16-ma`ruza. Reaktiv quvvatni kompensatsiyalashning sun`iy usullari. Reja Reaktiv quvvatni sun`iy kompensatsiya qilish yo`llari. Kondensator batareyalari yordamida reaktiv quvvatni kompensatsiyalash
Download 14.92 Kb.
|
Документ Microsoft Word
16-ma`ruza. Reaktiv quvvatni kompensatsiyalashning sun`iy usullari. Reja 1. Reaktiv quvvatni sun`iy kompensatsiya qilish yo`llari. 2. Kondensator batareyalari yordamida reaktiv quvvatni kompensatsiyalash. 3. Sinxron mashinalar yordamida reaktiv quvvatni kompensatsiyalash. Tayanch iboralar: Quvvat koeffisienti, quvvat koeffisientini oshirish, kondensator, sinxron mashina, aktiv, reaktiv va to`liq quvvatlar. Quvvat koeffisiyentini sun’iy yo`llar bilan kompensasiya qilish kondensatorlar, sinxron motorlar, kompensatorlar, ko`ndalang filtrlar va yarim o`tkazgichli statik reaktiv energiya manbalari tomonidan amalga oshiriladi. Kondensatorlarni asinxron motorlar yaqiniga o`rnatish tavsiya etilib, ular reaktiv quvvat generatori vazifasini bajaradi. 2.7, a – rasmda asinxron motor bir fazasining ekvivalent elektr sxyemasi keltirilgan. 2.7, b – rasmda shu ekvivalent elektr sxyema uchun qurilgan vektor diagrammada yuklanish tokining induktiv tashkil etuvchisi 1 I ning kondensator batareyalari hosil qilgan sig`im toki C I bilan kompensasiya qilinishi ko’rsatilgan. Vektor diagrammadan ko`rinib turibdiki, kondensator batareyasi ulangandan so`ng burchak ning qiymati kamayadi ( 2 1 ), cos esa oshadi. Ko`pgina hollarda reaktiv quvvatni to`liq kompensasiya qilishning hojati bo`lmaydi, chunki cos = 0,95 bo`lishi yetarli bo`lib, kichik qiymatdagi reaktiv tok hosil qilinishi amalda qo`shimcha quvvat isrofini yuzaga keltirmaydi. cos = 1,0 ga erishish uchun odatda qo`shimcha kondensatorlar batareyasini ulashga to`g`ri keladi va bu ko`pincha iqtisodiy jihatdan o`zini oqlamaydi. Reaktiv quvvatli kompyensasiya qilishda zarur bo`ladigan kondensatorlarning sig`imini hisoblash quyidagi formula bilan amalga oshiriladi: ( ), 2 1 2 tg tg U Р С Bu yerda I aU elektr iste’molchining aktiv quvvati, 2f burchak chastota, U tarmoq kuchlanishi, 1 ,2 reaktiv quvvatni kompyensasiya qilishdan oldin va keyin tok vektori I bilan tarmoq kuchlanishi U orasidagi burchaklar. Kondyensator batareyalarining quvvati quyidagi formula bilan aniqlanadi: Download 14.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling