16 – ma’ruza. Вirikmаlаr Mavzu: Pаyvаndli birikmаlаr,turlаri, qo’llаnish sоhаsi, kоnstruktsiyasi vа hisоbi


Download 453.84 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.05.2020
Hajmi453.84 Kb.
#105925

16 – ma’ruza. Вirikmаlаr 

Mavzu: Pаyvаndli birikmаlаr,turlаri, qo’llаnish sоhаsi,  

kоnstruktsiyasi vа hisоbi.   

 

     Ma’ruza rejasi: 

1. 


Payvand birikmalar to’g’risida ma’lumot. 

2. 


Payvand birikma choklarining turlari va ularni  xisoblash asoslari. 

3. 


Detallarni uchma-uch payvandlash. 

4. 


Ustma-ust payvandlash. 

5. 


Burchakli va tavrsimon payvandlash.  

  

BIRIKMA, CHOK, PAYVANDLASH, USUL, 



KONSTRUKTSIYA, HISOBI 

 

 



Payvand  birikmalar  ajralmas birikmalar asosiy turidir. 

  Payvandlash  –molekulyar  yopishish  kuchlari  asosida  detallarni  yuqori 

darajada mahalliy qizdirib biriktirishdir.   

  Mashina detallari, qurilish tuzilmalarining elementlari, qozon  idishlar va 

rezervuarlar, gaz va neft magistrallari va h.k. payvandlanib tayyorlanadi.  

 Afzalliklar: kam mehnat talab qiladi; metallni tejaydi; murakkab shaklli og’ir 

cho’yan quymalar  o’rniga yengil po’lat detallarni payvandlab zarur konstruktsiyani 

hosil qilish 30-40% materialni tejashga imkon beradi. 

 Kamchiliklari:  termik  qayta  ishlanganda  birikmalar  deformatsiyalanishi 

mumkin; barcha turdagi materiallarni payvandlab bo’lavermaydi. 

Elektr energiyasi va gaz alangasidan foydalanib payvandlash eng  ko’p  

qo’llaniladgan usullardir. 

Gaz  alangasida  payvandlashda  elektrodlar  orasida  yonuvchi  gazlar  ma’lum 

miqdorda  kislorod    (atsetilen,  vodorod)    yondirilib,  oraliqqa  gorelka  kanalidan 

o’tadi.  Payvandlanuvchi  metall  tarkibiga  mos  payvandlash  simi  ishlatiladi.  Gaz 

yordamida  payvandlash  yupqa  devorli  po’latdan  tayyorlangan  detallarni  va  rangli 

metallarni biriktirishda ishlatiladi.  

Elektrik  payvandlash  usuli  qulay  va  tejamli  bo’lib,  payvandlash  jarayonini 

avtomatlashtirish  mumkin  va  shuning  uchun  asosan  sanoat  va  qurilishda  keng 

qo’llaniladi. Bu usul elektr yoyi va kontakt payvandlash turlariga bo’linadi. Elektr 

yoyi yordamida payvandlashda ulanadigan joy elektr yoyi vositasida qizdiriladi va 

unga metall suyultirilib tushiriladi. Bunda sirtiga bo’r bilan suyuq shisha aralashmasi 

qoplangan metall sterjen - elektrod ishlatiladi. Elektrod tok manbaining bir qutbiga, 

payvandlanadigan metall esa ikkinchi qutbga ulanadi (26.1-rasm, a ).  

Kontakt payvandlashda ulanadigan detallardan bir necha  ming amperli elektr 

tok  o’tkazilidi.  Bunda  kontakt  joyida  ko’p  miqdordagi  issiqlik  ajralib  chiqadi  va 

plastik holatga keladi. Shunda  detallar bir-biriga kuch bilan siqilsa, payvand chok 

hosil bo’ladi.  

 


 

Rasm 26.1 

Elektr  kontaktli  payvandlash  -  listlarni  payvandlashda  ishlatiladi,  masalan: 

detallar  ustida  aylanadigan  rolik  elektrod  vazifasini  bajarsa  kontaktdagi  lentali 

payvand  chokni  (26.1-  rasm,  b)  va  nuqtali  payvand  chokni  (26.1-  rasm,  v)  hosil 

qiladi.  



Ishqalanish vositasida payvandlashda biriktiruvchi detallarni qarama-qarshi 

tomonga aylantirilib, bir-biriga siqiladi  (26.1 -rasm g). Ishqalanish natijasida  hosil 

bo’lgan  issiqlik detallarni plastik holatiga keltirib payvandlaydi. 

Avtomatik payvandlashda elektrod simni uzatish va chok yo’nalishi bo’yicha 

harakatga keltirish mexanizatsiyalashtirilgan. Bu usuldan qalinligi 2ч130 mm gacha  

bo’lgan  po’latlar va ularning qotishmalarini  payvandlashda keng foydalaniladi. Bu 

holda    tok  kuchi    1000  ч  3000  A  bo’lib,  elektr  yoy    barqaror  yonishi  uchun 

suyuqlanayotgan metall flyus  qatlami ostida bo’ladi.  

2.  Payvand  birikmalar  -  biriktiriladigan  detallarni  payvand  uzel  deyiladi  va 

choklarning o’zaro joylashishiga ko’ra: a) uchma-uch; b)  ustma-ust; c) burchakli 

turlariga bo’linadi. 

Payvand birikmalarni mustahkamligi quyidagi asosiy omillarga bog’liqdir:  

- asosiy materialning  payvandlanish qobiliyatiga; 

- payvandlash usuliga; 

- ta’sir etuvchi yuklanish  hususiyatiga. 

Kam va o’rta uglerodli po’latlar yahshi payvandlanadi.  

Tashqi  yuklanish va yuqorida keltirilgan  omillar ta’sirida payvand qismining 

buzilishi chok zonasida bo’ladi deb tahmin qilinadi (26.1-rasm). 

Detallarning payvandlashga bog’liq bo’lgan mustahkamligini  kamayishi joiz 

kuchlanishlarni belgilashda hisobga  olinadi. 

 


 

 

 



 

 

 



                                                        Rasm 26.2 

 

 



Uchma-uch  payvand choklar tutashgan choklar ham deyiladi (26.2-rasm). 

 

 



Rasm 26.3 

Listlarning qalinligi 

 ≤8 mm bo’lsa listlarga boshlang’ich ishlov  berilmaydi  



(26.3  -rasm  a)



  =  8…25  mm  bo’lsa,  listlarning  tutashadigan  qirralariga  bir 

yoqlama dastlabki ishlov berilib  (26.3- rasm b), faska (kertish) hosil kilinadi. 



 =  

26…60 mm  bo’lganda qirralari ikki yoqlama kirtishlanadi (26.3- rasm v).  

Uchma-uch  payvand  choklar  mustahkamligi    (26.4-rasm)  quyidagicha 

aniqlanadi: 

1) Cho’zuvchi (siquvchi) kuch ta’sirida  bo’lganda (26.4-rasm, a



b



F

A

F



 

 

p

 


 

bunda: F – cho’zuvchi kuch, N;  A – list yuzasi, mm



2

;  b– list eni, mm;  

 –

qalinligi, mm;  [





] – payvand joiz kuchlanish; 

Mustahkamlikning ehtiyot koeffitsientini hisobga olganda: 

  

 



det

0,9


p



  

 


 , 

bunda: [




det

] – detal materiali uchun joiz kuchlanish. 



Eguvchi moment ta’sirida bo’lsa  (26.4- rasm, b),  

 

 



 

 

 



 

                                 a)                                          b) 

Rasm 26.4 

 

 



2

b

M

6

W

M



 



 

 


П

 , 



bunda:  W  -  payvand  birikmalar  chokning  yemiriladigan  kesimining  qarshilik 

momenti. 

Cho’zuvchi (siquvchi) kuch eguvchi moment ta’sirida 

 

у = F / ( b д ) + 6 M / ( b д

)  ≤ [у’



]. 


Detallarni ustma-ust payvandlash ro’para va yonbosh choklarga bo’linadi. 26.5 

-rasm, a da ikkita listni ikki yoqlama ro’para chok ko’rsatilgan. Shu yerning o’zida  

burchak  chok  belgisi  o’z  aksini  topgan,  uni  chizmada    ko’rsatilishicha  k    katetli 

burchak chok deb ataladi. 

Burchakli yonbosh  choklar 26.5 -rasm, b -da ko’rsatilgan. 

 

Rasm 26.5 



 

Detallarni  biriktirishda  choklarga ta’sir  etadigan cho’zuvchi  kuch- F  ugolok 

kesimini og’irlik markazidan o’tadi deb tahmin qilinadi (26.5 -rasm v).  

 

Rasm 26.6 



 

Listlarni  ustma-ust  qo’yib  burchakli  yonbosh  va  ro’para  choklar  yordamida 

hosil bo’lgan birikma hisobini  (26.6-rasm) ko’rib chiqamiz. 

 

Bunday choklarning bissektrisasi orqali o’tgan n - n kesimni o’rtacha urinma 



kuchlanish bo’yicha tahminiy hisoblanadi. Chokning mustahkamlik sharti:  

                                                



1



l

l

2

k

7

,

0

F



 

 



p

 



 

 .                         

Mustahkamlik ehtiyot koeffitsientini hisobga olganda: 

 

 



det

0, 6


p



  

 


 , 

bunda:  [



 

P

],    [




 

det

]    -payvand  birikmaning  va  detal  materialining    kesuvchi  joiz 

kuchlanishi. 

5.  Detallarni  tik  burchakli  va  tik  tavrsimon  biriktirish  quyidagi  usullarga 

bo’linadi (26.7–rasm): 

 a) tashqi burchakli chok

 b) tashqi va ichki burchakli choklar; 

 v) qirralari kertilib tutashgan chok;  

 g) qirralari kertilmagan burchakli choklar; 

 d) bir  qirrasi kertilgan burchakli chok; 

e) ikki qirrasi kertilgan burchakli chok. 

 

 



 

Rasm 26.7 

O’zaro tik payvandlashda dastaki moslama ishlatilsa burchakli chok hosil bo’ladi 

(26.7–rasm,  g)  va  uning  cho’zilishga  va  moment  ta’siridan    mustahkamligi  (26.8–

rasm ): 

 

Rasm 26.8 



 

ф = 6 M / ( 2 l

· 0,7 k ) + F / ( 2 l · 0,7 k ) ≤  [ ф



’ 

]. 


 

Payvandlash avtomatik ravishda bajarilsa, uchma-uch chok hosil bo’ladi (26.7–

rasm, e), bunda chokning mustahkamligi: 

   


у = 6 M / ( д · l

) + / ( д · l ) ≤ [у



]. 


 

Mustaqil nazorat uchun savollar: 

1.  Payvandlashning qanday turlari mavjud? 

2.  Payvand birikmalarning afzallik va kamchiliklari.  

3.  Payvand qismining qaysi joyidan sinishi mumkin? 

4.  Payvand birikma mustahkamligi qaysi asosiy omillarga  bog’liq?  

5.  Uchma-uch payvand birikmani cho’zilish va egilishga hisoblash.  

6.  Ustma-ust burchakli, yonbosh va ro’para  choklar mustahkamligi.  

 

 



 

 

 

 

 

 

Download 453.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling