16-мавзу. Elektr kofe qaynatkichlarni tuzatishni o‘rganish, ishlash prinsipini o‘rganish va uni joriy ta’mirlash


Download 280.91 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.12.2020
Hajmi280.91 Kb.
#160626
Bog'liq
лотинча 16-1
2 5386847449790810328, Радио ва мобил алока 2 курс контракт қарздорлар, Радио ва мобил алока 2 курс контракт қарздорлар, 3. Maruza matni, Baxramova Nasiba Otabek qizi, Document 2, 712 18 AXu Yoqubov Muxammadsolix 23 variant, amaliy ish 12, amaliy ish 12, xrpt 0v80bocg69gtgshi18eolyucjo1vfl2f9ye0chg9fnrl7zvvx1b9mxayb1igc0lbxpa1yhy4vef, Gulxatsha Ayimbetova - Vikipediya, fQQJfagDavqX8ZP8arjzaIds3beoHVwq, 2. 2017-2021-ЙИЛЛАРДА МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТИЗИМИНИ ЯНАДА ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИ ТЎҒРИСИДА, Гурин Ф.В. Гурин М.Ф.Технология автомобилестроения

16-МАВЗУ. ELEKTR KOFE QAYNATKICHLARNI TUZATISHNI 

O‘RGANISH, ISHLASH PRINSIPINI O‘RGANISH VA UNI JORIY 

TA’MIRLASH  

NAZARIY    QISM:   

  Elektr  kofe  qaynatgichlar  (1-jadval)  quyidagi  tiplarda 

tayyorlanadi:  EKV-vakuumli,  EKK-kompresnoy,  EKP-perkolyasion,  EKF-

filtratsiyali. 

    Vakuumli  elektr  kofe  qaynatkiyada  kofe  issiq  suv  va  bug‘ning  tuyilgankofe 

qatlami  orqali  bosim  ostida  bir  marta  o‘tishi  va  tayyor  mahsulotning  hosil 

bo‘lgan vakuum hisobiga suv uchun mo‘ljallangan idishga qaytib kelishi bilan 

tayyorlanadi.  Kompression  kofe  qaynatkichda  kofe  belgilangan  bosimda  suv 

yoki  bug‘ning  tuyilgan  kofe  qatlami  orqali  bir  marta  o‘tishi  bilan  kofe 

tayyorlanadi.  Perkolyasion  elektr  kofe  qaynatgichda  kofe  issiq  suv  yoki 

bug‘ning tuyilgan kofe qatlami orqali ko‘p marta o‘tishi natijasida tayyorlanadi.              

Filtratsion  elektr  kofe  qaynatgichda  kofe  issiq  suvning  dozator  filtirida 

(turida)gi tuyilgan kofe qatlami orqali bir marta o‘tishi bilan tayyorlanadi.  

   Elektr  kofe  qaynatkichlarning  shartli  belgisiga:  tipi,  tayyorlangan  kofening 

nominal miqdori, nominal iste’mol quvvati va nominal kuchlanishi kiradi elektr 

kofe  qaynatkichlarining  konstruksiyalarida  ularning  qulayligini  oshiruvchi 

qo‘shimcha  qurilma  va  kerak-yaroqlar  (kofeni  issiq  holda  saqlab  turuvchi 

qurilma,  vaqt  relesi,  yorug‘lik  signalizatsiyasi,  tuyilgan  kofe  uchun  o‘lchov 

idishi,  qog‘oz  filtrlar,  tarmoq  vklyuchateli  va  boshqalar)dan  foydalanilgan 

bo‘lishi mumkin. Elektr kofe qaynatkichlarning korpusi va qopqog‘i alyuminiy 

qotishmasidan, 

zanglamaydigan 

po‘latdan, 

latundan, 

diflondan, 

chinnidantayyorlanadi.  Elektr  kofe  qaynatkichlarning  dastalari  penoplast  yoki 

penopropilendan 

tayyorlangan. 

Elektr 


kofe 

qaynatkichlarda 

issiqlik 

cheklagichlar  va  termoviklyuchatellar  ishlatiladi.  Issiqlik  cheklagich  kofe 

tayyorlaganidan keyin elektr kofe qaynatkichni tarmoqdan uzib qo‘yishi kerak. 

Termoviklyuchatelning 

vazifasi-suv 

(kofe) 


qaynaganida 

elektr 


kofe 

qaynatkichni  ishdan  chiqishdan  saqlash  va  uning  qoplamasining  (sirining) 

ko‘chib  ketishiga  yo‘l  qo‘ymaslik.  Elektr  kofe  qaynatkichlar  ulash  shnurining 

uzunligi 1,5m.     

Perkolyasion  elektr  kofe  qaynatkich.  Perkolyasion  (geyzerli)  elektr  kofe 

qaynatkichda suv korpusning  rezervuariga quyiladi va aynan bir vaqtda bu suv 

rezervuar  ga  ham  o‘tadi;  geyzer  bu  rezervuarlarni  bir-biridan  ajratib  turadi. 

Elektr  isitkich  tarmoqqa  ulanganida    rezervuardagi  suv  qaynaydi.  Bunda 



rezervuardagi  bosim  ortadi.  Qo‘zg‘aluvchan  shayba  klapanning  teshigining 

berkitadi,  suv  geyzer  bo‘ylabyuqoriga  ko‘tarilib,  qopqoq  orqali  kofe  solingan 

turli  silindrga  tushadi,  kofe  orqali  o‘tadi  va  rezervuarga  tushadi.  Bunda 

rezervuarda bosim kamayadi, shayba pastga tushib, klapanning teshigini ochadi. 

Rezervuardan  suvning  navbatdagi  porsiyasi  rezervuarga  tushadi.  To  suvning 

hammasi kofe orqali yuqorida ko‘rsatilgan tarzda o‘tib bo‘lmaganiga qadar sikl 

qayta-qayta  takrorlanib  turadi.  Geyzerdan  suvning  shiddat  bilan  chiqishi 

ichimlik tayyor bo‘lganligini bildiradi. 

Kofe qaynatkich korpusida quyiladigan suvning hajmini bildiruvchi belgi bor.   

   EK-0,3elektr  kofe  qaynatkichi.  Kompression  tipdagi  bu  kofe  qaynatkich  

quyidagicha  ishlaydi.  Rezervuarda  turgan  suv  isitilganida  qaynaydi  va  bug‘ 

bosimi  ta’sirida  perforatsiyalangan  suv  taqsimlagichdagi  diskdagi  kichik 

naychadan    katta  naychaga,  so‘ngra  tuyilgan  kofe  solingan  filtrga  siqib 

chiqariladi. Tayyor ichimlik pastki qopqoqning teshikchasidan piyolachaga oqib 

tushadi.  

   Ichimlik  tayyorlash  uchun  yuqorigi  plastmassa  kallakni  burab  chiqarish  va 

yuqorigi  qopqoqni  olish  kerak,  so‘ngra  rezervuarga  kerakligicha  suv  solinadi, 

kofe qaynatkichni chap qo‘l bilan plastmassa stoykasidan ushlab turib, o‘ng qo‘l 

bilan  dastani  turib,  qopqoqni  burab  olinadi,  buning  uchun  uni  soat  strelkasi 

harakatiga  qvrama  qarshi  yo‘nalishda  buraladi.  Filtrni  tuyilgan  kofe  bilan 

to‘ldirib, uni kofe qaynatkichning qopqog‘iga quyiladi. Kofe qaynatkich elektr 

tarmog‘iga  ulanganidan  keyin  13-15minut  o‘tgach,  tayyor  ichimlikkofe 

qaynatkichning asosiga o‘rnatilgan piyolachaga avtomatik tarzda quyiladi.  

  Tig‘izlovchi  qistirmalarning  eyilishi  natijasida  kofe  qaynatkich  ishlab 

turganida  qopqoq  tagidan  suv  oqishi  kallagi  tagidan  bug‘  chiqishi  mumkin. 

Bunday 


nosozliklarni 

tuzatish 

uchun 

tegishlitig‘izlash  qistirmalarini 



almashtirish zarur. Suv oqqanida rezina tig‘izlagichlar 10 yoki 15 ni, bug‘ sizib 

chikdanida  esa  kallak  sterjeni  9  ga  o‘rnatilgan  tirizlash  shaybasi  b  ni 

almashtirish kerak. 

Rezervuardagi naycha ifloslanib tiqilib qolgan hollar ham bo‘ladi. Bunda tayyor 

ichimlik  kofe  qaynatkichdan  tushmaydi,  yuqorigi  tiqindagi  saqlagich  klapan  5 

orkali  esa  bug‘  chiqa  boshlaydi.Bu  naychani  qattiq  (po‘lat)  sim  bilan  tozalash 

mumkin, buning uchun naychaning yuqorigi uchini  berkitib turuvchi  tiqin 11 

ni burab olish kerak. Ba’zan suv cho‘kmasidan hosil  bo‘lgan  qatlam klapan 



sharigi  12  ning  naycha  teshigiga  jips  tegib  turishiga  xalal  berishi  sababli  kofe 

kaynatkichdan  ichimlik  tushmaydi.  Bu  holda  ham  naychaning  yukorigi  uchini 

berkitib  turuvchi  klapan  tiqinini  burab  olish,  klapan  sharigini  ko‘tarish  va 

cho‘kma  katlamini  olib  tashlash  kerak.  Bunda  klapan  tiqinidagi  kichik 

teshiklarning  ifloslanib  qolmaganligini  tekshirib  turish  zarur,  chunki  bu  hol 

tayyor kofening normal tushmasligiga olib kelishi mumkin. 



 

 

Download 280.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling