16 mavzu: Organizmlarning ko‘payishi. Proembrional rivojlanishning umumiy qonuniyatlari


Download 34.3 Kb.
bet1/5
Sana26.04.2022
Hajmi34.3 Kb.
#654703
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ам машг №16 Organizmlarning ko‘payishi Proembrional rivojlanishning
Registrlar va flaglar ularning turlari vazifalari 2, 1xrSBxwSJFrgevUzyIlAwfOe2L0eEgaq, 1xrSBxwSJFrgevUzyIlAwfOe2L0eEgaq, 90Cay-92h4qTWMMUxf1-AVQ6wnJC 4Ji, 90Cay-92h4qTWMMUxf1-AVQ6wnJC 4Ji, @Abituriyent Ona-tili, Гиста Модул Дав КТП 1 к. 21-22 й %

16 - mavzu: Organizmlarning ko‘payishi. Proembrional rivojlanishning umumiy qonuniyatlari.


Mashgʼulotning oʼtkazish joyi, jihozlash: tibbiy biologiya kafedrasi amaliy mashgʼulotlar xonasi.
Multimediya, slayd
Mashgʼulotning davomiyligi–2 soat
Mashg’ulotni maqsadi: Organizmlarning ko’payish usullari, endogoniya, shizogoniya va boshqa usullarni talabalarga to’liq tushuntirish. Proembrional rivojlanishning umumiy qonuniyatlari.
Mashg’ulotni vazifasi: Organizmning kupayish shakllarini tibbietdagi ahamiyatini talabalarga yetkazish.
Motivatsiya: Endogoniya, shizogiya, spora hosil qilib kupayish va kurtaklanish kabi usullar va jinsiy ko’payish usullari haqida ham misollar orqali to’liq maaʼlumotlar berish. Proembrional rivojlanishning umumiy qonuniyatlari.
Fan ichidagi bog’liqlik: Mavzu tibbiyot genetikasi fani bilan bog’lab o’tiladi.


Mavzu bayoni
Jinssiz ko’payish eng soda evolyutsiya jarayonidagi ilk bor kupayish usulidir. Bu usul bilan ko’payishda bitta organizm ishtirok etadi. Shu organizm o’z avlodlariga barcha xususiyatlarini deyarli o’zgarmagan xolda o’tkazadi. Jinssiz kupayishning bo’linish, endogoniya, shizogoniya kurtaklanish sporogoniya vegetativ ko’payish xillari mavjud
Kupayishning bulinish usuli - bir xujayrali jonzotlarga tegishlidir. Bo’linish usulidagi kupayish organizmning mitoz yo’li bilan kupayishidir.Bulinish natijasida xosil bulgan ikki avlod o’rtasida genetik axborot va ichki tuzilmalar kayta bulinishga tayyorlanib, sung yangi organizm hosil bo’ladi.
Endogoniya - bu organizm ning aloxida ichki kurtaklanishi bulib,ona xujayrada ikkita kiz organizm xosil buladi,yaʼni bir ona xujdayradan uning umumiy xujayra kobigi ostida ikki kiz xujayra shakllanadi, shunuday qilib ona hujayra faqatgina ikki avlod beradi. Shu yusinda masalan bir xujayrali parazit toksoplazma kupayishi ruy beradi.
Shizogoniya ayrim bir xujayrlilarda,masalan, bezgak plazmodiysining jinssiz kupayishi kup marta bulinish shizogoniya usuli bilan kechadi. Xujayra shizogoniya bilan kupayganda dastavval uning yadrosi birin ketin kup marta bulinadi xujayra sitoplazmasi esa bo’linmaydi - sitokinez ruy bermaydi. So’ngra ona xujayra ichidagi xar bir hosil yadro bulinib ketgan mayda sitoplazma bilan uraladi bir qancha qiz xujayra paydo buladi. Qiz xujayradagi irsiy informatsiya belgilari ona organizmi belgilariga monand ravishda buladi.
Spora hosil kulib kupayish-bu xil kupayish ayrim usimlik va bir xujayrali mavjudotlarning kupayish usuli xisoblanadi. MАsalan:bezgak plazmodiysi va toksoplazma sporogoniya usulida kupayadi.
Kurtaklanish - usuli bilan kupayisha ona organizmida yadroning bir qismini tutgan sitoplazmatik dumbokcha paydo buladi.Dumbokcha usadi va ona kismdan ajraladi.Аyrim bakteriyalar shu zaylda kupayadi.
Vegetativ ko’payish- ko’p xujayrali organiz tanasining bir qismidagi xujayralar tuplamidan yangi organizm hosil buladi. Masalan : gidralar kurtak hosil qilib kupayadi.
Jinsiy kupayish natijasida genetik inormatsiyaning almashinuvi xosila individa yangi genetik tuplamning vujudga kelishi va shunga monand ravishda uzgacha biologik xususiyatga ega bulgan avlod yuzaga keladi.Jinsiy kupayishning eng kadimiy ibdidoiy kurinishi plazmogoniya xodisasida namoen buadi.Plazmogamiyada ikki xujayra qushilib ikki yadroli tuzilma xosil buladi.Kiska muddatdan sung xujayra sitoplazmasi kayta ikkiga bulinadi. Xar bir xosila xujayra avvalgi yadrolardan biriga ega buladi. Xar bir amebaning sitoplazma tarkibi aralashgan yaʼni kikkita kushilgan ameba sitoplazmasidan iborat buladi. Mana shu sitoplazma maxsulotining aralashmasi bilan xosil bulgan individ ameba uzgacha xususiyatga ega buladi
Jinsiy kupayiщning anchagina murakkablashgan xillarini 2 guruhga ajratish mumkin:konyugatsiya va kopulyatsiya.
Konyugatsiya bakteriya, infuzoriylarga xos bulgan kupayish usulidir. Odatda, kiprikli sodda hayvonlar oddiy bulinishbilan kupayadi. Bunday kupayishlardan keyingi jinsiy kupayish- konьyugatsiya sodi buladi. Infuzariyalarda makro va mikrogametalar mavjud. Konyugatsiya boshlanganda ikki xujayra uta yaqinlashadi - hujayralararo tutashtiruvchi tortma xosil buladi. Yadrolarada murakkab jaraenlar yaʼni makronukleusning yo’qolishi mikronuleusning bulishini hamda gohida undan ikkita yadroning shakllanishi ruy beradi.
Jinsiy kupayishda erkak va urgochi jinsiga mansub,gaploid xromosoma to’plamiga ega bo’lgan xujayralar o’zaro qo’shiladi. Bunday kupayish- gametogamiya deyiladi. Gametogamiyaning ikki shakli bor Kopulyatsiyali va kopulyatsiyasiz.

Download 34.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling