeyi, Shahrisabz shahrida Maqom muzeyi, Fargʻona viloyatidagi Erkin Vohidov uy-muzeyi hamda memorial muzeyi, Haziniy uy-muzeyi, Qoʻqon shahrida Buyuk allomalar muzeyi, Buxoro viloyatida Mutal Burxonov uy-muzeyi, Samarqand viloyatida Ergash Jumanbulbul oʻgʻli yodgorlik muzeyi, Namangan viloyatida Isʼhoqxon Ibrat, Jizzax viloyatida Hamid Olimjon va Zulfiya, Sharof Rashidov yodgorlik muzeylari, Toshkent shahrida Abdulla Qodiriy uy-muzeyi hamda Abdulla Qodiriy memorial muzeyi ishga tushirildi.
Bundan tashqari, Prezidentimiz 2020-yil 20-noyabrda kinoijodkorlar bilan uchrashdi. U “Oʻzbekfilm” kinostudiyasiga tashrif buyurdi va shu yerda kino sanʼati faxriylari, rejissyorlar, soha mutasaddilari bilan suhbatlashish chogʻida quyidagi fikrni bildirdi: “Kino juda murakkab, xalqimiz, jamiyatimiz uchun muhim soha. Ilgari “Oʻzbekfilm” studiyasi xaroba holga kelib qolgandi. Koʻp joylari, binolari ijaraga berib yuborilgandi. Mana, hammasi oʻz egasiga — kinochilarga qaytarildi. ...Yetarli eʼtibor boʻlmagani sababli mamlakat kino sanʼatida turgʻunlik paydo boʻlgan edi. Faqat yengil-yelpi, tijorat kartinalari yaratilib, soha rivoji dunyodan ortda qolib ketdi”.
Darhaqiqat, oʻzbek milliy kinosi jahonda mashhur kinofilmlar ishlab chiqarish darajasiga koʻtarila olmadi. Yangi tarixiy filmlar – “Imom Termiziy”, “Islomxoʻja”, “Elparvar”, “Qoʻqon shamoli”, “101”, “Ibrat” hali mamlakatimiz hududidan tashqariga chiqqani yoʻq. Shuning uchun ham davlat rahbarining “Yurtimiz tarixi haqida albatta film boʻlishi kerak. Bunga vaqt keldi”, degan talabi adolatlidir.
Davlatimiz keyingi toʻrt yil ichida kino ijodkorlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelmoqda. 60 yil ilgari qurilgan, tashlandiq holatga tushib qolgan “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi binosi davlatimiz rahbari tashabbusi bilan toʻliq yangi qiyofa kasb etdi. Yangi qurilgan ikkita suratga olish pavilyoni, ikkita studiya ishga tushirildi. Kinofilmlarni yaratish, bu sohadagi ijodkorlar ijtimoiy hayotini yaxshilashga oid chora-tadbirlar koʻrildi. Albatta, xalqimiz kino ijodkorlar tomonidan yaqin yillar ichida Renessans va zamonamiz qahramonlarini barcha qirralarini namoyish qiladigan sara filmlar yaratishlariga umidvor boʻlib turibdi. Hozirgi davrda Renessans poydevorini yaratishda kinodan taʼsirliroq kuch yoʻq.
Prezidentimizning 2020-yil 6-noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tapbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni milliy taʼlim-tarbiya tizimini zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-maʼrifat egalari, jismoniy va maʼnaviy sogʻlom insonlar etib tarbiyalash, taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadini qoʻydi.
Mazkur farmonni hayotga joriy etish asnosida yoshlar ichidan boʻlajak ijodiy ziyolilar shakllanishiga zaruriy shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2021-yil 1-apreldan boshlab maktablarda ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi lavozimi joriy etildi.
Mamlakatdagi 10 008 ta umumtaʼlim maktabida hammasi boʻlib 2 451 nafar, shulardan 730 nafar yozuvchi, shoir, ijodkor va jurnalist, oliy taʼlim muassasalari ijtimoiy gumanitar kafedralarining 1 721 nafar professor-oʻqituvchisi ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi sifatida faoliyat yurita boshladi. Ular oldiga badiiy adabiyot orqali oʻquvchilar qalbida milliy ruh, vatanparvarlik, millatparvarlik tuygʻularini tarbiyalash, kitobxonlikni rivojlantirish, ijodiy qobiliyatga ega boʻlgan oʻquvchilarni aniqlash, saralash, ular uchun ijodiy toʻgaraklar tashkil etish hamda reja asosida mahorat saboqlarini olib borish vazifasi qoʻyildi. Ularga haq toʻlashning moliyaviy manbalari aniqlashtirildi. Shu tariqa adabiyot va sanʼat maktab oʻquvchilari orasiga kirib bordi. Toshkent shahrining oʻzida maktablarga 314 ta shoir, yozuvchi, sanʼatkor, ijtimoiy-gumanitar fanlar professor-oʻqituvchilari jalb etildi.
Koʻrinib turibdiki, taʼlim tizimida oʻquvchilar ijodiy isteʼdodini shakllantirish, ular ongida uygʻonish davri taassurotlarini shakllantirish, adabiyot, sanʼat va madaniy sohalarda oʻzlarini namoyon qilishlari sohasidagi ishlar avj olib bormoqda. Prezident maktablari, yangi ochilgan milliy va xorijiy oliy oʻquv yurtlari maʼanaviy-maʼrifiy va ijodiy hayot markazlariga aylanmoqda. Albatta, bu jarayonlar biz uchun tarixiy yangiliklar, boshqacha aytganda, maʼnaviy innovatsiyalardir.
Prezidentimizning ijodkor ziyolilar vakillari bilan uchrashuvidagi maʼruzasini Renessans poydevorini shakllantirish strategiyasining eng muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida baholash mumkin. Iqtisodiyot, ijtimoiyot, siyosiy tizim kabi sohalarda chuqur islohotlar samarasi oʻzini namoyon qilayotgan bir paytda madaniy va maʼnaviy hayotning orqada qolishiga yoʻl qoʻyib boʻlmasdi. Shuning uchun ham Renessansning koʻzga tez tashlanadigan, xalqaro hayotga kuchli taʼsir etadigan oliy darajadagi sanʼat, adabiyot va madaniyat asarlarini yaratish davlat siyosatining muhim yoʻnalishiga aylangan edi.
Renessans soʻzi qanchalik jarangli eshitilmasin, uni qurishga inson salohiyati va tafakkurining kuchi yetadi. Chunki renessans deganda, avvalo, insonning oʻz erkinligi va ijodiy salohiyatini namoyish eta olish darajasiga erishishi, oʻz hayotining mazmunli ekanini his etishi, yuksak sanʼat va madaniyat asarlarini yarata olish qobiliyatini egallashi, oʻz mehnati farogʻatini koʻrishi kabi insoniy oliy qadriyatlar koʻz oldimizga keladi. Qisqa qilib aytganda, renesssans – bu insonning, xalqning uygʻonishi demakdir. Shuning uchun ham davlat rahbari Renessans poydevorini qurishga astoydil, gʻayrat-shijoat bilan kirishdi. U bu yoʻlda har qanday toʻsiqlarni yengib oʻtmoqda, oʻzi boshlagan va amalga oshirayotgan islohotlar istiqbollariga chin dildan ishonadi. Albatta, bu tub oʻzgarishlar, birinchi navbatda, xalq uchun, uning farovonligi uchun, uning dunyoga tanilishi uchun amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning qisqa davr ichida mamlakatda amalga oshirgan islohotlarining natijalarini idrok etar ekanman, yana bir bor tarixda shaxsning roli beqiyos baland ekanini his qildim. Bir shaxsning davlati hokimiyati boshqaruvi tepasiga kelishi mamlakat qiyofasini, xalq dunyoqarashini shunchalik tez oʻzgartirib yuborishi, albatta, hayratlanarli hodisadir. Shu pallada beixtiyor sohibqiron Amir Temurning quyidagi purhikmat fikri esga tushadi: “Tajribamda koʻrilgankim, azmi qatʼiy, tadbirkor, hushyor, jang koʻrgan, mard, shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir. Chunki tajribali bir kishi minglab kishiga ish buyuradi”.
Birgina ijodiy ziyolilar shart-sharoitlari va faolliklarini oshirish sohasidagi siyosatni amalga oshirish bizning qaysi yoʻldan ketayotganimizni anglatadi. Bu yoʻl “Yangi Oʻzbekiston” deb ataladigan taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichidir, Uchinchi Renessans poydevoriga tamal toshi qoʻyish davridir. Boshqacha aytganda, yangi Oʻzbekistonni jahonga tanitish, zamonaviy sivilizatsiyalashuv va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davriga kirishdir.

Yangi Oʻzbekiston demokratik oʻzgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga


Kelajakka katta umid va ishonch bilan qarab, hamisha sabr-matonat bilan yashagan oʻzbek xalqi ham 1991-yil 31-avgustda muqaddas orzusiga erishdi – jonajon Vatanimiz oʻz davlat mustaqilligini qoʻlga kiritdi.
Nasib etsa, yana sanoqli kunlardan keyin ana shu qutlugʻ sananing 30 yilligini ulkan shodiyona sifatida keng nishonlaymiz.
Bu shonli bayram oldidan mamlakatimizda katta tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Joylarda keng koʻlamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari shiddat bilan olib borilmoqda. Jumladan, poytaxtimizga tutash 100 gektardan ortiq ulkan hududda “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi hamda betakror Mustaqillik majmuasi jadal surʼatlar bilan bunyod etilmoqda. Nasib etsa, bu yil eng ulugʻ, eng aziz bayramimizni mana shu yangi maydonda oʻtkazamiz.
Hech shubhasiz, istiqlol yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yoʻlida tarixiy ishlar amalga oshirildi, mard va olijanob xalqimizning bukilmas irodasi va ulkan salohiyati bilan katta marralar zabt etildi. Tarixan qisqa muddatda mamlakatimiz Konstitutsiyasi – Asosiy qonunimiz ishlab chiqildi va qabul qilindi. Vatanimiz suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin egalladi. Oʻzbekistonda zamonaviy davlatchilik asoslari yaratilib, konstitutsiyaviy tuzumga asos solindi. Davlat hokimiyatining uchta mustaqil tarmogʻi – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari qaror topdi. Tom maʼnodagi konstitutsiyaviy davlat barpo etildi.
Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti va davlat mustaqilligini, sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti hamda milliy manfaatlarimizni ishonchli himoya qilishga qodir boʻlgan Qurolli Kuchlar tashkil etildi. Milliy valyutamiz – soʻm joriy etildi va oltin-valyuta zaxiralarimiz shakllantirildi.
Qadimiy tariximiz, boy madaniy merosimiz, milliy-diniy qadriyatlarimiz, oʻzligimiz tiklandi.
Mana shunday unutilmas tarixiy jarayonlarda faol ishtirok etish nasib etganidan baxtiyorman.
Mustaqil taraqqiyot borasida erishgan ulkan yutuqlar bilan birga, yoʻlimiz ayrim xato va kamchiliklardan ham xoli boʻlmaganini ochiq aytish lozim. Mustabid tuzumdan voz kechib, demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan jarayonlar, murakkab va tahlikali davrning oʻzi turli muammo va vazifalarni oldimizga koʻndalang qoʻydi. Ularni muvaffaqiyatli hal etish uchun bilim va tajribamiz, iroda va qatʼiyatimiz baʼzan yetsa, baʼzida yetmagan holatlar ham boʻldi.
Shu bois mamlakatimiz taraqqiyotini yangi, yuksak bosqichga koʻtarish, buning uchun yangi islohotlarni amalga oshirish obyektiv zarurat, eng muhim strategik vazifaga aylandi.
Darvoqe, “yangi” degan soʻzning biz uchun alohida ahamiyati bor. Masalan, eng koʻhna bayramlarimizdan biri Navroʻz – Yangi kun deb atalishini esga olaylik. Ushbu qadimiy bayram bilan bogʻliq qadriyat va anʼanalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, xalqimiz asrlar davomida, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy aytganlaridek, “Har tuning qadr oʻlubon, har kuning boʻlsin Navroʻz!” degan ezgu tilaklar, pok niyatlar bilan yashab keladi.
Yoki oʻtgan asrning boshlarida yurtparvar, millatparvar bobolarimiz “jadidchilik”, yaʼni, yangilanish va erkinlik, adolat va tenglik, ilm-maʼrifat va milliy oʻzlikni anglash gʻoyalarini bayroq qilib, kurash maydoniga mardona chiqqanlarini barchamiz yaxshi bilamiz. Bu ulugʻ zotlarning maqsadi – jaholat va qoloqlik girdobida qolib kelayotgan Turkiston xalqini dunyoviy ilm-fan, ilgʻor kasb-hunarlar bilan qurollantirib, umumbashariy rivojlanish yoʻliga olib chiqishdan iborat edi.
Jadidlar tomonidan tashkil etilgan yangi usuldagi maktablar, teatr, kutubxona va muzeylar, gazeta va jurnallar, Turkiston farzandlarini chet ellarga oʻqishga yuborish maqsadida tuzilgan xayriya jamiyatlari xalqimizni necha asrlik gʻaflat uyqusidan uygʻotdi, milliy ozodlik harakati uchun beqiyos kuch berdi. Afsuski, yurtimizda bolsheviklar diktaturasi oʻrnatilgani, chor mustamlakachilik siyosati yangicha shaklda davom ettirilgani maʼrifatparvar bobolarimizga oʻz maqsad-muddaolarini toʻliq amalga oshirish imkonini bermadi. Lekin ularning ezgu orzu-niyatlari xalqimizning qon-qonida, tarixiy xotirasida saqlanib qoldi va hanuz yashamoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz.
Shu maʼnoda, bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy harakatga aylanib borayotgan “Yangi Oʻzbekiston” gʻoyasi zamirida ana shunday ulugʻ ajdodlarimiz, umuman olganda, milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi uygʻonish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va armonlari ham mujassam, desak, adashmagan boʻlamiz.
Insoniyat tarixi shundan dalolat beradiki, har qaysi xalq hayotidagi maʼnaviy uygʻonish jarayonlari milliy oʻzlikni anglashga olib keladi hamda mamlakatning iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtaradi. Bunday ijtimoiy noyob hodisa “Renessans” – uygʻonish, qayta tiklanish, yuksalish deb atalishi barchamizga ayon.
Maʼlumki, bugungi Oʻzbekiston zamini qadimda ikki buyuk uygʻonish davriga – Birinchi (maʼrifiy – IX-XII asrlar) va Ikkinchi (Temuriylar – XIV-XV asrlar) Renessansga beshik boʻlgan. Bu – jahon ilm-fanida oʻz isbotini topgan va tan olingan tarixiy haqiqatdir.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yana bir muhim Uygʻonish jarayoni kechmoqda. Shuning uchun “Yangi Oʻzbekiston” va “Uchinchi Renessans” soʻzlari hayotimizda oʻzaro uygʻun va hamohang boʻlib yangramoqda, xalqimizni ulugʻ maqsadlar sari ruhlantirmoqda.
Bugungi kunda Oʻzbekiston demokratik oʻzgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Aynan mana shu jarayon men uchun islohotlarimizning eng katta natijasidir. Chunki, maqsadning aniqligi – harakatlar samarasini taʼminlaydigan eng muhim mezondir.
Agar biz bundan besh yil oldin qabul qilgan Harakatlar strategiyasining tub mazmun-mohiyatini muxtasar ifoda etadigan boʻlsak, ushbu noyob hujjatda oʻz oldimizga Yangi Oʻzbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek buyuk vazifalarni strategik maqsad qilib qoʻygan edik.
Taʼkidlash kerakki, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish-istak, subyektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega boʻlgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy vaziyatning oʻzi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga toʻla javob beradigan obyektiv zaruratdir.

Download 100.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling