16-mavzu: Fizikada maydon nazariyasi va uning tilshunoslikka ta’siri. Tilshunoslikda maydon nazariyasi. Reja


Download 39 Kb.
bet1/2
Sana12.05.2022
Hajmi39 Kb.
#667604
  1   2
Bog'liq
maydon nazariyasi (1)
Tempus - Yevropa ittifoqi, DAILY WARMS UP2 (2), Test-4-abituriyent,1, xavfsizlik 3, xavfsizlik 3, abn 3 TAJ 3-VAR, €­д®а¬ жЁ®­­ п ЎҐ§®Ї б­®бвм ў бҐвпе ќ‚Њ, Дарс-тахлили, 1-MAVZU UCHUN test savollari, 1-MAVZU UCHUN test savollari, 2 5265210269411313753, 1605671741981, 1605671741981, 1 MAVZU NAZARIY (1), iboralar

16-mavzu: Fizikada maydon nazariyasi va uning tilshunoslikka ta’siri. Tilshunoslikda maydon nazariyasi.
Reja:
1.Fizikada maydon nazariyasi va uning tilshunoslikka ta’siri.
2.Tilshunoslikda maydon nazariyasi.
3. O‘zbek tilshunosligida maydon nazariyasining o‘rganilishi va maydon tushunchasi.
Tayanch soz va iboralar: maydon, elektr maydoni, morfem maydon, fonem maydon, so‘z yasovchilar maydoni, leksik maydon, mazmuniy maydon, mikro va makro maydon , nisbiylik maydoni, vaqt maydoni, son maydoni , inkor maydoni, mavjudlik maydoni, mayl maydoni, shaxs maydoni, ideografik lug‘atlar
1.Fizikada maydon nazariyasi va uning tilshunoslikka ta’siri. Tilshunoslikda maydon nazariyasi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” da maydon so‘zi fors-tojikcha so‘z deyilgan va uning bir necha o’z va ko’chma ma’nolari izohlangan. Fizik atama sifatida “Biror fizik hodisa ro‘y beradigan yoki uning ta’siri seziladigan fazo. Elektr maydoni, magnit maydoni”, – degan ta’rif berilgan.1 Maydon tushunchasi dastlab fizika sohasida qo‘llanila boshlagan. Ingliz fizik olimi M.Faradey(1791-1867) ishlari asosida elektr zaryadlarining o‘zaro ta’siri nazariyasi yaratilgan. Bu nazariyaga ko’ra, har bir elektr zaryadi atrofida elektr maydoni hosil bo‘ladi. Zaryadning elektr maydoni moddiy obyekt bo‘lib, fazoda uzluksiz boshqa zaryadlarga ta’sir qilish xususiyatiga egadir. Elektr toklarining o‘zaro ta’sirlashuvining bunday hodisasini A.Amper eektrodinamik o‘zaro ta’sir deb nomladi, bu esa o‘z navbatida magnit maydoni nazariyasining yaratilishiga sabab bo‘ldi.
Lisoniy birliklarning muayyan birlashtiruvchi ma’no asosida ma’lum paradigmalaraga birlashuvi keyinchalik tilshunoslikda maydon nazariyasini vujudga keltirdi. Maydon tushunchasi deganda “mazmunning umumiyligi (ba’zan rasmiy ko‘rsatkichlarning javobgarligi) bilan birlashtirilgan va belgilangan hodisalarning kontseptual, asosli yoki funksional o‘xshashligini aks ettiruvchi til birliklari yig‘indisi» tushuniladi. Lisoniy birliklarning muayyan birlashtiruvchi ma’no asosida ma’lum mazmuniy uyalarga birlashtirish dastlab sharq tilshunosligida rivojlangan va bu g‘oyaning amaliy ko‘rinishi sifatida ko‘plab ideografik lug‘atlar yaratilgan, faqat maydon tushunchasi bilan nomlanmagan, xolos. Keyinchalik bu g‘oya (XIX asr) Yevropada avj oldi. Leksik birliklar (umuman, til) umumiyligiga M.Pokrovskiy (XIX asr) e’tibor qaratdi. Bu tushunchaning nazariy talqini I.Trir, G.Ipsen, V.Porsig, A.Ufemseva, N.Filicheva, Yu. Karaulov, G.Shchur ishlarida berildi. Bu tushunchaning uzil-kesil shakllanishi L.Vaysgber ishlari bilan bog‘liq.

Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling